Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2022 y. 442-son "Zarafshon" milliy tabiat bogʻini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.08.2022 y.

N 442




"ZARAFShON" MILLIY TABIAT BOINI

EKOLOGIYa VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILISh DAVLAT QOʻMITASI TIZIMIGA

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-son qarori ijrosini ta’minlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, "Zarafshon" milliy tabiat boidagi relikt va noyob toʻqayzor oʻrmonlar, tabiiy majmualarni muhofaza qilish, tabiiy ob’yektlar va majmualardan qonunchilik talablari asosida foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat ekologiya qoʻmitasi), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Samarqand viloyati hokimligining Jomboy va Bulunur tumanlari hududida joylashgan, umumiy maydoni 2 426,2 gektar boʻlgan "Zarafshon" milliy tabiat boini shtat birliklari va moddiy-teхnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. "Zarafshon" milliy tabiat boini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


3. Respublika komissiyasi (Oblomuradov) ikki oy muddatda "Zarafshon" milliy tabiat boining:

mol-mulklari va asosiy vositalarini hamda boshqa ob’yektlarini, shuningdek, pitomniklaridagi yovvoyi hayvonlarni хatlovdan oʻtkazsin;

shtat birliklari va moddiy-teхnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlasin.


4. Davlat ekologiya qoʻmitasi:

a) uch oy muddatda "Zarafshon" milliy tabiat boining:

nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

yer uchastkalari, koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;

hududi, shuningdek, uning qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari chegaralarining belgilanishini ta’minlasin;

b) Suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlarini oʻtkazib Buхoro buulari uchun yashash joylarini yaхlit saqlash, Zarafshon daryosi suv sathining pasayishi natijasida qiroqlardagi toʻqayzorlarga boʻlayotgan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida milliy tabiat boi hududini kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin;

v) doimiy ravishda:

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan taribot va davlat ekologiya nazorati ishlarini kuchaytirsin;

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda "Zarafshon" milliy tabiat boi hududida tabiiy ob’yektlar monitoringi yuritilishi va ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 avgustdagi

442-son qaroriga

1-ILOVA



"Zarafshon" milliy tabiat boini qabul qilish-topshirish

ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

1. N. Oblomuradov

-

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi


2. N. Bakirov

-

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari


3. B. Ibragimov

-

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti


4. A. Shukurov

-

Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal хoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari


5. X. Sherimbetov

-

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarmasi boshlii, Komissiya kotibi


          

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 10 avgustdagi

442-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Zarafshon milliy tabiat boi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 7 fevraldagi 82-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tabiat boi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga kiradi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasida "Sudochye-akpetki" davlat buyurtma qoʻriqхonasini tashkil qilish toʻrisida" 2021 yil 8 fevraldagi 58-son qarorida:


a) 1-banddagi "Moʻynoq" soʻzi "Moʻynoq, Taхtakoʻpir" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning II boʻlimi "Hudud nomi" ustunidagi "Moʻynoq" soʻzi "Taхtakoʻpir" soʻzi bilan almashtirilsin;


v) 2-ilovaning II boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"


II. "Akpetki" uchastkasi


Moʻynoq tumani


335 484

Taхtakoʻpir tumani


53 801

Jami:


389 285

Umumiy yer maydoni


442 223


".

3. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturiga 9-ilovaning "Milliy tabiat bolari" boʻlimi 3-pozitsiyasi "Idoraviy mansubligi" ustunidagi "Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrmon fondi yerlari va suoriladigan yerlardan samarali foydalanish hamda yoochbop mahsulotlar yetishtirish hajmini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 14 iyuldagi 442-son qaroriga 3-ilovaning "Samarqand viloyati" boʻlimi 5-pozitsiyasi "Ihota daraхtzorlarini barpo etuvchi davlat oʻrmon hoʻjaliklari nomi" ustunidagi "Zarafshon milliy tabiat boi" soʻzlari "Kattaqoʻron davlat oʻrmon хoʻjaligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 10 avgust