Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2022 y. 363-son "Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.07.2022 y.

N 363



BOLALAR MASALALARI BOʻYIChA

MILLIY KOMISSIYa TOʻRISIDAGI

NIZOMNI VA BOLALAR MASALALARI BOʻYIChA

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI, VILOYaTLAR

VA TOShKENT ShAHAR HAMDA TUMAN (ShAHAR)

KOMISSIYaLARI TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmonining 3-bandiga muvofiq:

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari etib qayta tashkil etilganligi;

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning (keyingi oʻrinlarda - Milliy komissiya) asosiy vazifalari belgilanganligi va uning tarkibi tasdiqlanganligi;

Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining hamda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda - hududiy komissiyalar) namunaviy tarkiblari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Milliy komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi;

Milliy komissiya yiilishlarini tashkil etish, hududiy komissiyalarning hisobot berishi muddatlari;

Milliy komissiya faoliyati boʻyicha ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik;

b) Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

hududiy komissiyalarning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibi;

tuman (shahar) komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar va bolalarni oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish chora-tadbirlari;

tuman (shahar) komissiyasining bolalar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga nisbatan ta’sir koʻrsatish choralari, qabul qiladigan qarorlari, ularning amal qilish hamda ularni ijro etish muddatlari.


3. Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tegishli namunaviy nizomlar asosida oʻz nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va soliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 6 iyuldagi

363-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari хodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlash shartlarining 1-bandi oltinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 7 sentyabrdagi 419-son qarorining 4-bandi birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 31 iyuldagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy bolalar uylari toʻrisidagi nizomda:


a) 5-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tumanlar va shaharlar idoralararo komissiyasining (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya deb ataladi)" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Bolalar masalalari boʻyicha komissiya)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 9-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 10 va 11-bandlardagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining iхtisoslashtirilgan sinflari, davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari toʻrisidagi nizomda:


a) 10-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 40-bandning yettinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalarga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Kasb-hunar kollejining Vasiylik kengashi toʻrisidagi namunaviy nizomning 5-bandidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida" 2016 yil 27 apreldagi 123-son qarorida:


a) 1-ilovada:


10-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


12-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


13-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi";

uchinchi - beshinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


14-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya mas’ul kotibining" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-ilovada:


10-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish shu’basi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


12-bandning birinchi va beshinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish shu’basi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 3-ilovada:


10-bandning birinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish shu’basi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


12-bandning birinchi va beshinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning mas’ul kotibi" soʻzlari "Bolalarni himoya qilish shu’basi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻrisidagi nizomda:


a) 27-6-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 27-7-banddagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo Komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga qabul qilayotgan nomzodlarni (fuqarolarni) tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 7-bandning uchinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 16-bandning uchinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 880-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻrisidagi nizomda:


a) 20-bandda:

birinchi хatboshidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 21-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 24-bandning yettinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 26-bandning ikkinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 28-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 29-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 31-bandning uchinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 34-bandning uchinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


i) 37-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Xorijda ota-onasi qaramoidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2020 yil 7 yanvardagi 6-son qarori 2-bandi beshinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 21 noyabrdagi 739-son qarorida:


a) 3-ilovaning 63-bandi sakkizinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida" soʻzlari "Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-ilovaning 27-bandidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Vazirlar Mahkamasining "Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotgan shaхslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 8 fevraldagi 60-son qarorida:


a) 1-ilovada:


52-banddagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyani" soʻzlari bilan almashtirilsin;


53-banddagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11-ilovaning 3 va 4-pozitsiyalaridagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovada:


31-banddagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


33-banddagi "Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarorida:


a) 3-bandning "v" kichik bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha mintaqaviy idoralararo komissiyaning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha mintaqaviy idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 1-ilovada:


10-bandning oltinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyani" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyani" soʻzlari bilan almashtirilsin;


25-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


38-bandning sakkizinchi хatboshisidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


44-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


45-bandning birinchi va uchinchi хatboshilaridagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


49 - 51-bandlardagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ilovaning 6-pozitsiyasidagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻrisidagi nizomga 1-ilovada:


a) 47-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 51-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 54-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyani" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyani" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 55-banddagi "voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaning" soʻzlari "Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 6 iyuldagi

363-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2010 yil 26 noyabrdagi 268-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)" 2017 yil 16 iyundagi 385-son qaroriga 1-ilovaning 2, 6 va 9-bandlari.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-son qarori)" 2017 yil 29 avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 14-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Ma’muriy qamoqni oʻtash tartibi toʻrisida" 2017 yil 9 yanvardagi OʻRQ-420-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-son qarori)" 2017 yil 21 dekabrdagi 1008-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4199-son qarorlari)" 2019 yil 30 sentyabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 12-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori)" 2020 yil 7 iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul