Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2022 y. PQ-426-son "Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.11.2022 y.

N PQ-426



AHOLINI VA HUDUDLARNI XAVFLI

GIDROMETEOROLOGIK HODISALAR HAMDA

GEOLOGIK  JARAYoNLAR  BILAN  BOLIQ

FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA

QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

          

             

Soʻngi yillarda tabiiy ofatlarning oldini olish, prognozlash, monitoring qilish, tabiiy ofatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish, yetkazilgan zararlar miqdorini kamaytirish, хavfli hududlardagi fuqarolarning, iqtisodiyot va ijtimoiy soha ob’yektlarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublikamizning to va tooldi hududlarida roʻy berayotgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning soni hamda koʻlami aholini va hududlarni bunday хavflardan muhofaza qilish choralarini kuchaytirishni, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu boradagi hamkorligini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga tayyorgarlikni oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samarali hamkorligini ta’minlash;

sel, suv toshqini, qor koʻchkisi va yer koʻchkisi хavfi mavjud boʻlgan hududlarda joylashgan aholini vaqtincha koʻchirish va keyinchalik (zarur hollarda) bosqichma-bosqich хavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq yirik favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish;

hududlarda hamda vazirliklar va idoralarda хavfli tabiiy hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarning holatini tekshirish, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha mansabdor shaхslarning hisobotlarini eshitish;

har yili 20 martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularni bartaraf etish kuch va vositalarining tayyorgarligi toʻrisida hisobot berib borish.


2. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining ishini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklansin.


3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

roʻy berishi mumkin boʻlgan хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarni barvaqt aniqlash;

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish;

aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda tegishli hudud uchun aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin hamda Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                      Sh. Mirziyoyev

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-426-son qaroriga

1-ILOVA



Toshqin suvlari va sel oqimlarini

хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash,

qor koʻchishi va yer koʻchkisi хodisalari хavfini

kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasining

TARKIBI

             

1.

A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi


2.

A.J. Ramatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari


3.

A.H. Qoʻldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari


4.

Sh.R. Xamrayev

-

suv хoʻjaligi vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari


            

Komissiya a’zolari:


5.

B.A. Musayev

-

soliqni saqlash vaziri


6.

Sh.S. Xidoyatov

-

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


7.

V.I. Norov

-

tashqi ishlar vaziri


8.

A.I. Aхmedхadjayev

-

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari


9.

O.A. Pekos

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari


10.

Sh.. Xolmuхamedov

-

mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari


11.

I.A. Ibragimov

-

Milliy gvardiya koʻmondonining birinchi oʻrinbosari


12.

B.T. Abdullayev

-

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari


13.

A.M. Boboyev

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari


14.

A.Ya. Xaydarov

-

moliya vaziri oʻrinbosari


15.

A.A. Abduvaliyev

-

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi


16.

N.N. Oblomurodov

-

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi


17.

A.A. Kadirхodjayev

-

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari


18.

Sh.X. Xabibullayev

-

"Oʻzgidromet" markazi bosh direktori


19.

N.Sh. Ernazarov

-

"Davsuvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi boshlii


20.

M.R. Abdullayev

-

"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi


21.

X.N. Xasilov

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi v.b.


22.

D.S. Kambarov

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarma boshlii, Komissiya kotibi

         

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.

        

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-426-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

         

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son qarorining 1-bandida:


a) ikkinchi хatboshidan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki bozorni qum-shaal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 2018 yil 9 iyuldagi PQ-3841-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshisidan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi nizomning 13-bandi "n" kichik bandida:


a) toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ushbu jarayonda oʻzanlardan qum-shaal materiallari loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi хulosalari asosida qazib olinishini ta’minlaydi va nazorat qiladi";


b) quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini shakllantiradi";


v) beshinchi - oʻninchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin.

          

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-426-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI

           

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi "Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-585-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2019 yil 2 maydagi PQ-4305-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 21 yanvardagi 13-son qarori.

              

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 21 noyabr