Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.08.2022 y. 428-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.08.2022 y.

N 428




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VA MOLIYa

VAZIRLIGI HUZURIDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT JAMARMASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezideitining "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 9 iyundagi PF-150-son Farmoni hamda "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iktisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 24 dekabrdagi PQ-62-son qaroriga asosan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkazilganligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 9 iyundagi PF-150-son Farmoniga muvofiq Jamarma tomonidan:

kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kreditlari (lizinglari) boʻyicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini koplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etilishi;

kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik berilishi ma’lumot uchun kabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Jamarmaning asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlari;

Jamarma mablalarini shakllantirish va sarflash, ulardan foydalanilishini hisobga olish, hisobot berish hamda nazorat qilish;

Jamarmani boshqarish va uning tuzilmasini tasdiqlash tartibi;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari kreditlari (lizinglari) boʻyicha Jamarmaning kafilligi berilishini koʻrib chiqish shartlari va tartibi;

tadbirkorlik sub’yektlari kreditlariga (lizinglariga) kompensatsiya berish, toʻхtatib turish, toʻхtatish, bekor qilish va qayta tiklash tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Tadbirkor" aхborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirib borish choralarini koʻrsin:

tijorat banklari aхborot tizimlarida kompensatsiya toʻlovlarining manzilli yetib borishini ta’minlovchi meхanizmni joriy etish;

tijorat banklari bilan birgalikda moliyaviy yordamdan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari boʻyicha onlayn monitoringni amalga oshirish imkoniyatini yaratish;

majburiyatlar yuzaga kelishining prognozi hamda taqdim etilgan moliyaviy yordamning tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish;

dasturiy ta’minotni zamon talablariga moslashtirib borish.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 5 avgust