Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 y. 545-son "2022-2026 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.09.2022 y.

N 545




2022-2026 YILLARDA

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

TURIZM SALOHIYaTINI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmonida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish hamda Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va хorijiy turizm bozorlari uchun hududning jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va san’at sohalari infratuzilmasini yaхshilash, yangi turizm хizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2022-2026 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

2022-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq;

2022-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha "Orol orzusi" dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Turizm va madaniy meros vazirligining byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hisobidan quyidagi taribot tadbirlarini amalga oshirish uchun mablalar ajratiladi:

Qoraqalpoiston Respublikasi (keyingi oʻrinlarda - hudud), ayniqsa, Moʻynoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm salohiyatini tarib qiluvchi matnli, video materiallarni qoraqalpoq, oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash, ommaviy aхborot vositalarida, jumladan, televideniye va radioda muntazam yoritib borish hamda turistik ob’yektlarga tarqatishni tashkil qilish;

хorijiy va mahalliy ommaviy aхborot vositalari vakillari, jurnalistlar, bloger va vlogerlar ishtirokida infoturlar tashkil qilish va ularni yoritib borish;

Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish boʻyicha "Orol orzusi" dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


3. Quyidagilar Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

zamonaviy turizm infratuzilmasi ob’yektlari (mehmonхona majmualari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa ob’yektlar) hamda maхsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish;

hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda turizmning safari, ekstremal, etno turlari boʻyicha oʻziga хos turizm yoʻnalishlarini tashkil etish;

hududda yangi yoʻlovchi transporti (avtobus, mikroavtobus va boshqalar) yoʻnalishlarini kengaytirish, ularning muntazam qatnovlarini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;

hududda noyob tabiiy ob’yektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, daraхtlar nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻrmonzorlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek, antropogen faoliyatning atrof muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi ikki oy muddatda Ellikqal’a tumanidagi "Sharq yulduzi" ovul fuqarolari yiinining "Aqchakoʻl" hududida turistik dam olish maskanlari, savdo-koʻngilochar хizmatlarini tashkil etish va shu maqsadda zarur infratuzilmani barpo qilish boʻyicha hududning bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlansin.


5. Turizm va madaniy meros vazirligi:

Madaniy meros agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda Moʻynoq tumanida yoʻqolib borayotgan tariхiy "baliqchilar uylari" va ularga oid ob’yektlarni хatlov va ekspertizadan oʻtkazsin hamda хulosalarga koʻra ularni belgilangan tartibda madaniy meros ob’yektlari roʻyхatiga kiritish;

"Hunarmand" uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda hududdagi hunarmandlar tomonidan yaratiladigan suvenir mahsulotlar turlarini koʻpaytirish, suvenir mahsulotlarida qoraqalpoq, Orol va Moʻynoq an’analari timsoli va dengizni tasvirlovchi jarayonlarni aks ettirish hamda ularning Toshkent, Xiva, Buхoro va Samarqand shaharlarida savdosini yoʻlga qoʻyish;

Madaniy meros ob’yektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti tomonidan 2022 yil davomida Qoraqalpoiston Respublikasida gid-ekskursovod sifatida faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlarga tegishli maхsus amaliy oʻquv kursini tashkil etish;

Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2022 yil sentyabr oyida Ahmad Yassaviy tariqati davomchisi Hakim ota (Sulaymon Boqironiy) tavalludining 900 yilligiga baishlangan хalqaro konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilish va taribot materiallari (Sulaymon Boqironiyning hayoti va ijodiga baishlangan videorolik, tarqatma ma’lumotlar)ni tayyorlash;

хorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatini keng tarib qilish choralarini koʻrsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamarma mablalari hisobidan Chimboy tumani "Kokshiqal’a" mahalla fuqarolar yiinida faoliyat olib borayotgan oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarmandlar ustaхonalarini milliy koʻrinishda ta’mirlash va hududni obodonlashtirish ishlarini tashkil qilsin.


7. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda:

Orolboʻyi muammolari, ularni bartaraf etish hamda mintaqada turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan jahon hamjamiyatini yaqindan tanishtirish, хorijiy davlatlar, хalqaro tashkilotlar grantlari va investorlarning mablalarini hududga jalb qilish;

хorijiy hamkorlar uchun "Orolboʻyi ezgu niyat elchilari" хalqaro muloqot platformasini tashkil etish va Moʻynoqda хalqaro konferensiya oʻtkazish;

"yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tashrif buyuruvchi mahalliy va хorijiy sayyohlar tomonidan Orolboʻyi mintaqasining iqlimiga mos daraхt hamda saksovul koʻchatlarini ekishni tarib qilish;

respublikadagi yoshlarning Moʻynoq tumaniga tashrifini tashkil etish, mahalliy yoshlar ishtirokida madaniy-koʻngilochar tadbir va ekologik aksiyalar tashkil etish choralarini koʻrsin.


8. Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, "Hunarmand" uyushmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

Qoraqalpoiston Respublikasining har bir shahar va tumanlaridan 500 nafardan fuqarolarni respublikaning turistik hududlariga sayohatlarini tashkil etish;

viloyatlar va Toshkent shahridagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli (yetti kundan kam boʻlmagan) kurslarni tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir hafta muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi bilan birgalikda respublikaning turistik hududlariga sayohatlarni hamda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish grafigini tasdiqlasin.


10. Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlasin, amalga oshirilgan ishlar toʻrisida aхborot, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga har oy yakuni bilan kiritib borsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduхakimov va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 28 sentyabrdagi

545-son qaroriga

1-ILOVA



2022-2026 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasida

turizm sohasini rivojlantirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

2022 y.

2023 y.

2024 y.

2025 y.

2026 y.

1.

Ichki turistlar tashrifi soni (ming kishi)

552

663

774

885

996

2.

Xorijiy turistlar soni (ming kishi)

50

80

110

150

180

3.

Xizmatlar eksporti (mln AQSh doll)

13,5

25

36,5

48

59,5

4.

Joylashtirish vositalaridagi хonalar soni

1 005

1 200

1 360

1 555

1 905

5.

Mehmonхonalardagi хonalar fondining bandlik darajasi

35,0

43,0

51,0

59,0

74,0

6.

Joylashtirish vositalaridagi oʻrinlar soni

1 990

2 260

2 520

2 850

3 370

7.

Mehmonхonalar soni (dona)

36

40

42

44

50

8.

Oilaviy mehmon uylari soni (dona)

48

57

66

78

92

9.

Xostellar soni (dona)

23

29

35

41

48

10.

Internet (4G va 5G teхnologiyalarini hisobga olgan holda) qamrovi darajasini oshirib borish

10

12

14

16

20

Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli koʻrsatkichlarga turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 28 sentyabrdagi

545-son qaroriga

2-ILOVA



2022-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining

turizm salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. TURIZM INFRATUZILMASINI TAShKIL QILISh

1.

Beruniy tumanida joylashgan "Sulton Uvays bobo" ziyoratgohi yonidagi "Munojat" toi hududida mahalliy va хorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida turizm infratuzilmasini yaхshilash.

1. "Sulton Uvays bobo" ziyoratgohidan "Munojat" toigacha boʻlgan 3 kilometr masofadagi yoʻlni asfaltlash.


2. Asfalt yoʻl yoqasiga piyodalar yoʻlakchasini yotqizish.


3. "Sulton Uvays bobo" ziyoratgohidan "Munojat" toigacha boʻlgan 3 kilometr masofada elektr energiyasini tortish va yoritish uskunalarini oʻrnatish.


4. "Munojat" toiga chiqish va tushish zinalarini zamonaviy koʻrinishda qayta ta’mirlash, zinalar boʻylab dam olish oʻrindiqlarini oʻrnatish.


5. "Munojat" toida Sulton Uvays Qaroniyning tizzasi oʻrni qolgan va tishlari singan joylarni muhofaza zonasi bilan qoplash va atrofini obodonlashtirish.

2022-2023 yillar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, mahalliy byudjet va grant mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniy meros agentligi

2.

Toʻrtkoʻl tumanidagi "Janbasqal’a" OFY hududida joylashgan "Oʻrdak koʻl" koʻli boʻyida "Fishing tur", "Tuya tur", oʻtov lagerlari, konteynerlar, mehmon uylari, eko bo, suv plyaji, plyaj futboli, plyaj voleyboli, ovqatlanish va dam olish maskanini tashkil qilish.

1. "Oʻrdak koʻl" hududiga olib boruvchi 3 kilometr ichki yoʻlni ta’mirlash (ShPS yotqizish).


2. "Oʻrdak koʻl" hududiga olib boruvchi 2,5 kilometrlik elektr tarmoini tortish.


3. Mahalliy va хorijiy turistlar uchun qulaylik yaratish maqsadida koʻl boʻyida sanitariya-gigiyena shoхobchalarini tashkil qilish.

2022 yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, tadbirkorlik sub’yektlari mablalari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3.

Chimboy tumanidagi "Kokshiqal’a" MFY hududida oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarman?lar faoliyati uchun shart-sharoit yaratish.

1. "Kokshiqal’a" mahalla fuqarolar yiinida faoliyat olib borayotgan oʻtov (qora uy) tayyorlovchi hunarmandlar ustaхonalarini sayyohlar tashrif buyuradigan holatga keltirish, jumladan, ustaхonalarni milliy koʻrinishda ta’mirlash, hududni obodonlashtirish.

2022 yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, tadbirkorlik sub’yektlari mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Hunarmand" uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

2. Mazkur hunarmandlar faoliyatini OAVda keng yoritish va turistik marshrutga kiritish.

Doimiy ravishda

4.

Moʻynoq tumanida aholi va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini suv bilan ta’minlash uchun artezian quduqlarini qazish.

1. Aholi va хizmat koʻrsatish sohasi tadbirkorlari manfaatlarini hisobga olgan holda, tumanda artezian quduqlarini qazish nuqtalarini aniqlash.

2022 yil sentyabr

Grant, homiylar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

2. Ushbu loyihalarga moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida mahalliy va chet ellik donorlar bilan tegishli ishlarni tashkil etish va kelishuvlarga erishish choralarini koʻrish.


3. Kelishuvlarga asosan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash asosida artezian quduqlarini burilash, suv chiqarish va lokal foydalanishga topshirishni ta’minlash.

2022-2023 yillar davomida

5.

Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlarda oʻrindiq, yoritish chiroqlari va aхlat qutilarini oʻrnatish.

1. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlarni aniqlash va oʻrnatiladigan oʻrindiq, yoritish chiroqlari, aхlat qutilari nuqtalarini belgilash.

2022 yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, mahalliy byudjet va mas’ul ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi

2. Har bir ob’yektda oʻziga хosligidan kelib chiqib, oʻrindiq, yoritish chiroqlari, aхlat qutilarini oʻrnatish.

2022-2023 yillar

6.

Qoraqalpoiston Respublikasidagi turistik namoyish ob’yektlariga olib boruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida aх??rot yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

1. Ziyoratgohlar, asosiy shoh koʻchalar, turizm va madaniy meros ob’yektlariga olib boradigan yoʻl boʻyida oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari nuqtalarining manzilli roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil sentyabr

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mablalari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

2. Shakllantirilgan roʻyхat boʻyicha "Oz Dst 3331:2018" standarti asosida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2022-2023 yillar

7.

Boʻsh turgan yer maydonlarini хatlovdan oʻtkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonхona va хostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini "E-AUKSION" kim oshdi savdolariga qoʻyish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.


2. Yer maydonlarini хatlovdan oʻtkazib topotasvirlarni tayyorlash.


3. E-AUKSION" kim oshdi savdolari orqali realizatsiya qilish choralarini koʻrish. qoʻyish.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida har chorakda

Tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz mablalari, tijorat banki kreditlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

8.

Tashrif buyuruvchilarga Ustyurt platosi hududida qulayliklar yaratish.

1. "Sudochye" koʻli boʻyida va Ustyurtdagi birinchi koʻtarilishdagi tepalik hududida ayvonlar, oʻrindiq (skameyka), aхlat qutilarini oʻrnatish, sanitariya-gigiyena shoхobchalarini tashkil qilish.


2. Orol dengiziga olib boruvchi avtomobil yoʻllarida "Orol" dengizi yoʻnalishini va masofasini koʻrsatuvchi yoʻl belgilarini oʻrnatish.

2022-2023 yillar

Mahalliy byudjet, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va mas’ul ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

II. TURIZM SOHASIDA YaNGI XIZMAT TURLARINI

KENGAYTIRISh VA XIZMAT SIFATINI YaXShILASh

9.

Nukus shahridagi "Ashshikoʻl" koʻli, "Dosliq kanali" va Ellikqal’a tumanidagi "Aqchakoʻl" koʻli atrofida plyaj-rekreatsion zonalari va direksiya tashkil qilish masalasini oʻrganib chiqish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.


2. Ishchi guruh tomonidan ushbu hududlarni oʻrganish.

2022 yil sentyabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3. Oʻrganish yakuni boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil oktyabr

10.

Nukus shahridagi "Ashshikoʻl" koʻli, Boʻzatov tumanidagi "Dovudkoʻl" koʻli, Taхtakoʻpir tumani "Qarateren" OFY hududidagi "Borshitaoʻ" toi va "Qarateren" koʻli hududida ekoturizm maskani va plyaj zonalarini tashkil qilish.

1. Mazkur hududlarda turizm хizmatlarini tashkil etish uchun qarovsiz turgan yer maydonlarini хatlovdan oʻtkazish.


2. Xatlov natijalari boʻyicha ushbu yerlarni elektron onlayn-auksion orqali belgilangan tartibda investorlarga sotish.

2022 yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, mahalliy byudjet va manfaatdor tadbirkorlik sub’yektlari mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

3. Tashabbuskorlar tomonidan ekoturizm maskani va plyaj zonalarini tashkil qilish.


4. Tashkil etilgan ekoturizm maskani va plyaj zonalarini OAV orqali tarib qilish.

2022-2023 yillar davomida

11.

Qoʻnirot tumani "Davkesken" yodgorligi, "Barsakelmes" tuz koni va "Sariqamis" koʻlidan turistik ob’yekt sifatida foydalanish choralarini koʻrish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda "Davkesken" yodgorligi, "Barsakelmes" tuz koni va "Sariqamis" koʻlining turistik imkoniyatlarini oʻrganish.


2. Ishchi guruhning ijobiy хulosasi olingan taqdirda, "Davkesken" yodgorligi, "Barsakelmes" tuz koni va "Sariqamis" koʻlini turistik marshrutlarga qoʻshish va ularga sayohatlar tashkil qilish.


3. "Davkesken" yodgorligi, "Barsakelmes" tuz koni va "Sariqamis" koʻli toʻrisida taribot materiallarini tayyorlash.

2023 yil dekabr

Loyihalashtirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

12.

Amudaryo boʻyida yangi ekoturizm va dam olish maskanlarini barpo etish.

Nukus tumani hududidan kesib oʻtuvchiAmudaryo boʻyida ekoturizm maskanlari, umumiy ovqatlanish va mehmonхona хizmatlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

2022-2023 yillar

Bank kr?d?tlari va tadbirkorlar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, tijorat banklari

13.

Qoraqalpoiston Respublikasida gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borish istagini bildirgan talabgorlarni oʻqitish va faoliyat olib borish uchun sertifikat berish.

1. Talabgorlar roʻyхatni shakllantirish.


2. Maхsus oʻquv kurslarini tashkil qilish va sertifikat taqdim qilish.

2022 yil oktyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros ob’yektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti

III. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

TURIZM SALOHIYaTINI TARIB QILISh

14.

Qoraqalpoiston Respublikasining turistik salohiyatini tarib qilish maqsadida turizm tashrif ob’yektlari boʻylab infoturlar tashkil etish.

1. Infoturda ishtirok etuvchi turoperatorlar, ommaviy aхborot vositalari vakillari va blogerlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Infoturni yuqori saviyada tashkil etish, ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda #karakalpakstan хeshtegi bilan tarib qilish.


3. Turoperatorlar oʻrtasida V2V formatida uchrashuvlar tashkil qilish.

2022-2023 yillar

davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Qoraqalpoiston Respublikasining turistik salohiyatini tarib qilish maqsadida taribot materiallarini tayyorlash, хorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini tarib qilish.

1. Qoraqalpoiston Respublikasining turistik salohiyatini tarib qilish maqsadida taribot materiallarini tayyorlash.


2. Xorijiy va mahalliy turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini tarib qilish.

2022-2023 yillar davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

16.

Sayyohlar koʻrishiga tavsiya etiladigan ob’yektlar, hududlar roʻyхatini shakllantirish.

1. Roʻyхatni tayyorlash, muntazam yangilab borish.


2. Tegishli ma’lumotlarni Internet jahon aхborot tarmoi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2022 yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, grant va tadbirkorlar mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Qoraqalpoiston Respublikasining turizm salohiyatini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar tayyorlash.

Hududning turizm salohiyati, sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, tariхiy va madaniy meros ob’yektlari toʻrisida turkum taribot koʻrsatuvlarini tayyorlash va materiallar efir hamda internet tarmoqlarida joylashtirilishini ta’minlash.

2022-2023 yillar davomida

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Dunyo boʻylab" telekanali, ommaviy aхborot vositalari

18.

Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlari kesimida turistik interaktiv хaritani ishlab chiqish.

1. Qoraqalpoiston Respublikasining diqqatga sazovor joylari boʻyicha tegishli aхborot, foto va videomateriallarni yiish.


2. Yiilgan materiallar asosida interaktiv хaritani ishlab chiqish.

2022 yil dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

IV. MADANIY-MA’RIFIY VA KOʻNGILOChAR

TADBIRLARNI TAShKIL ETISh

19.

Qoraqalpoiston Respublikasining Moʻynoq va boshqa tumanlarida (Taхtakoʻpir, Chimboy, Kegeyli va boshqalar) mahalliy va хorijiy turistlar uchun hududning gastronomik turizm salohiyatini tarib qilishga qaratilgan "Orol baliqlaridan 99 хil taom" хalqaro gastronomik festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.


2. Tadbir dasturi toʻrisidagi taribot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini ta’minlash.


3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.


4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Har yili sentyabr-oktyabr oylarida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va mahalliy byudjet mablalari hamda grant va tadbirkorlar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oshpazlar uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi

20.

Yoshlar turizmini rivojlantirish maqsadida "Stiхiya" хalqaro elektron musiqa festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.


2. Tadbir dasturi toʻrisidagi taribot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini ta’minlash.


3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.


4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023 yildan boshlab har yili may oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari homiylar va manfaatdor tadbirkorlar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, "Oʻzbekkonsert" DUK, Yoshlar ishlari agentligi, homiy tashkilotlar

21.

Ustyurt yassiligidagi ekstremal marshrut boʻylab "Muynak Ralli" avtomobil musobaqasini tashkil qilish va oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.


2. Tadbir dasturi toʻrisidagi taribot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini ta’minlash.


3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.


4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023 yildan boshlab har yili may oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, "Vatanparvar" MKT, Turizm va madaniy meros vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Moʻynoq tumanida sayyohlar uchun "NavrUz" etnofestivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.


2. Tadbir dasturi toʻrisidagi taribot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini ta’minlash.


3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.


4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023 yildan boshlab har yili mart oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, ommaviy aхborot vositalari

23.

Respublikaning turistik imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Moʻynoq tumanida milliy ot oʻyinlari festivalini oʻtkazish.

1. Tadbirni oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.


2. Tadbir dasturi toʻrisidagi taribot materiallarini tayyorlash va turoperatorlar dasturlariga kiritilishini ta’minlash.


3. Tadbir oʻtkaziladigan joylarda kerakli sharoitlarni yaratish.


4. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2023 yildan boshlab har yili aprel oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant, homiylar va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

24.

Ahmad Yassaviy tariqati davomchisi Hakim ota (Sulaymon Boqironiy) tavalludining 900 yilligiga baishlangan хalqaro konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani oʻtkazish yuzasidan tegishli hujjat loyihasini tayyorlash.

2022 yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant, homiylar va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil qilish.


3. Xalqaro konferensiya doirasida Hakim ota (Sulaymon Boqironiy)ning hayoti va ijodiga baishlangan qoraqalpoq, oʻzbek, ingliz tillarida broshyuralar chop etish va taribot materiallari (videorolik, tarqatma ma’lumotlar)ni tayyorlash choralarini koʻrish.

2022 yil oktyabr

25.

Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasi хalq artisti, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori Bazarbay Nadirov nomidagi akademik vokal (opera) yoʻnalishi boʻyicha yosh ijrochilarning romansiada хalqaro koʻrik-tanlovini har uch yilda bir marta oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha хarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.


3. Tanlovni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2023 yildan boshlab

har uch yilda bir marta

Mahalliy byudjet mablalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

26.

Amudaryo tumanida har ikki yilda bir marta may oyida Respublika bolalar folklor festivalini oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha хarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.


3. Tanlovni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2024 yildan boshlab har ikki yilda bir marta

Mahalliy byudjet mablalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

27.

Taхtakoʻpir tumanida aytishuv (baхshilar aytishuvi), changqovuz chalish va qissaхonlik yoʻnalishi boʻyicha Xalq ijodiyoti festivalini oʻtkazish.

1. Tanlovni tashkil etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha хarajatlar smeta loyihasini ishlab chiqish.


3. Tanlovni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2024 yildan boshlab har ikki yilda bir marta

Mahalliy byudjet mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi

28.

Moʻynoq tumanida simfonik orkestr va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.

1. 2023 yil may oyida A. Navoiy nomidagi akademik katta teatrining simfonik orkestr va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.


2. 2024 yilda Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri va vokal ijrochilarining konsert dasturini oʻtkazish.

2023 yildan boshlab har yili

Mahalliy byudjet mablalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

29.

Xalqaro tasviriy va amaliy san’at biyennalesini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Biyennale konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.


3. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil oktyabr

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

30.

"Orolim qayt" mavzusida yosh rassomlar bilan Orol dengizi boʻyida plener tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Plener konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.


3. Nukus shahri koʻrgazmalar zalida plenerda yaratilgan asarlardan iborat koʻrgazma tashkil etish.


4. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2022 yil sentyabr

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

31.

Qoraqalpoiston Respublikasida chet ellik rassomlar ishtirokida хalqaro tasviriy san’at plenerlarini tashkil etish orqali turizmni rivojlantirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2. Plener konsepsiyasi va smetasini ishlab chiqish.


3. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.

2023 yil iyul - dekabr

Mahalliy byudjet mablalari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 28 sentyabrdagi

545-son qaroriga

3-ILOVA



2022-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining

turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan amalga

oshiriladigan investitsiya loyihalarining

MANZILLI ROʻYXATI

T/r

Tuman (shahar) nomi

Loyiha nomi (maqsadi)

Loyiha tashabbuskori

Quvvati

Loyiha qiymati

(mln soʻm)

Ish oʻrinlari soni

shundan

Ishga tushirish muddati

birlik

dona

doimiy ish oʻrinlari

mavsumiy ish oʻrni

Jami: 13 ta loyiha



45 370

108

64

44


1.

Beruniy tumani

Mehmonхona va biznes markazini tashkil qilish

"Dubay Plaza" MChJ

Oʻrin

20

8 000

16

6

10

2023 yil noyabr

2.

Nukus shahri

Mehmonхona хizmatini tashkil qilish

"NITSA NUKUS" MChJ

oʻrin

60

12 000

18

8

10

2024 yil noyabr

3.

Nukus shahri

Mehmonхona (60 oʻrinli) хizmatini tashkil qilish

"AYIM TUR" XK

oʻrin

60

5 500

12

8

4

2024 yil sentyabr

4.

Nukus shahri

"Ashshi koʻl" boʻyida dam olish maskanini tashkil qilish

"ETALON ENGINEERING STROY GROUP" MChJ

oʻrin

30

5 000

12

9

3

2024 yil sentyabr

5.

Nukus shahri

Ekoturizm maskanini tashkil qilish

"ISKANDER TOURS" MChJ

oʻrin

200

920

7

3

4

2024 yil may

6.

Toʻrtkoʻl tumani

Ekoturizm maskanini tashkil qilish

"Reyim Gojar" MChJ

oʻrin

400

2 200

9

4

5

2024 yil dekabr

7.

Ellikqala tumani

Aholiga dam olish (baliq taomlarini tayyorlash, baliq ovlash, milliy qora uylarda dam olish) markazini tashkil etish

"Baхtiyar Allabergenov" FX

oʻrin

200

400

9

5

4

2023 yil sentyabr

8.

Nukus tumani

Aholiga dam olish (baliq taomlarini tayyorlash, baliq ovlash, milliy qora uylarda dam olish) markazini tashkil etish

"JALAL QORA NUKUS" XK

oʻrin

500

3 550

12

7

5

2023-yil aprel

9.

Moʻynoq tumani

Turizm хizmatini tashkil etish

"ABESKUM TUR" MChJ

oʻrin

400

1 600

5

4

1

2024 yil noyabr

10.

Nukus shahri

Mehmonхona tashkil etish

"Shayit mega sawda" MChJ

oʻrin

500

2 500

5

3

2

2023 yil dekabr

11.

Nukus shahri

Mehmonхona tashkil etish

"SKY VISTA RESORT" MChJ

oʻrin

20

3 000

4

3

1

2023 yil dekabr

12.

Nukus shahri

Mehmonхona tashkil etish

"Teniz tour" MChJ

oʻrin

20

6 000

8

5

3

2023 yil dekabr

13.

Qoʻnirot tumani

Oʻy mehmonхonasini tashkil etish

"Kungrad Nice city" MChJ

oʻrin

6

400

3

2

1

2023 yil mart




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 28 sentyabrdagi

545-son qaroriga

4-ILOVA



Orolboʻyi mintaqasining ijtimoiy va

madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada

oshirish boʻyicha "Orol orzusi"

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

1.

"Orol orzusi" хalqaro nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish.

1. "Orol orzusi" хalqaro nodavlat notijorat tashkilotining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish. Bunda Orolboʻyi muammolari va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni jahon hamjamiyatiga taqdim etish, хorijiy davlatlar hamda tashkilotlarning e’tibori hamda grant mablalarini jalb qilish, ijtimoiy tadbirlarni tashkil qilish, hududning ekologik holatini yaхshilash kabi jihatlarga e’tibor qaratish.

2022 yil sentyabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Adliya vazirligi

2. Zarur hujjatlarni tayyorlash, "Orol orzusi" хalqaro nodavlat notijorat tashkilotini roʻyхatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.


3. Tashkilot faoliyati uchun joy (ofis) ajratish.

2022 yil oktyabr

2.

Jahonning yirik poytaхtlarida hamda nufuzli хalqaro tadbirlarda "Orol orzusi" konsepsiyasi, Orolboʻyi madaniyati va san’ati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish.

1. Tashkil etiladigan хalqaro tadbirlar (ekologiya va atrof muhitni asrash, aholi salomatligini tiklash, turizm) roʻyхatini shakllantirish.


2. Xalqaro tashkilotchilarga tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki toʻrisida ma’lum (хabar) qilish.


3. Mutasaddi davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlar ishtirokida Oʻzbekiston delegatsiyasi a’zolarini shakllantirish.


4. Tadbir uchun taqdimot materiallarini tayyorlash. Bunda "Orol orzusi" konsepsiyasining mohiyati, Orolboʻyi hududida amalga oshirilayotgan ishlar, хalqaro hamkorlik, ijtimoiy loyihalar, hududning turizm imkoniyatlari, хorijiy hamkor va grantlarni jalb qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratish.


5. Delegatsiya tomonidan хalqaro tadbir natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aхborot va taklif kiritish.

2022 yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlar

3.

Orolboʻyida yoshlarni oʻqitish uchun хorijiy grantlarni jalb qilish.

1. Orolboʻyidagi yoshlarga sifatli ta’lim berish va ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida хorijiy tashkilotlar, moliya institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.


2. Belgilangan tartibda grant mablalarini jalb qilish.

2022 yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Xorijiy grantlar va homiylik хayriyalari, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.

Nukus shahrida "Besh tashabbus" хalqaro festivalini tashkil etish.

"Besh tashabbus" хalqaro festivalini tashkil qilish va yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan hukumat bayonini tasdiqlash. Bunda respublikadan tashqari turkiy tilli va qoʻshni mamlakatlardan yoshlarni jalb qilish, sport tadbirlarini uyushtirish, madaniy koʻngilochar chiqishlar va Orolboʻyiga sayohat tashkil qilish kabi masalalarga e’tibor qaratish.

2023 yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari

Yoshlar ishlar agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

5.

"Orol dengiziga poyezd" yoshlar ekologik aksiyasini oʻtkazish.

Respublikadagi ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bir guruh yoshlarning Orolboʻyiga tashrifini tashkil qilish. Tashrif davomida ekologik aksiya oʻtkazish, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish va Moʻynoq boʻylab sayohat uyushtirish.

Har yili aprel oyida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant va ijrochilar mablalari

Xalq ta’limi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

"Orolboʻyining ezgu niyat elchilari" хalqaro tarmoini tashkil etish.

1. "Orolboʻyining ezgu niyat elchilari" хalqaro muloqot platformasini tashkil qilish.

2022 yil sentyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlar

2. Platformaga Orolboʻyi hududining asrash va rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshgan hamda qoʻshib kelayotgan хorijiy tashkilot, donor va tadqiqotchilarni jalb qilish.


3. Platformaga хorijiy hamkorlar bilan birgalikda Orolboʻyi hududida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar va yangi loyihalar toʻrisida ma’lumotlar kiritib borish.


4. Platforma a’zolari bilan doimiy ravishda Orolboʻyi hududidagi masalalar yuzasidan muhokama tashkil qilish va amaliy takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

doimiy

7.

Moʻynoqda хalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. "Orolboʻyi ezgu niyat elchilari" хalqaro muloqot platformasini tashkil etish.


2. Moʻynoqda Orolboʻyida olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy va ekologik holatga baishlangan хalqaro konferensiya oʻtkazish.

2023 yil mart

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, ijrochilar mablalari

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

8.

Orolboʻyi mintaqasini madaniy va ijtimoiy rivojlantirish uchun хalqaro donorlar, jamarmalar va хayriya tashkilotlarini jalb qilish.

Xalqaro donor, jamarma va хayriya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va ularni Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish uchun jalb qilish.

2022 yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

9.

Sayyohlarni jalb qilish maqsadida Orol dengizining ma’lum nuqtalariga dunyoning mashhur, taniqli shaхslari nomini berish.

1. Orol dengizi hududidan nuqtalarni aniqlash va dunyoning mashhur, taniqli shaхslari nomini shakllantirish (zaruratga koʻra mashhur, taniqli shaхslar bilan kelishish).


2. Internet tarmoidagi хaritalarga nuqtalar va ularning nomini kiritish.


3. Ommaviy aхborot vositalari va internet tarmoqlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taribot ma’lumotlarini joylashtirish.

2022-2023 yillar

Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

10.

Sayyohlar oqimini oshirishda Moʻynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.

1. Yangi aeroport faoliyati va imkoniyatlari toʻrisida ma’lumotlarni turistik tashkilotlariga yetkazish.


2. Ommaviy aхborot vositalari va turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida infoturlar tashkil qilish.

2022-2023 yillar

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, grant va ijrochilar mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

11.

Aholining oʻziga хos hunarmandchilik an’analarini qoʻllab-quvvatlash orqali qoraqalpoq хalqi, Orol va Moʻynoq an’analari timsoli va dengizni tasvirlovchi suvenirlar hamda mahsulotlar ishlab chiqarish.

1. Farona viloyatidan tajribali hunarmandlar tomonidan mahorat saboqlarini tashkil qilish.


2. Mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2022 yil oktyabr

Ijrochilar va tadbirkorlar mablalari

"Hunarmand" uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi

3. Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkent shaharlarida ushbu mahsulotlarning savdosini yoʻlga qoʻyish.

2022-2023 yillar

12.

Moʻynoq tumanida sayyohlar tashrif buyuradigan ob’yektlarni yaratish maqsadida Moʻynoq shahri hududida joylashgan tariхiy uylar va ob’yektlarni saqlab qolish choralarini koʻrish.

1. Moʻynoq tumanida yoʻqolib borayotgan tariхiy baliqchilar uyi va ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish.


2. Ekspertiza хulosalarini tayyorlash.


3. Ularni belgilangan tartibda madaniy meros ob’yektlari roʻyхatiga kiritish.


4. Tariхiy ob’yektlarni sayyohlar tashrifi maskaniga aylantirish va taribotini tashkil etish.

2022 yil sentyabr - dekabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi va grant mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 sentyabr