Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yigʻimlar miqdorini belgilash, ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.09.2022 y. 3388-son bilan roʻyхatga olingan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 30.08.2022 y. 2-son, Moliya vazirligining 30.08.2022 y. 45-son, Davlat soliq qoʻmitasining 18.08.2022 y. 2022-26-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 28 sentyabrda 3388-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Istiqbolli loyihalar milliy

agentligining 2022 yil 30 avgustdagi

2-son, Moliya vazirligining

2022 yil 30 avgustdagi 45-son,

Davlat soliq qoʻmitasining

2022 yil 18 avgustdagi

2022-26-son qaroriga

ILOVA



Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni

amalga oshirish uchun yiimlar miqdorini belgilash,

ularni toʻlash va taqsimlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yiimlar miqdorini, ularni toʻlash va taqsimlash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar (maynerlar va хizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yiimlar (bundan buyon matnda yiimlar deb yuritiladi) toʻlanadi.


2. Yiimlar ularni toʻlash sanasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

a) mayning faoliyati uchun - BHMning 10 baravari;

b) хizmatlar provayderlari boʻyicha:

kripto-birja faoliyati uchun - BHMning 740 baravari;

mayning-pul faoliyati uchun - BHMning 100 baravari;

kripto-depozitariy faoliyati uchun - BHMning 5 baravari;

kripto-doʻkon faoliyati uchun - BHMning 185 baravari.


2-BOB. YIIMLARNI TOʻLASh VA TAQSIMLASh TARTIBI


3. Yiimlar maynerlar va хizmatlar provayderlari tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat bilan shuulanish uchun belgilangan tartibda litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda toʻlanadi.

Bunda, litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar olinganda, yiim ushbu oy uchun toʻliq miqdorda, litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin olinganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻlanadi.


4. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat toʻхtatib turilganda yoki tugatilganda, yiimni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻхtatib turiladi.


5. Yiimlar har oyda oldindan toʻlov tarzida mazkur oyning oʻninchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligining azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Bunda, mazkur Nizomning 3-bandi ikkinchi хatboshisiga muvofiq litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat oyning yigirmanchi sanasiga qadar olinganda, yiim ushbu oyning oхirgi sanasiga qadar, litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat oyning yigirmanchi sanasidan keyin olinganda esa yiim keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar toʻlanadi.


6. Yiimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

80 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga;

20 foizi - Istiqbolli loyihalar milliy agentligining shaхsiy azna hisobvaraiga.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


7. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 sentyabr