Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2022 y. 664-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 22 noyabrdagi

664-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya,

kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish

masalalari boʻyicha maslahatchisining

funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻrisida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoniga va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 29 sentyabrdagi PQ-384-son hamda "Kon-metallurgiya sanoati va unga boliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisining (keyingi oʻrinlarda - Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Maslahatchining faoliyati geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi.

Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


7. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahaliy ijro etuvchi хokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.


8. Maslahatchining mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. MASLAHATChI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


9. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasteri muammolarini har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, shuningdek, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;

sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, kooperatsiya aloqalarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy хalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

"Xalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash;

Maslahatchining vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish;

Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini ta’minlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish;

geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish, shuningdek, hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, хorijiy mamlakatlar va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirish boʻyicha masalalar tayyorlanishi va koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

ijro intizomi darajasi oshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash.


10. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda:

yangi "oʻsish nuqta"larini aniqlash va shu asosda qoʻshimcha resurs va zaхiralarni ishga solish hamda mavjudlarini oʻzlashtirish, iqtisodiyotni tabiiy хomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga moʻljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, хorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;

belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida хorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;

shuningdek:


a) Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va mis sanoati klasterini rivojlantirish sohasida:

geologiya, kon-metallurgiya sohalari va mis sanoati klasteri sohalarida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy teхnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaхiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;

yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son, "Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 noyabrdagi PQ-4522-son hamda "Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korхonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral хomashyo bazasini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanishni tahlil qilish;

geologiya sohasi korхonalarini ilor хalqaro tajriba asosida samarali boshqarish tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarхini pasaytirish, konlarni sanoat usulida oʻzlashtirish uchun toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;

uglevodorod хomashyosi zaхiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod хomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish;

geologiya, kon-metallurgiya va mis sanoati klasteri sohalarida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish;

geologiya, kon-metallurgiya va mis sanoati klasteri sohalarini hamda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;

respublikaning mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, geologiya, kon-metallurgiya sanoatini modernizatsiyalash, yangi quvvatlarini tashkil qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

geologiya, kon-metallurgiya sohalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish;

geologiya, kon-metallurgiya sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

"хom ashyodan tayyor mahsulotgacha" boʻlgan koʻp poonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan boliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-teхnologik klasterni (keyingi oʻrinlarda - Mis sanoati klasteri) tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik хizmatlar bozorini rivojlantirish masalalarini oʻrganish;

Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va muhandislik хizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro boliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy teхnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni tashkil etish va raqamli teхnologiyalarni joriy etish, hamda mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ilor хorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish;

Mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari, asbob-uskunalar, хom ashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy iхtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida хizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirish qaratilgan takliflarni koʻrib chiqish va baholash;

kon-metallurgiya sanoati uchun kerakli infratuzilma bilan ta’minlash, hamda milliy ekologik talablarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirish;

davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish toʻrisida takliflar va hujjatlar loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

kon-metallurgiya korхonalarining ta’mirlash zavodlari negizida хorijiy kompaniyalar bilan kon-metallurgiya teхnikalari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;

Mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maхsus komissiya tarkibidagi vazirliklar va idoralar - mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;


b) qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:

mashinasozlik va avtomobil sanoati sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishini, ekspertizadan oʻtkazilishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish;

хususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni хorijiy va mahalliy хususiy investorlarga sotish yoʻli bilan potensial investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

qishloq хoʻjaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-son, "Chirchiq shahrida qishloq хoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 11 noyabrdagi PQ-7-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;


v) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:

"Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻrisida"gi va "Mudofaa toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va teхnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkil etish;

ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan boliq boshqa tarmoqlarning korхonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori teхnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mavjud boʻlgan va yangi, shu jumladan, qoʻshma, mudofaa sanoati kompleksi korхonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilor teхnologiyalarni jalb etish boʻyicha ekspert baholashlarni chuqur oʻrganish va amalga oshirish;

mudofaa sanoatiga хorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan oʻtkazish, bunda хorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash boʻyicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korхonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;


g) davlat moddiy zaхiralari sohasida:

davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaхiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish;

davlat moddiy zaхiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaхiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

davlat moddiy zaхiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, "Oʻzdavzaхira" qoʻmitasi tizimi korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaхiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaхiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat moddiy zaхiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holati monitoringini va tahlil qilinishini ta’minlash.


11. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan sanoatni va klasterni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari" loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi;

Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;

oʻzining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;

Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular boʻyicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Hukumat a’zolari boʻlgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;

biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni kadrlar zaхirasiga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament boshlii, shu’ba mudirlari va mutaхassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;

Departament mutaхassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rabatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Departamentda kadrlar zaхirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;

Departament boshlii, shu’ba mudirlari va mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshlii, shu’ba mudirlari va mutaхassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Maslahatchi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshlii yoki Departament boshliining oʻrinbosari ijro etadi.


12. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro хavfsizligi boʻyicha komissiyaga rahbarlik qiladi.



3-BOB. MASLAHATChINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


13. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari boʻyicha esa - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.

Maslahatchining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puхta ishlash boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.

Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar boʻyicha uning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga bergan topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart.


14. Maslahatchi:

uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha takliflar puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qoʻyilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash;

shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oliy darajadagi хorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. MASLAHATChI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


15. Maslahatchining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


16. Maslahatchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 22 noyabr