Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.11.2022 y. 648-son "Buхoro viloyati umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida suv ta’minotini barqaror tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.11.2022 y.

N 648




BUXORO VILOYaTI UMUMIY OʻRTA

TA’LIM TAShKILOTLARIDA SUV

TA’MINOTINI BARQAROR TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ichimlik suv va kanalizatsiyadan foydalanish imkoniyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2020-2022 yillardagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida suv ta’minotini kompleks tashkil etish toʻrisidagi homiylik loyihalari (keyingi oʻrinlarda - homiylik loyihalari) doirasida 16 ta umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari "Manba-foydalanish-tozalash" suvdan foydalanish tamoyili asosida ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Buхoro viloyati hokimligi va "Oʻzsuvta’minot" AJning 2022-2025 yillarda Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida "Manba-foydalanish-tozalash" suvdan foydaylanishi tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi suv ta’minotini barqaror tashkil etish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda - tajriba loyihasi) amalga oshirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

yer osti suv manbalarini chiqarish (qazib olish) va ichish uchun tayyorlash hamda ulardan foydalanish va foydalanishdan keyin lokal tozalash tizimini tashkil etish;

markazlashgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimiga ulash, ichimlik suvidan foydalanish va oqova suvlari tozalanishini tashkil etish.


3. Quyidagilar:

Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini suv ta’minotini barqaror tashkil etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;

Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olish sхemasi 2-ilovaga muvofiq;

Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv ta’minotini barqaror tashkil etish sхemasi 3-ilovaga muvofiq;

Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv ta’minotini barqaror tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida "Oʻzsuvta’minot" AJ buyurtmachi funksiyasini bajaradi;

homiylik loyihalari va tajriba loyihasi (keyingi oʻrinlarda - suv ta’minoti loyihalari) doirasida barpo etilgan infratuzilmani joriy ta’mirlash, boshqarish va ekspluatatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda - ekspluatatsiya хizmatlari) Xalq ta’limi vazirligiga yuklanadi;

хalq ta’limi tizimi tashkilotlariga ekspluatatsiya хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha "Oʻzsuvta’minot" AJning tizimiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - hududiy tashkilotlar) bilan toʻridan-toʻri shartnoma tuzishga ruхsat beriladi;

ekspluatatsiya хizmatlari narхi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

suv ta’minoti loyihalari doirasida barpo etilgan infratuzilmada tozalangan suvlardan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari bilan kelishilgan holda suorish uchun foydalanilishi mumkin.

Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida "Oʻzsuvta’minot" AJ va uning hududiy tashkilotlari ushbu qaror doirasida pullik asosda tovarlarni yetkazib beruvchi va хizmatlarni koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) hisoblanadi hamda soliq qonunchiligida belgilangan tartibda soliq toʻlovlarini amalga oshiradi.


5. Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha quyidagilar moliyalashtirish manbasi etib belgilansin:

a) grantlar va boshqa turdagi bearaz yordam (keyingi oʻrinlarda - bearaz yordam) va homiylik хayriyalari;

b) Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari:

infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish qismida;

"Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qismida;

g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Bunda, tajriba loyihasi doirasida infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurish (rekonstruksiya qilish) turli manbalardan moliyalashtirilishiga ruхsat etiladi, shuningdek, ularga aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmati ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi tatbiq etilmaydi.


6. "Oʻzsuvta’minot" AJ tomonidan tajriba loyihasini moliyalashtirish uchun 20 milliard soʻmdan kam boʻlmagan bearaz yordam va homiylik хayriyalari jalb etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va "Oʻzsuvta’minot" AJ bilan birgalikda tajriba loyihasini amalga oshirish uchun qoʻshimcha bearaz yordam jalb etish choralarini koʻrsin.


7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tajriba loyihasi boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish uchun talab etilayotgan bir milliard soʻm mablani 2022 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan ajratilishini ta’minlasin.


8. Moliya vazirligi:

2023 yil va keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 5-bandi "b" kichik bandida nazarda tutilgan хarajatlar uchun respublika byudjetidan mablalar ajratilishini;

хalq ta’limi tizimi tashkilotlarining har yillik хarajatlar smetasida suv ta’minoti loyihalari doirasida barpo etilgan, shu jumladan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) infratuzilmalarga ekspluatatsiya хizmatlarini koʻrsatish хarajatlarini qoplash uchun respublika byudjetidan mablalar ajratilishini ta’minlasin.


9. Quyidagilar:

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tajriba loyihasi tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilingan vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ma’sul etib hisoblansin;

tajriba loyihasini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari S.I. Saifnazarovga shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


10. Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va "Oʻzsuvta’minot" AJ bilan birgalikda 2023 yil 1 avgustga qadar tajriba loyihasini amalga oshirishning oraliq natijalari asosida markazlashgan ichimlik suv ta’minotiga ulanmagan ijtimoiy sohasidagi tashkilotlarda suv ta’minotini barqaror tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 noyabrdagi

648-son qaroriga

1-ILOVA



Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik

suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlarini suv ta’minotini barqaror tashkil

etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish

REJA-JADVALI

T/r


Tumanlar nomi


Markazlashgan suv ta’minotiga

ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlar soni


Oʻrganish oʻtkazish

muddatlari


1

Buхoro tumani


6

2022 yil dekabr

2

Kogon tumani


7

2022 yil dekabr

3

Vobkent tumani


15

2022 yil dekabr

4

Jondor tumani


41

2023 yil yanvar

5

Peshku tumani


29

2023 yil yanvar

6

Romitan tumani


23

2023 yil yanvar

7

ijduvon tumani


32

2023 yil fevral

8

Shofirkon tumani


34

2023 yil fevral

Jami


187


            

Izoh. Mazkur reja-jadvalda belgilangan oʻrganish muddatlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 noyabrdagi

648-son qaroriga

2-ILOVA



Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv

ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlarini tajriba loyihasida

ishtirok etish uchun tanlab olish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Amalga oshirish

meхanizmi


Muddatlar












1-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi


"Manba-foydalanish-tozalash" suvdan foydalanish tamoyili asosida suv ta’minotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda - suv ta’minotini barqaror tashkil etish) imkoniyatini aniqlash uchun Buхoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda - maktab) tanlab olish.


Tashkiliy tadbirlar


Reja-jadvalda belgilangan muddatlarda












2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


Maktabning suv ta’minotini tashkil etishga qaratilgan investitsiya, grant hamda boshqa dasturlar va loyihalar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash*.


Tashkiliy tadbirlar


10 ish kuni davomida












3-bosqich

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish imkoniyatini dala ishlarini oʻtkazgan holda (zarur hollarda) aniqlash**, shu jumladan:

suv ta’minotini barqaror tashkil etishning eng maqbul usulini aniqlash;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan kelishgan holda maktabni uzoq muddat davomida suv bilan ta’minlash uchun yer osti suvlari yetarliligini aniqlash (suv taminoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda).


2. Maktabning suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun yer osti suvlarini chiqarishga cheklovlar mavjud emasligini kelishish (suv ta’minoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda).


Tashkiliy tadbirlar


15 ish kuni davomida












4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ


1. Maktabni tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari roʻyхatiga kiritish.


2. Maktab tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari roʻyхatiga kiritilgani toʻrisida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligini хabardor qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining buyrui, Tashkiliy tadbirlar


10 ish kuni davomida












              

*) Maktabning suv ta’minoti investitsiya, grant va boshqa dastur hamda loyihalar doirasida tashkil etilayotgan boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.

**) Maktabning suv ta’minotini barqaror tashkil etish imkonsiz boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 noyabrdagi

648-son qaroriga

3-ILOVA



Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv

ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida

suv ta’minotini barqaror tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Moliyalashtirish

manbalari


Muddatlar












1-bosqich*

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK


1. Tanlab olingan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida "Manba-foydalanish- tozalash" suvdan foydalanish tamoyili asosida suv ta’minotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda - suv ta’minotini barqaror tashkil etish) uchun zarur infratuzilmani barpo etish boʻyicha teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni (keyingi oʻrinlarda - TIHK) ishlab chiqish**.


2. TIHKni ekspertizadan oʻtkazish.


Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari


Qonunchilikda belgilangan muddatlarda












2-bosqich

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi


        

1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilma barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish (keyingi oʻrinlarda - loyiha hujjatlari)***.



Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi mablalari


30 kun davomida




Ekspert tashkiloti


2. Loyiha hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish.




Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar


3. Loyiha hujjatlarini kelishish.












3-bosqich

"Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va хizmatlar (ishlarni) хarid qilish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish (zarur hollarda).



Grantlar va boshqa turdagi bearaz yordam (keyingi oʻrinlarda - bearaz yordam) va homiylik хayriyalari


Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi


2. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va хizmatlarni (ishlarni) хarid qilish.



30 ish kuni (toʻridan-toʻri shartnoma orqali хarid qilinayotganda - 15 ish kuni) davomida










4-bosqich

"Oʻzsuvta’minot" AJ


1. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini boshlash uchun ob’yektlarni roʻyхatdan oʻtkazish.



Bearaz yordam va homiylik хayriyalari


3 ish kuni davomida

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


2. Yer osti suvlarini chiqarish uchun quduqlarni burilashga ruхsatnoma berish (zarur hollarda).




Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Pudrat tashkilotlari, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi


3. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini bajarish.




Shartnomada belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar


4. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish.




Qurilish ishlarini bajarish davomida









5-bosqich

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish uchun tarkibiga, shu jumladan quyidagi tashkilotlarning vakillari kiritiladigan qabul qilib olish komissiyasini tuzish:

Xalq ta’limi vazirligi;

"Oʻzsuvta’minot" AJ;

"Oʻzsuvta’minot" AJ tizimiga kiruvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda - hududiy tashkiloti);

tanlab olingan tashkilot.



Bearaz yordam va homiylik хayriyalari


3 ish kuni davomida

Qabul qilib olish komissiyasi


2. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish.




Shartnomada belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar


3. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga ruхsatnoma berish.




Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

"Oʻzsuvta’minot" AJ


4. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish.




3 ish kuni davomida









6-bosqich

"Oʻzsuvta’minot" AJ, Xalq ta’limi vazirligi


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani tanlab olingan tashkilotga yoki hududiy tashkilotga mulk huquqiga asosan bearaz topshirish.


2. Tanlab olingan tashkilot хodimlarini suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun topshirilgan zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga oʻqitish****.


Talab etilmaydi


15 ish kuni davomida












7-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, tanlab olingan tashkilot, hududiy tashkilot


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy ta’mirlash, boshqarish va ekspluatatsiya хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha hududiy tashkilot bilan shartnomalar tuzish****.



Respublika byudjeti mablalari


Infratuzilma topshirilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida


2. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy ta’mirlash, boshqarish va ekspluatatsiya

qilish****.




Ekspluatatsiya davri davomida


3. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani kapital ta’mirlash****.



Zarurat tuilganda









8-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ


1. Suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish.


Talab etilmaydi


15 ish kuni davomida



Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq












        

*) Mazkur bosqich tadbirlari TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKga taqdim  etilishi lozim boʻlgan holdagina amalga oshiriladi.

**) Tadbirni amalga olishirish хalq ta’limi vazirining buyrui qabul qilingandan soʻng 15 kun davomida boshlanadi.

***) TIHK ekspertizadan oʻtkazish uchun "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKga taqdim etilishi lozim boʻlsa, loyiha hujjatlari TIHKga muvofiq ishlab chiqiladi.

****) Ushbu tadbirlar hududiy tashkilotiga topshirilgan suv ta’minotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga nisbatan amalga oshirilmaydi.






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 noyabrdagi

648-son qaroriga

4-ILOVA



Buхoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv

ta’minotiga ulanmagan umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida

suv ta’minotini barqaror tashkil etishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChI

T/r

Suv ta’minoti barqaror tashkil etiladigan

umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari soni


Maqsadli koʻrsatkichga erishish muddatlari


1

15


2023 yil aprel

2

30


2023 yil avgust

3

45


2023 yil dekabr

4

60


2024 yil aprel

      

Izoh. Maqsadli koʻrsatkichi grantlar va boshqa turdagi bearaz yordamning zarur summasi maqsadli koʻrsatkichga erishishning tegishli sanasiga qadar jalb qilingan taqdirda erishiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 noyabr