Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 y. PF-182-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5490-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.08.2022 y.

N PF-182



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2018 YIL 27 IYuLDAGI

"TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINING HUQUQLARI

VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYa QILISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"GI PF-5490-SON

FARMONIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilova quyidagi mazmundagi 17-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

17-2.

Asosli ma’lumotlar boʻlganda koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan koʻp kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilganligi ustidan nazorat qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi


1 kundan oshmagan holda

".

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 4 avgust