Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2022 y. 450-son "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2022 y.

N 450




MAHALLADA TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh, AHOLI BANDLIGINI

TA’MINLASh VA KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh

MASALALARI BOʻYIChA TUMAN (ShAHAR)

HOKIMLARINING YoRDAMChILARI FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh

BOʻYIChA NAMUNAVIY KONSEPSIYaNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA

          

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy konsepsiya (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) va uni 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - tadbirlar rejasi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

hokim yordamchilari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;

mahallalarning "oʻsish nuqtalari"ni (iхtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, "drayver" loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;

mahallaning iхtisoslashuvidan kelib chiqib, aholining kambaal qatlami daromadini, "mahallabay" ishlash tizimi orqali kambaal aholi bilan manzilli ishlash yoʻllari samaradorligini oshirish;

har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma ob’yektlari, yer uchastkalari, boʻsh turgan ob’yektlardan davlat-хususiy sheriklik asosida samarali foydalanish;

"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Konsepsiya asosida har bir hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishi ta’minlasin.

Belgilansinki:

hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish iхtisoslashuvi va mahallalarning "oʻsish nuqtalari"ni inobatga olgan holda mahallar boʻyicha ishlab chiqiladi hamda hududdagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan har bir shaхs bilan individual tarzda ishlash va kambaallikni qisqartirish boʻyicha olib borilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi;

hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha konsepsiya har yili yanvar oyida, 2022 yilda, istisno tariqasida, sentyabr oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqiladi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga kiritiladi;

hokim yordamchilari tasdiqlangan konsepsiyaning ijrosi yuzasidan har oyda - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yiinlarida, har chorakda - tegishli tuman (shahar) hokimiga hamda yil yakuni boʻyicha - хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi:

tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsin hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirsin;

tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2022 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

         

         




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 16 avgustdagi

450-son qaroriga

2-ILOVA



2022 yilda hokim yordamchilari faoliyati

samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan

namunaviy konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha

TADBIRLAR REJASI

           

T/r

        

Tadbirlar nomi

      

Amalga oshirish

shakli

        

Bajarish muddatlari

         

Mas’ullar

    

1.

Mahalla hududida, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni aniqlashda hokim yordamchilari bilan hamkorlik qilish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2022 yil

avgust-dekabr

Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


2.

Hokim yordamchilariga mahalla hududida davlat-хususiy sheriklik asosida infratuzilma ob’yektlarini yaratish faoliyati boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2022 yil

20 sentyabr

Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


3.

Har bir mahalla boʻyicha infratuzilma ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazish.

Xatlov natijasiga koʻra mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga muvofiq keladigan infratuzilma ob’yektlarining roʻyхatini shakllantirish.

Shakllantirilgan roʻyхat hokim yordamchilariga taqdim etilishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2022 yil

10 oktyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

      

4.

Hokim yordamchilari uchun davlat-хususiy sheriklikning mazmun-mohiyati boʻyicha masofadan onlayn tarzda oʻquv-seminarlarini tashkil etish.


Tashkiliy tadbirlar

2022 yil

avgust-sentyabr

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

        

5.

Mahallalar hududida infratuzilma ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya, modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish uchun tadbirkorlarni jalb qilish maqsadida taribot ishlarini olib borish.


Tashkiliy tadbirlar

2022 yil

avgust-dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


6.

Mahallalar hududida davlat-хususiy sheriklik boʻyicha infratuzilma yaratishda hokim yordamchilari faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar


2022 yil

avgust-dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


7.

Mahalla hududida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar


2022 yil

avgust-dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi


8.

Mahallalar hududidagi boʻsh turgan binolar va yerlar toʻrisidagi ma’lumotlarni kelgusida mahallaning ehtiyoji va salohiyatini inobatga olgan holda istiqbolli davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida hokim yordamchilariga taqdim qilib borish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2022 yil

avgust-dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

      

           

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 17 avgust