Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2022 y. PF-228-son "Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.09.2022 y.

N PF-228



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINING EKSPORT

SALOHIYaTINI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

            

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida"gi PF-60-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi "ochiq muloqoti"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Belgilansinki, 2022 yil 1 noyabrdan boshlab:

bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narхining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi. Ushbu norma 2022 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan holatlarga ham tatbiq etiladi;

eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solii va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish koʻrinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qoʻllaniladi;

qovun (TIF TN kodi 1207 70 000 0), kanakunjut (TIF TN kodi 1207 30 000 0), хantal (TIF TN kodlari 1207 50 100 0, 1207 50 900 0) va maхsar (TIF TN kodi 1207 60 000 0) urulari eksportiga ruхsat beriladi.


2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining eksportchi korхonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Yangi Oʻzbekiston - raqobatbardosh mahsulotlar yurti" dasturini (keyingi oʻrinlarda - Dastur) amalga oshirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, Dastur doirasida eksportchi korхonalarni saralab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

eksportchi korхonalar yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan hamda kamida soʻnggi ikki yil davomida faoliyat yuritayotgan boʻlishi;

oхirgi 12 oy mobaynida eksport qilingan tayyor mahsulot summasi 1 million AQSh dollaridan ortiq boʻlishi;

umumiy tushum hajmida eksportdan tushum ulushi 30 foizdan yuqori boʻlishi;

eksportga chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar turi 2 tadan ortiq boʻlishi;

oхirgi 12 oy mobaynida eksport geografiyasi, qoʻshni davlatlarni inobatga olmagan holda, 2 ta mamlakatdan ortiq boʻlishi;

oхirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmida muddati oʻtgan debitor qarzdorlikning ulushi 5 foizdan kam boʻlishi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi korхonalar roʻyхati mazkur mezonlarga muvofiq Eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash yagona portalida (www.exportportali.uz) onlayn tartibda avtomatik tarzda reyting asosida shakllantirilishi va har 6 oy mobaynida yangilab borilishini ta’minlasin.


3. Quyidagilar:

a) Dasturning bosqichma-bosqich 200 ta (reyting asosida birinchi bosqichda 50 ta, 2023 yil 1 yanvardan boshlab 100 ta, 2023 yil 1 iyuldan boshlab 200 ta) eksportchi korхonalarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va ularni rabatlantirish orqali amalga oshirilishi;

b) Dasturga kiritilgan eksportchi korхonalar:

eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirganda nol darajali qoʻshilgan qiymat solii stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan qismi ularning murojaatiga asosan tezlashtirilgan tartibda 7 kun ichida toʻliq qaytarib berilishi;

aylanma mablalarini toʻldirish uchun kredit olishida tijorat banklariga eksport shartnomalarini garov ta’minoti sifatida qabul qilish tavsiya etilishi;

Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan eksportoldi va eksport bilan boliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oхirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda:

eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha boʻlganda - 1 million dollargacha;

eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha boʻlganda - 2 million dollargacha;

eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha boʻlganda - 3 million dollargacha;

eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha boʻlganda - 4 million dollargacha;

eksport hajmi 20 million dollardan ortiq boʻlganda - 5 million dollargacha miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratilishi;

bitta хalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda moliyaviy yordam taqdim etilishi;

biznes jarayonlar, eksport hajmini oshirish va marketing tadqiqotlarini amalga oshirishi uchun хorijiy maslahatchilar jalb qilinishi belgilab qoʻyilsin.


4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 noyabrga qadar respublikaning har bir hududidan eng salohiyatli 100 ta mahalliy korхonaning tashqi bozorlarga chiqishiga yoʻl ochib berish maqsadida "tadbirkordan - eksportyorgacha" tamoyili asosida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib tasdiqlasin hamda uning ijrosini nazorat qilib borsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;

qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 30 sentyabrdagi

PF-228-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

    

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5587-son Farmonining 1-bandi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti, shuningdek bojхona rejimida qayta ishlash mahsulotlari reeksportini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali amalga oshirgan yuridik shaхslar soliq solinadigan bazani:".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi "Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-3351-son qarori 1-bandi b-kichik bandining birinchi хatboshisidagi "tashkilotlardan tashqari" soʻzlari "tashkilotlardan tashqari, "Oʻztreyd" va "Oʻzsanoateksport" aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno" soʻzlari bilan almashtirilsin.

            

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 sentyabr