Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.09.2022 y. 556-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 30 sentyabrdagi

556-son qaroriga

3-ILOVA



Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport

qiluvchi tashkilotlarni subsidiyalash

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu nizom Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligi tarkibidagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


subsidiya - tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda qaytarmaslik sharti bilan Jamarma hisobidan ajratiladigan mabla;


subsidiya oluvchilar - tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlar;


Agentlik - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligi.



2-BOB. SUBSIDIYa AJRATISh ShARTLARI


3. Paхta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yiimning 70 foizi hisobidan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq ajratiladi.



3-BOB. SUBSIDIYa TOʻLOVLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


4. Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotlarga subsidiya ajratish uchun Agentlik Davlat bojхona qoʻmitasi ma’lumotlari asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyi davomida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan tashkilotlarning eksport miqdorlari, STIRi, bank ma’lumotlari va hisobvaraqlari koʻrsatilgan roʻyхatini tayyorlaydi. Bunda mahsulotlar AQSh dollaridan boshqa turdagi valyutada eksport qilingan boʻlsa, uning miqdori keyingi oyning 1-sanasida Markaziy bankning valyutalar kursi boʻyicha AQSh dollari ekvivalentiga oʻtkazish yoʻli hisoblanadi.

Bunda Agentlik amalga oshirilgan eksport hajmlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona aхborot tizimidagi ma’lumotlar asosida oʻrganib chiqadi.


5. Agentlik tomonidan oʻrganishlar natijasi boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan 18-sanasiga qadar Jamarmaga hisobot oyida kelib tushgan mablalar tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida teng ulushda taqsimlanadi.


6. Agentlik tomonidan taqsimot boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar subsidiya har bir tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini (TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.

Bunda subsidiya paхta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yiimning 70 foizi boʻyicha Jamarmaga hisobot oyida kelib tushgan mablalar hisobidan eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda ajratiladi.


7. Subsidiya ajratilishi yuzasidan hisobotlar har oy yakuni boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


8. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.

Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.


9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.




Nizomga

ILOVA



Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini

(TIF TN kodi 61 - 63) eksport qiluvchi

tashkilotlarga subsidiya ajratish

SXEMASI

Bosqichlar


Mas’ul ijrochilar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari


1-bosqich


Eksportni rabatlantirish agentligi


Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan tashkilotlarning eksport miqdorlari, STIRi, bank ma’lumotlari va hisobvaraqlari koʻrsatilgan roʻyхatini tayyorlaydi.


Hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar





2-bosqich


Eksportni rabatlantirish agentligi


Jamarmaga kelib tushgan mablalarni tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida teng ulushda taqsimlaydi.


Hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan 18-sanasiga qadar




3-bosqich


Eksportni rabatlantirish agentligi


Subsidiyani har bir tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotning bank hisobvaraiga oʻtkazib beradi.


Hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar




4-bosqich


Eksportni rabatlantirish agentligi


Subsidiya ajratilishi yuzasidan hisobotlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi.


Har oy yakuni boʻyicha






Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 sentyabr