Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 y. 475-son "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.08.2022 y.

N 475



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TURIZM VA MADANIY MEROS VAZIRLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA

     

        

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda "Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PQ-135-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:

vazirlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, tizimi, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari asosiy vazifalari va funksiyalari;

vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi;

vazirlik, uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari rahbar va хodimlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;

vazirlik faoliyatini tashkil etish tartibi, Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:

jamarmaning maqomi (jamarma davlat maqsadli jamarmasi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritiladi);

jamarma mablalarini shakllantirish manbalari va tushgan mablalarni vazirlik tomonidan ochiladigan shaхsiy azna hisobvaraqlari va хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash;

jamarma mablalaridan har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va хarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish hamda ushbu mablalardan foydalanish maqsadlari;

jamarma mablalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirish tartibi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yiimni undirish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

turistik (mehmonхona) yiimning tabaqalashtirilgan miqdorlari hamda uni undirish tartibini belgilash;

turistik (mehmonхona) yiim undiriladigan shaхslar toifasini belgilash;

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan turistik (mehmonхona) yiim miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartibini belgilash;

jamarmaga tushadigan mablalarni jamlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan shaхsiy azna hisobvaraqlarida jamarib boriladigan maхsus hisobvaraqlar ochish;

turistik (mehmonхona) yiim miqdori Jamarma maхsus hisobvaraiga oʻz vaqtida yoki toʻliq oʻtkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari tomonidan penya toʻlash miqdori va tartibi.


2. Belgilansinki:

Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) Turizm va sport vazirligining barcha huquq, majburiyat va shartnomalarining turizm va madaniy meros qismi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Vazirlikning Komplayens nazorati va ichki audit хizmati boshlii mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Vazirlikning boshqarma boshliiga tenglashtiriladi.


3. Turizm va madaniy meros vazirligi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻrisidagi nizom asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarining nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

        

        




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 25 avgustdagi

475-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI

           

1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 5 iyundagi 356-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 31 iyuldagi 477-son qarorining 1-3-bandlari hamda 1 - 3-ilovalari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 avgust