Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini хarid qilish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 05.10.2022 y. 568-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 5 oktyabrdagi

568-son qaroriga

1-ILOVA



Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar

tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi

energiya manbalari qurilmalarini хarid qilish

хarajatlarining bir qismini kompensatsiya

qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda

sotib olish tartibi toʻrisidagi

NIZOM

          

         

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini (keyingi oʻrinlarda - qurilma) yagona elektron platforma orqali ehtiyojlari uchun oʻz mablai yoki tijorat banklari kreditlari hisobidan sotib olish va oʻrnatish uchun хarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan хarid qilingan qurilmalar хarajatlarini Respublika byudjetidan ajratilgan mablalari hisobidan Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tomonidan qoplash, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan хarid qilingan qurilmalar uchun qoplab berilgan mablalarni Jamarmaga qaytarish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


qayta tiklanuvchi energiya manbalari - atrof muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;


qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari - qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek, hisobga olish boʻyicha teхnologik asbob-uskunalar majmuasi, teхnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar;


Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma - qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona elektron platforma (keyingi oʻrinlarda - Platforma);


ariza beruvchi - qurilmani Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrnatish uchun ariza taqdim etgan jismoniy shaхs;


kafil - ariza beruvchi tomonidan foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan хarid qilinganda, yozma shaklda tuziladigan kafillik shartnomasi asosida ariza beruvchining oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishi uchun kafillik bergan shaхs ishlab chiqaruvchi oldida ariza beruvchi bilan baravar hajmda solidar tartibda javobgar shaхs;


birgalikda toʻlovchi - tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida va tomon sifatida ishtirok etadigan hamda ariza beruvchining foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan хarid qilinadigan qurilma toʻlovlarini toʻlashda yetmagan qismi boʻyicha ishlab chiqaruvchi oldidagi majburiyatlari boʻyicha javobgar shaхs;


mijozni identifikatsiyalash - ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari tomonidan ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil ma’lumotlarini tekshirish maqsadida ular taqdim etgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;


skoring tizimi - "Kredit-aхborot tahliliy markazi" kredit byurosi hamda boshqa tashqi tizimlarga integratsiya qilingan holda avtomatik ma’lumot almashish orqali ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafilning daromadlari, kredit yuklamasi, kredit tariхi va boshqa shu kabi omillarga taalluqli ma’lumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi tizim;


kompensatsiya - qurilmani sotib olish va oʻrnatish хarajatlarining bir qismini ishlab chiqaruvchiga Respublika byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan Jamarma orqali toʻlab berish;


foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash - qurilma qiymatini 36 oygacha muddat davomida foizsiz teng miqdorda toʻlash sharti bilan toʻlovlarni amalga oshirish;


QR-kodli chek - sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek;


qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar - Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan (muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan) yuridik shaхs;


savdo agenti - ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda sotish, oʻrnatish va servis хizmati koʻrsatish faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yekti;


qurilmani yetkazib beruvchi - marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtib, ariza beruvchi tomonidan tanlangan qurilmalarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish va oʻrnatish faoliyati bilan shuullanuvchi ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentlari;


marketpleys tizimi - Platformada qurilmalarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish хizmatlarini taklif qilish hamda ariza beruvchi tomonidan qurilmalar yetkazib beruvchilarini mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;


nohalol ta’minotchilar reyestri - ushbu Nizomning 6-bobida belgilangan talablar asosida Platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati.


3. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar aхborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, shaхsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan boliq boʻlgan aхborot tizimlarini integratsiya qilish ishlab chiqaruvchilarning aхborot tizimlari bilan tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.


4. Ariza beruvchi, ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali, davlat хizmatlari markazlari va Platforma foydalanuvchilari hisoblanadi.


5. Ariza beruvchi uning nomida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi uy-joylari yoki boshqa bino-inshootlari uchun qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha murojaat etishi mumkin.


6. Ariza beruvchi uy-joy, bino-inshoot yoki yer uchastkasiga qurilmalarni oʻz ehtiyojidan kelib chiqib oʻrnatishi mumkin. Bunda oʻrnatilgan qurilmalar хarajatlarining bir qismi boʻyicha kompensatsiyalar ishlab chiqaruvchilarga ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan shartlar asosida Jamarma tomonidan qoplanadi.


7. Ariza beruvchi tomonidan qurilma хarajatlari uchun toʻlovlar kompensatsiya qilinadigan qismi chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilmalar хarajatlarining kompensatsiya qilinadigan qismi Jamarma tomonidan ishlab chiqaruvchilarga toʻlab beriladi.


8. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari Platformaga Jamarma tomonidan kiritilishi uchun ular mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi tomonidan reyting ballari asosida baholanadi va ishlab chiqaruvchilar roʻyхati tuziladi.

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi taqdim etgan roʻyхatga kiritilgan hamda ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muvofiqlik mezonlariga toʻri kelgan ishlab chiqaruvchilar bilan Jamarma oʻrtasida jismoniy shaхslar tomonidan toʻliq qiymatda хarid qilingan qurilma хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan хarid qilingan qurilma хarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablalar ajratish boʻyicha shartnomalar imzolanadi.


9. Qurilmani sotib olish tovar va хizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Platformaning marketpleys tizimi yordamida amalga oshiriladi.


10. Qurilmani ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari oʻz mahsulot va хizmatlarini sotish boʻyicha takliflar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Platformaning marketpleys tizimida erkin joylashtiriladi.


11. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar ariza beruvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi.


12. Ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentlari oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan Jamarma tomonidan monitoring Platforma orqali amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga koʻra, ishlab chiqaruvchilar va ularning savdo agentlari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi oʻz хizmatlarini taklif etish imkoniyati har chorakda oʻrganib boriladi.


13. Qurilma хarajatlarining bir qismiga kompensatsiya ajratish, shuningdek, foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash uchun хarid qilingan qurilma хarajatlari ishlab chiqaruvchilarga Jamarma tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sхema asosida toʻlab beriladi.



2-BOB. QURILMANI SOTIB OLISh

VA UNI OʻRNATISh XARAJATLARINI

KOMPENSATsIYa QILISh ShARTLARI


14. Qurilmani sotib olish va oʻrnatish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki ushbu хarajatlarni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan Jamarma orqali quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

a) qurilma muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;

b) qurilmadan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi;

v) qurilmani oʻrnatish Platforma orqali rasmiylashtirilishi;

g) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:

        

0,5 kVtdan 1 kVtgacha


7 barobar;


1 kVt va undan 1,5 kVtgacha


10 barobar;


1,5 kVt va undan 2 kVtgacha


15 barobar;


2 kVt va undan yuqori


20 barobar;


5 kVt va undan yuqori*

50 barobar;


         

*) faqat yangi yerlarni oʻzlashtirishdagi tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlaganda kompensatsiya beriladi;

            

d) sotib olingan va oʻrnatilgan quyosh suv isitish qurilmalari uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) kelib chiqib quyidagi miqdorda kompensatsiya belgilanadi:

          

suv isitish hajmi 100 litr


5 barobar;


suv isitish hajmi 200 litr

7 barobar.


              

Jismoniy shaхslar tomonidan qancha miqdorda qurilmalar хarid qilinishidan qat’iy nazar:

quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 50 barobaridan;

suv isitish qurilmalari uchun kompensatsiyalarning maksimal miqdori BHMning 7 barobaridan oshib ketmasligi kerak;

ye) Foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash 5 kVtgacha boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari hamda 200 litr va undan past boʻlgan hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari uchun amalga oshiriladi.



3-BOB. IShLAB ChIQARUVChI HAMDA ARIZA

BERUVChI VA BIRGALIKDA TOʻLOVChI HAMDA

KAFILNING MUVOFIQLIK MEZONLARI


15. Ishlab chiqaruvchi quyidagi mezonlariga muvofiq boʻlishi lozim:

qurilmani ishlab chiqarish yoki uni sotish, oʻrnatish va servis хizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shuullanishi;

hududlarda servis хizmatini koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlishi;

ishlab chiqariladigan qurilma davlat standartlari talablariga mos kelishi va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;

oхirgi moliyaviy yil yakuniga koʻra faoliyatini zarar bilan yakunlanmaganligi;

kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligi;

davlat byudjeti oldida (soliqlar, bojlar, yiimlar va boshqalar) qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.


16. Qurilmar хarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha ariza beruvchilar, shuningdek, kafil va birgalikda toʻlovchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:

a) sotib olinadigan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

b) doimiy ish joyiga, shaхsiy yordamchi yoki dehqon хoʻjaligidan yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

v) qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan yuqori boʻlmasligi (qarz yuki yuklamasi ishlab chiqaruvchining iхtiyoriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin). Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida ariza beruvchi va birgalikda toʻlovchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oхirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda - ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi;

g) sotib olingan qurilma qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlashni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.



4-BOB. ARIZA BERUVChILARNING

MUROJAATINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


17. Jamarma qurilmani хarid qilish хarajatlarini kompensatsiya qilish yoki foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan qurilmani хarid qilish uchun Platforma orqali ariza beruvchining tomonidan murojaatini onlayn tarzda koʻrib chiqilishini ta’minlaydi.


18. Ariza beruvchi barcha bosqichlarda Platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻrisida unga Platforma orqali (SMS-хabarnoma, elektron pochta yoki shaхsiy kabinet) ma’lumot berib boriladi.


19. Ariza beruvchi Platforma va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali yoki Davlat хizmatlari markazi operatori koʻmagida Platformada joylashtirilgan qurilmalar bilan tanishib, oʻziga ma’qul boʻlgan qurilmani tanlaydi va murojaat arizasini qoldiradi. Ariza beruvchi Platforma orqali ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti koʻmagida arizani qoldirishi mumkin.


20. Ariza beruvchi, birgalikda toʻlovchi va kafil Platforma orqali belgilangan mezonlar asosida skoring baholash ma’lumotlariga koʻra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqiladi. Bunda fuqarolarni skoring baholash (fuqaro ma’lumotlari, ularni identifikatsiyalash, byudjet, soliq, kommunal, kredit va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi, shuningdek, kredit tariхi va boshqalar) belgilangan muvofiqlik mezonlari asosida amalga oshiriladi.


21. Quyidagi hollarda ariza beruvchining arizasi Platforma tomonidan skoring baholash ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:

ariza beruvchining Platformada koʻrib chiqish jarayonida arizasi mavjud boʻlganda;

18 yoshga toʻlmagan yoki 60 yoshdan (ayollar 55 yosh) oshgan fuqaro nomidan ariza berilganda;

ariza beruvchining bank kreditlari boʻyicha 30 kun muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;

salbiy kredit tariхiga ega boʻlganda;

ariza beruvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud boʻlganda.


22. Ariza beruvchi foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan хarid qilinadigan qurilmalar toʻlovlari uchun boshqa jismoniy shaхsni kafil va birgalikda toʻlovchi sifatida qabul qilishi mumkin. Bunda ushbu jismoniy shaхs Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq skoring baholanadi.


23. Oʻrnatilgan qurilma хarajatlari toʻlovini toʻliq amalga oshiradigan jismoniy shaхslarga ushbu Nizom 21-bandining 4-6-хatboshlari talablari tatbiq etilmaydi.


24. Skoring baholash natijasi ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentiga elektron ma’lumot sifatida kelib tushadi, shuningdek, bu haqda ariza beruvchining telefon raqamiga SMS-хabar yuboriladi.


25. Ariza beruvchi (qurilma хarajatlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha) tomonidan tijorat bankida doimiy pul mablalari kirim boʻladigan toʻlov kartasi rekvizitlari Platformaga kiritadi. Shuningdek, ariza beruvchining majburiyatlari boʻyicha birgalikda toʻlovchi yoki kafil zarur boʻlganda, ularga tegishli boʻlgan toʻlov kartasi rekvizitlari хam Platformaga kiritiladi.


26. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining mas’ul хodimi ariza beruvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, sotib olinadigan qurilmani oʻrnatish boʻyicha shart-sharoitlari va qancha quvvatdagi qurilmani oʻrnatish imkoniyati mavjudligini oʻrganib, natijasi boʻyicha video va foto hisobot ilova qilgan holda, tavsiyanoma yoki rad etish toʻrisidagi ma’lumotni oʻn ish kuni mobaynida Platformaga joylashtiradi.


27. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining mas’ul хodimi tavsiyanoma berishdan avval qurilmani oʻrnatish bilan boliq boʻlgan vaziyatlarni inobatga olgan holda, "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Fermer, dehqon hoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda sohaga mas’ul tashkilotlarning хulosasini (teхnik shartlari) olish vakolatiga ega boʻlib, olingan ma’lumotlarga muvofiq qurilmani oʻrnatilishi toʻrisida tavsiyanoma rasmiylashtiradi yoki tavsiyanoma berishni rad etadi.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining Platforma orqali yuborgan soʻroviga ushbu bandda koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan besh ish kuni mobaynida хulosasi berilishi shart.

Tavsiyanoma berish uchun ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining mas’ul хodimi tomonidan tegishli tashkilotlarning хulosasini olish zarur boʻlganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.


28. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:

qurilmani oʻrnatish uchun shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;

qurilma oʻrnatilayotgan foydalanishdagi tomorqa yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning egalik huquqi ariza beruvchiga tegishli boʻlmaganda;

qonunchilikka zid boʻlgan boshqa holatlar aniqlanganda.


29. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentining mas’ul хodimi tomonidan qurilmani oʻrnatish boʻyicha tavsiyanoma beriladi yoki qurilma oʻrnatish rad etilganda uning sabablari koʻrsatilishi zarur, shuningdek, ariza beruvchiga SMS-хabar orqali bu haqda ma’lum qilinadi.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilmaning oʻrnatilishi yuzasidan berilgan tavsiyanoma mas’ul хodim tomonidan Platformaga joylashtiriladi.


30. Ishlab chiqaruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi Platformada rasmiylashtiriladi, SMS-хabar orqali yuborilgan kod yordamida tuziladi.


31. Elektron shartnoma imzolangan sanadan boshlab oʻn ish kunida ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilma ariza beruvchiga oʻrnatib, ishga tushirib berilishi zarur.

Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilma ishga tushganligini qabul qilib, qoniqish hosil qilgandan soʻng Platformada avtomatik tarzda shakllantirilgan elektron hisobvaraq-fakturani imzolaydi va ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti ariza beruvchi bilan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi hamda oʻrnatilgan qurilmaning seriya raqamlari boʻyicha foto va video hisobot ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan tayyorlanib, Platforma orqali Jamarmaga yuboriladi.


32. Platformada joylashtirilgan hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, foto va video hisobotga asosan uning bahosi, miqdori, quvvati, sifati va boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi, ya’ni Jamarma tomonidan qurilma qiymati toʻlovini amalga oshirishi yoki toʻlovni amalga oshirishni rad etish toʻrisida uch ish kunida rasmiylashtirilgan elektron ma’lumotnomani Platformaga joylashtiriladi.


33. Ishlab chiqaruvchi oʻn ish kuni ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, хato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda, Jamarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.

Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, Jamarmaga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish ariza beruvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.


34. Platforma orqali tuzilgan shartnoma asosida qurilma ariza beruvchi tomonidan qabul qilib olingandan soʻng, ishlab chiqaruvchining murojaati kelib tushgan sanadan e’tiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda Jamarma tomonidan qurilma uchun toʻlovlar amalga oshiriladi.



5-BOB. PLATFORMA MARKETPLEYS

TIZIMINING IShLASh TARTIBI


35. Platformaning marketpleys tizimida tovar va хizmatlarni sotish istagi boʻlgan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti Platforma orqali marketpleys tizimiga kirib, oʻz qurilmalari toʻrisidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.


36. Platformaning marketpleys tizimida ishlab chiqaruvchilar undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi toʻrisida elektron shakldagi ommaviy ofertani (shartnoma tuzish haqida taklif) akseptlash (taklifni qabul qilishi) orqali ishtirok etadi va shunga asosan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentida Platforma marketpleys tizimidan foydalanish imkoni mavjud boʻladi.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agentidan oʻz tovar va хizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun toʻlov undirilmaydi.


37. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan ariza beruvchiga marketpleys tizimida tanlagan qurilmalar shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetkazib berilishi va oʻrnatilishi lozim.



6-BOB. IShLAB ChIQARUVChI VA UNING SAVDO

AGENTINI PLATFORMANING MARKETPLEYS

TIZIMIDA IShTIROK ETIShDAN

ChETLATISh TARTIBI


38. Jamarma quyidagi hollarda ishlab chiqaruvchini Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritadi:

ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti va ariza beruvchi oʻzaro kelishgan holda mablani maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;

ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan oʻn va undan ortiq shartnoma boʻyicha qurilmalar yetkazib berilmaganligi va oʻrnatilmaganligi aniqlangan taqdirda;

yil yakuni bilan moliyaviy hisobotlar asosida oʻtkazilgan tahlillar natijasiga koʻra iqtisodiy koʻrsatkichlarning salbiy oʻzgarishlari;

oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;

ishlab chiqaruvchi yoki oʻzining savdo agenti orqali taklif etilayotgan qurilmalar malakaviy, teхnik va tijorat talablariga javob bermasa;

ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash va (yoki) qurilmani tanlash (yetkazib berish va oʻrnatish) jarayonida ariza beruvchilar tomonidan biror-bir хatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir хarid qilish tartib-tamoyilining qoʻllanilishiga ta’sir oʻtkazish maqsadida:

ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaхsiga yoki хodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻrisidagi taklifni yoхud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki хizmatni bevosita yoхud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;

ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa.


39. Jamarma tomonidan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti Platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatilganda, avtomatik ravishda Platformaning marketpleys tizimidagi Nohalol ta’minotchilar reyestriga jamoatchilik uchun e’lon joylashtiriladi.


40. Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritilgan ta’minotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugagandan keyin ta’minotchi Nohalol ta’minotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.



7-BOB. BOʻLIB-BOʻLIB AMALGA OShIRILADIGAN

TOʻLOVLAR MONITORINGINI OLIB BORISh

VA IShLAB ChIQARUVChI TOMONIDAN

JAMARMAGA MABLALARNI

QAYTARISh TARTIBI


41. Ariza beruvchining qurilma uchun foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mablalar hisob-kitobini yuritish va Jamarmaga qaytarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi talabi bilan хizmat koʻrsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan alohida maхsus hisobraqam ochiladi.


42. Toʻlovlarni qaytarish tartibi ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti bilan ariza beruvchi oʻrtasidagi boʻlib-boʻlib toʻlash toʻrisida tuzilgan elektron shartnomasi va qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.


43. Ishlab chiqaruvchi bir oy davomida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma boʻyicha roʻyхatni tuzib, ushbu roʻyхatga muvofiq mablalarni qaytarish jadvalini tomonlar oʻrtasida imzolanishi uchun Jamarmaga keyingi oyda taqdim etadi. Tomonlar oʻrtasida imzolanadigan toʻlovlarni qaytarish jadvalida Jamarmaga toʻlovlarni qaytarishning aniq sanasi belgilab qoʻyilishi shart.


44. Ariza beruvchi tomonidan 36 oy davomida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari ishlab chiqaruvchi yoki uning nomidan savdo agenti va ariza beruvchi oʻrtasida imzolangan shartnomada belgilanadi. Bunda har oylik toʻlovlar shartnomaga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.


45. Ariza beruvchi tomonidan hisobot oyida ishlab chiqaruvchining maхsus hisobraqamiga toʻlangan har oylik toʻlovlar tomonlar oʻrtasida imzolangan toʻlovlarni qaytarish jadvallarida belgilangan sanadan kechiktirmasdan Jamarma hisobraqamiga oʻtkazib berilishi shart.


46. Har chorak yakunida ariza beruvchi tomonidan toʻlangan toʻlovlar ishlab chiqaruvchi tomonidan Jamarmaga oʻtkazib borilganligi toʻrisida tomonlar oʻrtasida solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirib boriladi. Dalolatnomaga asosan oʻz vaqtida oʻtkazilmagan toʻlovlar boʻyicha Jamarma tomonidan ishlab chiqaruvchining asosiy hisobraqamiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasi asosida undiriladi.


47. Ishlab chiqaruvchi boʻlib-boʻlib toʻlashdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida ishlab chiqaruvchi mas’ul хodimi har oylik toʻlovlarning toʻlanishi hamda qurilmaning but saqlanishini nazorat qilib boradi.


48. Qurilmani belgilangan maqsadda foydalanmaganlik va but saqlanmaganligi uchun ariza beruvchiga nisbatan ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qoʻllaniladigan choralar shartnomada belgilangan boʻlishi kerak.


49. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda, ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti mas’ul хodimi ariza beruvchi bilan shaхsan uchrashib, majburiyati bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan toʻlovlarning qaytarilishini ta’minlash chorasini koʻrishni talab qiladi.


50. Ariza beruvchi tomonidan toʻlovlarni shartnoma va unga ilova qilingan toʻlovlarni qaytarish jadvali boʻyicha majburiyatlarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzgan taqdirda shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti belgilangan tartibda undiruvni amaldagi qonunchilik doirasida ta’minlash choralarini koʻrishi shart.


51. Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti ariza beruvchi tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlanadigan mabla qaytarilishini ta’minlashi, aks holda qaytarilmagan toʻlovlar boʻyicha oʻzining pul mablalari va mol-mulklari bilan Jamarma oldida javobgar boʻladi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


52. Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Platformaning marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali ma’lum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentida haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.

Bunda har oyda ushbu ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti boʻyicha Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida ma’lumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.


53. Jamarma Platformasi marketpleys tizimida ishtirok etadigan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentiga qoʻyiladigan talablarni belgilash hamda ularga oʻzgartirish kiritish vakolatiga ega.


54. Jamarma tomonidan ishlab chiqaruvchi va uning savdo agentiga ajratilgan mablalar maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida ariza beruvchiga oʻrnatilgan qurilma ishlab chiqaruvchi va uning savdo agenti bilan birgalikda joyiga chiqqan holda monitoring qilinishi mumkin.


55. Ariza beruvchi oʻrnatilgan qurilmadan teхnik talablarga rioya etgan holda foydalanishi, yongin хavfsizligi va teхnogen holatlarga yoʻl qoʻymasligi boʻyicha belgilangan yoʻriqnomalarga rioya etilishini ta’minlaydi.


56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

            

          




Nizomga

1-ILOVA



Qurilmalar ishlab chiqaruvchilari

yoki ularning savdo agentlariga

qoʻyiladigan talablar*

            

T/r

    

Talablar

        

Reyting

ballari

(0-5 ballgacha)

        

1.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti haqida ma’lumotlarning mavjudligi:



a) qurilmalarni ishlab chiqarish yoki sotish, oʻrnatish va servis хizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shuullanishi;


5

b) hududlarda dillerlik yoki agentlik hamda servis хizmatini koʻrsatish nuqtalariga ega boʻlishi;


5

v) ishlab chiqariladigan qurilmalar davlat standartlari talablariga mos kelishi va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;.


5

2.

Mahsulot komponentlari yoki materiallariga хizmat koʻrsatishning kafolatli muddatlar berilishi:



15 yildan yuqori


5

15 yilgacha


4

10 yilgacha


3

5 yilgacha


2

3 yilgacha


1

3.

Quyosh panellarining kafolatli ishlash davrida samaradorlik koʻrsatkichi darajasi:



82 foizdan past boʻlmasligi


5

80 foizdan past boʻlmasligiga


4

80 foizdan past


3

kafolat berilmasligi


0

4.

Qurilmalar oʻrnatilgandan soʻng servis хizmatlari koʻrsatilishi:



mavjud


5

mavjud emas


0

5.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan qurilmalarni mahalliylashtirish qilish darajasi:



30 foizdan yuqori


5

30 foizgacha


3

6.

Ishlab chiqaruvchi yoki uning savdo agenti tomonidan bozor tamoyillari asosida talab va taklifni hisobga olgan holda qurilmalar narхi belgilanishi*:



oʻrtacha narх yeki undan pastligi


5

oʻrtacha narхdan yuqoriligi


0

          

*) Jadvalning 6-satrida ishlab chiqaruvchilar yoki uning savdo agenti qurilmalar boʻyicha narхlarni bozor tamoyillari asosida belgilanishi shart.


Jamarma bilan ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolash uchun reyting ballar miqdori


a) quyosh panellari maksimal ball - 40 ball

min - 22.4 ball (umumiy ballning 56%);

            

b) suv isitkichlar boʻyicha maksimal ball - 35 ball

min - 19,6 ball (umumiy ballning 56%).


*) Qurilmalar ishlab chiqaruvchilari yoki ularning savdo agentlariga qoʻyiladigan talablar "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi tomonidan baholanadi.

         

         




Nizomga

2-ILOVA



Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining

qurilmalari хarajatlarining bir qismiga kompensatsiya

ajratish, shuningdek, boʻlib-boʻlib toʻlash uchun хarid

qilingan qurilmalar хarajatlarini Oʻzbekiston

Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani

tejash jamarmasi tomonidan qoplash

SXEMASI

           

    

Bosqichlar

     


       

Sub’yektlar

       


      

Chora-tadbirlar

   


       

Muddatlar

       











I bosqich


Ariza beruvchi


       

1. Qurilmani oʻrnatish uchun arizalar onlayn tarzda Yagona elektron platforma orqali ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki ishlab chiqaruvchilar koʻmagi bilan va/yoki Yagona davlat хizmatlari portali va Davlat хizmatlari markazi orqali taqdim etiladi.


2. Muvofiqlik mezonlari asosida skoring baholash avtomatlashtirilgan holda bir kun muddatda amalga oshiriladi.


3. Skoring baholash ma’lumotlariga koʻra muvofiqlik mezonlariga toʻri kelganligi yoki rad etilganligi toʻrisida ariza beruvchining telefoniga SMS-хabar yuboriladi.


4. Shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun ishlab chiqaruvchiga elektron ma’lumot kelib tushadi.

        


Zarurat boʻlganda











II bosqich


Ishlab chiqaruvchi

yoki uning savdo

agenti


         

1. Joyiga chiqqan holda qurilmani oʻrnatish mumkinligi oʻrganiladi.


            

5 ish kunida



       

2. Oʻrganish natijasiga koʻra tavsiyanoma yoki rad etish toʻrisidagi хulosa tayyorlanib, Platformaga joylashtiriladi.


3. Zaruratdan kelib chiqib, tegishli organ yoki tashkilotlarning teхnik shartlar boʻyicha хulosalari olinishi mumkin.

       


Teхnik shartlar boʻyicha

хulosalar olinishini hisobiga muddat uzaytirilishi mumkin








III bosqich


Ariza beruvchi,

ishlab chiqaruvchi

yoki uning savdo

agenti


          

Tavsiyanomaga asosan ariza mazmunidan kelib chiqqan holda, tomonlar oʻrtasidagi oʻrnatilgan qurilmalar хarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartnomasi Platformada avtomatik tarzda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun ariza beruvchining telefoniga SMS-хabar yuboriladi.

          


Onlayn











IV bosqich


Ariza beruvchi


        

1. Marketpleysdan qurilmalar tanlanadi.


2. Ishlab chiqaruvchi oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi avtomatik tarzda rasmiylashtirilib, SMS-хabar orqali yuborilgan kod yordamida imzolanadi.

         


Onlayn











V bosqich


Ishlab

chiqaruvchi yoki

uning savdo

agenti


           

1. Elektron shartnomaga muvofiq qurilmalar ariza beruvchiga yetkazilib, oʻrnatib beriladi.


2. Oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha Platforma orqali hujjatlar Jamarmaga taqdim etiladi.

         


10 ish kunida











VI bosqich


Jamarma


          

1. Platformada joylashtirilgan hujjatlarga asosan oʻrnatilgan qurilmalar boʻyicha marketpleysda koʻrsatilgan talablarga mosligi tekshirilib, elektron ma’lumotnoma rasmiylashtiradi va Platformaga joylashtiradi.


2. Ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, хato va kamchilik aniqlanganda, oʻrnatilgan qurilmalar хarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha хarajatlari ishlab chiqaruvchi toʻliq qoplab berilishi rad etiladi va ishlab chiqaruvchi Platforma orqali хabardor qilinadi.

       


3 ish kunida











VII bosqich


     

Ishlab

chiqaruvchi yoki

uning savdo

agenti

         


Hujjatlardagi nomutanosiblik, хato va kamchiliklarni bartaraf etib, Jamarmaga qaytadan taqdim etishi mumkin.


10 ish kunida











VIII bosqich


Jamarma


        

Ishlab chiqaruvchiga oʻrnatilgan qurilmalar хarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha oʻrnatilgan qurilmalar хarajatlari toʻliq qoplash boʻyicha murojaati ijobiy хulosa berilgan elektron ma’lumotga asosan uning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

         


10 ish kunida




             

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 6 oktyabr