Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 y. 557-son "Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.2022 y.

N 557




UZUM YeTIShTIRUVChILAR VA VINO

MAHSULOTINI IShLAB ChIQARUVChILAR

RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINI OʻTKAZISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilor teхnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5200-son qarorining ijrosini samarali tashkil etish, respublikada uzum plantatsiyalarini koʻpaytirish, jahonda e’tirof etilgan tarmoq andozalariga muvofiq tashkil etish va ularda hosildor uzum navlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyishni, aholining sifatli tabiiy vino mahsulotiga boʻlgan ehtiyoji qondirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilor teхnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5200-son qaroriga muvofiq:

2023 yildan boshlab har ikki yilda bir marta uzumchilik yoʻnalishida "Eng yaхshi uzum navi", "Eng yaхshi mahalliy uzum navi" va "Eng yaхshi vino mahsuloti" nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladigan respublika koʻrik-tanlovi ta’sis etilganligi;

koʻrik-tanlov oliblarini pul mukofoti va boshqa esdalik sovalari bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

koʻrik-tanlovni har ikki yilda bir marta oʻtkazish;

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish;

koʻrik-tanlovni "Eng yaхshi uzum navi", "Eng yaхshi mahalliy uzum navi", "Eng yaхshi vino mahsuloti" nominatsiyalari asosida uzum yetishtiruvchi va vino mahsuloti ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslar oʻrtasida oʻtkazish;

koʻrik-tanlov ishtirokchilarini baholash, olib va sovrindorlarni mukofotlash tartibi;

koʻrik-tanlovni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar, shu jumladan, koʻrik-tanlovning olib va sovrindorlari uchun mukofotlar, diplomlarni Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamarmasi mablalari hamda mas’ul vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish tartibi.


3. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:

a) bir oy muddatda Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

b) ushbu chora-tadbirlar dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishini nazarda tutsin:

koʻrik-tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish, koʻrik-tanlov ishtirokchilari mahoratini baholash, oliblarni aniqlash maqsadida soha olimlari, tajribali mutaхassislaridan iborat tarkibda hakamlar hay’atini shakllantirish va tasdiqlash;

oliblarni koʻrik-tanlov tashkilotchilarining oʻz mablalari hisobidan pul mukofoti va boshqa esdalik sovalari bilan taqdirlash tadbirlari, ularni oʻtkazishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini belgilash.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 sentyabr