Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2022 y. PF-218-son "Ta’sirchan soliq meхanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.09.2022 y.

N PF-218



TA’SIRChAN SOLIQ MEXANIZMINI

QOʻLLASh NATIJASIDA HOSIL BOʻLGAN SOLIQ

QARZINI HISOBDAN ChIQARISh TOʻRISIDA



Joriy yilning 22 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining soliq yukini kamaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi "Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-162-son Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’yektlariga (foydalanilmayotgan ob’yektlar) hamda ushbu ob’yektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solii va yer soliining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini toʻхtatish tartibi (ta’sirchan soliq meхanizmi) bekor qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki, foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qoʻllanilgan ta’sirchan soliq meхanizmi natijasida hosil boʻlgan mol-mulk solii va yer solii boʻyicha:

mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;

soliq qarzini undirish bilan boliq sud va ijro ishlari tugatiladi.


3. Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi:

bir oy muddatda 2022 yil 1 iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrda ta’sirchan soliq meхanizmini qoʻllash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi toʻlovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli ob’yekt mulkdorlariga qaytarilishini ta’minlasin;

ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 9 sentyabr