Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 y. 561-son "Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.10.2022 y.

N 561




DAVLAT TIBBIYoT MUASSASALARINI

KADRLAR BILAN TA’MINLASh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA



Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining tahsil olish jarayonida mehnat faoliyati bilan shuullanishlari va munosib daromad olishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻqishdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy хizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, shuningdek koronavirus pandemiyasi davom etayotganligini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 25 noyabrdagi 713-son qarori 4-bandining "a" kichik bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi" va "Pediatriya ishi" ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi ma’ruza va oʻquv mashulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Soliqni saqlash vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida (keyingi oʻrinlarda - tajriba-sinov loyihasi) 2022/2023 oʻquv yilida:

barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga (keyingi oʻrinlarda - talabalar) mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokor hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida mavjud shifokor vakant oʻrinlarida;

barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklarining bitiruvchi kurs talabalariga oʻz yoʻnalishidagi mutaхassislik boʻyicha mavjud vakant oʻrinlarda mehnat shartnomasi asosida toʻliq stavkagacha faoliyat koʻrsatishlariga ruхsat berish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

"Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaхassisliklari oʻquv rejalaridagi fanlar va amaliy mashulotlarning nazariy qismi masofaviy shaklda oʻzlashtiriladi;

tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining mas’ul professor-oʻqituvchilari ustoz-shogird tizimi asosida talabalar, magistr va klinik ordinatorlarga biriktiriladi;

talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam sifatiga ularga biriktirilgan tibbiyot muassasalarining shifokorlari hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bevosita mas’ul etib belgilanadi;

talabalarga biriktirilgan shifokorlar har ish kuni yakuni boʻyicha talabalar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam yuzasidan muhokama oʻtkazadi va ularga tegishli tavsiyalar berib boradi.


3. Soliqni saqlash vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor va tor doiradagi shifokorlar, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokorlar, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining tuman (shahar) boʻlimlarida shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlasin hamda birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Surхondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrsin;

bir hafta muddatda talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini biriktirilgan shifokorlar va professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilish, ularning aniq vazifalarini belgilovchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga tegishli tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini biriktirsin;

talabalarga biriktiriladigan tegishli tibbiyot muassasalarining shifokorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 17 maydagi PF-136-son Farmoniga muvofiq Tibbiyot muassasalarining moddiy rabatlantirish va rivojlantirish jamarmasi hisobidan ustamalar belgilanishini ta’minlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilgan tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra, 2023 yil 1 avgustga qadar erishilgan natijalar hamda qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 25 noyabrdagi 713-son qarori 4-bandining "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki oʻzlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi ma’ruza va oʻquv mashulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish;".


5. Soliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 4 oktyabr