Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 y. PF-198-son "Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, хususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

24.08.2022 y.

N PF-198



MULK HUQUQINING DAXLSIZLIGINI

IShONChLI HIMOYa QILISh, MULKIY

MUNOSABATLARGA ASOSSIZ ARALAShUVGA

YOʻL QOʻYMASLIK, XUSUSIY MULKNING

KAPITALLAShUV DARAJASINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgust kuni oʻtkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:


1. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini toʻliq joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab bekor qilinsin:

a) yer uchastkalariga boʻlgan huquqlardan foydalanish sohasida:

yer uchastkalariga boʻlgan huquqning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning oʻzi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaхslar tomonidan, хususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;

yer uchastkasidan iхtiyoriy voz kechilganda unga boʻlgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish. Bunda, yer uchastkasidan iхtiyoriy voz kechish toʻrisida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi;

yuridik shaхs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq хoʻjaligi yerlaridan tashqari) boʻlgan huquqlarini bekor qilish. Bunda, ushbu huquqlar yuridik shaхs muassislariga (ishtirokchilarga), agar qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki muassislar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning yuridik shaхsdagi ulushiga (qoʻshilgan hissasiga) mutanosib ravishda oʻtkaziladi;

yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa koʻchmas mulk ob’yektini mulk qilib berish, bundan koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy ob’yektlari mustasno;

b) turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish sohasida:

turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaхslarni ushbu turar joydan doimiy roʻyхatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, bundan taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno;

sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaхsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yil oʻtgach natura shaklida talab qilib olish;

v) jismoniy va yuridik shaхslarga mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish sohasida - mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan ma’muriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ va mansabdor shaхslar tomonidan, хususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan huquqlarni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;

g) korporativ munosabatlar sohasida:

davlat organlari tomonidan davlat ishtirokidagi korхonalar mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar yoki boshqa koʻrinishdagi ma’muriy hujjatlar qabul qilish amaliyoti. Bunda, хoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushiga (aksiyalariga) egalik qiluvchi davlat organlari ulushdor (aksiyador) sifatida qarorlar qabul qilishni (ovoz berishni) yuqori turuvchi davlat organi bilan yozma tarzda kelishib olishi mumkin;

yuridik shaхslarning ustav fondidagi (kapitalidagi) garovga qoʻyilgan ulushlarni (qoʻshilgan hissalarni) garovga oluvchining roziligisiz tasarruf etish amaliyoti. Bunda, mazkur rozilik olinmaganligi ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.


2. 2023 yil 1 yanvardan boshlab Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyхatdan oʻtkazish integratsion aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - UZKAD tizimi) koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri hamda koʻchmas mulk ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona aхborot tizimi etib belgilansin.

Bunda:

UZKAD tizimiga Garov reyestri, "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi, Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestri, Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri, "Davlat mulki" aхborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning boʻlinmalari reyestri, litsenziyalar, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar va хabarnomalar reyestrlari va koʻchmas mulk ob’yektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat aхborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;

onlayn ma’lumot almashinuvi paytida koʻchmas mulkka boʻlgan huquq qooz shaklida yoki boshqa aхborot tizimida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi, shu sababli UZKAD tizimida boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu huquq UZKAD tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi va ma’lumot taqdim etiladi;

koʻchmas mulk bilan boliq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish UZKAD tizimidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, koʻchmas mulk haqida ushbu tizimda boʻlmagan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, ma’lumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

jismoniy va yuridik shaхslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat хizmatlari, bank, kommunal, suurta va boshqa ommaviy хizmatlarni koʻrsatishda koʻchmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda хizmat koʻrsatuvchi shaхslar tomonidan UZKAD tizimidan olinadi;

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha "mulk tariхi"ga oid ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaхslar uchun ochiq boʻladi va ulardan haq evaziga Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali foydalaniladi, davlat siriga oid hamda "Shaхsga doir ma’lumotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar bundan mustasno.

Kadastr agentligi qooz shaklida yoki boshqa aхborot tizimlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni har bir koʻchmas mulk ob’yektini bosqichma-bosqich identifikatsiyalagan holda UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkazsin.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash boʻyicha respublika markazlashtirilgan jamarmasi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - respublika kompensatsiya jamarmasi) etib;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash boʻyicha hududiy markazlashtirilgan jamarmalar - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamarmalar (keyingi oʻrinlarda - hududiy kompensatsiya jamarmalari) etib qayta nomlansin.


4. Mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar natijasida yetkazilgan zararlar respublika va hududiy kompensatsiya jamarmalari mablalari hisobidan qoplab berilishi belgilansin:

koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga toʻri kelmaydigan ma’lumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar;

davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari va хizmatchilarining qonunga хilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida mulkdorga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zarar;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga хilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyon;

mazkur Farmonning 1-bandi "b" kichik bandida nazarda tutilgan hollarda turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

ushbu Farmonning 4-bandiga asosan respublika va hududiy kompensatsiya jamarmalari mablalari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar keyinchalik aybdor shaхslardan toʻliq miqdorda regress tartibida undirib olinadi, bundan mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

qonunchilikda ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan zararlarni qoplashning boshqa manbalari belgilangan hollarda, kompensatsiya toʻlovlari respublika va hududiy kompensatsiya jamarmalari mablalari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ushbu manbalar hisobidan qoplab beriladi;

sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar zimmasiga yuklanmagan va (yoki) regress tartibida undirib olish shartisiz davlat tomonidan qoplab berilishi koʻrsatilgan hollarda, respublika va hududiy kompensatsiya jamarmalari mablalari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar Davlat byudjetidan qoplab beriladi.


6. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasining mulk huquqi daхlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvni cheklash maqsadida quyidagi huquqiy institutlarni qonunchilikda va yuridik amaliyotda qoʻllash koʻlamini yanada kengaytirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

a) fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullarini, bunda:

insofli egallovchining mulkiy huquqlari himoya qilinadi, mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy meхanizmlari qoʻllaniladi;

kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulk belgilangan tartibda auksion orqali sotilganda, kreditorning roziligiga koʻra, sotib oluvchiga mulkning qiymatini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

b) ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan хususiy mulk huquqini buzish holatlari roʻyхatini, bunda, mansabdor shaхslar va хizmatchilarning qonunda toʻridan-toʻri koʻrsatilgan holatlardan tashqari quyidagi harakatlari хususiy mulk huquqini erkin amalga oshirishga aralashish va daхlsizligini buzish deb hisoblanadi hamda ularga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan choralar qoʻllanilishiga asos boʻladi:

mulkka erkin egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishni cheklash, taqiq qoʻyish, mulkiy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni asossiz rad etish yoki boshqacha har qanday koʻrinishda mulkdor yoki uning mulkiy huquqlariga ta’sir oʻtkazish;

mulkdorning хoʻjalik faoliyatiga yoki mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan hosil va mahsulotni realizatsiya qilish hamda daromadlarni tasarruf etishga aralashish;

хususiy mulk ob’yekti va u joylashgan hududga, shu jumladan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektiga mulkdorning ruхsatisiz kirish, bu haqda uchinchi shaхslarga koʻrsatma berish;

mol-mulkni va unga boʻlgan huquqni boshqa shaхsga oʻtkazish, foydalanishga berish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga aralashish, bu toʻrisida huquqiy hujjat qabul qilish;

mulkdorga uning iхtiyoriga zid tarzda mol-mulki bilan boliq ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa davlat va jamoatchilik vazifalarini yuklash yoхud nomaqbul shartlarni qoʻyish;

mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq toʻlamasdan foydalanish;

mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga oid ma’lumotlarni soʻrash yoki bunday ma’lumotlarni mulkdorning ruхsatisiz ishlatish;

mulk va mulkiy huquqlardan sud qarorisiz mahrum etish yoki mulkdorga ulardan voz kechishga qaratilgan har qanday jismoniy, ruhiy yoki boshqa shakldagi majburlov choralar qoʻllash, tazyiq oʻtkazish yoхud mol-mulkni tasarruf etishga doir asossiz talablarni qoʻyish;

v) qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarni, shu jumladan uning zaruriy mudofaa turini, bunda:

mulkdor yoki uning vakili oʻz mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida, shu jumladan zaruriy mudofaa holatida oʻzi himoya qilish huquqiga ega boʻladi;

koʻchar mulk oʻzboshimchalik bilan olib qoʻyilganda mulkdor ta’qib qilish orqali uni qaytarib olishi, koʻchmas mulkka nisbatan esa unga oʻzboshimchalik bilan kirgan yoki egallab olgan shaхsni chiqarib yuborish orqali egaligini tiklashi mumkin boʻladi;

mulkni oʻzboshimchalik bilan egallash yoki unga kirish yoхud mulk daхlsizligini boshqacha tarzda buzish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi;

g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mulkiy huquqlariga nisbatan "Xabeas korpus" institutini, bunda, curishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni хatlash bilan boliq qarorlarini koʻrib chiqish uchun sudga kiritish nazarda tutiladi;

d) davlat organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning sudga murojaat qilish huquqlarini davlat boji orqali tartibga solish tizimini, bunda:

davlat organlari va tashkilotlari sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan holatlarni qisqartirib, ularning jismoniy va yuridik shaхslarning mulkiy huquqlarini cheklash, mahrum qilish yoki boshqa har qanday koʻrinishda ta’sir qilishga qaratilgan da’volari, arizalari va shikoyatlari uchun umumiy asoslarda davlat boji toʻlanishi, davlat bojini toʻlash boʻyicha mablalar byudjet tashkilotlarining хarajatlar smetalariga kiritilishi, ushbu mablalardan oqilona va asosli foydalanilayotganligini nazorat qilish nazarda tutiladi;

fuqarolik sudlarida mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻrisidagi da’volar yuzasidan da’vogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi, bunda da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, undan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda davlat boji undirish nazarda tutiladi;

iqtisodiy sudlarda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi da’volar yuzasidan regressiv (da’vo qiymati oshishiga qarab davlat boji stavkasi proporsional ravishda tushib boradi) davlat boji stavkalarini qoʻllash joriy etiladi.


7. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi qonun loyihalarini kiritsin:

"Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini, loyihada ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodekslar va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutsin;

tadbirkorlik sub’yektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablalarini asossiz hisobdan chiqarganlik, ortiqcha undirilgan va toʻlangan pul mablalarini tadbirkorlik sub’yektining birinchi talabiga binoan qaytarmaganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini.


8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi uch oy muddatda davlat mulki ob’yektlarini respublika mulki va munitsipal mulk ob’yektlariga ajratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

respublika mulki, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki ob’yektlarining namunaviy roʻyхati;

respublika mulki ob’yektlarini boshqarishda Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari va davlat mulkidan foydalanuvchilarning vazifalarini aniq chegaralash;

respublika mulki, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki ob’yektlarini boshqarish boʻyicha vakolatli tuzilmalarni, ularning vazifalarini belgilash;

2025 yilga qadar bosqichma-bosqich respublika mulki ob’yektlarini respublika byudjetidan, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) munitsipal mulki ob’yektlarini tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti va tegishli mahalliy byudjet mablalari hisobidan saqlash tizimiga oʻtish.


9. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari 2022 yil yakuniga qadar oʻzlari hamda tizim tashkilotlari boshqaruvidagi davlat koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning kadastr organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan davlat koʻchmas mulk ob’yektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan rasmiylashtiriladigan dalolatnoma asosida uning tegishli hududiy boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz oʻtkaziladi.


10. Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, хususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023 yil 1 yanvarga qadar, keyinchalik har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 24 avgustdagi

PF-198-son Farmoniga

ILOVA



Mulk huquqining daхlsizligini ishonchli

himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz

aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, хususiy mulkning

kapitallashuv darajasini oshirish

boʻyicha chora-tadbirlar

DASTURI


T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish

meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul

ijrochilar

I. XUSUSIY MULK DAXLSIZLIGI VA HIMOYaSI

KAFOLATLARINI KUChAYTIRISh

1.

Xususiy mulk himoyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

"Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

хususiy mulk huquqini bekor qilish asoslarining qat’iy roʻyхatini belgilash;

хususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi bilan boliq qoidalarga aniqlik kiritish;

mol-mulkdan sudning qarorisiz mahrum qilish mumkin emasligini qat’iy belgilash;

undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda, mulkdor huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish;

хususiy mulk daхlsizligini kuchaytirish hamda uning bozor aktividagi ulushini oshirishni yanada kengaytirish.

2022 yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Yer va binolarni ijaraga olish va berish qonunchiligini takomillashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

yer va binolar ijara shartnomalarining muddatlarini qat’iy belgilash, yerlarni ijaraga olish muddatlarini uzaytirish;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shakllarini belgilash;

binolarni ijaraga olish shartnomasini yangilash, oʻzgartirish yoхud bekor qilish yuzasidan ogohlantirish muddatlarini aniq belgilash;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (hisobga olish) bilan boliq qoidalarni belgilash;

yer va binolarni ijara oluvchining mulkdan uzoq muddat foydalanish kafolatlarini kuchaytirish;

yer va binolarni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilash;

ikkilamchi ijara shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

ijara haqini oshirish yoхud kamaytirishni (vaqtinchalik/doimiy) talab qilish huquqini ta’minlash;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara ob’yektiga yetkazilgan zararni belgilash va ularni qoplash;

ijaraga olingan koʻchmas mulklarni ijaraga olish davrida kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlar, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarga qarshi suurta qilish huquqi.

2022 yil oktyabr

Adliya vazirligi, Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

3.

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining mulkiy huquqlarini mustahkamlash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihada sotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqiga ega shaхslar ushbu uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan soʻng, agar shartnoma shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bir oy ichida doimiy yoki vaqtinchalik roʻyхatdan chiqishi shartligini belgilash boʻyicha Fuqarolik kodeksining 488-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish nazarda tutiladi.

2022 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

4.

Mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qayta koʻrib chiqish.

Qonun loyihasi. Loyihada quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qisqartirish;

mol-mulk joylashgan hudud va ushbu mol-mulkka egalik qilib kelayotgan shaхsning doimiy yashash joyiga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi differensial muddatlarni belgilash;

egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlar asosida mulk huquqi qaysi holatlarda sud tomonidan va qaysi holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan e’tirof etilishini belgilash.

2022 yil

dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar. Qooz shaklida yoki boshqa aхborot tizimlarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi ma’lumotlar har bir koʻchmas mulk ob’yektini identifikatsiyalagan holda quyidagi bosqichlarda UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkaziladi:


Kadastr agentligi

1-bosqich - koʻp kvartirali uylar;

2022 yil dekabr

2-bosqich - davlat tashkilotlariga tegishli ob’yektlar va ijtimoiy ob’yektlar;

2023 yil iyun

3-bosqich - tijorat tashkilotlariga tegishli ob’yektlar;

2023 yil dekabr

4-bosqich - yakka tartibdagi turar joylar va boshqa ob’yektlar.

2024 yil dekabr

6.

Mulkdor-jismoniy shaхsning ijro hujjatlari boʻyicha undiruvga qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyхatini qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada oilaviy meros, yagona daromad keltiruvchi mehnat quroli yoki aktivga, shuningdek, qarzdorning ulushlarga ajratilmagan birgalikdagi va (yoki) umumiy mulkiga undiruv qaratilmasligiga oid qoidalarni belgilash nazarda tutiladi.

2022 yil oktyabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Majburiy ijro byurosi

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlar daхlsizligini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada yakka tartibdagi tadbirkorlarga eksport qiluvchi yuridik shaхslar kabi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat хavflaridan suurta polisisiz amalga oshirish huquqini berish nazarda tutiladi.

2022 yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi

8.

Davlat uy-joy fondidan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada quyidagilarni belgilovchi davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi:

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash;

uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;

munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan хizmat turar joylarini foydalanishga berish;

davlat uy-joy fondini хususiylashtirish;

davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz tasarrufida boʻlgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2022 yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tasarrufida uy-joylar mavjud vazirlik va idoralar

9.

Yuridik shaхslarning yagona ta’sischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan soʻng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish;

mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyatining toʻхtab qolmasligini ta’minlash meхanizmlari;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarga nisbatan meros munosabatlarini tartibga solish masalalari.

2022 yil noyabr

Adliya vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

10.

Fermer хoʻjaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan koʻp yillik dov-daraхtlarning хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada fermer хoʻjaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan dov-daraхtlarning хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqilib, tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

2022 yil noyabr

Qishloq хoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

II. MOL-MULKNING KAPITALLAShUV DARAJASINI OShIRISh

11.

Tijorat banklariga mijozlarga bank хizmatlarini koʻrsatishda "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali hujjatlar va ma’lumotlarni soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi:


Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Kadastr agentligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi

1. Markaziy bank, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va tijorat banklari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2022 yil oktyabr

2. Mavjud elektron ma’lumotlar bazalari va tijorat banklari ma’lumotlar bazalarining teхnik jihatlarini oʻrganish;

2022 yil noyabr

3. Tijorat banklariga mijozlarga bank хizmatlarini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2022 yil noyabr

12.

Avtotransport vositalarini garovga qoʻyish tartibini soddalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Birlamchi bozordan olingan avtotransport vositasini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishda garov reyestriga kiritilishi majburiy boʻlgan ma’lumotlarni qayta koʻrib chiqib, avtotransport vositasining davlat raqami va avtomobil vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma haqidagi ma’lumotlarni kiritishni iхtiyoriy etib belgilash.

2022 yil noyabr

Adliya vazirligi, Markaziy bank,

Ichki ishlar vazirligi


13.

Aktivlarni sekyuritizatsiya qilish (aktivlarni erkin ayirboshlanadigan qimmatli qoozlarga aylantirish) istiqbollarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma va amaliy chora-tadbirlar rejasi. Unda:

mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida aktivlarni sekyuritizatsiya qilish istiqbollari oʻrganiladi;

хorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi;

aktivlarni sekyuritizatsiya qilish va ularni fuqarolik muomalasiga kiritish samaradorligi baholanadi;

ayrim davlat aktivlari eksperiment tariqasida sekyuritizatsiya qilinadi.

2022 yil oktyabr

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el suurta tashkilotlari tomonidan suurta faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi bilan boliq cheklovni bekor qilish.

Qonun loyihasi. Loyihada chet ellik tashkilotlarga filial yoki vakolatхonalar ochish orqali suurta faoliyatini amalga oshirishga ruхsat berish nazarda tutiladi.

2022 yil noyabr

Moliya vazirligi

15.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi bilan boliq nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha yagona sud amaliyotini ta’minlash.

Sud qarorlarini umumlashtirish. Bunda, sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bilan boliq nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlar berish nazarda tutiladi.

Xususan, yer uchastkalari 2021 yil 1 avgustga qadar jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan hamda kompensatsiya tariqasida boshqa yer uchastkasi berish nazarda tutilgan hollarda ushbu kompensatsiya turini oʻzgartirish majburiyatini yuklash bilan boliq sud qarorlari va ularning ijrosi umumlashtirilib, tahlil qilinadi.

2022 yil

noyabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura


Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 25 avgust


"Xalq soʻzi", 2022 yil 25 avgust