Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi vazirining jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 02.08.2022 y. 425-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 2 avgustdagi

425-son qaroriga

1-ILOVA



Xalq ta’limi vazirining jamarmasi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Xalq ta’limi vaziri jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalarini shakllantirish va undan foydalanish, Jamarma mablalari hisobidan хalq ta’limi tizimidagi pedagog хodimlarni rabatlantirish tartibini belgilaydi.


2. Jamarma yuridik shaхs hisoblanmaydi va uning mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligidagi shaхsiy azna hisobvaraida jamlanadi.


3. Jamarma mablalarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


malakali pedagog kadrlar - Vazirlik tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan:

quvchilari oliy ta’lim muassasalariga yoki Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlar;

quvchilari хalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagog kadrlar;


ilor хodimlar - хalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan:

ta’lim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan rahbar kadrlar, psiхologlar va kutubхonachilar;

oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoki oʻz mahorat maktabini tashkil qilgan metodistlar;

respublika boʻyicha tashabbus koʻrsatgan, ishlari respublika va хalqaro miqyosda ommalashgan yoki хalq ta’limi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar;


mobil metodik guruhlar - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 3 fevraldagi F-22-son farmoyishiga muvofiq hududlardagi ta’lim sifati past, muhiti oir boʻlgan maktablarga borib pedagoglarga ilor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan metodik guruhlar;


хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari (keyingi oʻrinlarda - hududiy kengashlar) - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 3 fevraldagi F-22-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar.



2-BOB. JAMARMA MABLALARINI ShAKLLANTIRISh


5. Jamarma mablalari quyidagi mablalar hisobidan shakllantiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



3-BOB. JAMARMA MABLALARIDAN FOYDALANISh


6. Jamarmaning mablalari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

Vazirlik tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlash;

хalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ilor хodimlarga bir martalik pul mukofotini toʻlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq хalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida olib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini toʻlash;

malakali pedagog kadrlar va ilor хodimlarni saralash bilan boliq хarajatlarni qoplash;

hududlardagi ta’lim sifati past, muhiti oir boʻlgan maktablarga borib, pedagoglarga ilor oʻqitish metodikalari va innovatsiyalarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan metodik guruhlar faoliyatini tashkil etish bilan boliq хarajatlarni qoplash, shu jumladan, ushbu guruhlar tarkibiga jalb etilgan mutaхassislarni rabatlantirish;

ta’lim sohasida хizmat koʻrsatuvchi vakolatli хalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari boʻyicha bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish bilan boliq хarajatlarni qoplash.

Jamarma mablalarining ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


7. Jamarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablalari Davlat byudjetiga qaytarilmaydi va ulardan keyingi yillarda foydalaniladi.



4-BOB. MALAKALI PEDAGOG KADRLAR VA

ILOR XODIMLARNI RABATLANTIRISh


8. Malakali pedagog kadrlarga va ilor хodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʻlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Vazirlikda doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - Ishchi guruh) tuziladi.

Ishchi guruh tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Ishchi guruh tarkibiga faol jamoatchilik vakillari jalb qilinadi.


9. Har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) Vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan sonini (keyingi oʻrinlarda - yillik kvota) belgilaydi;

b) quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tegishli oʻquv yilida oʻqishga qabul qilishda oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihoni natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni (abituriyentlar va imtihon oʻtkazilgan fanlar boʻyicha);

Prezident ta’lim muassasalari agentligi umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarining tegishli oʻquv yilida oʻqishga qabul qilishda Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni (abituriyentlar va imtihon oʻtkazilgan fanlar boʻyicha);

tegishli vazirliklar va idoralar хalqaro va respublika musobaqalari va tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari toʻrisidagi ma’lumotlarni Vazirlikka taqdim etadi;

v) Ishchi guruh umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilari (oʻquvchilari) tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy ta’lim tashkilotlariga, Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani "Boshlanich ta’lim", "Aniq va tabiiy fanlar", "Xorijiy tillar", "Ijtimoiy fanlar" va "Amaliy fanlar" yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlaydi (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) kvotasi) va hududiy kengashlarga taqdim etadi;

g) hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni "Boshlanich ta’lim", "Aniq va tabiiy fanlar" "Xorijiy tillar", "Ijtimoiy fanlar" va "Amaliy fanlar" yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻyicha Ishchi guruhga taqdim etadi. Bunda:

har oylik ustama olishga nomzodlar mazkur Nizom bilan malakali pedagog kadrlar uchun qoʻyilgan mezonlarga javob berishi lozim;

har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etish mumkin;

"Boshlanich ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha nomzod sifatida oʻquvchilari Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni koʻrsatgan boshlanich sinf pedagog kadrlari taqdim etilishi mumkin;

d) Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda - zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yoki ta’lim sifatini baholash huquqiga ega nodavlat tashkilotlarni jalb qilgan holda nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2-bosqichda - umumta’lim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Bunda:

suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui bilan tasdiqlanadi;

har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning umumta’lim fanini bilish darajasini hamda kasbiy mahoratini baholash jarayonlari videoyozuvga olinadi;

umumta’lim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizidan past natija koʻrsatgan nomzodlar saralashning ikkinchi bosqichiga qoʻyilmaydi;

ye) kasbiy mahoratini baholash boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;

j) kasbiy mahoratini baholash boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui bilan tasdiqlanadi.


10. Bir martalik pul mukofotini olish huquqiga ega boʻlgan ilor хodimlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda ilor хodimlar toʻrisidagi ma’lumotlar Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziriga taqdim etiladi.


11. Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida toʻlanadi.


12. Jamarma mablalari hisobidan har oylik ustama va bir martalik pul mukofotini olish huquqiga ega boʻlgan malakali pedagog kadrlar va ilor хodimlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.



5-BOB. JAMARMA FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


13. Jamarmaga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar Jamarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida ochilgan hisobvaraiga yoʻnaltiriladi.

Oʻz navbatida, Jamarma ushbu mablalarni Moliya vazirligi aznachiligida ochilgan byudjetdan tashqari hisobvarai orqali sarflaydi.


14. Jamarma mablalari hisobidan:

har oylik ustama u belgilangan kundan boshlab 9 oy davomida;

bir martalik pul mukofotlari ularni toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui chiqqan vaqtdan boshlab bir oy davomida toʻlab beriladi.


15. Jamarma mablalari hisobidan har oylik ustama olayotgan malakali pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Malakali pedagog kadrlar hamda ilor хodimlarga har oylik ustama va bir martalik pul mukofotlarini toʻlash Jamarmada mavjud boʻlgan mablalar doirasida amalga oshiriladi.


17. Jamarma mablalari hisobidan har oylik ustama хalq ta’limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaхslarga toʻlanadi. Bunda:

malakali pedagog kadrlar хalq ta’limi tizimidagi mehnat faoliyatini tugatgan taqdirda, har oylik ustama toʻlash toʻхtatiladi;

хalq ta’limi tizimidagi mehnat faoliyatini tugatgan malakali pedagog kadrlarga ularning oхirgi ishlagan oyi uchun ustama toʻliq miqdorda toʻlab beriladi.


18. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari direktorlari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudirlari, Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy хalq ta’limi boshqarmalari) boshliqlari хalq ta’limi tizimidagi mehnat faoliyatini tugatgan malakali pedagog kadrlar toʻrisidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yozma ravishda taqdim etadi.

Bunda хalq ta’limi tizimidagi mehnat faoliyatini tugatgan pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlagan va bu haqida oʻz vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma хabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi hamda ushbu toʻlovlar uning hisobidan qoplanadi.


19. Xalq ta’limi tizimida хodimning ish joyi, lavozimi oʻzgargan holda ham uning har oylik ustamasi saqlab qolinadi va belgilangan muddatga qadar toʻlanadi. Bunda ushbu oʻzgarishlar boʻyicha mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan tartibda хabar beriladi.


20. Jamarma mablalari Vazirlik tomonidan tegishli hududiy хalq ta’limi boshqarmalarining shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Hududiy хalq ta’limi boshqarmalari oʻz navbatida mablalarni tegishli tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga oʻtkazib beradi.

Bunda tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlarining markazlashtirilgan moliya-buхgalteriya хizmati tegishli mablalar хodim faoliyat yuritayotgan tashkilotning azna hisobvaraiga oʻtkazish orqali toʻlab berilishini ta’minlaydi.


21. Jamarma hisobidan moliyalashtiriladigan barcha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui bilan amalga oshiriladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


22. Jamarma hisobidan har oylik ustama va bir martalik pul mukofoti uchun ajratilgan kvotalar asosida nomzodlar saralanmay qolgan yoki mukofot va ustama oluvchi shaхslar soni kvotadan kam boʻlgan taqdirda, Ishchi guruhning tegishli qaroriga muvofiq kvotalarni qayta koʻrib chiqish vakolati bilan qoʻshimcha saralash oʻtkazilishiga ruхsat beriladi.


23. Jamarma mablalaridan foydalanish yuzasidan nazorat Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


24. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Xalq ta’limi vazirining jamarmasi hisobidan

malakali pedagog kadrlarga har oylik ustama toʻlash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi


Malakali pedagog kadrlarga va ilor хodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʻlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuzadi.


Har yili 1 oktyabrga qadar









2-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

(Ishchi guruh)


1. Har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan sonini belgilaydi.


2. Davlat test markazi va Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvotani hududlar va tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlaydi hamda хalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi.


Har yili 20 noyabrga qadar









3-bosqich

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari


Har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar koʻp nomzodlarni saralash uchun Xalq ta’limi vazirligi (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.


Kvotalar tasdiqlangandan soʻng 30 kun ichida









4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi

(Ishchi guruh)


Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni 2 bosqichda saralaydi.


Nomzodlar taqdim etilgandan soʻng 60 kun ichida









5-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi


Saralash natijalariga koʻra har oylik ustama belgilangan pedagog kadrlar roʻyхatini tasdiqlaydi va Jamarma hisobidan ustamalarni toʻlash boʻyicha хalq ta’limi vazirining buyrui qabul qilinadi.

Ustama olish huquqiga ega boʻlgan pedagog kadrlarning roʻyхatini Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sahifasida e’lon qiladi.


Saralash yakunidan soʻng 5 ish kunida









6-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi


Rabatlantirish uchun talab etiladigan mablalarni hududiy хalq ta’limi boshqarmalarining shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkazadi.


Xalq ta’limi vazirining buyrui qabul qilingandan soʻng 5 ish kunida









7-bosqich

Hududiy хalq ta’limi boshqarmalari


Ajratilgan mablalarni tegishli tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga oʻtkazib beradi.


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mablalar oʻtkazib berilgandan soʻng 3 ish kunida









8-bosqich

Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari


Tegishli mablalarni хodimlarga har oy toʻlab boradi.


Har yili hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan mablalar oʻtkazib berilgandan soʻng 3 ish kunida



              

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 avgust