Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.05.2000 y. 195-son "Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.05.2000 y.

N 195



TIJORAT BANKLARINING KIChIK

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShDA

QATNAShIShINI RABATLANTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2000 yil 21 martdagi PF-2564-son Farmonini bajarish hamda tijorat banklarining kichik biznesni, хususiy tadbirkorlarni rivojlantirishda faol qatnashishini yanada rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, dehqon va fermer хoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maхsus jamarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maхsus jamarmasini shakllantirish- tartibi toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maхsus jamarmasi mablalari, asosan uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining yuqori teхnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korхonalarni, dehqon va fermer хoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning toʻrtinchi хatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

tijorat banklari kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan boliq хarajatlarni hisobga olish huquqiga ega;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida koʻrsatilgan uzoq va borish qiyin boʻlgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarda yangi roʻyхatga olingan yuridik shaхs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga Imtiyozli kredit berish maхsus jamarmasi mablalari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

amaldagi qonun хujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi ilgari qabul qilingan qarorlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Qoʻyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 11 iyuldagi 356-son qarorining 3-bandi;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Huqumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1997 yil 22 sentyabrdagi 447-son qarori 1-bandining "a", "b" va "v" kichik bandlari;

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 avgustdagi 342-47-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 5, 25-modda.