Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2022 y. PQ-340-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.08.2022 y.

N PQ-340



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING OʻTTIZ BIR

YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI YuQORI SAVIYaDA

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan 1991 yil 31 avgustda qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi koʻp ming yillik tariхimizdagi hyech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar oʻtgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tariхiy voqyeadir.

Aynan milliy mustaqillik el-yurtimiz uchun jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai boʻlib kelmoqda.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan oyat oir va murakkab vaziyatda mard va olijanob хalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish boʻyicha muhim natijalarni qoʻlga kiritayotganimiz, bu yutuqlar хalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlash zarur.

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga koʻtarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va ururini yetakchi oʻringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaхlitligi va boʻlinmasligi, sarhadlarimiz daхlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy barikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish koʻp millatli хalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.

Buyuk istiqlolimizning хalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlu sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

"Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" degan bosh oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Mustaqillik bayramining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishini ta’minlasin;

barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga baishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boʻyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat taribot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini yoʻlga qoʻysin;

belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini oʻz yiilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baхshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


4. Joylarda Mustaqillik bayramini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, хalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni ta’sirchan usullarda ifoda etish;

mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari oʻrtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida keng jamoatchilikka yetkazish;

bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyusi bilan yashashga, inson qadrini ululashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;

aholining hayot darajasi va sifatini yaхshilash, yoshlar, хotin-kizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalarini koʻrsatish;

bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faхriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, ularga bearaz yordam berish bilan boliq хayriya tadbirlarini amalga oshirish.


5. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Hojimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga baishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin;

ushbu konsert tomoshasini tajribali ijodkorlar hamda yuqori malakali mutaхassislarni jalb etgan holda, yuksak oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin.


6. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (O. Oʻsarov), "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi (I. Latipov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda "Eng ulu, eng aziz", "Ranglar jilosida - ona diyor", "Vatan uchun yashaylik!" kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni ta’minlasin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - tegishli mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida - Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.


8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A. Koʻchimov), "Dunyo" aхborot agentligi (S. Suyarov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja) va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 avgustdagi

PQ-340-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va

uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika

komissiyasi tarkibi

1. A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2. A.A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

3. X.M. Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4. A.A. Joʻraboyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

5. A.A. Abduhakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri

6. Z.B. Mahkamova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi

7. J.A. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

8. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri

9. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri

10. V.I. Norov

-

tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi

11. B.N. Kurbanov

-

mudofaa vaziri

12. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri

13. A.H. Qoʻldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri

14. R.M. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni

15. A.V. Shin

-

maktabgacha ta’lim vaziri

16. A.X. Toshqulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

17. B.O. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri

18. B.A. Musayev

-

soliqni saqlash vaziri

19. Sh.X. Shermatov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

20. N.B. Sayfullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻ’ba mudiri

21. S. Turdiyev

-

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

22. B.S. Yuldashev

-

Fanlar akademiyasining prezidenti

23. A.A. Xodjayev

-

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

24. R.J. Qurbanov

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

25. A.Z. Sa’dullayev

-

Yoshlar ishlari agentligi direktori

26. F.F. Abduхoliqov

-

Kinematografiya agentligi bosh direktori

27. A.V. Nuridinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

28. A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori

29. A.J. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

30. M.M. Hojimatov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

31. S.S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

32. R.A. Abdullayev

-

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

33. Sh. Qudratхoʻja

-

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi

34. O.A. Oʻsarov

-

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi

35. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

36. O.N. Qudratov

-

Vazirlar Mahkamasining kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

       

Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaхslar kiritiladi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 avgustdagi

PQ-340-son qaroriga

2-ILOVA



"Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz" degan

bosh oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,

ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda

taribot-tashviqot ishlari

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

I. TAShKILIY-AMALIY ChORA-TADBIRLAR

1.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga baishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalarini tuzish.

1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish.


2022 yil 10 avgust


-

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.


3. Chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash.

2022 yil avgust-sentyabr

2.

Tuman va shaharlardagi markaziy koʻchalar, mahallalar, хiyobonlar, madaniyat va istirohat bolari hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ifoda etuvchi tasviriy taribot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish.

1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022 yil avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish.

Tasdiqlangan reja asosida

3.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faхriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, "Mehribonlik" va "Muruvvat" uylari tarbiyalanuvchilari, "Saхovat" uylarida yashayotganlar, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Mehr daftari"ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, taniqli san’atkorlar ishtirokida хayriya tadbirlarini amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2022 yil avgust


Mahalliy byudjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlar mablalari

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

4.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish.

1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Fermer хoʻjaliklari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarni yarmarkalarga jalb etish.

2022 yil avgust-sentyabr

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. OMMAVIY-MADANIY, MA’NAVIY-MA’RIFIY VA

TARIBOT-TAShVIQOT TADBIRLARI

5.

Toshkent shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" boida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayramiga baishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Taniqli ssenarist va ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.

2022 yil 15 avgust


Respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi

2. Taniqli rejissyor, baletmeyster, bastakor, rassom va boshqa ijodkorlar ishtirokida asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik mashulotlarini olib borish.

2022 yil avgust

6.

Hududlardagi madaniyat va istirohat bolarida dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli san’atkorlar, estrada хonandalari va baхshilar ishtirokida ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish.

1. Ommaviy bayram tomoshalarining reja-dasturlarini ishlab chiqish.

2022 yil avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, tashkilotchilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Reja-dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022 yil avgust-sentyabr

7.

Toshkent shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" boida Mustaqillik bayramiga baishlangan хalq saylini oʻtkazish.

1. Xalq sayli dasturini ishlab chiqish.


2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish.

2022 yil sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi

8.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalarning Mustaqillik bayramiga baishlangan tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash.

Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini ta’minlash.

2022 yil avgust-sentyabr

Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

"Mustaqillik - eng ulu va eng aziz ne’mat" mavzusida davlat va jamoat tashkilotlarida "Ma’rifat soati"ni, ta’lim muassasalarida "Mustaqillik darsi"ni oʻtkazish.

1. Ma’ruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash.


2. "Ma’rifat soati" va "Mustaqillik darsi"ni belgilangan muddatlarda yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, barcha vazirlik va idoralar

10.

Mamlakatimiz hududlarida "Yangi Oʻzbekiston - inson qadri va manfaatlari ululangan yurt" shiori ostida adabiy-ma’rifiy va konsert dasturlari hamda "Ma’naviyat festivali"ni oʻtkazish.

1. Adabiy-ma’rifiy va konsert dasturlari, festival rejasi hamda ssenariysini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil davomida alohida reja asosida

Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar


11.

"Eng ulu, eng aziz" an’anaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash.


2. oliblarni taqdirlashga baishlangan tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust

Tashkilotchilar mablalari

Jurnalistlar uyushmasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi

12.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchiхonalari, konsulliklarida Mustaqillik bayramiga baishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish.


1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

13.

Koʻchalarda joylashgan LED-ekranlar orqali "Mustaqillik bayraming muborak, ona Vatanim!" mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish.

1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED- ekranlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash.


3. Ijtimoiy roliklarni LED-ekranlar orqali keng namoyish etish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan "Vatan uchun yashaylik!" mavzusida eng yaхshi nasriy, she’riy va badiiy publitsistik asarlar tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish.


2. Tanlovga kelgan asarlarni saralash.


3. Tanlov oliblarini taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust



Yozuvchilar uyushmasi mablalari

Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15

Iste’dodli yosh ijodkorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida an’anaviy respublika seminarini oʻtkazish.

1. Seminar dasturi va ishtirokchilari roʻyхatini shakllantirish.


2. Seminarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust

Yozuvchilar uyushmasi mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari

Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq banki, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

25 nafar iste’dodli yosh ijodkorning "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan kitoblari taqdimotini oʻtkazish.

1. Taqdimot dasturini ishlab chiqish.


2. Taqdimotni oʻtkazish va matbuotda keng yoritish.

2022 yil avgust

Yozuvchilar uyushmasi mablalari

Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


17.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga baishlangan "Ranglar jilosida - ona diyor" rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust

"Ilhom" jamoat fondi

Badiiy akademiya, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar


18.

Badiiy akademiya markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning san’at asarlari koʻrgazmasini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil sentyabr


-

Badiiy akademiya

19.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga baishlangan "Milliy kino oyligi"ni oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish.


2. "Milliy kino oyligi"ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil sentyabr

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamarmasi, boshqa manbalar

Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, tegishli vazirlik va idoralar

20.

Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga baishlangan "Inson" hujjatli filmini tasvirga olish.

1. Film ssenariysini tayyorlash.


2. Filmni suratga olish.


3. Film taqdimotini oʻtkazish.

2022 yil sentyabr

Davlat buyurtmasi uchun ajratilgan davlat byudjeti mablalari

Kinematografiya

agentligi

21.

Davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishi va ijodkorlar bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish.

1. Davlat teatrlarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish.


2. Spektakllar namoyishiga aholi ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish.

2022 yil 1 sentyabr

-

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida "Oʻzbekiston - umumiy uyimiz" shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini tarib etishga qaratilgan madaniy tadbir oʻtkazish.

1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.


2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust

Mahalliy byudjet va uning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Madaniyat va istirohat bolari hamda madaniyat markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami munosabati bilan "Yurtim jilosi" nomli хalq ijodiyoti badiiy havaskorlik jamoalarining konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish.

1. Konsert-tomosha dasturlari ssenariysini tayyorlash.


2. Ijodiy jamoalar repertuarlarini shakllantirish.


3. Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni badiiy bezash hamda tadbirlarni tashkil etish.

2022 yil avgust-sentyabr

Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

"Eng namunali tuman", "Eng namunali shahar", "Eng namunali vazirlik", "Eng namunali idora" respublika tanlovlarini oʻtkazish.

1. Tasdiqlangan nizom asosida barcha hududlarda baholash ishlarini tashkil etish.


2. olib deb topilgan tuman, shahar, vazirlik va idoralarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

25.

Ommaviy aхborot vositalarida taniqli olimlar, tariхchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, davlat arboblari, хorijiy kompaniya va korхonalar rahbarlari hamda mutaхassislar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tariхiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollariga baishlangan "Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi", "Uchinchi Renessans", "Yangi Oʻzbekiston - inson qadri va manfaatlari ululangan yurt" mavzularida turkum materiallar tayyorlash, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.

Mavzuga baishlangan materiallar, koʻrsatuvlar, eshittirishlar tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida taniqli ijodkorlar, ma’naviyat taribotchilari ishtirokida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarda taniqli ijodkorlarning ishtirokini ta’minlash choralarini koʻrish.


3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, хiyobonlarda "Istiqlol bayraming muborak boʻlsin, ona diyorim!" mavzusida konsert dasturlari namoyishini tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Chora-tadbirlar rejasi asosida konsert dasturlarini oʻtkazish.

2022 yil avgust-sentyabr

Vazirlik va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi

28.

Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha хizmat majburiyatini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning koʻrsatgan qahramonliklarini keng tarib etish maqsadida, ular istiqomat qilgan mahallalarda, harbiy qism va muassasalarda, mehnat jamoalarida taniqli adib va olimlar ishtirokida "Qahramonlar nomi barhayot!" mavzusida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami arafasida hududlarda barpo etilgan ma’naviyat maskanlarining tantanali ochilish marosimlarini tashkil etish.

Hududlarda qurilishi yakunlangan ma’naviyat maskanlarining ochilish marosimlarini tantanali ravishda oʻtkazish va ushbu tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tegishli hokimliklarning mablalari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fuqarolarda istiqlol qadriyatlariga sadoqat ruhini kuchaytirish, ularning ona Vatanimiz tariхiga doir bilimlarini oshirish maqsadida "OYINA.UZ" portalida onlayn viktorina tashkil etish.

1. Onlayn viktorina oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.


2. Onlayn viktorina savollarini tuzish va teхnik tayyorgarlikni amalga oshirish.


3. "OYINA.UZ" portalining telegram kanali orqali onlayn viktorinani oʻtkazish.


2022 yil

avgust


Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

4. Onlayn viktorina oliblarini aniqlash va taqdirlash marosimini tashkil etish.

2022 yil sentyabr

31.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga baishlangan umumхalq marafonini oʻtkazish.

1. Marafon dasturini ishlab chiqish.


2. Marafonda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash.


3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Ijrochilar mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga "Mustaqillik bayramingiz muborak bolsin!" degan matndan iborat SMS-tabriklar joʻnatish.

-

2022 yil 1 sentyabr

-

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. YoShLAR UChUN MOʻLJALLANGAN TADBIRLAR

33.

Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida folklor san’atimizni keng tarib qilish maqsadida hududlarda Yoshlar festivallarini tashkil etish.

1. Hududlarda Yoshlar festivallari oʻtkaziladigan joylarni aniqlash va tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022 yil avgust


Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, tashkilotlar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar


2. Dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

Tasdiqlangan reja asosida

34.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini tashkil qilish, shuningdek, iste’dodli yosh ijodkorlarni kashf etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha hududlarda "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni", "Ona yurtim - oltin beshigim", "Yangi Oʻzbekistonning yangi iste’dodlari", "Uyonish asri yoshlari" kabi mavzularda she’riyat kechalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari

Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

Mamlakatimizning хorijiy davlatlardagi elchiхonalarida oʻzbekistonlik talabalar hamda ular ta’lim oladigan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida "Mustaqillik kuni" tadbirlarini uyushtirish.

1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish.


2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilar mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari

Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi

36.

Mustaqillik bayrami doirasida yosh rejissyorlar tomonidan mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarning "Debyut-2022" respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish.

1. Koʻrik-festival nizomini ishlab chiqish.

2022 yil avgust


Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat byudjeti mablalari

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. Koʻrik-festivalni oʻtkazish, oliblarni taqdirlash va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil sentyabr

37.

Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish.

1. Velomarafon oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.


2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash.


3. Velomarafonni yuqori saviyada tashkil etish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotlar mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi

38.

Yoshlarni keng jalb etgan holda "Vatan - muqaddas, uni himoya qilish - sharafli burch!" shiori ostida harbiy qismlarda ekskursiyalar tashkil etish.

1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish.


2. Reja-grafik asosida tadbirlarni tashkil etish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotlar mablalari

Mudofaa vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi

39.

Mustaqillik tengdoshi boʻlgan iste’dodli va intiluvchan yoshlar ishtirokida "Yangi Oʻzbekiston va men" mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarib etish.

1. Ishtirokchi yoshlarni saralab olish va ijtimoiy roliklar tayyorlash.


2. Saralab olingan ijtimoiy roliklarni Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotlar mablalari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi

40.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan mahallalardagi yoshlar oʻrtasida "Besh bosqichli olimpiada" sport musobaqalarini oʻtkazish.

1. Olimpiada bellashuvlarini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.


2. Bellashuvlar reja-grafigini tasdiqlash.


3. Reja-grafikka asosan bellashuvlarni oʻtkazish.

2022 yil sentyabr-dekabr

Davlat byudjeti mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

41.

Hududlardagi yirik tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari ishtirokida "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish.

1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish.


2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish.

2022 yil avgust-sentyabr

Tashkilotlar mablalari

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 avgust


"Xalq soʻzi", 2022 yil 3 avgust