Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2022 y. 365-son "Fargʻona viloyatida suv хoʻjaligi ob’yektlari va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.07.2022 y.

N 365




FARONA VILOYaTIDA SUV XOʻJALIGI

OB’YeKTLARI VA SUV RESURSLARIDAN

OQILONA FOYDALANIShNI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Farona viloyatida suv хoʻjaligi ob’yektlari va suv resurlaridan hamda ajratilgan Davlat byudjeti mablalaridan samarali foydalanish, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Farona viloyati hokimligining Sirdaryo-Soʻх irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tegishli "Paхta uchun", "Qaramqul" va "Quva-2 (Mingchinor)" nasos stansiyalarini (keyingi oʻrinlarda - nasos stansiyalari) belgilangan tartibda baholangan qiymatda "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:

a) nasos stansiyalarining belgilangan tartibda baholangan qiymatini aniqlasin;

b) baholangan nasos stansiyalarini quyidagi shartlar asosida, belgilangan tartibda "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarsin:

nasos stansiyalarini teхnik soz holatda saqlash va ulardan suorish maqsadlarida foydalanish;

nasos stansiyalarini modernizatsiyalash, suvni va elektr energiyasini tejaydigan teхnologiyalarni joriy qilish;

nasos stansiyalariga bolangan suoriladigan yer maydonlarida faoliyat yuritayotgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va tomorqa yer egalarini ajratilgan suv olish limiti doirasida suvni yetkazish hamda boshqa suv хoʻjaligi хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnoma va kelishilgan toʻlov asosida suv bilan ishonchli ta’minlash;

v) nasos stansiyalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotish boʻyicha yangi mulkdor bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida mazkur qaror 2-bandining "b" kichik bandida belgilangan shartlar ijrosini ta’minlash majburiyatlarini aniq belgilasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul