Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2022 y. PF-169-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida"gi PF-164-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

13.07.2022 y.

N PF-169



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2022 YIL 2 IYuLDAGI

"QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA

FAVQULODDA HOLAT JORIY ETISh TOʻRISIDA"GI

PF-164-SON FARMONIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Favqulodda holat toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi "Qoraqalpoiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻrisida"gi PF-164-son Farmonining 2-bandidagi "soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar" soʻzlari "soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Mazkur Farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy aхborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart.


3. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.


4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 iyul


"Xalq soʻzi", 2022 yil 14 iyul