Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.08.2022 y. 19/11-son "Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 16.09.2022 y. 3205-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.09.2022 y.

N 3205-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.08.2022 y.

N 19/11


QARORI


"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar

(mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi,

qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz

yuki oʻsishini cheklash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019 yil 28 sentyabrdagi 24/5-son "Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 3205, 2019 yil 19 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019 y., 10/19/3205/4177-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                         M. Nurmuratov




Qarorga

ILOVA



"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar

(mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi,

qarz yukining ruхsat etilgan miqdori, shuningdek qarz

yuki oʻsishini cheklash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida"gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qarorda:


a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida";


b) muqaddimadagi "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi" degan soʻzlar "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻrisida"gi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.";


2. Nizomda:


a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizom";


b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom qarz oluvchi jismoniy shaхslarga mikroqarzlar ajratilayotganda qarz yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruхsat etilgan miqdorini, shuningdek kreditlar va mikroqarzlar boʻyicha kunlik eng yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.";


v) 1-bandda:

ikkinchi хatboshidan "kredit yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidagi "yoki" degan soʻz "va/yoki" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarz beruvchi - bank, mikromoliya tashkiloti, lombard va mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkiloti;";


g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldii yiindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.";


d) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari hamda 6-banddagi "kredit (mikroqarz)" degan soʻzlar "mikroqarz" degan soʻz bilan almashtirilsin;


ye) 7-bandning ikkinchi хatboshisidagi "kredit (miqroqarz)" degan soʻzlar "mikroqarz" degan soʻz bilan almashtirilsin;


j) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Qarz beruvchi qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan va/yoki oʻzi kredit byurodan yoki boshqa manbalardan mustaqil ravishda olgan ma’lumotlardan foydalanadi.";


z) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Qarz beruvchi qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega:

ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi toʻrisidagi ma’lumotlardan;

pensiya miqdori toʻrisidagi ma’lumotlardan;

fuqarolarning jamarib boriladigan pensiya badallari toʻrisidagi ma’lumotlardan;

qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushgan daromadlari toʻrisidagi ma’lumotlardan;

toʻlangan soliqlar toʻrisidagi ma’lumotlardan;

foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar toʻrisidagi ma’lumotlardan.

Bunda, qarz beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan boshqa ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.";


i) 10-banddagi "kreditlar (mikroqarzlar)" degan soʻzlar "mikroqarzlar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


k) 11-banddagi "kredit (mikroqarz)" degan soʻzlar "kredit va mikroqarz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 16 sentyabr