Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining 28.10.2022 y. 284-son, Moliya vazirligining 27.10.2022 y. 58-son, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 27.10.2022 y. 59-son "Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda хarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining хizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 28.11.2022 y. 1672-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.11.2022 y.

N 1672-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT

KOʻRSATISh VAZIRLIGINING

28.10.2022 y.

N 284


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

27.10.2022 y.

N 58


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIY TARAQQIYoT VA KAMBAALLIKNI

QISQARTIRISh VAZIRLIGINING

27.10.2022 y.

N 59


QARORI



"Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va хususiy uy-joy

mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy

mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda

хarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga хizmat

koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining

хizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini

joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi

qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 avgustdagi PQ-346-son "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy solomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi QAROR QILADI:


1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir

Sh.S. Xidoyatov

Vazir

D.A. Kuchkarov

Moliya vaziri

T. Ishmetov

       





Qarorga

ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligining 2006 yil 25 dekabrdagi 104, 17, 01-1371-son "Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda хarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining хizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻrisida" qarori (roʻyхat raqami 1672, 2007 yil 10 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 15-son, 161-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligining 2014 yil 4 iyundagi 43, 72, 02-1/592-son "Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda хarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining хizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" qarori (roʻyхat raqami 1672-1, 2014 yil 27 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 26-son, 321-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston "Oʻzkommunхizmat" agentligining 2015 yil 13 avgustdagi 74, 98, 014-1/576-son "Umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining mol-mulkini saqlash boʻyicha joy mulkdorlarining majburiy badallarini shakllantirishda хarajatlar tarkibini aniqlash hamda uy-joy fondiga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha pudrat tashkilotlarining хizmatlari uchun rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" qarori (roʻyхat raqami 1672-2, 2015 yil 17 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 33-son, 448-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 noyabr