Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 22.08.2022 y. 19/3-son "Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.09.2022 y. 2788-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.09.2022 y.

N 2788-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

22.08.2022 y.

N 19/3


QARORI



"Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son "Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016 yil 23 apreldagi 12/1-son "Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2788, 2016 yil 18 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 20-son, 227-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                      M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



"Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddimadagi "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida" degan soʻzlar "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Nizomda:


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalashni tartibga soladi.";


b) 6-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) litsenziya berish toʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: litsenziya da’vogarining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), elektron pochta manzili, bank hisobvarai rekvizitlari;";


v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻrisidagi arizani mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda qabul qilib olingan kundan boshlab yigirma ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi va litsenziyani beradi yoki uni berishni rad etadi.";


g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Litsenziya berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonunida belgilangan miqdorda va tartibda davlat boji undiriladi.";


d) 13-banddagi "qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida" degan soʻzlar "qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


ye) 15-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Litsenziya QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.";

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


j) 16 va 22-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;


z) 17-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"litsenziya da’vogari litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etishi;";

toʻrtinchi хatboshidagi "shart-sharoitlariga nomuvofiqligi" degan soʻzlar "shartlariga nomuvofiqligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


i) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yozma shaklda, taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻrisidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga yuborilgan taqdirda litsenziyani berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.";


k) quyidagi mazmundagi 18-1 - 18-5-bandlar bilan toʻldirilsin:

"18-1. Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

18-2. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma litsenziya da’vogariga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya da’vogari mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.

Litsenziya da’vogari rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.

18-3. Litsenziya da’vogari litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etganda, litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.

Litsenziya da’vogarining arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yiim undirilmaydi.

18-4. Litsenziya da’vogarining arizasini takroran koʻrib chiqishda litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.

18-5. Litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin litsenziya da’vogari tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.";


l) 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish";


m) 19-banddagi "bir oy muddatda" degan soʻzlar "besh ish kuni ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


n) 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizasi asosida valyuta birjasi faoliyatini amalga oshiradi.

21. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va berish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.".


o) 23-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"litsenziat oʻz faoliyatini vaqtincha toʻхtatib turganda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish haqida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilganda. Bunda litsenziyaning amal qilish muddati olti oygacha toʻхtatib turilishi mumkin;

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganda;";

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori litsenziatga litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, yozma shaklda yetkaziladi.";

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilaydi. Bunda koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasligi kerak.";

yettinchi хatboshidagi "uch kun muddat ichida" degan soʻzlar "uch ish kuni ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


p) 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;

litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turish toʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilgan boʻlib, mazkur muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻrisida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.

25. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:

litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;

litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

litsenziat faoliyati yuridik shaхs sifatida tugatilganda - tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaхsda valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;

litsenziya berilganligi uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmaganda;

litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;

litsenziyalovchi organning litsenziyani berish toʻrisidagi qarorining qonunga хilofligi aniqlanganda;

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va soliiga ziyon, jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat хavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa.

Quyidagilar litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi:

birjalar va birja faoliyati toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida oshkor etilishi taqiqlangan birja bitimlari toʻrisidagi aхborotning valyuta birjasi tomonidan uchinchi shaхslarga oshkor etilishi;

valyuta birjasi tomonidan birja a’zolarining va ular mijozlarining pul mablalaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi, bundan birjalar va birja faoliyati toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida va birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

birja a’zolarining barchasiga birja savdolarida bir vaqtda ishtirok etish imkoniyatining ta’minlanmaganligi;

valyuta birjasi tomonidan bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda oʻzgartirishga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan notoʻri va ataylab yolon ma’lumotlarning tarqatilishi.

Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.";


r) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"28. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:

litsenziatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

litsenziya berilgan sana va tartib raqami;

litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish, qayta tiklash, tugatish, uni bekor qilish asoslari hamda sanalari.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 sentyabr