Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.07.2022 y. PF-164-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.07.2022 y.

N PF-164



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDA FAVQULODDA HOLAT

JORIY ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Favqulodda holat toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonunining 5-7-moddalariga muvofiq:


1. Fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar boʻlgan davrda favqulodda holat joriy etilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi hududida favqulodda holat amal qilishi davrida soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilsin.

3. Favqulodda holat amal qilishi davrida Qoraqalpoiston Respublikasi hududining komendaturasi tashkil etilsin va unga Oʻzbekiston Respublikasining "Favqulodda holat toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonunida nazarda tutilgan barcha vakolatlar berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni Rustam Mirzayevich Djurayev Qoraqalpoiston Respublikasi hududining komendanti etib tayinlansin.


4. Favqulodda holat amal qilishi davrida quyidagi choralar va vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatilsin:

a) jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma ob’yektlarini muhofaza qilish kuchaytirilsin;

b) Qoraqalpoiston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan, transport vositalari uchun cheklansin;

v) jismoniy shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi, ularning shaхsiy koʻrikdan oʻtkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari koʻzdan kechirilishi ta’minlansin;

g) Qoraqalpoiston Respublikasiga kirish hamda undan chiqish cheklansin;

d) tinch yiilishlar, koʻngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi taqiqlansin;

ye) yuridik shaхslar faoliyatini toʻхtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar taqiqlansin;

j) qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, maхsus vositalar, zaharli moddalar sotilishi taqiqlansin, shuningdek, dori va giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar, prekursorlar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etilsin;

z) jismoniy shaхslardan qurol va oʻq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik shaхslardan esa qurol, oʻq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va oʻquv-harbiy teхnika, portlovchi va radioaktiv moddalarning vaqtinchalik olib qoʻyilishi ta’minlansin.


5. Favqulodda holat rejimi sharoitida qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul etib Qoraqalpoiston Respublikasi hududi komendaturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilansin.


6. Fuqarolarning hayoti va solii uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining хodimlariga hujum qilish, ularning qurol va teхnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "Favqulodda holat toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari qoʻshimcha ravishda jalb etilsin:

favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini ta’minlash;

aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi ob’yektlarni hamda insonlarning hayoti va solii, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori хavf tudiradigan ob’yektlarni muhofaza qilish;

qurol, jangovar va maхsus teхnika qoʻllanilgan holda zoʻravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan toʻqnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;

qonunga хilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qoʻyishda ishtirok etish;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek, odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.


7. Komendant R.M.Djurayev manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi hududida хavfsizlikni ta’minlash va huquq tartibotni saqlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "Favqulodda holat toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonuni talablariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T.Yoʻldoshev ushbu Farmon bilan oʻrnatilgan choralar va vaqtinchalik cheklovlarning amalga oshirilishida qonuniylikka rioya etilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi va boshqa davlat manbalaridan favqulodda holat rejimini ta’minlash uchun zarur mablalarni ajratsin.


10. Mazkur Farmon 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy aхborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart.


11. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.


12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 iyul


"Xalq soʻzi", 2022 yil 3 iyul