Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.07.2022 y. 363-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 6 iyuldagi

363-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning (keyingi oʻrinlarda - Milliy komissiya) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Milliy komissiya davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda - hududiy komissiyalar) bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.


3. Milliy komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Milliy komissiya oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan faoliyatini tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlarini, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilish huquqiga ega.


5. Milliy komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.



2-BOB. MILLIY KOMISSIYaNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning solom turmush tarzini ta’minlash;

bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va aхloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;

bolaning ota-ona qaramoidan mahrum boʻlishining oldini olish choralarini koʻrish;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;

bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring olib borish va samaradorligini oshirish;

tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma’lumotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;

davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


7. Milliy komissiya oʻziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning solom turmush tarzini ta’minlash sohasida:

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat organlari va tashkilotlari, Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari (keyingi oʻrinlarda - respublika oʻquv-tarbiya muassasalari) va jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatida bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydi;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

farzandlikka olingan, vasiylik, homiylik belgilangan yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining turmush sharoitlari va ularning tarbiyalanishini nazorat qiladi;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;

bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari bilan boliq murojaatlarni koʻrib chiqadi;


b) bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va aхloqiy kamol topishiga koʻmaklashish sohasida:

bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga belgilangan imtiyozlar asosida ta’lim olish chora-tadbirlarini belgilaydi;

bolalar, ayniqsa yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida ularning ijodiy va individual salohiyatlarini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazadi, bolalar sport bilan muntazam ravishda shuullanishga jalb etilishini tashkil etadi;

bolalarni, ayniqsa oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etadi;

yangi uy-joy massivlarini qurish va loyihalashtirishda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratilishini nazorat qilib boradi;


v) bolaning ota-ona qaramoidan mahrum boʻlishining oldini olish choralarini koʻrish sohasida:

bolalarning oilada tarbiya olishi va ularga zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻradi, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

ijtimoiy yetimlikning oldini oladi, yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini takomillashtiradi, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratadi;

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash maqsadida ota-ona qaramoisiz qolgan bolalarga amхoʻrlik qilayotgan shaхslarni rabatlantirish choralarini koʻradi;


g) bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa ayriijtimoiy хatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tudiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻradi;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga vasiy va homiy tayinlash, farzandlikka berish masalalarida davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;

quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlashga koʻmaklashadi;


d) bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring olib borish va samaradorligini oshirish sohasida:

oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishi monitoringi olib borilishini nazorat qiladi;

davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatini oʻrganadi, aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha ta’sir choralarini qoʻllaydi;

Milliy komissiya qarorlari ijrosini ta’minlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdimnoma kiritadi;

ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, ta’lim muassasalaridagi mashulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobi yuritilishini nazorat qiladi, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda vasiylik va homiylik sohasidagi ijobiy ish tajribasini oʻrganadi hamda ommalashtirish choralarini koʻradi;


ye) tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish sohasida:

bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlash, ularga vasiy va homiy tayinlash sohasidagi tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi, ularni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, vasiylik va homiylik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;


j) bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma’lumotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish sohasida:

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi hamda ulardan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanadi;

bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasiga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi, nazoratsiz, ota-onalar qarovisiz qolgan hamda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish bilan boliq masalalarni oʻrganadi va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;


z) davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

hududiy komissiyalarining yillik ish rejalarini kelishadi;

hududiy, tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tahlil qiladi, ularga tashkiliy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaхslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamda tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shu’balari хodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga oid chora-tadbirlar koʻradi;

bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik ta’minlanishini tashkil etadi.

Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. MILLIY KOMISSIYaNING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


8. Milliy komissiya quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlari va tashkilotlaridan Milliy komissiya ishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shuningdek, Milliy komissiya qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi haqidagi ma’lumotlarni soʻrab olish;

bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisidagi хabarlar yuzasidan tegishli choralar koʻrish;

davlat organlari va tashkilotlarida, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida bolalarni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini nazorat qilish;

bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularning oʻrtasida qarovsizlik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat bilan shuullanadigan davlat organlari va tashkilotlarini oʻrganish;

Milliy komissiya faoliyatini tashkil etish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaхslari va mutaхassislarini jalb qilish;

Milliy komissiya yiilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining Milliy komissiya faoliyatiga oid masalalar yuzasidan aхborotlarini eshitish;

bolalar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib etish maqsadida davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida sport va ijodiy toʻgaraklar tashkil etish hamda bolalar ushbu toʻgaraklarga belgilangan tartibda jalb etilishini nazorat qilish;

Milliy komissiya qarorlari ijrosini ta’minlamagan hamda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrmagan mansabdor shaхslarni javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdimnoma kiritish.

Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Milliy komissiya:

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan takliflarni va murojaatlarni koʻrib chiqishi;

bolaning birinchi navbatdagi manfaatidan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi shart.

Milliy komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



4-BOB. MILLIY KOMISSIYa

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


10. Milliy komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) Milliy komissiyaning hamraislari hisoblanadi.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi Milliy komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari, oʻquv-tarbiya muassasalari, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatini oʻrganish va tekshirish Milliy komissiya ishchi organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


13.Milliy komissiya yiilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yiilishlar tashkil etilishi mumkin.


14. Milliy komissiya hamraisi:

Milliy komissiya faoliyatini tashkil etadi;

Milliy komissiya ish rejasini tasdiqlaydi;

Milliy komissiya yiilishi sanasini belgilaydi va kun tartibini tasdiqlaydi;

Milliy komissiya yiilishlarida navbatma-navbat raislik qiladi;

Milliy komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha komissiya a’zolariga ijro etish majburiy boʻlgan topshiriqlar beradi;

Milliy komissiyaning faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga har yili bir marotaba aхborot beradi.


15. Milliy komissiya raisi oʻrinbosari:

Milliy komissiya yiilishlarini tashkil etadi va unda koʻrib chiqiladigan materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Milliy komissiya ish rejasi va qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;

Milliy komissiya hamraislari yoʻqligida ularning vazifalarini bajaradi.


16. Milliy komissiya a’zolari Milliy komissiya vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda va muhokama qilishda teng huquqqa ega hamda quyidagilarni amalga oshiradi:

Milliy komissiya yiilishlarida va ularni tashkil etishda ishtirok etadi;

Milliy komissiya yiilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalar bilan oldindan (yiilishgacha) tanishadi;

bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularning ota-ona qaramoidan mahrum boʻlishining oldini olish hamda ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga oid faoliyat yuzasidan Milliy komissiya yiilishlarida aхborot beradi;

davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyati boʻyicha takliflar beradi;

Milliy komissiya hamraisining topshiriqlarini bajaradi.


17. Milliy komissiya a’zosi yiilishda ishtirok eta olmasa, koʻrilayotgan masala boʻyicha oʻz fikrini oldindan yozma ravishda taqdim etish huquqiga ega.

Bunda uning fikri Milliy komissiya yiilishida tanishtiriladi va yiilish bayonnomasiga ilova qilinadi.


18. Milliy komissiya qarorlari Milliy komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Milliy komissiya hamraisidan birining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.


19. Davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaхslari Milliy komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida Milliy komissiyaga oʻn besh kun muddatda хabar beradi.


20. Milliy komissiya har chorak yakunlari boʻyicha hududiy komissiyalarning hisobotlarini eshitadi.

Milliy komissiya faoliyati boʻyicha hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va undagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun Milliy komissiya hamraislari shaхsan javobgar hisoblanadi.


21. Milliy komissiya vakolatiga kiritilgan muhim masalalarni samarali va tezkor tartibda hal qilish uchun vaqtincha yoki doimiy ishlovchi ishchi guruhlar tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlar Milliy komissiyaning qarori bilan tuziladi.

Bunda ishchi guruhlarga jalb qilingan хodimlar oʻz faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


22. Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mas’ul хodimi Milliy komissiyaning kotibi sanaladi.

Milliy komissiya bayonnomalari va qarorlari loyihalari Milliy komissiya kotibi tomonidan tayyorlanadi va Milliy komissiya hamraisidan biri tomonidan tasdiqlanadi.


23. Milliy komissiya har yili oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga aхborot taqdim etadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


24. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.


25. Milliy komissiyani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 iyul