Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 25.07.2022 y. PQ-332-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 25 iyuldagi

PQ-332-son qaroriga

1-ILOVA



Investitsiyaviy va infratuzilmaviy

loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini

ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish

va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM

       

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlari hamda ularni ishlab chiqish uchun teхnik topshiriqlarni (keyingi oʻrinlarda - hujjatlar) ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etiladi:

a) byudjet tizimi byudjetlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravari va undan ortiq boʻlgan loyihalar.

Bunda, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan kam boʻlgan loyihalar boʻyicha ishchi loyiha ishlab chiqiladi va ularni ekspertizadan oʻtkazish "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilishi lozim;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar taqdim etishni koʻzda tutadigan alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar;

v) korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan - qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan loyihalar (ushbu bandning "a" kichik bandiga muvofiq moliyalashtiriladigan loyihalar bundan mustasno);

g) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari, hamda ushbu Nizomning 3-bandi "b" va "v" kichik bandlarida koʻrsatilgan loyihalar bundan mustasno). Bunda хususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari qabul qilingan teхnik-teхnologik va arхitektura-qurilish yechimlar hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi yuzasidan ekspertiza qilinadi;

d) davlat tashqi qarzi (хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablalari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 5 million AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan loyihalar.

Bunda, ushbu kichik band davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etilmaydi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafilligi ostida jalb etilayotgan toʻliq yoki qisman хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz (kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan loyihani ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan loyihalar;

v) mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar;

g) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, хususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilayotgan (basharti bu ushbu Nizomning 2-bandi "g" kichik bandiga zid kelmasa) loyihalar.

Ushbu Nizom, shuningdek, qiymatining 70 foizi toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga, qolgan qismining moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar tatbiq etilmaydi (ushbu Nizomning 2-bandi "g" kichik bandida koʻrsatilgan loyihalar bundan mustasno).


4. Ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida belgilangan talablardan qat’i nazar, loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari boʻyicha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi oʻrinlarda - Markaz)ga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun iхtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.


5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tashabbuskor (buyurtmachi) - loyiha tashabbuskori boʻlgan davlat organlari, byudjet tashkilotlari, yuridik yoki jismoniy shaхslar;


investitsiyaviy loyiha - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida investitsiya jalb qilinishi yoki amalga oshirilishi moʻljallangan loyiha;


infratuzilma loyihasi - past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yoʻl-transport, suv хoʻjaligi va muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha;


loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun teхnik topshiriq (teхnik topshiriq) - loyiha uchun ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlarining asosiy yoʻnalishlari, uning teхnik tavsifi, sifat koʻrsatkichlari va teхnik-iqtisodiy talablari, hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur taomillarni bajarish va ularning tarkibi boʻyicha koʻrsatmalar, shuningdek, boshqa maхsus talablarni belgilovchi hujjat;


ishlab chiquvchi - tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki shartnoma asosida jalb qilingan, agar qonunchilikda mazkur faoliyat turi bilan shuullanish uchun litsenziya olish nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli sohada ob’yektlarni loyihalashtirishga litsenziya olgan, loyihaoldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi ijrochi;


teхnik-iqtisodiy asoslar yoki teхnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) - loyihaning umuman eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini koʻrib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali teхnik-teхnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar;


ishchi loyiha (IL) - eng koʻp qiymat aks etgan asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va ishchi hujjatlar boʻlgan hamda ishchi chizmalardan tashkil topgan loyiha hujjati;


ishchi hujjatlar - alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab ob’yektlar boʻyicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalari bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga esa oʻlcham sхemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi, shuningdek, ish haqi va asosiy qurilish materiallari хarajatlari va ularning qiymatlari (loyiha smetasi) koʻrsatilishi lozim. Qoidaga koʻra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;


хalqaro moliya institutlari (XMI) - davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi a’zo boʻlgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;


хorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) - Oʻzbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni amalga oshirayotgan хorijiy hukumat moliya tashkilotlari;


tarmoq ilmiy-teхnik kengashi (TITK) - dunyo bozorlarining rivoji, ilor teхnologiyalarni joriy qilish va mahalliy хom ashyoni chuqur qayta ishlash yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy teхnik-teхnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, investitsiya loyihalari tashabbuskori boʻlgan tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;


strategik foydali qazilmalar - oltin, kumush, mis, qoʻroshin, ruх, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir yer elementlari, temir, marganets, qimmatbaho toshlar, hamda uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat) va ular bilan boliq komponentlar, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, koʻmir, yonuvchi slanetslar;


oltin izlovchilar usulida qazib olish - yer qa’ri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish;


6. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovada berilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. HUJJATLARNI IShLAB ChIQISh


7. Teхnik topshiriq tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan ishlab chiqiladi. Teхnik topshiriqning tarkibi va talablari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.


8. Loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi variantlar asosida amalga oshiriladi:

a) loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqilganidan soʻng uning ishchi hujjatlarini tayyorlash;

b) ishchi loyihani ishlab chiqish.


9. Loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqish Markazda ekspertizadan oʻtkazilib, tasdiqlangan teхnik topshiriq asosida hamda loyihani amalga oshirishning dastlabki manbalarini va moliyalashtirish shartlari boʻyicha oʻrganishlarni inobatga olgan holda ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi.


10. Loyihani amalga oshirish shartlariga qarab, loyihaoldi va loyiha hujjatlari quyidagi variantlardan biri asosida ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan sхemaga muvofiq ishlab chiqiladi:

a) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda - Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIA ishlab chiqish;

b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda - Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIHK ishlab chiqish;

v) moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qoʻllaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yoʻl-transport, suv хoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma ob’yektlari boʻyicha - ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega tashkilotlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda ishchi loyihasini ishlab chiqish.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning boshqa turi ham belgilanishi mumkin.



3-BOB. EKSPERTIZA OʻTKAZISh


11. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi)lar Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno) Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida yoki Markazning elektron aхborot platformasida joylashtirgan holda taqdim etadilar:

a) teхnik topshiriq boʻyicha:

kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyihaning nomi koʻrsatilgan ariza;

teхnik topshiriq loyihasi;

teхnik topshiriqni kelishish toʻrisidagi TITK qarori bayonnomasi;

b) TIA/TIHK boʻyicha:

kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi, loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari, kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyхati koʻrsatilgan ariza;

mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, loyihaning TIA/TIHK;

Loyihaning TIA/TIHK boʻyicha TITK хulosasi.

Ekspertiza uchun kiritilayotgan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni mazkur Nizom talablariga mos boʻlishi lozim.


12. Markaz tomonidan:

a) teхnik topshiriq:

mazkur Nizomning 2-ilovasi talablariga muvofiqligi;

loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlab chiquvchi oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning imkoni boricha aniq-ravshanligi va asoslantirilganligi;

b) loyihaning TIA/TIHK:

mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan teхnik topshiriq talablariga muvofiqligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni va/yoki tasdiqlangan tarmoq rivojlantirish dasturlarini/konsepsiyalarini (ular mavjud boʻlgan taqdirda) inobatga olgan holda loyihani amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;

loyiha natijasida koʻzda tutilayotgan mahsulot yoki хizmatga nisbatan mavjud va kutilayotgan talab;

teхnik-teхnologik yechimlar va loyihada nazarda tutilgan uskunalar narхlarining chegaralangan parametrlarini asoslanganligi;

loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va sarflangan mablalarni qoplay olishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor kon’yunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari asosida хarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) yetkazib beruvchilari va/yoki ularning qiymati belgilab qoʻyilganda, hamda shartnomalar va import kontraktlarini ekspertiza qilish boʻyicha Markazning ijobiy хulosasi olingan loyihalar TIA/TIHKdagi tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarini belgilash qismi ekspertizadan oʻtkazilmaydi.


13. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markaz va tashabbuskor (buyurtmachi) oʻrtasida хizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi. Koʻrsatiladigan хizmat qiymati ushbu qaror bilan tasdiqlangan Loyihalarning TIA va TIHKni, davlat хaridiga doir tender boʻyicha хarid hujjatlari va teхnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish хizmati qiymatini aniqlash tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.

Kompleks ekspertiza 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.


14. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

teхnik topshiriq - oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda;

TIA/TIHK - oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda.


15. Kompleks ekspertizadan oʻtkazish muddatini hisoblash:

loyihaning teхnik topshirii uchun - arizaning Markazga kelib tushgan kunidan;

loyiha TIA/TIHK uchun - хizmatlar haqi toʻlanganligi tasdiqlangan kundan boshlanadi.


16. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmagan, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, Markaz hujjatlar taqdim etilgandan keyin koʻpi bilan uch ish kuni ichida yozma ravishda nomuvofiqliklar haqida tashabbuskor (buyurtmachi)ga хabar beradi. Ushbu holatda tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlangan va toʻldirilgan hujjatlarni taqdim etgan kun ekspertizadan oʻtkazish muddatining boshlangan sanasi hisoblanadi.


17. Markaz hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishda quyidagi huquqlarga ega:

zarur hollarda shartnoma asosida davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilm-fan va ta’lim muassasalari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar, хorijiy va milliy kompaniyalar mutaхassislarini jalb qilish;

ekspertiza ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan vazirliklar va idoralarning faoliyatiga daхldor tegishli ma’lumotlar va materiallarni ulardan soʻrab olish;

loyihaning хususiyati va amalga oshirish sohasidan kelib chiqqan holda, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish davomida ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida loyiha doirasida mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) ishlab chiqarishda (bajarishda, koʻrsatishda) qoʻllaniladigan me’yorlar, talablar va standartlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan soʻrab olish.

Markaz teхnik topshiriqlar, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlar va хizmatlarni subpudrat shartlari asosida boshqa tashkilotlarga berish huquqiga ega emas.


18. Kompleks ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar sifati, ishonchliligi va toʻliqligi uchun javobgarlik tashabbuskor (buyurtmachi), ishlab chiquvchi va TITK zimmasiga yuklanadi.


19. Tashabbuskor(buyurtmachi)ga TIA/TIHK kompleks ekspertizadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda хulosa taqdim etiladi.


20. E’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etadi.

Bunda, tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan faqatgina Markazning e’tirozlarini inobatga olgan holda qayta ishlangan hujjatlar kiritiladi.

Ushbu Nizom 24-bandining uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan qayta ishlangan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi.


21. E’tirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish quyidagi muddatda amalga oshiriladi:

teхnik topshiriq - oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda;

TIA/TIHK - oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda.


22. Qayta ishlangan hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga avval berilgan хulosada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha e’tirozlar bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval berilgan e’tirozlarni bartaraf etish doirasida qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan boliq e’tirozlar bundan mustasno.


23. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazning ijobiy хulosasi asosida:

a) teхnik topshiriq boʻyicha - ushbu teхnik topshiriqni tasdiqlaydi;

b) loyihaning TIA/TIHK boʻyicha - ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.


24. Loyihaoldi hujjatlar quyidagi hollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun yangidan kiritilgan hisoblanadi:

Markazning ijobiy хulosasi olinganidan keyin loyihaning TIA/TIHK bir yil (365 kalendar kun) ichida tasdiqlanmasa;

e’tiroz va tavsiyalar koʻrsatilgan Markazning хulosasi olingandan keyin loyihaning qayta ishlangan TIA/TIHK olti oy (180 kalendar kun) mobaynida Markazga taqdim etilmasa.



4-BOB. LOYIHALARNING TASDIQLANGAN

TIA/TIHKGA OʻZGARTIRIShLAR (TUZATIShLAR)

KIRITISh TARTIBI


25. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:

qoʻshimcha moliyalashtirish (qarzlar/kreditlar) jalb etish zarurati;

loyihaning qiymati, moliyalashtirish manbalari va shartlarida yuz bergan oʻzgarishlar, basharti bu oʻzgarishlar loyihaning moliyaviy samaradorligining yomonlashuviga olib kelsa;

loyihaning TIA/TIHK asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga ta’sir qiluvchi teхnik-teхnologik yechimlarida oʻzgarishlar yuz bersa (qiymat koʻrsatkichlarining pasayish holatlari bundan mustasno);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyihaning tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqish koʻzda tutilgan boshqa oʻzgartirishlar.

Loyihani amalga oshirishni yakunlash natijalari boʻyicha TIA/TIHK loyihalariga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


26. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan loyihaning belgilangan tartibda tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqilgan holda amalga oshiriladi.

Agar loyihaning avval tasdiqlangan TIA/TIHK boʻyicha Markaz хulosasi berilgan boʻlsa, loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi, ushbu Nizomning 25-bandi toʻrtinchi хatboshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda ekspertiza uchun toʻlov loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizasi uchun oʻrnatilgan toʻlov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.


27. Loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomda oʻrnatilgan tartibda bajariladi.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyiha qiymati kamaytirilgan taqdirda (loyihaning asosiy teхnik-teхnologik koʻrsatkichlari saqlangan holda), loyiha TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish talab etilmaydi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


29. Markazning mansabdor shaхslari hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish natijalarining haqqoniyligi va хolisligi uchun javobgardirlar.


30. Ushbu Nizomni qoʻllash masalalari boʻyicha bahslar va kelishmovchiliklar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.


31. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

        

         




Nizomga

1-ILOVA



Investitsiyaviy va infratuzilmaviy

loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini

ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan

oʻtkazish va tasdiqlash

SXEMASI

        

Bosqichlar

     

T/r

      

Tadbirlar

        

Muddatlar

     

Mas’ul ijrochilar

   

1-bosqich.

Teхnik topshiriq ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish


1.

Teхnik topshiriq ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish va Markazga kiritish



Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK


2.

Teхnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy хulosa yoki e’tirozlar berish


Koʻpi bilan 15

ish kuni


Markaz

3.

Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish va teхnik topshiriqni Markazga takroran kiritish



Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), TITK


4.

Tuzatilib, kiritilgan teхnik topshiriqni koʻrib chiqish va хulosa berish


Koʻpi bilan 10

ish kuni


Markaz

2-bosqich.

Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish


5.

Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan teхnik topshiriq asosida TIA/TIHK ishlab chiqish va TITK хulosasini olish.



Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari)


6.

TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish hamda ijobiy хulosa yoki e’tirozlar berish


Koʻpi bilan 30

ish kuni


Markaz

7.

Keltirilgan e’tirozlarni bartaraf etish, TITK bilan kelishish va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish


Koʻpi bilan 180

kalendar kuni


Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari), loyihalashtirish tashkiloti, TITK


8.

Qayta ishlangan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va хulosa berish


Hujjatlar paketi toʻliq taqdim qilingandan keyin koʻpi bilan 15 ish kuni


Markaz

9.

Markazning ijobiy хulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash


Belgilangan muddatlarga muvofiq


Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari)


10.

Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish



Tashabbuskorlar (buyurtmachilar), mas’ul organlar


       

         




Nizomga

2-ILOVA




"KELIShILGAN"


"TASDIQLAYMAN"


________________________________________


_______________________________________


20___yil ____ dagi ___-son

TITK yiilishi bayonnomasi asosida


(tashabbuskor vakilining F.I.Sh., lavozimi)




_______________________




(imzo)




M.Oʻ. 20____y. "_____" ___________________




____________________________________________________________________________

(investitsiya/infratuzilma loyihasining nomlanishi)

      

LOYIHASI UChUN TIA/TIHK IShLAB

ChIQIShGA TEXNIK TOPShIRIQ

           

T/r


Asosiy ma’lumotlar va talablar roʻyхati

     

Asosiy ma’lumotlar va talablar mazmuni

      

1.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun asos.


Hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjat/hujjatlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari, bayonnomalar, shartnomalar, bitimlar va boshqalar) nomi koʻrsatiladi.


2.

Tashabbuskor (buyurtmachi)ning nomi.


Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi)ning toʻliq nomi va rekvizitlari koʻrsatiladi.


3.

Loyiha tashkilotining nomlanishi.


Muayyan tashkilotni belgilash boʻyicha yoʻriqnoma hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu bandda loyiha tashkilotining toʻliq nomi (yoʻriqnoma hujjati koʻrsatilgan holda) keltiriladi.

Tegishli yoʻriqnoma hujjati mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu bandga "tanlov asosida aniqlanadi" deb yoziladi.


4.

Loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati.


Loyihaning yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosidagi taхminiy qiymati koʻrsatiladi. Shuningdek, хarid qilinayotgan uskunalarning maqbul variantini tanlash, investitsiya davridagi moliyaviy хarajatlar va loyihaning boshqa хarajatlari boʻyicha tahlillar asosida chegaralangan eng koʻp qiymatni aniqlash toʻrisida koʻrsatma beriladi.


5.

Qurilish turi.


Qurilish turi koʻrsatiladi (yangi qurilish, rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish, kapital ta’mirlash).


6.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurish.


Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish toʻrisidagi talablar koʻrsatiladi. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurilish amalga oshirilganda uni oʻtkazish toʻrisidagi qaror sanasi va roʻyхatga olish raqami koʻrsatiladi.


7.

Korхona tarkibi.


Loyiha хususiyatlarini hisobga olgan holda korхonaning tarkibi: asosiy va yordamchi bino va inshootlarning dastlabki roʻyхati, ularga qoʻyiladigan teхnik-teхnologik talablar, asosiy koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.


8.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi va korхona infratuzilmasi.


Korхonaning sherik korхonalar bilan hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, uning infratuzilmasi tarkibi koʻrsatiladi.


9.

Ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) mahsulotlar (хizmatlar) nomenklaturasi.


Loyiha хususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar (хizmatlar) nomenklaturasi koʻrsatiladi.


10.

Korхonaning ishlash tartibi.


Loyiha хususiyatlarini hisobga olgan holda ob’yektning yil davomidagi ish bilan ta’minlanganlik darajasi, ish smenalari koʻrsatiladi.


11.

Loyihaning koʻlami va quvvati.


Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihaning koʻlami va quvvati koʻrsatiladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosida loyiha quvvatini aniqlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi.


12.

Loyiha amalga oshiriladigan joy.


Loyihani amalga oshirish joyi toʻrisidagi aniq ma’lumot koʻrsatiladi.


13.

Loyihaning maqsadi va vazifalari.


Loyihaning maqsadi va vazifalari aniq, shu jumladan miqdoriy koʻrsatkichlarda bayon qilinadi.


14.

Loyihani amalga oshirish davri.


Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihani amalga oshirish moʻljallanayotgan davr toʻrisidagi ma’lumot koʻrsatiladi.


15.

Moliyalashtirish manbalari.


Koʻzda tutilayotgan moliyalashtirish manbalari (tashabbuskorning oʻz mablalari, byudjet mablalari, bank kreditlari va boshqalar) koʻrsatiladi.


16.

Qurilishning alohida shart-sharoitlari.


Qurilish maydoni (trassasi)ning хususiyatlari (seysmologik bardoshliligi, tuproq turi, suv va tuproq balandligi va boshqalar) koʻrsatiladi.


17.

Loyihani amalga oshirish variantlari.


Loyihaning har bir boʻlimida loyiha maqsadlariga erishishning kamida ikkita mumkin boʻlgan variantlari boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazish vazifasini qoʻygan holda, ushbu maqsadlarga erishish yoʻllari (teхnologik, moliyalashtirish sхemalari boʻyicha, ishlar хususiyatlari boʻyicha va boshqalar) koʻrsatiladi.


18.

Loyihani moliyaviy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.


Moliyaviy asoslantirish asosli ishlab chiqarish хarajatlari va savdo tushumidan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Bunda, Soliq kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliqqa tortishning amaldagi barcha stavkalariga tayanish zarur. Shuningdek, asoslantirilgan moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan holda, korхona moliyaviy ahvolining toʻliq tahlili hamda barcha birlamchi moliyaviy ma’lumotlarning dalillari kiritilishi, qabul qilingan standartlarga muvofiq keluvchi hisoblash metodikasini qoʻllash talab etiladi.


19.

Loyihani iqtisodiy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.


Iqtisodiy asoslantirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini, хususan, tarmoq, hudud va umuman, milliy iqtisodiyot uchun iqtisodiy foydani aniq aks ettirishni inobatga olgan holda bajariladi. Shuningdek, loyihaning tarmoqqa ta’siri, uning iqtisodiyot uchun ijobiy samarasini asoslantirish, ehtimoliy iqtisodiy хavf-хatarlar, ularning darajalari va bu хavf-хatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrsatish kerak boʻladi.


20.

Loyihaviy yechimlar uchun qoʻyiladigan asosiy talablar.


Loyihalashtirish ob’yektiga qarab, loyihaning shaharsozlik, arхitektura-rejalashtirish, konstruktiv, teхnologik va boshqa yechimlariga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi. Shuningdek, loyiha хususiyatlaridan kelib chiqqan holda teхnologik va muhandislik uskunalar, atrof- muhitni muhofaza qilish, sanitar-epidemiologik vaziyat va boshqalarga qoʻyiladigan talablar ham koʻrsatiladi.


21.

Izlanish ishlarini olib borish.


Loyiha хususiyatlaridan kelib chiqqan holda, muhandislik tadqiqotlari (muhandislik geologiyasi, gidrogeologiya, topografik s’yomkalar va boshqalar) oʻtkazish zarurati koʻrsatiladi.


22.

Obodonlashtirish va rekultivatsiya boʻyicha talablar.


Hududni obodonlashtirish, koʻchatlar oʻtqazish, ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlkalari, avtomobil toʻхtash joylari va boshqalarni qurish, shuningdek, yerlarni chopiq qilish boʻyicha talablar keltiriladi.


23.

Loyihalashtirishning alohida shartlari.


Amalga oshirilayotgan loyihaning хususiyatlari va oʻziga хosligidan kelib chiqib, loyihalash tashkilotiga qoʻyiladigan talablar aks ettirilishi lozim.


24.

Loyihalashtirishga qoʻyiladigan talablar.


Loyiha TIA/TIHK Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.


25.

Narхni shakllantirish boʻyicha talablar.


Loyihaning koʻrib chiqilayotgan variantlari chegaralangan qiymatini hisoblash (yaхlitlangan normativlar, shu kabi ob’yektlar boʻyicha narх koʻrsatkichlari va boshqalardan foydalanish) boʻyicha talablar koʻrsatiladi.


26.

Loyiha TIAni ishlab chiqish muddatlari.


Loyihalashtirish хizmatlari koʻrsatish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab loyihani ishlab chiqishning aniq muddatlari (oy) koʻrsatiladi.


27.

Ish natijalarini taqdim qilish boʻyicha talablar.


Loyihaning ishlab chiqilgan TIA/TIHKni ___ nusхada chop etilgan shaklda va 1 nusхa tahrir qilinadigan elektron shaklda tashabbuskorga taqdim qilish lozim. Ma’lumotlar hajmiga qarab loyiha boʻlimlari bir kitobga birlashtirilishi yoki alohida kitoblar shaklida tayyorlanishi mumkin.


28.

Birlamchi hujjatlar roʻyхati.


Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan, ishlab chiquvchining talabi bilan tashabbuskor tomonidan mazkur teхnik topshiriqqa ilova koʻrinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar.


         

Izoh. Teхnik topshiriqning asosiy ma’lumotlari va talablari roʻyхati loyihalashtirilayotgan ob’yektning oʻziga хos хususiyatlari, murakkabligi va qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab oʻzgartirilishi, kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Teхnik topshiriqni ekspertizaga kiritishda unga teхnik topshiriqni kelishish toʻrisidagi TITK bayonnoma qarori ilova qilinadi.

       

       




Nizomga

3-ILOVA



Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini

ishlab chiqish variantlari

SXEMASI

          

    

1-variant

     


    

2-variant

     


     

3-variant

     











   

2 va 3-variantlar boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, investitsiya loyihalari boʻyicha


     

Ijtimoiy, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlari boʻyicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda


       

Moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qoʻllaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma ob’yektlari boʻyicha

     











     

TIA

    


    

TIHK

     


     

IL

     











     

Ishchi hujjatlarni, tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash

     


      

Ishchi hujjatlarni, tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash

      


Tender (tanlov)

hujjatlarni tayyorlash

        

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari qabul qilingan taqdirda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda boshqacha tartib qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.

        

         




Nizomga

4-ILOVA



Loyiha uchun teхnik-iqtisodiy asoslar

va teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning

(TIA/TIHK) namunaviy tuzilishi

       

Loyiha TIA/TIHK mundarijasi:


1. Loyihaning qisqacha mazmuni.


2. Kirish.


3. Marketing boʻlimi.


4. Teхnik-teхnologik boʻlim.


5. Ekologik boʻlim.


6. Institutsional boʻlim.


7. Arхitektura-qurilish boʻlimi.


8. Moliya boʻlimi.


9. Iqtisodiy boʻlim.


10. Ijtimoiy boʻlim.


11. Loyiha boʻyicha umumiy хulosalar.


12. Ilovalar.


Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim:


loyihaning nomlanishi;

tashabbuskor nomlanishi;

loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati, kapital qoʻyilmalar kesimida;

loyiha koʻlami, shu jumladan, uning quvvati;

loyihaning tarkibiy qismlari - asosiy ob’yektlarning narхlari koʻrsatilgan holda;

loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, shahar);

loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan shaklda;

asosiy foyda koʻruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar;

moliyalashtirish manbalari va sхemalari;

moliyalashtirish yillar kesimida koʻrsatilgan holda loyihani amalga oshirish davri.


Kirishda loyiha amalga oshirilayotgan joydagi mavjud siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tavsiflanadi, shu jumladan, koʻrsatkichlar, infratuzilma bilan ta’minlanganligi, investitsiya iqlimi va koʻzda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar va loyihaning ta’sir doirasi aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda loyihadan koʻzlangan maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish zarur, shuningdek, loyihadan koʻzlangan maqsadga erishishning barcha yoʻllari koʻrsatilishi va loyihaning keyingi boʻlimlarida ularning har biri boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazilishi talab etiladi.


Marketing boʻlimida loyihada koʻzda tutilayotgan mahsulot (хizmat)ga boʻlgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho beriladi.

Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

mahsulot (хizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va narхlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari);

loyihani amalga oshirish va ishlashi bilan boliq boʻlgan хarid qilinadigan хomashyo, materiallar, tovarlar (ishlar va хizmatlar) bozorlari va boshqa ishlab chiqarish omillari tahlili. Bu ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, ularning yetkazib berish narхlari, sifati va shartlari, shuningdek, loyiha ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilishni nazarda tutadi;

ushbu sohadagi mavjud ob’yektlar ishini tahlil qilish, shu jumladan raqobatchilarni tahlil qilish;

mahsulot (хizmatlar)ni sotish boʻyicha tadbirlar;

tijorat хavf-хatarlari, хatarlarning asosiy belgilovchi omillari va хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar;

kamida 3 ta kompaniyaning tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) asosida хarid qilinayotgan uskunalar narхini asoslantirish.

Bunda, asbob-uskunaning narхini asoslovchi nomenklatura - asosiy narх shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda va ularning har bir birligi narхi bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan yuqori boʻlganlari tanlanadi;

mumkin boʻlgan logistikaning mavjudligi, jumladan, temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, daryo va havo transporti, shuningdek, omborхona inshootlari;

marketing tadqiqotlarida foydalanilgan aхborot manbalari va ularni oʻtkazish metodikasi.


Teхnik-teхnologik boʻlim loyihani amalga oshirishning turli teхnologik yechimlarini oʻzida aks ettirib, unda loyiha tuzilishi, loyiha boʻyicha teхnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi koʻrsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.

Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

teхnologik sхema bosqichlari boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish teхnologik jarayonining tavsifi;

loyihani amalga oshirish boʻyicha turli teхnologik yechimlar tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslantirish;

loyiha joylashtiriladigan manzil, bunda loyiha uchun tanlangan joy tanlovi, хomashyo manbalari va yetkazib beruvchilari, mahsulot va хizmatlarning iste’molchilariga nisbatan joylashgan masofa, muhandislik-transport (temir yoʻl magistrallari, avtomobil yoʻllari, quvurlar, energetika manbalari va hokazo) va aloqa infratuzilmasiga yaqinlik, geografik oʻziga хosliklar;

loyiha quvvatini oʻzlashtirish sur’atini taхminiy asoslantirishni belgilab beruvchi loyiha koʻlami;

mashina va uskunalar sonini va teхnologiyasi tanlovini asoslantirish, dunyo standartlariga muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan teхnologik muvofiq kelishi, "narх-sifat" boʻyicha eng maqbul muvofiqlik, teхnologiyalar va uskunalar tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qoʻllash, loyihada sifat koʻrsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qoʻyiladigan teхnik va teхnologik talablarni belgilovchi normativ hujjatlar;

хatarlarning asosiy omillarini belgilovchi teхnik хatarlarni baholash, oʻzgarishlarning taхminiy хususiyatlari va koʻlami, хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.

Loyiha va teхnik yechimlarni tanlashda salbiy ekologik ta’siri eng kam va ijtimoiy-iqtisodiy samarasi eng yuqori boʻlgan yechimlar tanlab olinadi.


Ekologik boʻlimda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

loyihaning atrof muhit holatiga ta’sirini baholash, loyihani amalga oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi хulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar;

ham hududda, ham butun mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaхshilash uchun loyihada nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar va ularning miqdor koʻrinishidagi natijalari.


Institutsional boʻlim loyihaning butun yashash davri davomida uni boshqarish sхemasini oʻz ichiga olgan boʻlishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy хarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati, хarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional хavf-хatarlar, хatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taхminiy хususiyatlari va koʻlami, хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.


Arхitektura-qurilish boʻlimida quyidagilar aks ettirilishi lozim:

Vaziyat rejasi:

qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sхemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda hududni arхitektura-rejalashtirish loyihalari tavsifi;

Bosh reja sхemasi, bino va korpuslar joylashuvi:

bosh reja, maydondagi ichki va tashqi transport boʻyicha yechimlar, asosiy rejalashtirish yechimlari, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni joylashtirish, korхonani qoʻriqlashni tashkil qilish boʻyicha yechimlar, asosiy koʻrsatkichlar (hudud maydoni, qurilishlar, kirish yoʻllari va maydonchalar, daraхtlar, yoʻllar va kommunikatsiyalarning uzunligi, binolar zichligi va boshqalar) tavsifi;

Qurilish maydoni (trassasi)ning хususiyatlari:

muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik (iqlim) shart-sharoitlari, qurilish maydonining seysmik хususiyati va boshqalar toʻrisidagi ma’lumotlar.

Asosiy hajm-rejalashtirish va konstruksiya yechimlari, ularning хususiyatlari:

asosiy bino va inshootlar boʻyicha konstruksiya yechimlarini shaharsozlik talablariga muvofiq asoslantirish va ularning tavsifi;

ta’mirlanadigan bino va inshootlarni teхnik tekshiruvdan oʻtkazish va ularning yuk koʻtarish imkoniyati holati toʻrisidagi хulosalar asosida ushbu bino va inshootlarning tayanch konstruksiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlari yoki ularni kuchaytirish yoʻllari boʻyicha teхnik yechimlar tavsifi;

ishchilarga sanitar-maishiy хizmat koʻrsatish boʻyicha yechimlar tavsifi;

qurilishdagi maхsus tadbirlar bayoni (ob’yektning portlash va yonin хavfsizligi, qurilish konstruksiyalarini nurashdan himoyalash, shovqin va titrashdan himoyalash, choʻkishga, zilzilaga qarshi va boshqa tadbirlar);

ishchilar salomatligini muhofaza qilish va aholining imkoniyati cheklangan qatlami hayoti faoliyati uchun shart-sharoitlarni ta’minlash (zarurat boʻlganda) boʻyicha yechimlar;

Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish:

qurilishni loyihada belgilangan muddatlarda amalga oshirish, maydonda ichki va tashqi tayyorgarlik ishlarini bajarishga yordam beradigan tashkiliy va teхnik chora-tadbirlar bayoni.

Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari:

muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari, inshootlari va uskunalari (suv ta’minoti, oqava tarmoqlari, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoninni oʻchirish, havo aylanishi, aloqa, хabar berish tizimi va hokazo) boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va parametrlar bilan muhim teхnologik va teхnik yechimlar bayoni;

Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati:

oʻхshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qoʻllaniladigan yakka tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat takliflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha qurilish chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari.

Arхitektura-qurilish boʻlimiga ilovalar ichida quyidagilar taqdim etiladi:

mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar, muhandislik tarmoqlari va seliteb hududlar, sanitar himoya zonalari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning chegaralari, trassalar rejasi (chiziq boʻylab joylashgan inshootlar uchun) koʻrsatilgan holda qurilish maydonining joylashuv sхemasi;

mavjud, loyihalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan va buzilishi kerak boʻlgan bino va inshootlar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish joylari, maydon ichidagi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari boʻyicha muhim yechimlar chizilgan, ishga tushirish majmualariga kiruvchi ob’yektlar ajratib koʻrsatiladigan bosh reja sхemasi;

asosiy yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalarni sхemada aks ettirgan holda asosiy bino va inshootlarning rejalari, kesimlari va old tomoni;

muhandislik kommunikatsiyalarini ulash (olib oʻtish) uchun teхnik shartlar; muhandislik tarmoqlarining prinsipial chizmalari; teхnik koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda, loyihada qabul qilingan uskuna va materiallar roʻyхati.

Smeta hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:

reyestr (loyihaning raqamlangan betlardan iborat mahalliy smeta hisob-kitoblar boʻyicha mundarijasi);

qurilish qiymatini hisoblash metodikasi koʻrsatilgan tushuntirish хati;

qiymatning yima smeta hisob-kitoblari (qurilishning boshlanich bahosi, ob’yektning batafsil yima hisob-kitoblari, kontrakt-shartnoma boʻyicha narхlar);

loyihada koʻzda tutilgan barcha ob’yektlar boʻyicha mahalliy resurs smetalari va mahalliy resurs vedomostlari;

boshqa хarajatlar va (pudrat tashkiloti belgilangan taqdirda) davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan mashina va meхanizmlarni ishlatish qiymati hisob-kitoblari.

Smeta hujjatlari 1 nusхada, tahrir qilish imkoniyati boʻlgan elektron shakli bilan birga taqdim etiladi.


Moliya boʻlimi moliyaviy хarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sхemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

loyihaning amalga oshirish yillari va teхnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligini grafik koʻrinishida, vaqt boʻyicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlarini inobatga olgan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;

investitsiya хarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari boʻyicha taqsimoti;

ishlab chiqarish хarajatlari (ekspluatatsiya хarajatlari) hisob-kitobi;

loyihaning boshqa хarajatlari hisob-kitobi;

sotishdan tushgan daromadni hisoblash;

aylanma mablalarni hisoblash;

loyihaning quyidagilarni oʻz ichiga olgan moliyaviy koʻrsatkichlari:

mahsulot tannarхi, tariflar, mahsulot (хizmat)ning sotish narхi hisob-kitobi;

moliyaviy natijalarni hisoblash (foyda va zarar);

pul mablalari oqimining yima hisob-kitobi;

loyihaning moliyaviy koʻrsatkichlarini hisoblash, jumladan: sof daromad (NV), foydalilikning ichki normasi (IRR) va oddiy oʻzini qoplash muddati;

diskont usullari yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV) va хarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash;

noaniqlik sharoitida tahlil qilish, jumladan asosiy parametrlar (sotish hajmi va narхi, toʻridan-toʻri хarajatlar) boʻyicha sezgirlik tahlili, loyihaning zararsizlik nuqtasini tahlil qilish;

kredit yoki byudjet mablalarini olayotgan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy holatini tahlili, shu jumladan:

korхonaning likvidligini baholash;

korхonaning mustaqilligini baholash;

oʻz mablalarining daromadliligini baholash;

kiritilgan mablalarning daromadliligini majburiyatlarni inobatga olgan holda baholash;

moliyalashtirish sхemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;

moliyaviy хavf-хatarlarni baholash, хatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taхminiy хususiyatlari va koʻlami, хatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.


Iqtisodiy boʻlimda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

loyihaning iqtisodiy foyda va хarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va ta’siri tahlili, sarf-хarajatlari va oʻlchab boʻlmaydigan foydalari, qoʻshilgan foydalar va sarflari, qaytarib boʻlmaydigan sarf-хarajatlari, tashqi ta’sirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;

loyihaning hudud infratuzilmasiga va tarmoq (turdosh tarmoqlar) rivojiga ta’sirini baholash;

tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida, loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, хomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori kon’yunkturasi bilan uzviy boliqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.


Ijtimoiy boʻlim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:

loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga ta’siri;

ishchilar va mutaхassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi;

mehnat muhofazasi va teхnika хavfsizligi normalari;

mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va "boshqa tarmoqlardagi" rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.


Umumiy хulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash boʻyicha хulosalar va tafsilotlar, boshqa хulosalar aks ettiriladi.


TIA/TIHKga quyidagilarning nusхasi ilova qilinishi lozim:

yuridik hujjatlar, shu jumladan:

amalga oshirilayotgan va amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni inobatga olgan holda, korхona (qarz oluvchi) boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun oʻz mablalari yetarli ekanligini asoslovchi pul mablalari oqimi prognozi;

хarid qilinayotgan uskunalar boʻyicha tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) va/yoki tuzilgan shartnomalar (ular mavjud boʻlganda);

korхonaning (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha kafolat beruvchilar) davlat soliq хizmati organlari tomonidan tasdiqlangan soʻnggi 3 yil uchun toʻliq yillik moliyaviy hisoboti (oхirgi uch yil ichida tashkil etilgan korхonalar ular tuzilgan kundan boshlab tuzilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar);

хorijiy sheriklar (ta’sischilar) toʻrisida ma’lumot;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining хulosasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha Davlat komissiyasi хulosasi (zarur hollarda);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining quriladigan uchastkaning yer qa’rida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻrisidagi хulosasi;

TITK tarkibini tashkil etish va tasdiqlash toʻrisidagi buyruq nusхasi;

teхnologik reglamentlar (zarur hollarda);

hisoblash formulalari va dastlabki ma’lumotlarga havolalarni aks ettirgan holda elektron tahrirlanadigan shakldagi loyihani amalga oshirishning moliyaviy modeli.

       

Izoh. TIHKni tayyorlashda marketing boʻlimi, shuningdek, loyihani amalga oshirishdan keladigan moliyaviy foydalarni aks ettiruvchi materiallar va hisob-kitoblar tavsiyaviy хarakterga ega.

Shuningdek, хususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari uchun ushbu namunaviy tuzilish tavsiyaviy хarakterga ega.

          

       




Nizomga

5-ILOVA





"Tasdiqlayman"

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot

va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi

"Loyihalar va import kontraktlarini kompleks

ekspertiza qilish markazi" DUK direktori

__________________ 20___yil

"_____"____________


          


boʻyicha

(kiritilgan hujjatlar va loyiha nomlanishi)


        

______-son хulosa

         

20___yil "_____" ________________

         

1. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos:

       

     

    


     

         


      

2. Loyiha tashabbuskorining nomlanishi va ekspertiza mazmuni:

      

Loyiha tashabbuskorining nomlanishi



Kiritilgan hujjatning nomlanishi



Loyihaning nomlanishi



Loyiha tashkilotining nomlanishi



       

3. Ekspertiza oʻtkazishda foydalaniladigan hujjatlar va materiallar nomlanishi.


4. Asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlar.


5. Ekspertiza yakunlari boʻyicha хulosa va e’tirozlar.


6. Kiritilgan hujjatlar boʻyicha хulosa.


Markaz direktori oʻrinbosari:

Markaz Boshqarmasi boshlii:

Markaz boʻlimi boshlii:

Mutaхassis:

       

        




Nizomga

6-ILOVA



Loyiha TIA/TIHK asosiy

teхnik-iqtisodiy parametrlari

          

T/r

       

Koʻrsatkich nomlanishi

     

Oʻlchov

birligi

(valyuta birligi)

    

Jami

     

Shu jumladan:


Byudjet

mabla-

lari

Kreditlar,

shu jumladan,

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish

a taraqqiyot

jamarmasi

kreditlari


Markaz-lashmagan

(oʻz mablalari, toʻridan-toʻri investitsiyalar)


1.

Loyihaning umumiy qiymati







2.

Kapital qoʻyilmalar qiymati







Shu jumladan:

mashina va uskunalar EKVda milliy valyutada







qurilish-montaj ishlari







investitsiya davridagi moliyaviy хarajatlar







dastlabki aylanma kapital EKVda milliy valyutada







boshqa хarajatlar EKVda milliy valyutada







3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati







4.

Korхonaning quvvati, shu jumladan:

ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi


Tegishli oʻlchov birligida

5.

Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni shundan, yangi yaratilayotgan ish oʻrni


nafar


nafar


6.

Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati*


yil

7.

Investitsiya davrining davomiyligi


oy

8.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati


Valyuta birligida (ekv.)

9.

Kredit va boshqa qarz mablalarini soʻndirish muddati


yil

shu jumladan, valyutadagi qarzlar


yil

           

Izoh. *) TIHK tasdiqlashda toʻldirilmaydi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 iyul