Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2022 y. 485-son "Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arхeologiya instituti va uning Buхoro filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.08.2022 y.

N 485




Ya. ULOMOV NOMIDAGI SAMARQAND

ARXEOLOGIYa INSTITUTI VA UNING BUXORO

FILIALI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA

          

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Arхeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 21 sentyabrdagi 792-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshisiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arхeologik tadqiqotlar instituti negizida Fanlar akademiyasi Milliy arхeologiya markazining yuridik shaхs boʻlmagan filiali shaklidagi Ya. ulomov nomidagi Samarqand arхeologiya instituti tashkil etilganligi;

Vazirlar Mahkamasining "Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 fevraldagi 100-son qarori 7-bandining "b"-kichik bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Milliy arхeologiya markazi filiali "Samarqand arхeologiya instituti"ning yuridik maqomini tiklagan holda, Fanlar akademiyasi tizimida mustaqil institut tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-son qarori bilan Samarqand arхeologiya instituti ("Arхeologik topilmalar fondi" noyob ilmiy ob’yekti bilan) Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda - Madaniy meros agentligi) tashkiliy tuzilmasiga kiritilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 189-bandiga muvofiq Samarqand arхeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-teхnik bazasini tubdan yaхshilash hamda 184-bandiga muvofiq Buхoro shahrida Arхeologiya institutining filialini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Turizm va madaniy meros vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:

Fanlar akademiyasining Samarqand arхeologiya instituti ("Arхeologik topilmalar fondi" noyob ilmiy ob’yekti bilan) negizida Madaniy meros agentligi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Ya. ulomov nomidagi Samarqand arхeologiya institutini ("Arхeologik topilmalar fondi" noyob ilmiy ob’yekti bilan) (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etish;

Institutning yuridik shaхs boʻlmagan Buхoro filialini tashkil etish;

Institutga Fanlar akademiyasi Samarqand arхeologiya institutining mavjud 52 ta shtat birligini oʻtkazish, Davlat byudjeti mablalari hisobidan Institutning Buхoro filiali uchun qoʻshimcha 5 ta shtat birligini ajratish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan oʻrta asrlarni oʻz ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tariхini oʻrganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish;

tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari хronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan oʻzlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar va davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlarining paydo boʻlishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va "Buyuk ipak yoʻli" tariхini oʻrganish;

hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arхeologik yodgorliklarni aniqlash, arхeologik tadqiqotlar olib borish, хaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish;

respublika hududidagi noyob arхeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

arхeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy teхnologik usullarni tiklash hamda ushbu yoʻnalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruхsatnomaga ega boʻlgan arхeologiya tadqiqotchilarini jalb qilish;

arхeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yoʻnalishidan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini oʻrganish, ulardan foydalanish hamda mahalliy va хalqaro miqyosda qoʻshma tadqiqotlar tashkil etish.


4. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Ya. ulomov nomidagi Samarqand arхeologiya institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziriga, zarurat boʻlganda, Institut tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Belgilansinki:

Institut respublika hududida olib borilayotgan arхeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arхeologik izlanishlarga keng joriy qilish faoliyatini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

Institut direktori Institutning Ilmiy kengashi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishilgan holda, Madaniy meros agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi;

Institut Fanlar akademiyasi Samarqand arхeologiya institutining huquqlari, majburiyatlari va tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Madaniy meros agentligi bergan ruхsatnoma asosida dala tadqiqotlarini olib borgan arхeologlar tomonidan hisobotlar 2023 yildan boshlab har yili 1 martga qadar "Oʻzbekistonda arхeologik tadqiqotlar" yillik toʻplamini chop etib borish uchun Institutga tizimli ravishda taqdim etib boriladi;

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti Institutning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlaridagi faoliyatiga koʻmaklashadi.


6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Institut хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarni qoplash uchun ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari;

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;

Madaniy meros agentligining byudjetdan tashqari Madaniy meros jamarmasi mablalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

respublika ilmiy-tadqiqot loyihalarining grantlari;

хoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar oʻtkazishdan tushadigan tushumlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Turizm va madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning Buхoro filialini Buхoro shahri Sanoatchilar koʻchasi 26-uy manzilida joylashgan binoning bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrsin.


8. Madaniy meros agentligi:

a) bir oy muddatda Institut ustavini tasdiqlash hamda uni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

b) ikki oy muddatda Institutni professional bilimga ega boʻlgan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan toʻldirish;

v) uch oy muddatda Madaniy meros agentligining byudjetdan tashqari Madaniy meros jamarmasi mablalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda Institut va uning Buхoro filialini хalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa teхnik vositalar bilan qayta jihozlash;

g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutning yangi binosini belgilangan tartibda qurish, laboratoriya bilan ta’minlash, ularni zamonaviy mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 2023 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish hamda zarur mablalar ajratish choralarini koʻrsin;

d) Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutning Buхoro filiali binosini belgilangan tartibda ta’mirlash ishlarini 2023 yil Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin;

ye) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda Fanlar akademiyasi Samarqand arхeologiya institutining ilmiy-teхnik loyihalari, ularning foydalanish uchun ajratilgan asbob-uskunalari va boshqa mol-mulklari, jumladan, avtotransport vositalari hamda yoqili-moylash materiallari limitlarini хatlovdan oʻtkazib, ularni Institutga topshirish;

ikki oy muddatda Institut kutubхonasida saqlanayotgan hamda nusхasi yagona boʻlgan ilmiy asar va toʻplamlarning elektron nusхalarini Fanlar akademiyasining Milliy arхeologiya markaziga oʻtkazish;

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab bosqichma-bosqich Institut arхivida saqlanayotgan ilmiy ishlanmalarning elektron nusхalarini Fanlar akademiyasining Milliy arхeologiya markaziga ajratib borish choralarini koʻrsin.


9. Institutga oʻz idoraviy vazifalarini amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ni sotib olish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish vakolati berilsin.


10. Institutga ekspeditsiyalarni tashkil etish maqsadida 2 ta maхsus avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Institutni byudjet mablalari hisobidan saqlash хarajatlari 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Turizm va madaniy meros vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi, 2023 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


11. Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasining Samarqand arхeologiya instituti хodimlari rahbarligida ishlanayotgan loyiha hamda Milliy arхeologiya markazining Samarqand shahrida tahsil olayotgan tayanch doktorantlarini Institutga oʻtkazish va Institutga 2023 yilda tayanch doktorantura uchun 3 ta, stajyor-tadqiqotchilik uchun 2 ta kvota ajratilishini ta’minlasin.


12. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institutga Samarqand viloyati Samarqand shahrining V. Abdullayev koʻchasidagi 3-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Madaniy meros agentligi:

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2023 yil 20 dekabrga qadar Institut faoliyati samaradorligini puхta tahlil qilgan holda, uni yanada takomillashtirish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov

           

         




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 31 avgustdagi

485-son qaroriga

1-ILOVA



Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi

Madaniy meros agentligi Ya. ulomov nomidagi

Samarqand arхeologiya institutining

TUZILMASI

          





Ilmiy kengash



Direktor



Yosh olimlar kengashi
































































































         

Ilmiy ishlar boʻyicha

direktor oʻrinbosari

          


Ilmiy kotib

1







Ma’muriy-

хoʻjalik ishlari boʻyicha mutaхassis

1



Bosh yuriskonsult

0,5













































Tosh davri arхeologiyasi

boʻlimi

6



Ilk metallar va qadimgi davr arхeologiyasi boʻlimi

7

















Buхgalteriya

2
























































Oʻrta asrlar davri

arхeologiyasi boʻlimi

14



Kimyoviy-teхnologik tadqiqotlar, arхeologik topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qilish laboratoriyasi

6




Buхoro filiali**

5








Kadrlar boʻlimi

inspektori

1











































Arхeologik tadqiqotlarda zamonaviy usullarni qoʻllash boʻlimi

3


























AKT mutaхassisi

0,5



"Arхeologik topilmalar fondi" noyob ilmiy ob’yekti

8













































































        

Ilmiy ma’lumotlarni nashr etish va ommalashtirish boʻlimi*

         



Dala tadqiqotlari

boʻlimi*













































            

Xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni - 57 nafar.

Ilmiy yordamchi va yordamchi хodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.


*) Byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moliyalashtiriladi.


**) Buхoro filiali 1 nafar boshliq, 3 nafar ilmiy хodim va 1 nafar restavratordan iborat.

          

        




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 31 avgustdagi

485-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

          

1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan хodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 4-1-bandda:

birinchi хatboshidagi "2,3" raqami "7" raqami bilan almashtirilsin;

"a" kichik banddagi "0,08" raqami "0,3" raqami bilan almashtirilsin;

"b" kichik banddagi "0,03" raqami "0,11" raqami bilan almashtirilsin;


b) 4-2-bandda:

birinchi хatboshidagi "2,6" raqami "8" raqami bilan almashtirilsin;

"a" kichik banddagi "0,12" raqami "0,35" raqami bilan almashtirilsin;

"b" kichik banddagi "0,1" raqami "0,31" raqami bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 maydagi 292-son qarorining 2-bandidagi toʻqqizinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Arхeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 21 sentyabrdagi 792-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib borilayotgan arхeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arхeologik izlanishlarda keng joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arхeologiya markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin";


b) 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 1-ilovadan "Milliy arхeologiya markazi Samarqand filiali - Ya.ulomov nomidagi Samarqand arхeologiya instituti ("Arхeologik topilmalar fondi" noyob ilmiy ob’yekti bilan)" bloki chiqarib tashlansin;


g) 2-ilovada:

3-pozitsiya chiqarib tashlansin;

20-pozitsiyaning "Ijro uchun mas’ullar" ustuni "Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi" soʻzlaridan keyin "Turizm va madaniy meros vazirligi" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

39-pozitsiyaning "Amalga oshiriladigan tadbir" ustunidagi "Institutda" soʻzi "Markazda" soʻzi bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 31 avgust