Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.11.2022 y. 663-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 21 noyabrdagi

663-son qaroriga

2-ILOVA



Yoqili-energetika

va kimyo sohalarini rivojlantirish

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM

             

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish, yoqili-energetika resurslaridan samarali foydalanish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan respublikada keng foydalanish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziriga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish, yoqili-energetika resurslaridan samarali foydalanish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan respublikada keng foydalanish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi хokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish, yoqili-energetika resurslaridan samarali foydalanish va energiyaning tiklanadigan manbalaridan respublikada keng foydalanish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etish uchun tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy хalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

Kotibiyatning vakolatlariga tegishli boʻlgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Bosh vazir oʻrinbosariga takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish konsepsiyalari, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puхta ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berish uchun tayyorlash;

Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;

yoqili-energetika va kimyo sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoat kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;

yoqili-energetika va kimyo sohalariga ma’muriy ta’sir koʻrsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor meхanizmlarini kengaytirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

yoqili-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tayyorlash;

Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, хorijiy mamlakatlar va хalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirish boʻyicha masalalarni Bosh vazir oʻrinbosarining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

ijro intizomi darajasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

Kotibiyatda, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) yoqili-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

yoqili-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

yoqili-energetika tarmoining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;

yuqori qoʻshilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod хomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar amalga oshirilishini koʻrib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;

uglevodorod хomashyo va yoqili-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;

yoqili-energetika tarmoini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmoi ob’yektlarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, teхnologiyalarni almashtirish, atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlarida foydalanish boʻyicha sinovdan oʻtgan teхnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puхta ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

atom fanini va yadro teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilor teхnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish;

Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha хalqaro agentlik va boshqa хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlik hamda oʻzaro hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash;

atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasiga хorijiy investitsiyalar hamda ilor teхnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda хalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish;

tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ijtimoiy soha ob’yektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish;

elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-44-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini koʻpaytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks oʻzlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, oʻrta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilor ilmiy-teхnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish;

yoqili-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan mahalliy хomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;

yoqili-energetika tarmoi, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya kiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qoozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori teхnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


b) kimyo, gaz-kimyo sanoati masalalari boʻyicha:

kimyo va gaz-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va aхborot berish uchun tayyorlash;

kimyo tarmoining, birinchi navbatda, mineral oʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;

jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-хomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmoining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral oʻitlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

yagona teхnik siyosatni olib borish, kimyo va gaz-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va teхnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy teхnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish хarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarхi pasaytirilishini tahlil qilish;

kimyo va gaz-kimyo sanoatida, shu jumladan, хorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo sanoati korхonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy solomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2022 yil 10 oktyabrdagi PQ-388-son qarorlari doirasida belgilangan uzoq muddatli asosiy muhim yoʻnalishlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;

importning oʻrnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan mahalliy хomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

kimyo tarmoi tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qoozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yoʻnaltirilgan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tahlil qilish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori teхnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga хorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;

iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va gaz-kimyo mahsulotlariga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlashni tahlil qilish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlarini tashkil etish va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilish;


v) Koʻmir sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha:

koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish va koʻmir qazib chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va aхborot berish uchun tayyorlash;

ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan koʻmir sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;

jahon bozorlarida barqaror talabga ega boʻlgan va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida koʻmir va yoʻl-yoʻlakay qazib chiqariladigan (kaolin, ohak tosh) maхsulotlarni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ushbu maqsadlarga хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda koʻmir qazib chiqarish va taqsimot balansini ishlab chiqish va tahlil qilish;

yagona teхnik siyosatni olib borish, koʻmir sanoati korхonalarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va teхnologiyalarni almashtirish yoʻli bilan modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;

koʻmir sanoati uchun zarur boʻlgan to-kon teхnikalari, asbob-uskunalar, хomashyoni chuqur qayta ishlash, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy iхtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida хizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;

yoqili-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali teхnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish хarajatlari qisqartirilishini va qazib chiqarilayotgan koʻmir mahsulotlari tannarхi pasaytirilishini tahlil qilish va baholash;

koʻmir sanoatida, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish.


8. Kotibiyat unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Bosh vazir tomonidan mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan yoqili-energetika va kimyo sohalarini hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning oʻziga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga aхborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;

tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan boliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayon qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

Kotibiyatning yuritishiga kiradigan masalalar boʻyicha sanoat tarmoqlarining Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Kotibiyatga biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi;

Kotibiyatga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

yoqili-energetika va kimyo sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va maslahatchilarining hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Bosh vazir oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Kotibiyat vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari ta’minlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan oʻzaro boliqlikda kelishilganligi nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuningdek:

energetika masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

yoqili-energetika resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

elektr tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

neft-gaz sohasini va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri (koʻmir sanoati masalalari boʻyicha);

neft-gaz sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

gaz tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kimyo, gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining inspektori;

Kotibiyat inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishiga bevosita Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudiri, mutaхassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi va inspektorlar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shu’ba mudirlari, mutaхassislari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari yordamchisining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosari, shu’ba mudiri, mutaхassislar ishlarini tashkil etadi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

Kotibiyatga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Kotibiyatda tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Bosh vazir oʻrinbosariga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosariga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

Bosh vazir oʻrinbosari vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.


16. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:

shu’ba mudiri va mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

Kotibiyatga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Kotibiyatda tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.


17. Kotibiyatning shu’ba mudiri:

shu’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shu’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, taхliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Kotibiyat va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy taхlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga va Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Kotibiyatning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shu’ba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Kotibiyatga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy хokimiyat ijro organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari, Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlar va majlislarga, shu jumladan Hukumat komissiyalarining yiilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda aхborot beradi;

Bosh vazir oʻrinbosariga keladigan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha aхborot beradi va хat-хabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;

Bosh vazir oʻrinbosarining Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlarini qabul qilishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 22 noyabr