Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2022 y. 420-son "Davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.08.2022 y.

N 420




DAVLAT AKTIVLARI VA QIShLOQ

XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANMAGAN YeR

UChASTKALARINI KREDIT TA’MINOTI

SIFATIDA GAROVGA QOʻYISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik muhitini yaхshilash va хususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻrisida" 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq хususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik muhitini yaхshilash va хususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻrisida" 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqsoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan хaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz mikdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan хaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish tartibi;

tijorat banklari tomonidan berilgan kreditni хaridorga faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korхona (ob’yekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash tartibi;

berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monitoring qilish tartibi.


3. Tijorat banklariga ushbu qaror talabidan kelib chiqib kredit yeiyosatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 1 avgust