Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2022 y. 443-son "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.08.2022 y.

N 443




"TABIAT HIMOYaChISI"

KOʻKRAK NIShONINI TA’SIS

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan shaхslarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash amaliyoti joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy teхnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan fuqarolarni rabatlantirish maqsadida "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.


3. Quyidagilar:

"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi buyurtmasiga asosan "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.


5. "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

koʻkrak nishonini har yili 5 iyun - Butunjahon atrof muhit kuni arafasida tantanali ravishda berib borilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 avgustdagi

443-son qaroriga

2-ILOVA



"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishonining

TAVSIFI


"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda - koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida quyosh nuri fonida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining emblemasi joylashtirilgan.

Koʻkrak nishoni aylanasi zarhal hoshiyali oq emal fonidagi doira bilan oʻralgan. Aylananing yuqori qismida harflarning balandligi 3 millimetr boʻlgan "TABIAT NIMOYACNISI" soʻzlari yozilgan. Uning pastki ikki cheti boʻylab faхr-iftiхor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari joylashtirilgan. Yaproqlar yashil rangda.

Koʻkrak nishonining pastki qismi markazida dafna yaproqlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi tasvirlangan hamda unda "O`ZBEKISTON" soʻzi yozilgan.

Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida ikki qatorda harflarning balandligi 4 millimetr boʻlgan "YASNIL MAKON YARATUVCNISI" soʻzlari yozilgan.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.

Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻri toʻrtburchak shaklidagi qadaichga ulangan. Qadaichning eni - 26 millimetr, boʻyi - 17 millimetrdan iborat.

Qadaich eni 22 millimetrli toʻq yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 0,5 millimetrli ikkita och yashil rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.

Qadaichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnoich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.





Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 avgustdagi

443-son qaroriga

3-ILOVA



"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni guvohnomasining

TAVSIFI


"Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda - guvohnoma) 160х110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, toʻri toʻrtburchak shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.

Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oralii 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "TABIAT NIMOYACNISI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda "ko`krak nishoni" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 7 millimetr pastda "GUVONNOMASI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.

Yozuvlar toʻq yashil rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, "GUVONNOMA №" soʻzi (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) va 16 millimetrli chiziq joylashgan.

Undan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 9 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 8 millimetr quyida, markazda, oralii 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "O`zbekiston Respublikasi", ikkinchi satrda "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza", uchinchi satrda "qilish davlat qo`mitasi raisining" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 7 millimetr pastda oralii 5 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "20__ yil t "___" ___________dagi", ikkinchi satrda "____-sonli buyrug`iga asosan" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda, markazda, oralii 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "TABIAT NIMOYACNISI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda "ko`krak nishoni bilan", uchinchi satrda "mukofotlandi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda, "Qo`mita raisi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 10 avgust