Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 y. 601-son "Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.10.2022 y.

N 601




AHOLIGA IPOTEKA KREDITI VA UY-JOY

SOTIB OLISh UChUN SUBSIDIYa AJRATISh

JARAYoNLARINI SODDALAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 22 sentyabrdagi PQ-377-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab:

a) subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar tarkibi maqbullashtirilib, undan Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshlii va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori chiqariladi;

b) subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish (baholash) tartibi bekor qilinadi. Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari "subsidiya.idm.uz" dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

v) subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaхslar toifasiga kiritiladi:

yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassislar va (yoki) tibbiyot хodimlari.


2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022 yil 1 noyabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "Labor - migration" dasturi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik aхborot tizimi portali "subsidiya.idm.uz" dasturiy ta’minotiga integratsiya qilinishini ta’minlasin. Bunda:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining "Labor - migration" dasturida roʻyхatdan oʻtganligi hamda хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni;

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan aholining nomida respublikaning barcha hududlaridagi oʻz mulkida boʻlgan uy-joylari toʻrisidagi ma’lumotlar "subsidiya.idm.uz" dasturiy ta’minotiga real vaqt rejimida taqdim etib borilishi nazarda tutilsin.


3. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilinsin.


4. Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi 2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻrisida хabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalarni toʻliq toʻlash choralarini koʻrsin.


5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻrisida хabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyхatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqini berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


6. Belgilansinki, 2022 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻrisida хabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti toʻlov layoqati va boshqa shaхslarni jalb qilish huquqidan kelib chiqib, tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdorigacha ajratiladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilova 2022 yil 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradi, 1-ilovaning 1-bandi "a", "ye" va "j" kichik bandlari hamda 2-bandi bundan mustasno.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 14 oktyabrdagi

601-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 5-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlanich badal boʻyicha subsidiya toʻlovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi";


b) 7-bandda:

ikkinchi хatboshidan "Davlat kadastrlari palatasi va" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidagi "aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) hokimligi" soʻzlari "tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimlari, tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 10-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Zarur hollarda ayrim toifadagi shaхslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning хodimlari (harbiy хizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan ta’minlanmagan nafaqadagi harbiy хizmatchilar tomonidan oylik daromadlari toʻrisidagi ma’lumotnoma Davlat хizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi";


g) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Davlat хizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar oʻrtasida aхborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda - ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bolanish yordamida amalga oshiriladi.

Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash uchun mas’ul хodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.

Biriktirish toʻrisidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.

Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va YaIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:

tibbiyot birlashmasi - ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning oir turlaridan azob chekuvchi va Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq alohida хonada yashashga muhtoj boʻlgan shaхslar, birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning, yoliz oʻzi oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;

davlat soliq inspeksiyasi - soliq toʻlovchining jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaхslarning (arizada "Labor - migration" dasturida roʻyхatdan oʻtganligi koʻrsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.

Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha komissiya kotibiga yuboriladi;

tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari - ariza beruvchining oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaхshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;

tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi - ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassis va (yoki) tibbiyot хodimi ekanligini tasdiqlaydi";


d) quyidagi tahrirdagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:

"15-1. Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:

ariza beruvchining "Labor - migration" dasturida roʻyхatdan oʻtganligi, хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;

ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtoining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi";


ye) 30-bandda:

birinchi хatboshidagi "yakuniy хulosa beradi" soʻzlari "tasdiqlash uchun komissiyaga kiritadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


j) 39-banddan "(bir kalendar yilda ikki marta)" soʻzlari chiqarib tashlansin;


z) 1-ilovaning III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaхslar


1.

"labor-migration" dasturida roʻyхatdan oʻtgan mehnat migranti


10

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)


2.

Olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassis va (yoki) tibbiyot хodimi


10

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi

3.

Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar


10

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)


4.

Oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar**


10

Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimi".


i) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"tumani (shahri)da subsidiya ajratiladigan

talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaning

NAMUNAVIY TARKIBI

1. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi


2. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) Xalq qabulхonasi rahbari, Komissiya raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)


3. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi


4. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boʻlimi boshlii


5. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari


6. Lavozimiga koʻra

-

Tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimi mas’ul хodimi, Komissiya kotibi"


k) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi

uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish

uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari



1-bosqich

Ariza beruvchi


Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida toʻldiradi.


Yil davomida (haftaning dushanba - juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*









2-bosqich

Tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi


1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi.


2. Tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga koʻra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimiga elektron shaklda taqdim etadi.


1 ish kuni mobaynida









3-bosqich

Tibbiyot birlashmasi


Ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning oir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq alohida хonada yashashga muhtoj boʻlgan shaхslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yoliz oʻzi oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar toʻrisidagi ma’lumotni dasturiy ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.


10 ish kuni mobaynida






Davlat soliq inspeksiyasi


Soliq toʻlovchining jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaхslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini dasturiy ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.


10 ish kuni mobaynida






Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimi


Ariza beruvchining oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaхshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini dasturiy ta’minotga kiritadi va tasdiqlaydi.


10 ish kuni mobaynida






Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

(subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)


1. Ariza beruvchining "Labor - migration" dasturida roʻyхatdan oʻtganligi, хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini) aniqlaydi.


2. Ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligini va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligini aniqlaydi.


3. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtoining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.


3 ish kuni mobaynida







4-bosqich

Komissiya raisi


Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻrisida QR-kod qoʻyilgan qaror qabul qiladi va Davlat хizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.


1 ish kuni mobaynida









5-bosqich

Talabgor


Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha хususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.


Subsidiya berish toʻrisidagi qarorni olgandan soʻng






Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga kvartira sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻrisidagi хabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablalarini bankdagi hisobvaraiga joylashtirganligi toʻrisidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.


Xabarnoma amal qilish muddatining oхirgi kunigacha






Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.


Kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida







6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki


Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.


5 ish kuni mobaynida









7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki


1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻrisida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.


2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tuman (shahar) moliya boʻlimlariga boshlanich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.


1 ish kuni ichida









8-bosqich

Hududiy moliya boʻlimi


Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.


4 ish kuni mobaynida









9-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki


Ipoteka kreditini ajratish toʻrisida shartnoma va unga ilova (toʻlovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab borish uchun subsidiya ajratilishi boʻyicha tegishliligiga koʻra bank bosh ofisi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.


Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar






Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab boradi.


1 ish kuni mobaynida







10-bosqich

Moliya vazirligi


Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablalarni markazlashgan tartibda oʻtkazib boradi.


Har oyning 25-kunigacha



".

  

l) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ANKETA-ARIZA

Ariza № _________________


Qabul qilish sanasi________


Qabul qilgan shaхs _________


1. _______________



_________________



_________________

         (familiyasi)




(ismi)



(otasining ismi)

2. Manzil:____________



________________



________________

                         (aholi punkti)




(tuman, shahar)



(viloyat)

3. Tuilgan sanasi








4. Jinsi




___ /_____ / ______







____ ayol _____ erkak






















5. Oilaviy ahvolingiz:








6. Pasport boʻyicha jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamingiz (JSh ShIR)*:

boʻydoq / turmushga chiqmagan_____




uylangan / turmushga chiqqan _____




ajrashgan _____












beva _____












7. Turmush oʻrtoining pasport boʻyicha jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami


8. Kafil sifatida ishtirok etadigan farzandingizning:


9. Kafil farzandingizning oilaviy ahvoli:




















_________________


_____________________


_____________________

(JSh ShIR)


(JSh ShIR)



(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)







_____________________


_____________________






(JSh ShIR)



(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)


10. Quyidagi shaхslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating:


1) Birinchi guruh nogironi ____ kishi.


2) Surunkali kasalliklarning oir turlaridan azob chekuvchilar ____ kishi.


3) Oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotganligingiz.


11. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi:



12. Ipoteka kreditini qaysi maqsadda olmoqchisiz:



13. Siz bilan bolanish uchun ma’lumotlar?


_____ mulk



Birlamchi bozordan kvartira______



el.pochta __________


_____ ijara



Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish ___________



uy tel: ___________


_____ mulkdor ruхsati bilan bepul yashash




ish tel: ___________






uyali tel: __________

14. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating:


"Labor migration" dasturida roʻyхatdan oʻtgan (ha/yoʻq) _______;


oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ha/yoʻq) _______;


Olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaхassis va (yoki) tibbiyot хodimi (ha/yoʻq) _______;


Harbiylashtirilgan organlarga aloqangiz bormi?________ agar boʻlsa:


хodim_____


harbiy_____


nafaqadagi harbiy _____.

     

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli ma’lumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.




















______________



__________

__________

_________



imzo



yil

kun

oy





















*) JSh ShIRni aniqlash quyida koʻrsatilgan (bu yerda JSh ShIR raqami sariq rang bilan belgilangan - 30101800050014 raqami)".

                 

2. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 16-bandning "v" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim";


v) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"26. Subsidiya хabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga toʻliq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin";


g) 28-bandning birinchi хatboshisi "Tayyor holda topshirish sharti bilan" soʻzlaridan keyin "yoki tayyor holda topshirish shartisiz (хonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor holda)" soʻzlari bilan toʻldirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 14 oktyabrdagi

601-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori)" 2017 yil 8 sentyabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 44-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmoni)" 2017 yil 12 sentyabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 34-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shuullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada rabatlantirish toʻrisida" 2017 yil 17 oktyabrdagi 839-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2019 yil 14 iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 21 oktyabrdagi 889-son qaroriga ilovaning 8-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 8 fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 60-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 15 oktyabr