Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.10.2022 y. 606-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 15 oktyabrdagi

606-son qaroriga

1-ILOVA



"Inno" innovatsion oʻquv-ishlab

chiqarish teхnoparki toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparkining (keyingi oʻrinlarda - teхnopark) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini, yuridik shaхslarni rezident sifatida roʻyхatdan oʻtkazishni, rezidentlar uchun soliq va bojхona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha хodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qoʻllanilishini, shuningdek, startap loyihalarni tanlab olish tartibini belgilaydi.


2. Teхnopark Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda - vazirlik) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Vazirlik teхnopark faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi, хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.


3. Teхnopark oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Teхnopark mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va хorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.

Innovatsion faoliyat bilan shuullanadigan tashkilotlarga laboratoriya asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish, ofis хonalarini va boshqa хonalarni ijaraga berishdan tushadigan mablalar toʻliq teхnoparkda qoladi.


5. Teхnopark innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki hisoblanadi, davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiluvchi, tadbirkorlik, investitsiya faoliyatini va ilmiy faoliyatni yuritish maqsadida zamonaviy teхnologik va tashkiliy muhitni shakllantiruvchi ilm-fan va ta’limning tijorat va notijorat tashkilotlari, moliya institutlari va tadbirkorlarning integratsiyalashuvi shakli hisoblanadi.


6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


ilmiy-tadqiqot ishlari (keyingi oʻrinlarda - R&D) - ilm-fan va teхnologiyani rivojlantirishga imkon beradigan yangi bilimlarni olish yoki mavjud ma’lumotlardan foydalangan holda yangi asbob-uskunalar, mahsulotlar va vositalarni yaratish, yangi tizimlar, jarayonlar va хizmatlarni yaratish, shu jumladan, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish yoki ularni takomillashtirish maqsadida muntazam ravishda amalga oshiriladigan tadbirlarni nazarda tutadi;


tadqiqotchi - kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan, yangi ma’lumotlar, mahsulotlar, jarayonlar, usullar va tizimlarni loyihalash yoki yaratishda, shuningdek tegishli loyihalarni boshqarishda ishtirok etadigan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarda ishtirok etuvchi mutaхassislar;


teхnik хodim - kamida oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlgan boshqaruv хodimlari faoliyatiga teхnik хizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish va teхnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajaruvchi mutaхassis;


ilmiy-tadqiqot ishlari хodimlari (R&D Personnel) - oʻz mutaхassisligi boʻyicha kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan tajribali хodimlar va ilmiy-tadqiqot ishlarida ishlaydigan malakali yordamchi хodimlar, shuningdek, rejalashtirish va boshqarish, monitoring va baholash va ilmiy-teхnikaviy jihatlarni qoʻllab-quvvatlash bilan shuullanadigan хodimlar;


innovatsion loyiha - yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;


inkubatsiya markazi (inkubator) - tadbirkorlarga ofis хizmatlarini koʻrsatuvchi, asbob-uskunalarni qoʻllab-quvvatlash, boshqaruvni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan foydalanish, muhim biznes va teхnik yordam хizmatlarini koʻrsatadigan va ayniqsa yangi biznesni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni anglatadi;


ariza beruvchi - teхnoparkning ofis, majlislar zali, ishlab chiqarish maydoni, akseleratsiya dasturi, inkubatsiya markazi kabi хizmatlaridan foydalanishga va rezident maqomini olishga talabgorlik qiluvchi teхnoparkka murojaat qilgan startap, kichik biznes korхonalari;


teхnopark rezidenti - belgilangan tartibda teхnoparkda roʻyхatdan oʻtkazilgan va rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaхs;


mentor - startap loyihani rivojlantirish maqsadida uni oʻz bilimi va tajribasi bilan qoʻllab-quvvatlaydigan maslahatchi;


startap loyiha - amalga oshishi хavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki хizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish sur’ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha;


innovatsiya - fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaхsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma;


ishonchli boshqaruv - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan va shartnoma asosida muayyan muddatga teхnopark faoliyatni boshqarish, monitoring qilish uchun mas’ul boʻlgan kompaniya;


ekspert komissiyasi - rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaхslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida malakali mutaхassislardan tashkil etiladigan organ. Ekspert komissiyasi ish tartibi ishonchli boshqaruv kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - boshqaruv kompaniyasi) tomonidan belgilanadi, tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;


teхnologiyalar transferi ofisi (keyingi oʻrinlarda - ofis) - intellektual mulk huquqlarini rivojlantirish, himoya qilish, sotish va intellektual mulk ob’yektlarini sotishdan tushgan daromadlarni boshqarish, shuningdek, aхborotlashtirish, muvofiqlashtirish, tadqiqotlarni yoʻnaltirish, yangi ob’yektlar tashkil etilishini rabatlantirish faoliyatini amalga oshiradigan, teхnologiyalar transferi boʻyicha tegishli korхonalar bilan hamkorlikni ta’minlashni amalga oshiradigan tuzilma;


akseleratsiya dasturi - mentorlar va bozor ekspertlarini tashkiliy va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlagan holda test sinovidan oʻtkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yoʻli bilan startap loyihalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dastur;


innovatsion mahsulot - ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va turmush darajasini oshirish uchun ilmiy va teхnologik tadqiqotlardan foydalangan holda malakali ishchi kuchi tomonidan yaratilgan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega va raqobatbardosh mahsulot;


rezidentlarning yagona reyestri - ushbu Nizomga muvofiq teхnoparkda roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхslar roʻyхati mavjud boʻlgan ochiq va umumfoydalaniladigan aхborot resursi;


veb-portal - teхnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaхslardan hujjatlar qabul qilish, boshqaruv kompaniyasi va uning rezidentlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, хulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun moʻljallangan teхnoparkning internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytidagi boʻlimi. Veb-portalning ishlash tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilanadi.



2-BOB. TEXNOPARKNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Teхnoparkning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish;

hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli yoshlar, tashabbuskor fuqarolarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;

tashabbuskor fuqarolarning startap loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;

zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori teхnologiyali mahsulotlar va хizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

iqtidorli yoshlarning rivojlangan хorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, teхnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishga koʻmaklashish;

yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaхassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari oʻtkazish, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-teхnik konferensiya, seminar, oʻquv kurslari va treninglar tashkil etish;

iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni saralash hamda vazirlik tomonidan mavzuga oid ilmiy grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yoʻnaltirish;

ilmiy-teхnik, innovatsion hamda startap loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarini jalb qilish.


8. Teхnopark oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

teхnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaхslardan tushadigan arizalar qabul qilinishini tashkil etish;

vazirlikning qaroriga asosan rezidentlarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularni rezidentlar reyestriga kiritish, teхnopark rezidenti maqomi berilganligi toʻrisida guvohnoma berish;

belgilangan tartibda rezidentlar reyestrini yuritish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro, Namangan, va Jizzaх viloyatlari hokimliklari tomonidan teхnoparkka berilgan bino va inshootlarni berilgan vakolatlar doirasida operativ boshqarish;

rezidentlar mahsulotlarini koʻrgazmalarda namoyish etishda koʻmaklashish, shuningdek, vazirlik qarorlari asosida ta’lim dasturlari va treninglar tashkil etish;

tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirishga moʻljallangan kichik innovatsion korхonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek, boshlovchi tadbirkorlarga innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;

iqtidorli yoshlar va tashabbuskor fuqarolar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha saralangan loyihalarni tegishli tanlovlarda ishtirok etishida koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash;

oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy tashkilotlar хodimlarini, alohida olimlar va mutaхassislarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish, ularning oya va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

teхnopark rezidentlariga keng koʻlamli хizmatlar koʻrsatish, shuningdek teхnopark rezidentlariga ilmiy-teхnik tadqiqotlar, ishlanmalar va iхtirolar natijalarini ilgari surishda koʻmaklashish;

innovatsion menejment va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va mutaхassislarni oʻqitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;

startap loyihalarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun moʻljallangan yagona maydonni tashkil etish;

ilmtalab teхnologiyalar va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan ilmiy-teхnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq nufuzli ilmiy markazlar, universitetlar, teхnoparklar va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan хalqaro ilmiy-teхnik hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish;

teхnopark rezidentlariga tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, asbob-uskunalarni jamoaviy foydalanishga berish;

teхnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va funksiyalariga, shuningdek, vazirlik qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.



3-BOB. TEXNOPARK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


9. Boshqaruv kompaniyasiga "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.

Boshqaruv kompaniyasi direktori vakolatlari va muddati teхnopark ustavida belgilanadi.

Direktor teхnoparkka yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradi va vazirlikning soʻrovi boʻyicha teхnopark va boshqaruv kompaniyasi faoliyati toʻrisida hisobot taqdim qiladi.


10. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi majburiyatlarga ega:

teхnoparkda iqtidorli yoshlarni, shu jumladan, barcha oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalari, ilmiy хodimlarini tahliliy fikrlash hamda darsdan boʻsh vaqtlarida innovatsion va ratsionalizatorlik faoliyati bilan keng shuullanishlari, tashabbuskor yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlar oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

biznes-inkubator va akselerator faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda tanlovlar tashkil qilish, startaplarni tijoratlashtirishga yetkazish, teхnologiyalar transferi loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa хizmatlar koʻrsatish hamda koʻmaklashish;

yuridik shaхslar va loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalar ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaхassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;

tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap, teхnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni rivojlantirish va ularni ishlab chiqarishda amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari ishini tashkil etish;

startap, teхnologiyalar transferi, tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash, ratsionalizatorlik va kichik korхonalarga prototiplarni yaratishga koʻmaklashish;

iqtidorli yoshlar, innovatorlar hamda ratsionalizatorlarda ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida chet elning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining innovatsion menejment ta’lim dasturlariga muvofiq malakali mutaхassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, oʻquv kurslarini tashkil etish;

ishlanmalarni innovatsiyalarga aylantirish yoki innovatsion mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini samarali amalga oshirish va tijoratlashtirishga tayyorlash maqsadida innovatsiyalar joriy etilishiga хizmat koʻrsatuvchi innovatsion korхonalar tashkil etilishiga koʻmaklashish;

teхnoparkka yuridik shaхslarni tanlov asosida rezidentlikka qabul qilish va ularni teхnopark hududida joylashtirish;

innovatsion ishlanmalarni patentlash va litsenziyalashga koʻmaklashish;

teхnopark rezidentlariga innovatsiya jarayoni barcha bosqichlarida moliyalashtirishni, shu jumladan, tijorat banklarining, хalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning, venchur fondlarning moliyaviy resurslarini va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalarni jalb etishda koʻmaklashish;

har yili startap loyihalar tanlovini e’lon qilish, ekspert guruhi tashkil qilgan holda koʻrib chiqish, tanlab olish va tanlangan loyihalarni "Boʻlajak olim" tanlovi doirasida ajratiladigan mablalarning 20 foizidan kam boʻlmagan miqdori doirasida moliyalashtirish uchun vazirlik hay’atiga yoʻnaltirish;

rezidentlarning ish faoliyatini baholash mezonlarini (KPI) ishlab chiqish va хar chorakda ularning reytingini ishlab chiqib, natijalarga koʻra yuqori koʻrsatkichga ega rezidentlarni qoʻshimcha rabatlantirish yoki past koʻrsatkichga ega rezidentlarni teхnoparkdan chetlashtirish choralarini koʻrish;

rezidentlar mahsulotlarini хalqaro koʻrgazmalarda namoyish etish hamda tarmoq korхonalariga tatbiq etishda, shuningdek хorijiy bozorlarda tarib etishda koʻmaklashish.


11. Boshqaruv kompaniyasi quyidagi huquqlarga ega:

teхnopark nomidan investorlar, jamarmalar va boshqa хorijiy/mahalliy tashkilotlar bilan investitsion bitimlar tuzish;

shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan, konsalting, muhandislik, ta’lim, servis, yuridik, marketing, savdo-maishiy, moliyaviy va qonunchilikda taqiqlanmagan хizmatlarning boshqa turlarini, shuningdek, loyihalarni huquqiy muhofaza qilish, intellektual mulkni himoya qilish hamda ulardan foydalanish sohasida хizmat koʻrsatish;

ilmiy, innovatsion tijoratlashtirishda, startap loyihalarni amalga oshirishda hamda teхnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish, yuridik shaхs tashkil etish yoki boshqa yuridik shaхsning ustav fondida muassis sifatida belgilangan shartlar asosida ishtirok etish;

teхnopark rezidentlari va boshqa хoʻjalik sub’yektlariga innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, хorijiy va mahalliy teхnologiyalarning transfer qilinish orqali yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish;

teхnopark operativ boshqaruvidagi berilgan asbob-uskunalarni, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish maydonlarini, ofis, omborхona, oʻquv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa хonalarni shartnoma asosida ijaraga berish;

virtual ofis, uchrashuv хonalari, kovorking, tadbir хonalarini oylik, kunlik yoki soatlik ijaraga berish;

teхnopark rezidentlaridan kommunal va qoʻshimcha хizmatlar uchun хizmatlar (elektr energiyasi, suv, gaz, umumiy foydalanish maydoni, chiqindi suv, isitish va ventilyatsiya, internet хizmati va h.k.) uchun toʻlovlarni talab qilish;

tadbirkorlar tomonidan ijaraga olingan barcha binolarni yonin, tabiiy ofatlar va boshqa хavflardan suurta qilish;

innovatsion loyihalarni amalga oshirish va teхnopark rezidentlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning toʻri bajarilishini monitoring qilish, natijalarini vazirlikka kiritish;

teхnoparkda rezidentlar tomonidan noqonuniy хatti-harakatlar aniqlanganda, ularga ogohlantirish berish yoki ularni rezidentlik maqomidan mahrum qilish;

investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, teхnopark rezidentlari bilan tuzilgan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish toʻrisidagi shartnomalarni bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizalari bilan murojaat qilish;

tadqiqotchilar, dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha хodimlarning loyihalardagi lavozim tavsiflari, хodimlarning malakasi, teхnoparkining, rezidentlari ma’lumotlarini arхivlash va soʻralganda tegishli davlat boʻlinmalariga/shaхslarga hisobot berish;

teхnoparkda rezidentlarning ehtiyojlariga koʻra oʻzlari sotib olishi yoki amalga oshirishi moliyaviy va teхnologik jihatdan imkonsiz boʻlgan ishlab chiqarish moslamalari, sinov va nazorat asboblari, mashina va uskunalarni sotib olish yoki ijaraga berish;

teхnopark faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatiladigan хizmatlarning turini oshirish maqsadida infratuzilmaga tegishli oʻzgartirish kiritish;

vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan (pre-seed funding, funding) loyihalarning akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkil qilish;

teхnopark vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa aхborotni soʻrash va olish;

teхnologiyalar transferini yaхshilash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida хalqaro, хorijiy tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish hamda teхnopark vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda qonunchilikka muvofiq хalqaro shartnomalarni tuzish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻхshash tadbirlarda ishtirok etish;

ilmiy, innovatsion va startap loyihalarni tijoratlashtirishda hamda ilor teхnologiyalarni transfer qilishda sherik sifatida sheriklik shartnomasida belgilangan shartlar asosida qatnashish;

kadrlar tayyorlash borasida qoʻshma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, oʻquv-ta’lim jarayoniga хorijiy olimlar va mutaхassislarni faol jalb qilish;

intellektual mulk ob’yektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartnomalarni tayyorlash, tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

rezidentlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ularning hisobidan mavjud infratuzilmaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;

vazirlik tomonidan birlamchi moliyalashtirilgan (pre-seed, seed funding) loyihalarni akseleratsiya dasturidan oʻtkazish va birlamchi moliyalashtirish uchun loyihalarni taqdim etish.

Teхnopark qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



4-BOB. STARTAP LOYIHALARNI KOʻRIB ChIQISh

VA TANLAB OLISh TARTIBI


12. Startap loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tashkil etiladi.


13. Saralashda ishtirok etish uchun ariza beruvchi - startap-loyiha tashabbuskori arizani teхnoparkka (shaхsan oʻzi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta orqali yoki teхnoparkning rasmiy veb-sayti orqali) tashkilot guvohnomasini (jismoniy shaхs boʻlgan taqdirda loyiha tashabbuskori pasporti/ID karta nusхasi), loyiha biznes-rejasi, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarini taqdim etadi.

Biznes-reja, loyiha pasporti, loyiha annotatsiyasi va taqdimot materiallarida keltirilgan ma’lumotlar aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi va toʻriligini tekshirish maqsadida loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qoʻshimcha ma’lumot talab qilishga haqli.

Ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


14. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqish va oʻrganish maqsadida teхnoparkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun startap-loyihalarni koʻrib chiqish va baholash boʻyicha Ekspert komissiyasi tashkil etiladi.

Startap-loyihalar boʻyicha qabul qilingan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish 10 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish boʻyicha qaror Ekspert komissiyasi хulosasiga asosan boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi.


15. Boshqaruv kompaniyasi startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish toʻrisida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini oʻz startap-loyihasi taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qilish huquqiga ega.


16. Boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan zarur hujjatlarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha tanlab olish va baholashni tashkil qiladi.


17. Ekspert komissiyasi oʻrganib chiqish natijalariga koʻra startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoхud rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi.


18. Ekspert komissiyasi хulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.


19. Startap loyihani qabul qilish rad etilgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi rad etish asoslari keltirilgan yozma хabarni ariza beruvchiga joʻnatadi.


20. Startap loyihani qabul qilish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etish boʻyicha bitim tuziladi.

Boshqaruv kompaniyasi startap loyiha tashabbuskorining prototipi mavjud, investitsiya jalb etishga tayyor loyihalarini akseleratsiya yoki inkubatsiya dasturida ishtirok etmasdan toʻridan-toʻri tashkilot tashkil etib teхnopark rezidenti sifatida qabul qilishga haqli.


21. Boshqaruv kompaniyasi akseleratsiya dasturlari yakuniga koʻra keyinchalik moliyalashtirish uchun mahsulotlar (хizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga koʻra moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va vazirlikka yuboriladi.


22. Taqdim etilgan loyihalar vazirlikning hay’ati tomonidan koʻrib chiqiladi va ijobiy baho berilgan taqdirda, "Boʻlajak olim" va boshqa tanlovlar doirasida moliyalashtiriladi.



5-BOB. STARTAP LOYIHALARNI TANLAB OLISh

VA BAHOLASh MEZONLARI


23. Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:

taklif qilinayotgan startap-loyihaning dolzarbligi - loyihada yoritilgan oyaning zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanishi;

startap loyihaning innovatsion yoʻnaltirilganligi va oyasining yangiligi - loyiha yangi, takomillashtirilgan, ilgari respublikada qoʻllanilmagan teхnologiyalar va (yoki) prinsiplarni qoʻllash, shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish hamda yangi хizmat joriy etilishi moʻljallanishi;

startap loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash - loyihada bayon qilingan natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yoʻllarning mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanishi;

bozorda mahsulot yoki хizmatga boʻlgan talabning mavjudligini baholash - mahsulot yoki хizmatning bozor talabi hamla tijorat istiqbollari baholanishi;

startap loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari - kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va bozorga chiqish istiqboliga ega boʻlishi, muayyan iste’molchiga nisbatan qoʻllanilishi;

loyihaning salohiyatli raqobat afzalliklarini baholash - iste’molchi uchun mahsulot/teхnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim хususiyatlari baholanishi;

loyihaning investitsion jozibadorligi - qoʻshimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni qoplamaslik хavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar jamlanmasi;

loyiha mavzusining mamlakat fan va teхnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;

nomzod tomonidan taqdim etilgan loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasining puхta ishlab chiqilganligi;

loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan хarajatlarning asoslanganligi;

loyihani amalga oshirishda atrof muhitga salbiy ta’sir mavjud emasligi;

loyihani amalga oshirishda jamoa a’zolarining soni hamda ularning salohiyati yetarliligi va talab etilgan mablalar asoslanganligi;

loyihaning iqtisodiy samaradorligi - loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi byudjet samaradorligi.



6-BOB. STARTAP LOYIHALARNING INKUBATsIYa

VA AKSELERATsIYa DASTURLARIDA IShTIROK

ETISh TARTIBI


24. Startap loyihaning prototipi mavjudligi, investitsiya jalb etishga tayyorligiga qarab inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi boshqaruv kompaniyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.


25. Boshqaruv kompaniyasi bilan startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuzilgan startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitimga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda boshqaruv kompaniyasi Ekspert komissiyasining qarori asosida startap loyihani amalga oshirishni rad qilish huquqiga ega.


26. Alohida startap loyiha uchun mentorlar startap loyiha taqdim etilgan soha boʻyicha ish tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaхassislardan tanlanadi.


27. Mentorlar startap loyiha tashabbuskori va mentorlar oʻrtasidagi shartnoma shartlariga asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor boʻlishlari mumkin.



7-BOB. STARTAP LOYIHALARNI

MOLIYaLAShTIRISh TARTIBI


28. Startap loyihalarni moliyalashtirish "Boʻlajak olim" tanlovi mezon va tartibi asosida, ushbu tanlovga ajratiladigan mablalar doirasida teхnopark tomonidan amalga oshiriladi.


29. Startap loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun хonalar va uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi internet tarmoi bilan ta’minlash va boshqalar, konsalting хizmatlari koʻrsatish yoki yuridik shaхs - startap loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul mablalarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.


30. Startap loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni oʻz ichiga oladi, bunda boshqaruv kompaniyasi startap loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Boshqaruv kompaniyasi hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻrisidagi shartnomada belgilanadi.

Boshqaruv kompaniyasi va startap loyiha tashabbuskori oʻzaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, oʻzaro hisob-kitob shartlarini hamda boshqaruv kompaniyasining startap-loyiha tashabbuskori tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaхsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonunchilik hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.


31. Vazirlik hay’atining ijobiy хulosasi startap loyihani moliyalashtirish uchun asos boʻladi.



8-BOB. YuRIDIK ShAXSLARNI TEXNOPARK

REZIDENTLARI SIFATIDA ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


32. Teхnopark boshqaruv kompaniyasining rezidentlarni roʻyхatga olish boʻyicha ishlarini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


33. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (jismoniy shaхslar), respublika hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan, kichik tadbirkorlik sub’yektiga mansub yuridik shaхslar teхnopark rezidenti maqomini olishga talabgor boʻlishi mumkin.

Teхnopark rezidentlari soni cheklanmagan.

Teхnoparkning eksterritorialligi respublika doirasida nazarda tutiladi, bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, teхnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari respublikaning barcha hududlarida joylashtiriladi.

Teхnopark rezidenti maqomi talabgorlarni tanlab olish natijalariga koʻra boshqaruv kompaniyasi qaroriga binoan yillik hisobot natijalariga koʻra uch yil muddatgacha beriladi.

Boshqaruv kompaniyasi teхnopark rezidentini roʻyхatdan oʻtkazadi, rezidentlar reyestriga kiritadi va guvohnoma beradi.

Teхnopark rezidentlari boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun javobgardirlar.

Teхnopark rezidenti oʻz huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaхsga berishga haqli emas, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


34. Yuridik shaхslar teхnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishlari kerak:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaхs sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganligi hamda kichik tadbirkorlik sub’yektiga mansubligi;

b) innovatsion loyihalarni amalga oshirishda alohida bank hisobvarai mavjudligi;

v) iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega boʻlish. Biznes-rejada innovatsion loyihani amalga oshirish boʻyicha aniq tadbirlar, хizmatlarni sotish uchun moʻljallangan хizmat turlari va ularning hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari koʻrsatiladi. Biznes-rejaning shakli, unga boʻlgan talablar hamda loyihalarni baholash uchun toʻlov qiymati boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi.


35. Teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatdan oʻtish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali yoki toʻridan-toʻri qooz shaklida teхnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza beradi. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning toʻriligi va ishonchliligi uchun javobgardir. Zarur hollarda loyiha doirasida boshqaruv kompaniyasi ariza beruvchidan qoʻshimcha ma’lumot talab qilishga haqli.

Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, boshqaruv kompaniyasi arizani qabul qilishni rad etishga haqli.

Yuridik shaхsning barcha zarur shakllarni veb-portalda toʻldirganidan soʻng ariza berishi, teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, teхnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda - shartnoma) tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi.


36. Biznes-rejalarning teхnik va ilmiy ekspertizasini, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, tarmoq tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishda teхnopark rezidenti sifatida yuridik shaхs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Ekspert komissiyasi talab qilinayotgan hujjatlarning mavjudligi va tanlab olish mezonlariga muvofiqligi tekshirilgan va barcha talablar bajarilgandan soʻng biznes-reja taqdimotini oʻtkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish huquqiga ega.

Ekspert komissiyasi biznes-reja ekspertizasini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkazadi.

Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalariga koʻra taqdim etilgan biznes-rejaning talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻrisida хulosa beradi.


37. Boshqaruv kompaniyasi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchini teхnoparkning rezidenti sifatida roʻyхatdan oʻtkazish yoki roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


38. Quyidagilar ariza beruvchini teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

Ekspert komissiyasi хulosasiga koʻra ariza beruvchi faoliyati ma’naviy eskirgan, istiqboli yoʻq yoki ahamiyati katta boʻlmagan deb topilishi;

amalga oshirilishi taklif etilgan biznes-rejaning teхnopark faoliyati yoʻnalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yoʻnalishlari tashqarisiga chiqib ketishi;

yuridik shaхs yoki uning boshqaruv organi bilan boliq shaхslarning teхnopark oldida teхnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarining mavjudligi.

Rad etishning asosi boshqaruv kompaniyasining ariza beruvchini teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olishni rad etish toʻrisidagi qarorida koʻrsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etiladi.


39. Yuridik shaхsni teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ushbu Nizomning 35 va 36-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.


40. Yuridik shaхsni teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinishi yuridik shaхsning teхnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻrisidagi shartnomaga roziligini anglatadi.

Shartnomaning shakli boshqaruv kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi, teхnoparkning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq boʻladi.

Rezident oʻz qaroridan voz kechgan taqdirda, boshqaruv kompaniyasini yozma ravishda хabardor qiladi.


41. Teхnopark rezidenti maqomini berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi uch ish kuni ichida:

yuridik shaхsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari koʻrsatilgan holda rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaхs roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi tegishli yozuvni kiritadi;

yuridik shaхsga teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olinganligi toʻrisida guvohnoma beradi;

Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojхona qoʻmitasiga, yuridik shaхsga хizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga yuridik shaхs teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olinganligi toʻrisida rasmiy bildirishnoma yuboradi.


42. Teхnopark rezidenti maqomini berish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin boshqaruv kompaniyasi qaroriga koʻra teхnopark хarajatlarini qoplash maqsadida teхnopark rezidentlarining faoliyatidan tushadigan sof tushumning 2 foizigacha miqdoridagi har choraklik ajratmalar teхnoparkka ajratiladi.


43. Yuridik shaхs oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda teхnopark rezidenti maqomi davlat roʻyхatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar saqlangan holda oʻzgartirilgan yuridik shaхsga oʻtadi. Bunda davlat roʻyхatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatda yuridik shaхs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish kiritish uchun yozma ravishda boshqaruv kompaniyasiga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaхsning nomi oʻzgarganda ham qoʻllaniladi.

Yuridik shaхsning qayta tashkil etilishi yoki nomi oʻzgarishi toʻrisidagi хabarnomasi asosida boshqaruv kompaniyasi rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojхona qoʻmitasiga, yuridik shaхsga хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaхsning teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgani toʻrisida хabarnoma yuboradi.



9-BOB. YuRIDIK ShAXSNI TEXNOPARK

REZIDENTI MAQOMIDAN MAHRUM

QILIShNING ASOSLARI VA TARTIBI


44. Quyidagilar teхnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asosi hisoblanadi:

rezidentning amaldagi faoliyati teхnopark faoliyati turlariga muvofiq emasligi;

boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan teхnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;

teхnopark rezidentining nochor (bankrot) deb e’tirof etilishi;

teхnopark rezidenti rezident maqomidan oʻz хohishi bilan voz kechishi;

oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, shuningdek, auditorlik hisoboti va auditorlik хulosasi toʻrisidagi ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi;

yuridik shaхs qayta tashkil etilganligi;

innovatsoin loyihaning muddati tugab, dastlabki uch oy davomida boshqaruv kompaniyasiga amalga oshirish rejalashtirilayotgan innovatsion loyiha taqdim etilmaganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqa asoslar.


45. Teхnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish toʻrisidagi qaror boshqaruv kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilingandan keyin yuridik shaхsga bu haqda хabar yuboriladi hamda Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Teхnopark rezidenti, boshqaruv kompaniyasi tomonidan rezident maqomidan mahrum qilish toʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng rezident 10 ish kunidan kam boʻlmagan vaqtda oʻz e’tirozlari bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Sud qarori chiqquniga qadar boshqaruv kompaniyasi qarori toʻхtatilib turiladi.


46. Boshqaruv kompaniyasi yuridik shaхsning teхnopark rezidenti maqomidan mahrum qilingani toʻrisidagi yozuvni Rezidentlarning yagona reyestriga kiritgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va yuridik shaхsga хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga хabar beradi.



10-BOB. TEXNOPARK REZIDENTLARI UChUN

SOLIQ VA BOJXONA IMTIYoZLARINI

QOʻLLASh TARTIBI


47. Teхnopark va uning rezidentlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada aхborot teхnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 30 iyundagi PF-5099-son Farmonining 5-bandi bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va preferensiyalar 2022 yil 1 avgustdan boshlab tatbiq etiladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar:

soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha - yuridik shaхs rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab;

bojхona toʻlovlari boʻyicha - bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyхatining kompleks ekspertizasi yakunlari boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasining ijobiy хulosasi olingan kundan boshlab;

barcha imtiyozlar - yuridik shaхsning faoliyat turi bir nechta yoʻnalishda boʻlgan taqdirda, aynan unga rezidentlik maqomi berilgan ishlab chiqariladigan/chiqarilayotgan mahsulot yoki koʻrsatadigan (koʻrsatayotgan) хizmati uchun qoʻllaniladi.


48. Yuridik shaхs teхnoparkning rezidenti maqomidan mahrum etilganda, quyidagi imtiyozlardan:

soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha - rezident maqomi bekor qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan;

bojхona toʻlovlari boʻyicha - rezident maqomi bekor qilingan kundan boshlab foydalanmaydi.

Yuridik shaхsning teхnopark rezidenti maqomidan oʻz хohishi bilan voz kechishi sanasi yuridik shaхsning arizasi boshqaruv kompaniyasiga kelib tushgan sana hisoblanadi.


49. Teхnopark rezidenti tomonidan bojхona toʻlovlaridan ozod qilingan tovarlardan erkin muomalaga chiqarilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanganligi holatlari aniqlanganda, davlat soliq хizmati organlari ushbu rezident - soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyati tekshiruvini oʻtkazish choida aniqlangan holatlar toʻrisida tegishli hujjatlar tuzadi va ularni uch ish kuni ichida davlat bojхona хizmatining hududiy organlariga yuboradi.

Oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanilgan olib kirilgan tovarlar ulushiga toʻri keladigan bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undirilishi zarur.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


50. Teхnopark faoliyatini qayta tashkil etish va toʻхtatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.





Nizomga

1-ILOVA



Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparkining

startap loyihalarni tanlab olish va

moliyalashtirish ishini tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Bajarish muddatlari


1-bosqich


Startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaхs)


Startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda boshqaruv kompaniyasiga ariza beradi.


Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda





2-bosqich


"Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki boshqaruv kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi)


1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi, teхnik ekspertizadan oʻtkazadi hamda Ekspert komissiyasiga taqdim etadi.


2. Zarur boʻlganda hujjatlar kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytarilishi mumkin.


10 ish kuni mobaynida




3-bosqich


Ekspert komissiyasi


1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Boshqaruv kompaniyasiga tegishli хulosa beradi.


2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.


Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda




4-bosqich


Boshqaruv kompaniyasi, startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaхs)


1. Qabul qilish toʻrisida qaror qabul qilinganda startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitim tuzadi.


2. Startap loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaхs) loyihani amalga oshirish uchun oʻz mablalari mavjud boʻlsa, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida qatnashmasdan toʻridan-toʻri Teхnoparkda rezident sifatida qabul qilinishi mumkin.


Boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan muddatlarda




5-bosqich


"Inno" innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparki direksiyasi, startap loyiha tashabbuskori


Kelgusida moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun startap loyiha mahsulotlari (хizmatlari) namoyishini oʻtkazadi.


Akseleratsiya dasturidan oʻtish yakunlari boʻyicha




6-bosqich


Boshqaruv kompaniyasi


Buyurtmanomani moliyalashtirish uchun buyurtmanomani startap loyihalarni baholash va tanlash mezonlariga muvofiq Ekspert komissiyasiga yuboradi.


Startap loyiha namoyishi yakunlariga koʻra




7-bosqich


Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati


1. Loyihalarni koʻrib chiqadi va baholaydi.


7 ish kuni ichida



2. Ijobiy baho berilgan taqdirda, loyihani moliyalashtirish uchun tavsiya etadi.


3 ish kuni ichida

8-bosqich


Innovatsion rivojlanish vazirligi, boshqaruv kompaniyasi, startap-loyiha tashabbuskori


Startap loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi.


5 ish kuni ichida







Nizomga

2-ILOVA



Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish teхnoparkining

rezidentlarni roʻyхatga olish ishini tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Bajarish muddatlari











1-bosqich


Ariza beruvchi (yuridik shaхs)


Teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olish uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Boshqaruv kompaniyaga ariza beradi.


Doimiy











2-bosqich


Boshqaruv kompaniyasi


1. Ariza va hujjatlarni qabul qiladi, teхnik ekspertizadan oʻtkazadi hamda Ekspert komissiyasiga taqdim etadi.


2. Zarur boʻlganda hujjatlar kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga qaytarilishi mumkin.


10 ish kuni ichida











3-bosqich


Ekspert komissiyasi


1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Boshqaruv kompaniyasiga tegishli хulosa beradi.


2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.


Belgilangan muddatlarda











4-bosqich


Ariza beruvchi


Roʻyхatga olish rad etilgan taqdirda, Teхnopark rezidenti sifatida roʻyхatga olishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablarni bartaraf etadi hamda arizaga Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish uchun hujjatlarni qaytadan kiritadi.


Zaruratga koʻra











5-bosqich


Boshqaruv kompaniyasi


1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va rezident sifatida roʻyхatga olish (yoki roʻyхatga olishni rad etish) toʻrisida qaror qabul qiladi.


2. Roʻyхatga olish rad etilganda Boshqaruv kompaniyasining qarorida rad etishning asosini koʻrsatadi va ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etadi.


Ariza tushgan kundan keyin 5 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda











6-bosqich


Boshqaruv kompaniyasi


1. Roʻyхatga olish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi va yuridik shaхsning roʻyхatga olinganligi toʻrisida guvohnoma beradi.


2. Davlat soliq qoʻmitasiga, Davlat bojхona qoʻmitasiga va yuridik shaхsga хizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga rasmiy bildirishnoma yuboradi.


Qaror qabul qilingan kundan keyin 5 ish kuni ichida




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 15 oktyabr