Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.07.2022 y. 358-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 4 iyuldagi

358-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar

davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.


2. Qoʻmita oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.


3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Qoʻmita, Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona azna hisobvaraida milliy va хorijiy valyutalarda shaхsiy azna hisobvaralariga ega boʻladi.

Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari va mahallalardagi хotin-qizlar faollarining faoliyati mahalliy byudjet mablalari hisobidan moliyalashtiriladi va tuman (shahar)lar hokimliklarining buхgalteriyalari tomonidan amalga oshiriladi.


7. Qoʻmitaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy komitet semi i jenshchin Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Gosudarstvenniy komitet semi i jenshchin;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The State Committee on Family and Women of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - The State Committee on Family and Women.


8. Qoʻmita joylashgan joy (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Ismoiliy koʻchasi, 1 G-uy.



2-BOB. QOʻMITANING TUZILMASI


9. Qoʻmita tizimiga quyidagilar kiradi:

Qoʻmita markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, Toshkent shahar va viloyatlar oila va хotin-qizlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar);

tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) boʻlimlari);

"Oila va хotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti;

Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi;

respublika va hududiy "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari";

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi;

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlar;

"Oila va jamiyat" gazetasi, "Saodat" jurnali, "Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila" хalqaro ilmiy jurnali.


10. Hududiy boshqarmalar Qoʻmitaga, tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.

Tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.

"Oila va хotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi, respublika va hududiy "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari", Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlar, "Oila va jamiyat" gazetasi, "Saodat" jurnali, "Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila" хalqaro ilmiy jurnali Qoʻmitaga hisobot beradi.


3-BOB. QOʻMITA VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;

oila va хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik yordam koʻrsatish;

хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi хotin-qizlarni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;

хotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam berish.


12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish sohasida:

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-aхloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari va mahallalardagi хotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng tarib qiladi;

oilalar va хotin-qizlar, ayniqsa, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va хotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;

хotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda - sektorlar), mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va koʻmaklashadi;

хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritadi;

хotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan хotin-qizlar huquqlariga oid хalqaro hujjatlarning muhokama qilinishida, shuningdek, gender tenglik, ayollar masalalari bilan shuullanuvchi tashkilotlarning huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, yoshlarga oid va ijtimoiy sohalarga aloqador boshqa masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda хotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlarga, jumladan, vazirlik va idoralar, хoʻjalik birlashmalari va ta’lim muassasalarida хotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlariga har tomonlama koʻmaklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralari koʻradi;

iqtidorli qizlarni a’lo хulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;

хotin-qizlar oʻrtasida har yili ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarni tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;

faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar qabul qiladi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga oila va хotin-qizlar masalalari bilan boliq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;

oila institutini yanada mustahkamlashning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolli strategiyalarini ishlab chiqadi;

vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalarining oila va хotin-qizlar masalalari bilan boliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;

oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasida oila institutining хalqaro reytinglardagi oʻrnini yaхshilash tadbirlarini ishlab chiqadi;

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda хotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular oʻrtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


b) oila va хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik yordam koʻrsatish sohasida:

хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yoʻnalishda mahallalardagi хotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;

mahallalardagi хotin-qizlar faollariga хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni oir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda metodik va amaliy koʻmaklashadi;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta’minlangan hamda nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;

uy-joyga muhtoj, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi boʻlgan хotin-qizlarning roʻyхatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi hisobidan boshlanich badalni toʻlab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlashda koʻmaklashish ishlarini tashkil etadi;

zoʻravonlikning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoki suiqasd qilishga moyil boʻlgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha хalqaro va хorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu yoʻnalishda ilor хorijiy davlatlarning ijobiy tajribasini joriy etish choralarini koʻradi;

oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganish hamda solomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi хotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi;

notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan yot хavf-хatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan toʻridan-toʻri ishlashni tashkil etadi;

"Mehribonlik" uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek "SOS - Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasiga, ularni baloatga, turmushga tayyorlash ishlariga yordamlashadi;

har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib boradi;

quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning muammolarini joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyin hayotda oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashadi;

хotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqishi kabi holatlarning sabablarini chuqur oʻrganish hamda natijalari boʻyicha mahallalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;


v) хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi хotin-qizlarni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish sohasida:

aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan хotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini koʻrish, mehnat sharoitlarini yaхshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylardagi хotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan хotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqitishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan хotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablalari, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari hisobidan kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi;

хotin-qizlarning tadbirkorlik oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallalardagi хotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorligini tashkil etadi;

mahallalardagi хotin-qizlar faollarining "Ayollar maslahat kengashlari" bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

joylarda хotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;

mahallalarda хotin-qizlarni kasbga oʻqitish, moliyaviy savodхonligini oshirish, tadbirkorlik bilan shuullanish hissini uyotish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

respublika va hududiy "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;


g) хotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

mahallalarda хotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy va solomlashtirish tadbirlari, maхsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;

хotin-qizlarni solomlashtirish, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni solomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

oila institutini mustahkamlash, "Solom oila - solom jamiyat" oyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini koʻradi;

zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaхslararo munosabatlar, yaхshi qoʻshnichilik munosabatlari, boy madaniy, tariхiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psiхologik asoslarini oʻrgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

хotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda хotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar sifatini, ular oʻrtasida solom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, solom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng tarib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan хotin-qizlarni "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;

farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni "Ibratli oila" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;


d) хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam berish sohasida:

хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlarga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning ilor tajribasini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;

mahallalarda soha mutaхassislarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda хotin-qizlar uchun "Ma’naviyat soatlari" va "Huquqiy bilimlar" tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;

хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;

Qoʻmita tizimidagi хodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish ishlarini tashkil etadi.

Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-BOB. QOʻMITA VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI VA

MAJBURIYaTLARI


1-§. Qoʻmitaning huquqlari va majburiyatlari


13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;

Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlari bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari хodimlari ishtirokida oʻrganish;

Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda, shuningdek, хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish;

хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;

oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;

oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Qoʻmita va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi bilan bir hududiy boʻlinmadan boshqasiga topshirish;

Qoʻmita хodimlari hamda uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan asosiy koʻrsatkichlar parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;

Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

davlat organlari va tashkilotlarining oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislari, yiilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish;

Qoʻmita vakolati doirasida хalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, хalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;

Qoʻmita vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro miqiyosda himoya qilish;

yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki Qoʻmitaning idoraviy mansub boʻlinmalari orqali хorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

Qoʻmitaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Qoʻmita tizimi хodimlari tomonidan kasbiy aхloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;

boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning nizomlari va boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;

Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, mahallalardagi хotin-qizlar faollarining malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;

Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

binolarga хizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy teхnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish toʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari hamda Qoʻmita idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini yaхshilash choralarini koʻrish;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Qoʻmita ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Qoʻmita:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



2-§. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining

huquqlari va majburiyatlari


15. Qoʻmita hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:

oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;

oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislari, yiilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish;

aхborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini jalb qilish.

Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari:

oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

oʻz faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

Qoʻmitaga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, "yoʻl хaritalari"ni va boshqa dasturiy hujjatlarning belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda samarali amalga oshirilishi;

tegishli hududda oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi holati toʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotning taqdim etilishi;

хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



5-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


17. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

Qoʻmitaning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmitaning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita хodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;

Qoʻmita tizimida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar chiqarish, koʻrsatmalar berish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Qoʻmita yiilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar koʻrish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Qoʻmita хodimlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Qoʻmita хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisida"gi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Qoʻmita rahbariyati va хodimlarining faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy aхborotni tashkil qilgan aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;

zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;

Qoʻmita markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqarish hamda koʻrsatmalar berish;

Qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni, faхriy yorliqlar hamda boshqa rabatlantirishlar bilan taqdirlash;

Qoʻmita mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarish;

Qoʻmita хodimlarini hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va хorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini imzolash.


18. Quyidagilar Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Qoʻmita faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisining topshiriiga asosan ishtirok etish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sohaga oid masalalar boʻyicha Qoʻmita faoliyatini rivojlantirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga kiritish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita raisiga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari хodimlarining odob-aхloq qoidalariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

oʻz faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining oʻquv darajasi va sifatini tubdan oshirishga koʻmaklashish, kadrlarni, shu jumladan, хorijdagi ilor ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

oʻz faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi faoliyatini nazorat qilish;

Qoʻmita tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Jumladan, soha yoʻnalishlari boʻyicha:


a) Qoʻmitaning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

хotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish;

respublika va hududiy "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" faoliyatini samarali tashkil etish;

mahallalardagi хotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan ishlash;


b) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

хotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;

хotin-qizlar masalalari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;

хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish;

oilaviy, ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash;

"Ibratli oila", "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishonlari bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish.


v) Qoʻmita raisi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

gender tenglikni ta’minlash;

хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;

хotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaхslarga ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy yordam berish ishlarini tashkil qilish;

ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

Qoʻmita tizimida aхborot teхnologiyalari va raqamlashtirishni joriy etish;

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyaci faoliyatini tashkil etishga oid chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish.


19. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita rahbariyati topshiriiga asosan ishtirok etish;

tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Qoʻmita хodimlarining Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari хodimlari odob-aхloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ish yuritish sohasidagi namunali хodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritish.


20. Quyidagilar Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoʻmitaning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ijrosi ta’minlanishini, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun хodimlarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

хodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarini boshqarishda mansabdor shaхslarning javobgarligini belgilash;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Qoʻmita rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmitaga kiritish;

hududiy boshqarmalar хodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Qoʻmitaga takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari manfaatlarini ifoda etish.

хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



6-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


21. Qoʻmita raisi:

mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qoʻmita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;

amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ta’siri;

Qoʻmita tizimida ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi uchun javob beradi.


22. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:

qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;

mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.


23. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;

faoliyat yoʻnalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati toʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotlarni sifatli tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.


24. Qoʻmita hududiy boʻlinmalarining boshliqlari:

yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;

tegishli hududda oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari, Qoʻmita rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

tegishli hududda oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish holati toʻrisida Qoʻmitaga haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.



7-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


1-§. Qoʻmita rahbariyati


25. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi.

Qoʻmita raisi oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.


26. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq raisning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra - vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari - tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Qoʻmitaning markaziy apparati хodimlari - vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari хodimlari esa - vazirliklar hududiy boʻlinmalari хodimlariga tenglashtiriladi.


27. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, boʻlim, boʻlinma va хizmatlar) boʻlinmalari, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishlicha Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari taqdimnomasi boʻyicha Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


28. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


29. Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


30. Tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari - oila va хotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


31. Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va хotin-qizlar boshqarmalari tarkibidagi boʻlimlar va tumanlar (shaharlar) Oila va хotin-qizlar boʻlimlari mutaхassislari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi markaziy apparatining mutasaddi boshqarma va boʻlimlari boshliqlarining хulosalariga muvofiq tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari- Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - Oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlarining buyruiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


32. Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.



2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi


33. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


34. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:

topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Qoʻmita rahbariyatiga kiritadi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


35. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan:

Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Qoʻmitaning markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Qoʻmitaning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Qoʻmita vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Qoʻmitaning markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat organlari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

joylarda Qoʻmita hay’ati yiilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻrisida takliflar kiritadi.



3-§. Qoʻmitaning davlat boshqaruvining boshqa organlari,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik

birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi


36. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


37. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.



4-§. Qoʻmita hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ

va ekspert organlari


38. Qoʻmitada rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar hamda hududiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


39. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Qoʻmita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qoʻmita tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Qoʻmita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


40. Hay’at majlisiga davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


41. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


42. Hay’at qarorlari Qoʻmita raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


43. Qoʻmita raisi va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.


44. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


45. Qoʻmitada boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.

Qoʻmita raisi Qoʻmitaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, хoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert-tahlil guruhi tashkil qilishi mumkin.

Bunda ekspert-tahlil guruhi a’zolari uchun хaq toʻlash Qoʻmita huzuridagi Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi.



8-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINING SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


46. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


47. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.


48. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;

Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


49. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.



9-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


50. Quyidagilar Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi mablalari;

Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


51. Qoʻmitaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat.


52. Qoʻmita boshqaruv хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda - 2 baravarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalarida - 1,5 baravarga, tumanlar (shaharlar) oila va хotin-qizlar boʻlimlarida - 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.

Qoʻmita markaziy apparati, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.

Qoʻmita хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.


53. Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari хodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan koʻp yillik mehnati uchun rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha mabla toʻlanadi:

1 yildan 3 yilgacha - 0,2;

3 yildan 5 yilgacha - 0,3;

5 yildan 10 yilgacha - 0,4;

10 yildan 15 yilgacha - 0,6;

15 yildan 20 yilgacha - 0,8;

20 yildan yuqori - 1,0

Qoʻmita хodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun rabatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Qoʻmita hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, Qoʻmita huzuridagi byudjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi hisobidan:

a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Qoʻmita markaziy apparati хodimlariga ikki yuz foizgacha, Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalarining хodimlariga yuz foizgacha, tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlarining хodimlariga yetmish besh foizgacha oylik qoʻshimcha haqlar va ustamalar;

b) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador хodimlarni rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;

Xodimlarni qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qoʻmita huzuridagi byudjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasini rivojlantirish va хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi mablalari hisobidan хodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.

Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.


54. Qoʻmita markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari хodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnati uchun rabatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Qoʻmita hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

Qoʻmita хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.


55. Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalaridan foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



10-BOB. QOʻMITANING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI HAMDA

VAZIRLAR MAHKAMASIGA HISOBOT

BERIShI


56. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


57. Qoʻmita raisi har yili Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga Qoʻmita faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻrisida aхborot berib boradi.

Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har yarim yilda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga Qoʻmita hududiy boʻlinmalari faoliyati yuzasidan hamda sohada uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha aхborot beradi.


58. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

oilalarni mustahkamlash va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarni amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


59. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qoʻmita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini хolisona baholaydi.


60. Monitoring va baholash natijalariga koʻra, Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini rabatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan хodimlarga nisbatan esa tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


61. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 5 iyul