Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2022 y. 368-son "Chorvachilik sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.07.2022 y.

N 368




ChORVAChILIK SUB’YeKTLARINI

DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

SOHASIDAGI AYRIM NORMATIV-HUQUQIY

HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son Farmoni, "Qorakoʻlchilik tarmoini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 fevraldagi PQ-4984-son hamda "Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 8 iyuldagi PQ-5178-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Subsidiya berish yuzasidan arizani kiritish va koʻrib chiqish shartlari, qaror qabul qilish va subsidiya berish tartibini nazarda tutuvchi:

Qorakoʻlchilik sub’yektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

Qorakoʻlchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan хarajatlar uchun subsidiya berish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda "2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul