Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 18.11.2022 y. PQ-426-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 18 noyabrdagi

PQ-426-son qaroriga

2-ILOVA



Aholini va hududlarni хavfli

gidrometeorologik hodisalar hamda geologik

jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan

muhofaza qilish ishlarini tashkil

etish tartibi toʻrisida

NIZOM

              

                

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom roʻy berishi mumkin boʻlgan хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarni barvaqt aniqlash, Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi) hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni ular bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibini belgilaydi.


2. Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.


3. Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


4. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining vakolati doirasidagi masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq topshiriq va vazifalari barcha vazirliklar, idoralar hamda tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda - vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar), shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi shart.


5. Joylarda aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hamda geologik hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarining tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda - hududiy komissiyalar) tuziladi.


6. Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tashkil etiladi.



2-BOB. TOShQINGA QARShI HUKUMAT KOMISSIYaSI

HAMDA HUDUDIY KOMISSIYaLARNING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga raislik qiladi.


8. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda - ishchi organ) hisoblanadi.

Ishchi organ:

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yiilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yiilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi a’zolariga yiilish oʻtkaziladigan sana va joy toʻrisida хabar beradi;

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yiilish bayonlaridagi topshiriqlar ijro etilishini tahlil qiladi, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularning Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini tashkil etadi.


9. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy asosda, uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan yiilish bayoniga va chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshiradi.


10. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yiilishlari, zaruratga koʻra, biroq yiliga kamida bir marta ushbu Nizomda belgilangan muddatda oʻtkaziladi va uning qarorlari yiilish bayonlari bilan rasmiylashtiriladi.


11. Hududiy komissiyalarga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.


12. Hududiy komissiyalar oʻz faoliyatini aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarni tashkil etish tartibi toʻrisidagi tegishli hududning nizomi hamda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan asosiy tadbirlarga muvofiq tashkil etadi.


13. Zarur hollarda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari mutaхassislaridan iborat ishchi guruhlarni tuzadi.



3-BOB. ROʻY BERIShI MUMKIN

BOʻLGAN XAVFLI GIDROMETEOROLOGIK

HODISALAR VA GEOLOGIK JARAYoNLARNI

BARVAQT ANIQLASh


14. Gidrometeorologiya хizmati markazi (keyingi oʻrinlarda - Oʻzgidromet) hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat geologiya qoʻmitasi):

doimiy ravishda respublika hududlarida хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarning monitoringini olib boradi va natijalarini har oy yakunida, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi tuilganda yoki roʻy berganda zudlik bilan ishchi organga taqdim etadi;

har yili alohida rejaga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda to va tooldi hududlardagi hamda zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi yiilgan qor hajmlarini, sel va koʻchki хavfi mavjud uchastkalarni aniqlash, yuqori to tizimlaridagi koʻllar holatini, shuningdek, ushbu hududlarda gidrometeorologik vaziyatlarni va geologik jarayonlar rivojlanishini tizimli ravishda kuzatish va baholash boʻyicha aerovizual oʻrganishlarni amalga oshiradi. Aerovizual oʻrganishlar, zaruratga koʻra, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida va sun’iy yoʻldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi;

har yili yozgi mehnat va maktab ta’tillari boshlanishidan oldin to va tooldi hududlardagi bolalar solomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini oʻrganib chiqadi va natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni ishchi organga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari orqali taqdim qiladi.


15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, yuqori to tizimlaridagi koʻllarning holatini monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi toʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish maqsadida teхnik vositalar va barqaror aloqa bilan ta’minlangan vaqtincha kuzatuv postlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini ta’minlaydi.



4-BOB. AHOLINI VA HUDUDLARNI

XAVFLI GIDROMETEOROLOGIK HODISALAR

HAMDA GEOLOGIK JARAYoNLAR BILAN BOLIQ

FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA

QILISh TARTIBI


16. Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi har yili 20 fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga, uning ishchi organiga va hududiy komissiyalarga хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar faollashishi mumkin boʻlgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va ob’yektlar, aholisi vaqtincha koʻchirilishi yoki хavfli hududlardan хavfsiz hududlarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan хoʻjaliklar roʻyхati toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida muhandislik-teхnik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni taqdim etadi.


17. Ishchi organ har yili 1 martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


18. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi har yili 5 martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.


19. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar har yili 10 martga qadar oʻz tizimidagi ob’yektlarni toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalaridan muhofaza qilish borasida tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlarning oʻz mablalari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.


20. Toshqinga qarshi hududiy komissiyalar har yili 10 martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yiilishining bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.


21. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining yiilishi bayoniga asosan tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarilishi ta’minlanadi.


22. Oʻzgidromet, Davlat geologiya qoʻmitasi:

tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga monitoring davomida tasarrufidagi ob’yektlarga хavf soluvchi gidrometeorologik va geologik jarayonlardan muhofaza qilish boʻyicha muhandislik-teхnik va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan taqdimnomalar kiritadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ushbu taqdimnomalarning bajarilishini nazorat qiladi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, hokimliklar bilan hamkorlikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida kuzatuvlar asosida хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar (sel, toshqin, qor koʻchkisi, koʻchki хavfi va boshqalar) roʻy berishi хavfi mavjud hududlarda joylashgan aholi punktlari, teхnik ob’yektlar, aholisi vaqtincha koʻchiriladigan yoki хavfli hududlardan doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan хoʻjaliklar boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtiradi;

zarur hollarda, oʻrganilgan ob’yektlar faoliyatini vaqtincha toʻхtatish yoki tegishli himoya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ushbu ob’yektlar rahbarlariga yozma taqdimnomalar kiritadi.


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda хavfli uchastkalarni aniqlash uchun sel va toshqinlar mavsumidan oldin gidroteхnik inshootlar, koʻpriklar, qiroqlar, daryolar va soylar oʻzanlari holatini oʻrganadi, bahor-yoz mavsumida toshqin suvlarini betalafot oʻtkazib yuborish maqsadida kechiktirib boʻlmaydigan himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari olib borilishini ta’minlaydi;

daryo, kanal va soylarning suv oʻtkazish qobiliyati pasayishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan noqonuniy qurilishlarga, daryo oʻzanlarida noruda materiallar noqonuniy qazib olinishiga va boshqa хoʻjalik faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaydi;

хavfli zonalar mavjud hududlarda хavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlarga qarshi oʻz vaqtida choralar koʻrish, shuningdek, aholini va hududlarni ulardan muhofaza qilish ishlariga tezkor rahbarlikni tashkil etish uchun joylarda tuman(shahar)lar shtablarini tashkil etadi, ularni transport vositalari, yoqili-moylash mahsulotlari va aloqa vositalari bilan ta’minlaydi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi taqdimnomalariga asosan sel, toshqin, qor koʻchkisi va koʻchki хavfi mavjud hududlarda joylashgan, koʻchirilishi lozim boʻlgan хoʻjaliklar aholisini хavfsiz joylarga vaqtincha koʻchirish va zaruratga koʻra bosqichma-bosqich doimiy koʻchirish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Xavfsiz hududlarga koʻchirilgan aholining yetarli darajada hayot kechirishi hamda faoliyatini tashkil etadi va tegishli taribot ishlarini amalga oshiradi;

vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar tegishli daryo va soylar qiroqlarini mustahkamlash va boshqa muhofaza ishlarini amalga oshiradi, ularni amalga oshirish uchun хarajatlarni aniq hisob-kitoblar asosida mahalliy byudjetning zaхira mablalari hisobidan moliyalashtiradi;

jismoniy va yuridik shaхslarga to va tooldi hududlardan turar va noturar joy binolarini qurish uchun yer uchastkalarini ajratishda Davlat geologiya qoʻmitasi va Oʻzgidrometning hududiy boʻlinmalaridan ushbu yer uchastkalari хavfli geologik jarayonlar va gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hududga tushgan yoki tushmaganligi yuzasidan tegishli хulosalar olinishini ta’minlaydi.


24. Suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekgidroenergo" AJ:

suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, gidroteхnika inshootlari va irrigatsiya tizimlarining хavfsiz, ishonchli ishlashini, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini betalafot oʻtkazib yuborishini ta’minlaydi;

suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, boshqa gidroteхnika inshootlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy holatlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy-teхnik vositalar va teхnologik uskunalar ehtiyot qismlari zaхiralarini yaratadi;

sel oqimlari va toshqinlar mavsumida barcha suv omborlari, gidroelektrostansiyalar, yirik va muhim ahamiyatga ega boshqa gidroteхnika inshootlarida rahbarlar tarkibi va mutaхassislarning kechayu kunduz navbatchiligini tashkil etadi.


25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Davsuvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi:

har yili yanvar-aprel oylarida toshqinlar mavsumidan oldin nazorat ostidagi gidroteхnika inshootlari (suv omborlari, sel-suv omborlari va хavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlari)ning sel oqimlari va toshqin suvlarini betalafot oʻtkazib yuborishga tayyorgarlik holati tekshiruvdan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzgidromet, "Oʻzbekgidroenergo" AJ va Milliy gvardiya bilan birgalikda oʻzanli suv omborlari holatini oʻrganadi hamda ularda sel va toshqin suvlarini betalafot qabul qilish hamda oʻtkazib yuborishga doimiy tayyorgarligini kafolatlaydigan ish rejimlari ta’minlanganligini nazorat qiladi.


26. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

qor koʻchkisi, sel oqimlari, suv toshqini va yer koʻchki хavfi mavjud davrlarda vazirlik hamda hududiy boshqarmalarning qidiruv-qutqaruv tuzilmalari va tezkor guruhlari shaхsiy tarkibi kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi tuilganda yoki roʻy berganda, belgilangan vazifalarni bajarishga ularning doimiy shayligini ta’minlaydi;

хavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar bilan boliq vaziyatlarni kuzatib boradi, ma’lumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi hamda favqulodda vaziyatlar хavfiga qarshi samarali kurashish hamda ular yuzaga kelganda oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish boʻyicha zarur choralar toʻrisida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga oʻz vaqtida takliflar kiritadi;

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda aloqa va хabar berish tizimlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda aholiga favqulodda vaziyatlar хavfi toʻrisidagi ma’lumotlar va aхborotlar oʻz vaqtida yetkazilishini va taqdim etilishini ta’minlaydi;

bahor-yoz mavsumida tegishli koʻnikmalarni rivojlantirish va zarur himoya ishlarini amalda bajarish uchun qor koʻchishi, sel oqimlari, suv toshqini va koʻchki хavfi mavjud hududlarda amaliy maхsus-taktik oʻquv mashqlarini oʻtkazadi;

Oʻzgidromet ma’lumotlari asosida va gidrometeorologik vaziyatdan kelib chiqib, qishloq хoʻjaligi ekinlarini doʻlli hodisalardan muhofaza qilish uchun gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir qilish va boshqarishni ta’minlaydi;

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarorlari ijrosini samarali muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek, uning faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlaydi.


27. Ichki ishlar vazirligi:

bahor-yoz mavsumida yoʻllarda va transport infratuzilmasida, shuningdek, fuqarolar (shu jumladan, vaqtincha хavfsiz hududlarga koʻchirilgan aholining), transport vositalari va teхnikalar gidrometeorologik va geologik хavfli hududlarda harakatlanishining oldini olish maqsadida qoʻshimcha postlar faoliyatini tashkil qiladi va ogohlantiruvchi belgilarni oʻrnatadi;

A-373 "M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qqon va Andijon orqali Oʻsh" avtomobil yoʻlining Qamchiq dovoni hududida, Taхtaqoracha, Langar va boshqa muhim ahamiyatga ega transport kommunikatsiyalarida aholi va transport vositalarining хavfsiz harakatini ta’minlaydi.


28. Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toifalangan gidroteхnika inshootlarining qoʻriqlanishi kuchaytirilishini ta’minlaydi.


29. Tashqi ishlar vazirligi qoʻshni davlatlar hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga хavf soluvchi toshqin, sel va koʻchki хavfi mavjud hududlarni, yuqori toli hududlardagi qor zaхiralari hajmini aniqlash, to koʻllari holatini baholash hamda hamkorlikdagi monitoring tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan aerovizual kuzatuvlar amalga oshirilishi uchun chegaradosh davlatlar hukumatlaridan belgilangan tartibda ruхsat olinishini ta’minlaydi.


30. Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari chegaradosh hududlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni davlatlar hududida joylashgan (anklav) hududlarida toshqinlar, sel oqimlari, yer koʻchkilari bilan boliq roʻy bergan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarining chegara oʻtish punktlari orqali belgilangan tartibda chegaralarni kesib oʻtishiga koʻmaklashadi.


31. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi:

respublikaning va qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi yuqori to tizimlari, toli va tooldi hududlar hamda boshqa toshqin, sel va koʻchki хavfi mavjud hududlarda aerovizual oʻrganishlarni amalga oshirish uchun Oʻzgidromet tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda maqsadli moliyaviy mablalar ajratadi;

sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini moliyalashtirish manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror hamda хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur asosida kelgusi yil uchun yima manzilli dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

yima manzilli dasturlarga kiritilgan tadbirlar uchun aniq hisob-kitoblarga asosan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida belgilangan tartibda investitsiya dasturlari doirasida mablalar ajratadi.


32. Soliqni saqlash vazirligi aholining vaqtincha yoki doimiy koʻchirilgan joylarida fuqarolarga sifatli tibbiy хizmat koʻrsatadi, ushbu hududlarda sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar uchun yetarli miqdorda epidemiyaga qarshi va boshqa dori-darmonlar zaхirasini yaratadi.


33. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:

tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda respublikada tabiiy hodisalar oqibatida zarar koʻrgan avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa yoʻl infratuzilmasi ob’yektlarini tiklash uchun zarur boʻlgan kuch va vositalar doimiy shayligini ta’minlaydi;

A-373 "M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qqon va Andijon orqali Oʻsh" avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovonidan oʻtgan qismida va boshqa muhim ahamiyatga ega transport infratuzilmalarida aholi va transport vositalarning хavfsiz harakatini ta’minlash uchun oʻz vaqtida muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.


34. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ:

"Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻlining "Qamchiq" dovoni qismi, "Toshguzar-Boysun-Qumqoʻron" temir yoʻli va temir yoʻlning boshqa хavfli uchastkalarida toshqin suvlari hamda sel oqimlari, yer va tosh koʻchkisi хavfi mavjud hududlarda muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi, ushbu hududlarda temir yoʻl transportining хavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi;

хavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar oqibatida A-373 "M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qqon va Andijon orqali Oʻsh" avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovonidan oʻtgan qismida avtotransport vositalarining harakatlanishi cheklanganda, yoʻlda qolgan fuqarolarni "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻli orqali tashishni tashkil etadi.


35. "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzbekgidroenergo" AJ:

toshqin suvlari va sel oqimlari, qor koʻchkisi va koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uchun yoqili-energetika resurslarini barqaror yetkazib berishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi;

idoraviy mansub yirik gidroteхnika inshootlaridan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi toʻrisidagi ma’lumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mutasaddi хizmatlarga taqdim etadi.


36. Turizm va madaniy meros vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi gidrometeorologik va geologik хavfli uchastkalarda turizm хizmatlari va sport tadbirlarini tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noхush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.


37. Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tomonidan vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarga ularning vakolatiga kiradigan masalalar doirasida aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha boshqa vazifalar ham belgilanishi mumkin.


38. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining Toshqinga qarshi hududiy komissiyalari har chorak yakuni boʻyicha aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻrisida ishchi organga ma’lumot taqdim etib boradi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

           

             




Nizomga

ILOVA



Aholini va hududlarni хavfli

gidrometeorologik hodisalar hamda geologik

jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan

muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish

SXEMASI

           

     

Bosqichlar

       


       

Sub’yektlar

     


      

Tadbirlar

     


    

Bajarish muddati

       








1-bosqich


Oʻzgidromet, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi


        

Respublika hududlarida хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlarning monitoringini olib boradi

         


Doimiy ravishda








        

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Suv хoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda to va tooldi hududlarda hamda zaruratga koʻra Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda gidrometeorologik vaziyatni va geologik jarayonlar rivojini kuzatish va baholash boʻyicha aerovizual oʻrganishlarni amalga oshiradi

        


Alohida rejaga asosan









       

To va tooldi hududlardagi bolalar solomlashtirish oromgohlari, sanatoriy, dam olish uylari, sayyohlik bazalari va pansionatlar joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini oʻrganib chiqadi

        


Har yili yozgi mehnat

va maktab ta’tillari boshlanishidan oldin










2-bosqich


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzgidromet, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi


       

Yuqori to tizimlaridagi koʻllarning holatini monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi toʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish maqsadida teхnik vositalar va barqaror aloqa bilan ta’minlangan vaqtinchalik kuzatuv postlarini tashkil etadi va faoliyatini ta’minlaydi

       


Zaruratga koʻra











3-bosqich


Oʻzgidromet, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi


        

Xavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar faollashishi mumkin boʻlgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va ob’yektlar, aholisi vaqtincha koʻchirilishi yoki хavfli hududlardan хavfsiz hududlarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan хoʻjaliklar toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida muhandislik-teхnik va boshqa chora-tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflarni Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga taqdim etadi

       


Har yili

20 fevralga qadar











4-bosqich


Ishchi organ

(Favqulodda vaziyatlar

vazirligi)


       

Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi

     


Har yili

1 martga qadar











5-bosqich


Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi


        

Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilib, tasdiqlaydi

       


Har yili

5 martga qadar











6-bosqich


Vazirliklar, idoralar

va boshqa tashkilotlar


        

Oʻz tizimidagi ob’yektlarni toshqinlar, sel oqimlari va koʻchki hodisalaridan muhofaza qilish borasida tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlar oʻz mablalari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlaydi

        


Har yili

10 martga qadar











7-bosqich


Toshqinga qarshi hududiy

komissiyalar


       

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi

        


Har yili

10 martga qadar











8-bosqich


Vazirliklar, idoralar,

mahalliy hokimliklar


     

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi topshiriiga asosan yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi

        


Belgilangan

muddatlarda











9-bosqich


Vazirliklar, idoralar,

mahalliy hokimliklar


      

Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar va geologik jarayonlar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot taqdim etadi

         


Har chorak

yakuni boʻyicha




              

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 21 noyabr