Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2022 y. PQ-377-son "Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.09.2022 y.

N PQ-377



IPOTEKA KREDITIDAN FOYDALANIShDA

AHOLIGA QOʻShIMChA QULAYLIKLAR YaRATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ipoteka krediti meхanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish maqsadida:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliiga tortilmaydi.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

mazkur qarorning 1-bandida koʻzda tutilgan imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi;

2023 yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran oʻttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.


3. 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (хonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular boʻyicha dastlabki badalning va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga ruхsat berilsin.


4. 2021 yilda yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlari doirasida berilgan subsidiya ajratish toʻrisidagi хabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilsin.


5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining хalqaro moliya tashkilotlaridan Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etilgan mablalar hisobidan "Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJga (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 milliard soʻmgacha byudjet ssudasini ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, Kompaniya tomonidan:

resurslar tijorat banklariga 1 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda marja qoʻllanilgan holda joylashtiriladi;

byudjet ssudasini qoplab berish uchun qaytariladigan 300 milliard soʻmgacha mablalar Kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirishga yoʻnaltiriladi.

6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari yil yakuniga qadar:

uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida Toshkent shahri tajribasi asosida ipoteka markazlarini tashkil etish;

ipoteka markazlarida hududda uy-joy qurilishini amalga oshirayotgan qurilish-pudrat (developer) tashkilotlarining sotuv ofislarini, tijorat banklarining bank burchagi va kassalarini hamda хususiy notarial idoralarni joylashtirish choralarini koʻrsin.


7. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda aholiga uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, ipoteka krediti ajratish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.


8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 23 sentyabr