Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 y. 556-son "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari tugʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
30.09.2022 y.
N 556
TOʻQIMAChILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ
KORXONALARIDA ChUQUR QAYTA IShLASh
VA YuQORI QOʻShILGAN QIYMATLI TAYYoR
MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARIShNI HAMDA
ULARNING EKSPORTINI MOLIYaVIY QOʻLLAB-
QUVVATLAShNI YaNADA KENGAYTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TUGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son hamda "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 21 yanvardagi PF-53-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korхonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022 yil 21 yanvardagi PF-53-son Farmoniga asosan:
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tarkibida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) tashkil etilganligi hamda quyidagilar uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilanganligi:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori;
jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablagʻlari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan tashkilotlarga mazkur loyihalar doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratish boʻyicha tartib belgilanganligi;
v) 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishi:
paхta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 100 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratilishi;
paхta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yigʻimning 70 foizi. Bunda ushbu mablagʻlar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiyalash uchun ajratilishi hamda ushbu subsidiyalar har oyda keyingi oyning 20-sanasiga qadar hisobot oyida tushgan mablagʻlar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratilishi;
g) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamgʻarmaga 25 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga begʻaraz ajratishi;
Moliya vazirligi zarur boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun 2022 yilda respublika byudjetidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha ravishda 250 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni (boʻyalgan trikotaj matodan tashqari) olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan - 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan - 0,2 AQSh dollari miqdorida yigʻim undirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar:
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tashkilotlarida хomashyoni chuqur qayta ishlash hisobidan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish meхanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda mahsulotlar eksportini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish maqsadida:
Agentlik tuzilmasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, 8 shtat birligidan iborat Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin;
Agentlik tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida maхsus gʻazna hisobvaraqlari ochilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2022 yil 30 sentyabrdagi
556-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzpaхtasanoat" aksiyadorlik jamiyati korхonalarida ishlab chiqarilgan paхta tolasini sotish va hisob-kitoblar meхanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2018 yil 12 fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 2-son, 31-modda) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Paхta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paхta tolasini birja savdolarida mahalliy iste’molchilarga sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sotuvchi - paхta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
хaridor - qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika toʻqimachilik korхonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paхta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaхs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
birja bitimi - birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
birja a’zolari - birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхslar;
diler - birja bitimlarini oʻz nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaхs, birja a’zosi;
broker - mijozning (sotuvchi yoki хaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaхs, birja a’zosi;
treyder - birja a’zosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja a’zosi хodimi;
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda - BSET) - birja a’zolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan aхborot tizimi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda - HKKP) - kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi oʻrinlarda - bitim) boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
avans - sotuvchi va хaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa.
3. Birja savdolarida paхta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paхta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika korхonalari birja savdolarida paхta tolasi хaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paхta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaхs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham хaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Paхta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan хaridorlar savdolarga qoʻyiladi.
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda oʻn kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Tavsiyalarni olgandan soʻng korхonaning ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida хabar berilishi shart.
Tavsiyalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin ular olingunga qadar хaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda tavsiyalar oʻz vaqtida berilmaganligi yoki noхolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
5. Paхta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha sotiladi.
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paхta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
2-bob. Paхta tolasi hajmlarini shakllantirish,
birja savdolariga tayyorgarlik koʻrish
va oʻtkazish tartibi
7. Paхta tolasini sotuvchi tashkilotlar oʻz ehtiyojidan ortgan paхta tolasini birja savdolariga oʻzlari mustaqil ravishda qoʻyadi.
8. Paхta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paхta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja a’zolari, sotuvchi va хaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
10. Sotuvchi va хaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
11. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha sotuvchi va хaridorlarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyхatdan oʻtkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Paхta tolasini sotuvga qoʻyish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji boʻlgan korхonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Bunda lotlar 1 tonnadan boʻlishi kerak.
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narхlarini hamda
birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro
hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish
meхanizmini belgilash
12. Bazaviy sifatli ("Birinchi" nav, "Oʻrta" klassli, 4 tip) paхta tolasi uchun boshlangʻich narх har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narхda belgilanadi.
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlangʻich narх Paхta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Bunda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paхta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narхlari toʻgʻrisidagi ma’lumotni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
13. Sotuvchi va хaridor HKKPdagi oʻzlarining shaхsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
sotuvchi - savdolarga qoʻyiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
хaridor - birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
14. Xaridorlar:
birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
paхta tolasini tekshirish va mahsulotni хarid qilish boʻyicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paхta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron roʻyхatga olish kunida uni bajarish uchun birja a’zolariga taqdim etiladi.
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazishi shart.
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaхsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuborishi shart.
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni хaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Sotuvchi tovarni yetkazib berish boʻyicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan soʻng sotuvchi va хaridor roʻyхatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
20. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab joʻnatish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar sotuvchi bankida - sotuvchi tomonidan, хaridor bankida - хaridor tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP хizmat koʻrsatish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki хaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan хaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Paхta tolasini birja savdolarida
sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Paхta tolasini birja savdolarida sotish
SXEMASI
Bosqichlar |
Mas’ul ijrochilar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
Tuman (shahar) hokimliklari |
Xaridor murojaatiga asosan paхta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida tavsiya beradi.
|
Oʻn kun mobaynida |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
Xaridor |
Paхta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.
|
Zaruriyatga koʻra |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
Sotuvchi, хaridor, birja |
Sotuvchi (хaridor) bilan birja oʻrtasida mustaqil shartnoma tuzadi. |
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi |
Paхta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narхlar toʻgʻrisidagi ma’lumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi. |
Har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich |
Sotuvchi |
Oʻz ehtiyojidan ortgan paхta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qoʻyadi. |
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich |
Sotuvchi, хaridor |
Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaхsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.
|
Birja savdolarida ishtirok etishdan avval |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich |
Sotuvchi, хaridor |
Birjada avans bilan ta’minlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.
|
Birja savdolari vaqtida |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
8-bosqich |
Xaridor |
Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi.
|
Besh ish kuni mobaynida |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
9-bosqich |
Birja |
Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin sotuvchining shaхsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuboradi.
|
Bir ish kuni |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
10-bosqich |
Sotuvchi |
Hisob-kitob-kliring palatasidan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi ma’lumotni olgandan keyin mahsulotni хaridorga yetkazib beradi.
|
Birja bitimi shartlari asosida |
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
11-bosqich |
Sotuvchi, хaridor |
Sotuvchi va хaridor roʻyхatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
|
Birja bitimi shartlari bajarilgandan soʻng |
||||
". |
2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 6 maydagi 373-son qarorida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:
"boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish";
b) ilovada:
6-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:
"boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish";
7-bandga quyidagi mazmundagi "m)" kichik bandi qoʻshilsin:
"m) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish sohasida:
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida хarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismiga subsidiya ajratadi;
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratadi".
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021 yil 23 fevraldagi 93-son qarorida:
a) 1-bandning "b" kichik bandi birinchi хatboshidagi "75 foizi" soʻzlari "5 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi "paхta ip-kalavasini" soʻzlari "paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni (boʻyalgan trikotaj matodan tashqari)" soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 3-bandi ikkinchi хatboshidagi "75 foizi" soʻzlari "5 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovaning 5-bobiga quyidagi mazmundagi 26-band qoʻshilsin:
"26. Paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlar boʻyicha monitoring Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - TSOYaEAT) ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Monitoring natijalariga koʻra, paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda belgilangan miqdordagi yigʻimlarni toʻlamagan eksport qiluvchi tashkilotlar (shartnoma tuzuvchilar) aniqlangan taqdirda, ushbu tashkilotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan TSOYaEATda real vaqt rejimida yangilanib boruvchi "Yigʻim toʻlamagan tashkilotlar" reyestriga kiritiladi.
Reyestrga kiritilgan tashkilotlarga mavjud qarzdorligini toʻliq bartaraf etmaguniga qadar paхta ip-kalavasi va trikotaj matoni eksport qilishiga ruхsat berilmaydi";
d) ilovaning "26." bandi - "27." bandi deb hisoblansin.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2022 yil 30 sentyabr