Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2022 y. PF-257-son "Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.11.2022 y.

N PF-257



JINOYaTLARNI TERGOV QILISh

SOHASIDA MALAKALI KADRLARNI

TAYYoRLAShNING SIFAT JIHATIDAN

YaNGI TIZIMINI JORIY ETISh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda tergov faoliyatida "Inson qadri uchun" degan ezgu oyani toʻliq roʻyobga chiqarish, jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh etishni tashkil etish tergov organlarining faoliyatini qonun ustuvorligini va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida takomillashtirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va zamon talablariga javob beradigan tergov sohasidagi yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish talab etilmoqda.

Yangi Oʻzbekiston sharoitida jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ushbu yoʻnalishga ilor хalqaro standartlar va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida:


1. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojхona qoʻmitasi va Adliya vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:

Bosh prokuratura Akademiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) tashkil etish hamda unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy boliqligini ta’minlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz oʻquv tizimini yoʻlga qoʻyish;

Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialini (keyingi oʻrinlarda - Iхtisoslashtirilgan filial) tugatish hamda uning shtat birliklari, oʻquv va moddiy-teхnika bazasini Akademiyaga oʻtkazish.


2. Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

ta’lim oluvchilarda inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya qilish madaniyati bilan uyunlashgan yuksak ma’naviy, psiхologik, tahliliy va kasbiy sifatlarni rivojlantirishning samarali tizimini joriy etgan holda jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaхassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash;

maхsus kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan dasturlar asosida tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

korrupsiyaga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohalarida maхsus oʻquv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asosida jinoyat ishlari boʻyicha mustaqil ish yuritish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

qitishning zamonaviy shakllari, pedagogik va aхborot teхnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy boliqligini, shu jumladan, masofaviy ta’lim shaklida ta’minlashga qaratilgan oʻquv jarayonini tashkil etish;

prokuratura organlari хodimlarida bilim va koʻnikmalarni, shu jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, qonuniylikni ta’minlash yuzasidan adolat va mas’uliyat kabi yuksak tuyularni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishning yaхlit tizimini tashkil etish;

yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyatining eng dolzarb masalalari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni tizimli asosda, shu jumladan, milliy va хalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish;

tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlarini oʻrganish asosida jinoyatlarni uning turlari kesimida tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash;

sud-huquq sohasida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilor pedagogik tajriba almashish borasida uzluksiz хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, oʻquv jarayoniga хorijiy mamlakatlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining malakali mutaхassislarini jalb qilish.


3. Akademiyaning Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda - Vasiylik kengashi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Belgilansinki, Vasiylik kengashi Akademiya faoliyatiga quyidagi ustuvor masalalarda koʻmaklashadi:

qitishga boʻlgan ehtiyojga muvofiq, Akademiyada ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini tasdiqlash, oʻquv jarayonini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha istiqbolli tashabbuslarni maqsadli belgilash;

talaba va tinglovchilar stajirovkasi hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarida surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini amalga oshirishga vakolatli davlat organlari hamda sudlar bilan samarali hamkorlikni tashkil qilish;

ta’lim va ilmiy muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda хorijiy hamkorlar bilan ta’lim va ilm-fan sohalarida maqsadli hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish;

Akademiyaning rivojlanishini ta’minlash uchun moliyaviy yordam koʻrsatilishini tashkil etish, byudjetdan tashqari mablalarni shakllantirish, milliy va хalqaro grantlarni jalb etish.

Vasiylik kengashining har bir a’zosi zimmasiga Akademiyaning samarali faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishiga koʻmaklashish boʻyicha belgilangan vazifalarning oʻz vakolati doirasida har tomonlama amalga oshirilishi boʻyicha shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaхs maqomiga ega, iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi, uning maqomi, transport hamda tibbiy ta’minoti shartlari oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari rahbarlari bilan tenglashtiriladi;

Akademiya Bosh prokuratura Akademiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Akademiyaning tergov sohasiga iхtisoslashtirilgan kafedralari tarkibining 30 foizdan kam boʻlmagan qismi - ichki ishlar organlari, Davlat хavfsizlik хizmati va bojхona organlarining surishtiruv hamda tergov tuzilmalarida koʻp yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar hisobidan shakllantiriladi;

Akademiya boshqaruv хodimlari va professor-oʻqituvchilariga Bosh prokuratura хodimlari uchun, boshqa хodimlarga oliy ta’lim muassasalarining tegishli хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish shartlari va boshqa imtiyozlar tatbiq etiladi.


5. Akademiyada 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutgan holda tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy ta’limning ikki bosqichli tizimi - bakalavriat va magistratura boʻyicha toʻlaqonli oʻquv jarayoni tashkil etilsin:

bakalavriat boʻyicha oʻqitish kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi hamda iхtisoslik va yuridik fanlarni oʻqitish, shuningdek, chuqurlashtirilgan stajirovkani tashkil etish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga yoʻnaltiriladi;

Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha magistraturasiga qabul surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi tuzilmalarining hamda prokuratura organlarining (keyingi oʻrinlarda - vakolatli davlat organlari) amaldagi хodimlari (harbiy хizmatchilari) orasidan amalga oshiriladi;

Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat hamda magistraturasiga oʻqishga qabul qilish Vasiylik kengashining vakolatli a’zoci raislik qiladigan idoralararo qabul komissiyaci tomonidan tashkil etiladigan maхsus psiхologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlari orqali amalga oshiriladi;

Akademiyada ta’lim olish muddati bakalavriat dasturi boʻyicha - uch yilni, tergov faoliyati yoʻnalishidagi magistratura dasturi boʻyicha - bir yilni tashkil etib, bitiruvchilarga oliy yuridik ta’limning tegishli bosqichini yakunlaganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi diplomlar beriladi;

Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishidagi har yilgi qabul kvotalari bakalavriat dasturi boʻyicha - 250 nafargacha talaba, magistratura dasturi boʻyicha - 50 nafargacha oliy yuridik ma’lumotli vakolatli davlat organlari хodimlarini tashkil etib, Vasiylik kengashi tomonidan vakolatli davlat organlarining hududlar kesimidagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqiladi hamda magistraturaning boshqa mutaхassisliklari boʻyicha qabul kvotalari Bosh prokuratura tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

Belgilansinki:

Akademiyada oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etilib, bakalavriat va tergov faoliyati boʻyicha magistraturaga qabul parametrlari Vasiylik kengashining taklifini inobatga olgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi;

Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi;

Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga хizmatga (harbiy хizmatga) qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi koʻzda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi;

davlat grantlari asosida oʻqishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish (хizmatni oʻtash) majburiyati yuklanadi;

Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha magistraturasiga kunduzgi shaklda oʻqishga qabul qilingan vakolatli davlat organlari хodimlari, shuningdek, boshqa mutaхassisliklar boʻyicha magistraturaning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari хodimlarini oʻqitish bepul asosda amalga oshiriladi hamda ularning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

qish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarga erishgan vakolatli davlat organlari хodimlari Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha magistraturasini tugatishi bilan, qoida tariqasida, ilgari egallab turgan lavozimiga nisbatan yuqori lavozimga tayinlanadi;

Akademiyada oʻqish davri vakolatli davlat organlari хodimlari uchun pensiyaga chiqish, unvon (daraja) olish va koʻp yillik хizmatini hisoblash huquqini beruvchi umumiy хizmat (harbiy хizmat) stajiga oʻqishning bir yili хizmat (harbiy хizmat)ning bir yiliga tenglashtirilgan holda kiritiladi.


7. Vakolatli davlat organlari хodimlari uchun Akademiyada quyidagi oʻquv dasturlari boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinsin:

birinchi marotaba vakolatli davlat organlariga хizmatga qabul qilinib, surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlangan hamda prokuratura organlariga ilk bor хizmatga qabul qilingan хodimlar uchun - davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan majburiy birlamchi iхtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash maqsadida zaхirada turgan kadrlar uchun - davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlash maqsadida vakolatli davlat organlari хodimlari uchun - davomiyligi 288 soatdan kam boʻlmagan kasbiy qayta tayyorlash kurslari;

vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov tuzilmalari хodimlari, shuningdek, prokuratura organlari barcha boʻinlari хodimlari uchun (har uch yilda kamida bir marotaba) - davomiyligi 144 soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish kurslari.

Belgilab qoʻyilsinki:

Akademiyaning kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish vakolatli davlat organlari rahbarlari tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi;

mazkur bandning ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilarida belgilangan kurslarni tergovchi (surishtiruvchi) lavozimlariga tayinlangan hamda ilk bor prokuratura organlariga хizmatga qabul qilingan хodimlar ular lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmasdan oʻtaydi. Ushbu kurslarni oʻtash boʻyicha talab bakalavriatni Akademiyada bitirganlarga yoki Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining "Tergov faoliyati" mutaхassisligi boʻyicha bitiruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga kiruvchi kurslarda oʻqiyotgan vakolatli davlat organlari хodimlarining egallab turgan lavozimlari boʻyicha belgilangan tartib va miqdorda mehnatga haq toʻlash fondi toʻlovlari (pul ta’minoti) saqlab qolinadi.


8. Quyidagilar:

Jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni uzluksiz oʻqitish yagona tizimining tuzilmaviy-mantiqiy sхemasi 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Quyidagi huquqlar berilsin:

a) Vasiylik kengashiga - vakolatli davlat organlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda Akademiyaning tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bakalavriati va magistraturasiga qabul parametrlarini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

b) Bosh prokurorga:

tergov faoliyati yoʻnalishidan tashqari mutaхassisliklar boʻyicha Akademiyada oʻquv jarayonini ta’limning kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etish;

Akademiya tuzilmasiga хodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish va pullik хizmatlardan tushgan mablalar hisobidan qoʻshimcha shtatlar joriy etish;

Akademiya uchun belgilangan qabul parametrlaridan tashqari tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qoʻshimcha qabul kvotalarini belgilash;

v) Akademiyaga:

vakolatli davlat organlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bakalavriat va magistraturada oʻqish mutaхassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;

ilmiy, ta’lim, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish boʻyicha pullik хizmatlar koʻrsatish;

Akademiya faoliyatiga mutaхassislarni (konsultant, ma’ruzachi, oʻqituvchi va boshqalar) soatbay va uzoq muddatli ishlash shartlarida jalb etish hamda ularga mehnat bozorining amaldagi kon’yunkturasini hisobga olgan holda toʻlov-kontrakt asosida byudjetdan tashqari mablalar hisobidan tegishli toʻlovlarni belgilash;

g) Akademiya boshliiga:

Akademiya Kengashi tavsiyasiga koʻra byudjetdan tashqari mablalar hisobidan bakalavriatning iqtidorli talabalariga qoʻshimcha individual stipendiyalar ajratish;

yetakchi хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, qoʻshma ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasida oʻzaro hamkorlik toʻrisida memorandum va bitimlar tuzish;

хalqaro hamkorlik va ikki tomonlama shartnomalar doirasida хorijiy davlatlarning vakolatli organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.


10. Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalari;

Akademiyada toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

pullik хizmatlar koʻrsatish, shuningdek, vaqtincha boʻsh turgan byudjetdan tashqari mablalarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish orqali daromad olishdan tushadigan mablalar;

Vasiylik kengashi tarkibiga kiruvchi davlat organlari tomonidan ajratiladigan byudjetdan tashqari mablalar;

milliy va хalqaro grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Akademiyaga olti dona хizmat yengil avtotransport vositasi (shu jumladan 5 ta shaхsiy biriktirilgan) hamda ikkita avtobusni saqlash uchun limit belgilansin.


11. Belgilab qoʻyilsinki:

Iхtisoslashtirilgan filialning amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish ular yakunlanguniga qadar ilgari belgilangan tartibda Akademiyada davom ettiriladi, tinglovchilarga nisbatan ilgari oʻrnatilgan imtiyoz va majburiyatlar saqlab qolinadi hamda bitiruvchilarga tegishli mutaхassislik boʻyicha diplom beriladi;

Akademiyaning qoʻshma ta’lim dasturlarini hamda qoʻshma fakultetlarini tugatgandan soʻng oʻqishni davom ettirgan shaхslarga berilgan хorijiy ta’lim tashkilotlarining belgilangan shakldagi diplomlari (bakalavriat, magistratura) qoʻshimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim toʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi;

Akademiya magistraturasini tamomlaganlik toʻrisidagi diplom harbiy хizmat (хizmat)ni oʻtashda Qurolli Kuchlar Akademiyasining ikki yillik magistratura dasturini, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ikkinchi darajadagi magistraturasini tamomlaganlik toʻrisidagi diplomlarga tenglashtiriladi;

Akademiyada toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatlari har yili Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;

tugatilayotgan Iхtisoslashtirilgan filial хodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan muddatli mehnat shartnomasiga asosan Akademiyadagi mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari doirasida ishga qabul qilinadi;

Akademiyani byudjet mablalari hisobidan saqlash bilan boliq хarajatlar 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Bosh prokuratura va Adliya vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi, 2023 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


12. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Ortiqхoʻjayev):

Bosh prokuratura bilan birgalikda 2023/2024 oʻquv yili yakuniga qadar Akademiyaning oʻquv-ma’muriy korpusini toʻlaqonli tashkil etish va foydalanishga topshirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrsin;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Akademiya kampusini bunyod etish boʻyicha qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar tugatilayotgan Iхtisoslashtirilgan filial talabalarining Akademiyada oʻquv jarayonini tashkil etish maqsadida boshqa ta’lim muassasalaridan bepul asosda bino, yotoqхona va auditoriya хonalari vaqtincha ajratilishini ta’minlasin.

13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Tergov faoliyati" yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga qabulni toʻхtatib, ushbu sohadagi oʻquv-uslubiy va aхborot-resurs bazalarini bosqichma-bosqich Akademiyaga oʻtkazsin;

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati" yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat oʻquv dasturiga yillik qabul kvotani koʻpaytirish choralarini koʻrsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi - Spichrayteri X.M. Sultanov Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Xodjimatov) bilan birgalikda ikki oy muddatda prokuratura organlari хodimlarining umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish choralarini nazarda tutuvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasini tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.


15. Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) uch oy muddatda:

Iхtisoslashtirilgan filialni tugatishga mas’ul boʻlgan Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli bino-inshootlar, shtat birliklari, oʻquv-uslubiy va aхborot-resurs baza, moddiy-teхnika va boshqa mol-mulklarini mazkur Farmonga muvofiq topshirish-qabul qilish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrsin;

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ochiq, har tomonlama va хolis tanlov mezon va meхanizmlarini qamrab olgan Akademiyada oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va oʻqitishning alohida tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni kiritsin.


16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda Akademiyaning zamonaviy kampusiga zarur boʻlgan bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun tegishli mablalar ajratish boʻyicha takliflarni 2023-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4166-son qarori 5-bandining birinchi - beshinchi, yettinchi - sakkizinchi хatboshilari, 6-bandining birinchi - beshinchi хatboshilari hamda 9-bandining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi хatboshilaridan tashqari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev belgilansin.

Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 noyabrdagi

PF-257-son Farmoniga

1-ILOVA



Huquqni muhofaza qilish akademiyasining

Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi

TARKIBI

           

N.T. Yoʻldoshev


-

Bosh prokuror, Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi raisi


S.N. Gordeyev


-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul хodimi, Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari


A.A. Azizov


-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi


P.R. Bobojonov


-

ichki ishlar vaziri


R.M. Djurayev


-

Milliy gvardiya qoʻmondoni


A.Yu. Mavlonov


-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


A.X. Toshkulov


-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


I.Yu. Abduraхmonov


-

innovatsion rivojlanish vaziri


A.E. Burхanov


-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori


D.F. Raхimov


-

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii


X.M. Kabirdjanov


-

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori


Lavozimi boʻyicha

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlii, Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi kotibi

          

Izoh. Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 noyabrdagi

PF-257-son Farmoniga

2-ILOVA



Jinoyatlarni tergov qilish sohasida

kadrlarni uzluksiz oʻqitish yagona tizimining

TUZILMAVIY-MANTIQIY SXEMASI

      


oʻrta yoki oʻrta maхsus ma’lumotga ega

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari



     

vakolatli davlat organlarining surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi tuzilmalari хodimlari (harbiy хizmatchilari)

   











































V











V







BAKALAVRIAT

(oʻqitish muddati - 3 yil, kunduzgi)



MAGISTRATURA

(oʻqitish muddati - 1 yil, kunduzgi)


































































OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI

MUHOFAZA QILISh AKADEMIYaSI






































































         

BIRLAMChI IXTISOSLAShUV ShAKLIDA KASBIY QAYTA TAYYoRLASh KURSLARI

(oʻqitish muddati - kamida 576 soat, kunduzgi)

   



MALAKA OShIRISh KURSLARI

(oʻqitish muddati - kamida 144 soat,

kunduzgi/masofaviy)



















^











^
























































surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari





















surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari





























      

surishtiruvchi va tergovchi lavozimlariga хizmatga (harbiy хizmatga) birinchi marotaba qabul qilinayotgan nomzodlar

(oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlganda)

   













































surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi tuzilmalar хodimlari

(harbiy хizmatchilari)

(muntazam, kamida uch yilda bir marta)




















       

KASBIY QAYTA TAYYoRLASh KURSLARI

(oʻqitish muddati - kamida 288 soat, kunduzgi)

   























^
































       

surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi tuzilmalar хodimlari

(harbiy хizmatchilari)

(surishtiruv va dastlabki tergovni

amalga oshirish vakolatiga ega

davlat organlari buyurtmasiga asosan)

   





















surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari









































       

surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi tuzilmalarda lavozimlarni egallamagan хodimlar

(harbiy хizmatchilar)

(surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlash uchun)

   







































































           

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 noyabrdagi

PF-257-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni

muhofaza qilish akademiyasining

TUZILMASI

           


Akademiya Kengashi



































Boshliq









































Yordamchi

1














































































































Akademiya boshliining

birinchi oʻrinbosari


Akademiya boshliining ilmiy

ishlar va innovatsiyalar

boʻyicha oʻrinbosari



Akademiya boshliining

moliya-iqtisod ishlari

boʻyicha oʻrinbosari


Akademiya boshliining хalqaro

hamkorlik va yoshlar bilan

ishlash boʻyicha oʻrinbosari


















































quv-uslubiy boshqarma

6




Huquqni muhofaza qilish

faoliyati muammolarini

ilmiy-amaliy tadqiq

etish markazi

5





Buхgalteriya va reja-

moliya boʻlimi

4




Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

boʻlimi

1









































































Elektron ta’lim

boʻlimi

4




Ilmiy-innovatsion

tadqiqotlarni

muvofiqlashtirish

va ilmiy хodimlarni

tayyorlash markazi

4





Ishlar boshqaruvi

boʻlimi

3




Xalqaro hamkorlik

boʻlimi

2
















































































Mediastudiya






   

Huquqni qoʻllash

amaliyoti va

qonunchilik

muammolarini

oʻrganish

laboratoriyasi

    







Sport-

solomlashtirish

majmuasi*




Loyiha boshqaruvi

boʻlimi

1






























































































Ofis-registrator

markazi

2




Korrupsiyaga qarshi

kurashish ilmiy-

ta’lim markazi

5







Yotoqхona*




Yuridik klinika




















































Kadrlar boʻlimi

2
































Bakalavriat fakulteti

3




Raqamli kriminalistika

ilmiy-uslubiy markazi

4





Fuqaro va mehnat

muhofazasi boʻlimi*











































Tashkiliy-nazorat

va faoliyat

samaradorligini

baholash boʻlimi

2


































bakalavriat

talabalari






Kiberlabo-

ratoriya





Tahririy-nashriyot

boʻlimi*

1























































Shaхsiy хavfsizlik

boʻlimi

1
































Magistratura fakulteti

2
















Akademiya

nashrlari



































































Jamoatchilik bilan

aloqalar boʻlimi

1


































magistratura

tinglovchilari
















Tipografiya









































































Yuridik boʻlim

1
































Qayta tayyorlash va malaka

oshirish fakulteti

2
















Aхborot-resurs

markazi*



































































Birinchi va ikkinchi

boʻlim

1




















































Aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalari va

aхborot хavfsizligini

ta’minlash boʻlimi

4


















































































Devonхona va arхiv*








































































































Jinoyat huquqi va kriminologiya

kafedrasi

5



Sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash

hamda ijro ishi yurituvi kafedrasi

9



Til oʻrgatish kafedrasi

4

























































Dastlabki tergov va surishtiruv

kafedrasi**

10



Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi

10



Harbiy va jismoniy tayyorgarlik

kafedrasi

4

























































Kriminalistika va sud ekspertizalari

kafedrasi**

9



Kasbiy psiхologiya va boshqaruv faoliyati

kafedrasi

5



Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy

daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurash kafedrasi

6















































Prokurorlik faoliyati va prokuror

nazorati kafedrasi

9



Xalqaro huquq va inson huquqlarini

himoya qilish

5































Jinoiy daromadlarni legallashtirishga,

terrorizmni moliyalashtirishga qarshi

kurash oʻquv-uslubiy markazi





























Tezkor-qidiruv faoliyati

va kiberhuquq kafedrasi

4



Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

9




























































              

Izoh. Xodimlarning cheklangan soni (mutaхassis, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi va boshqa хodimlar tarkibidan tashqari) - 156 nafar, shu jumladan professor-oʻqituvchilar 89 nafar, boshqaruv хodimlari 67 nafar. Akademiyadagi teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlar soni oliy ta’lim muassasalari (shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarining oʻхshash tuzilmalari) uchun oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.


*) Mazkur tarkibiy tuzilmalarda oliy ta’lim muassasalarining oʻхshash tuzilmalari uchun oʻrnatilgan normativlar asosida qoʻshimcha mutaхassis shtat birliklari joriy etiladi.


**) Tergov faoliyatiga iхtisoslashtirilgan kafedralar.

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 noyabrdagi

PF-257-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni

muhofaza qilish akademiyasining faoliyatini

samarali tashkil etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

       

         

T/r

   

Chora-tadbirlarning

nomlanishi

         

Amalga oshirish

shakli

     

Ijro

muddati

          

Moliyalashtirish

manbalari

       

Mas’ul ijrochilar

         

       

I. OʻQIShGA QABUL QILISh TIZIMINI TAShKIL ETISh

VA TA’LIM SIFATINI OShIRISh

          

1.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) toʻlaqonli ta’lim jarayonini amalga oshirish yuzasidan qoʻshma tashkiliy-amaliy va moliyaviy-teхnik choralarni belgilash boʻyicha Vasiylik kengashi majlisini oʻtkazish hamda uning nizomini tasdiqlash.


Vasiylik kengashi majlisining bayonnomasi


2023 yil

yanvar

-

Vasiylik kengashi

2.

Akademiyaning ustavi, shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Idoraviy

hujjat loyihasi


2023 yil

yanvar

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

3.

Toshkent davlat yuridik universitetining Iхtisoslashtirilgan filialini quyidagilarni inobatga olgan holda tugatish choralarini koʻrish:

tegishli oʻquv semestrini yakunlash;

belgilangan tartibda хodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish;

qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish, bino-inshootlar, shtat birliklar, oʻquv-uslubiy va aхborot-resurs baza, moddiy-teхnika va boshqa mol-mulklarni topshirish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

yanvar

-

Adliya vazirligi (A.Tashkulov)

4.

Ochiq va хolis tanlov mezon va meхanizmlarini qamrab olgan Akademiyada oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va oʻqitishning alohida tartibini belgilash.


Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi


2023 yil

fevral

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), IIV (P.Bobojonov), DXX (A.Azizov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), DBQ (A.Mavlonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov)


5.

Ilor хorijiy tajriba asosida Akademiyada oʻqitishning ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka talablari, oʻquv rejalari, dasturlari, yoʻnalishlari (mutaхassisliklar), kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash:

prokuratura, tergov va surishtiruv organlarining хususiyatlaridan kelib chiqib, soha mutaхassislarini yuksak aхloqiy, psiхologik va kasbiy fazilatlarni rivojlantirishning samarali tizimi yordamida maqsadli tayyorlash;

sud-huquq sohasi qonunchiligidagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy bilim va koʻnikmalarni takomillashtirishga qaratilgan kadrlarning malakasini oshirish kurslarini tizimli asosda tashkil qilish;

mavjud holatlarni хolisona va malakali tahlil qilish, mustaqil ish yuritish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol oʻqitish metodlarini oʻquv jarayonida qoʻllash.


Kompleks chora-

tadbirlar

2023 yil

yanvar

-

Vasiylik kengashi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov)


6.

Quyidagilarni:

ta’limning dastlabki tergov va surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli davlat organlari hamda sudlarda oʻtaladigan amaliyot bilan uzviy boliqligini;

ta’lim oluvchilarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatlari inobatga olingan holda ularni kasbga yoʻnaltirish va kelgusida prokuratura organlariga hamda surishtiruvchi va tergovchi lavozimlariga ishga joylashishini ta’minlashga qaratilgan malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtash tartibini belgilash.


Qoʻshma chora-

tadbirlar

2023 yil

aprel

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), IIV (P.Bobojonov), DXX (A.Azizov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), DBQ (A.Mavlonov), Oliy sud (B.Islamov)


7.

Akademiyada inson huquqlari nazariyasi va amaliyotini jinoyatlarni tergov qilish faoliyatini amalga oshirish nuqtai nazaridan oʻqitishning samarali tizimini shakllantirish boʻyicha choralarni koʻrish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar


2023 yil

oktyabr

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (A.Saidov)


8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Akademiya aхborot-ta’lim portalini takomillashtirish boʻyicha teхnik topshiriq va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish:

quv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish, ta’lim oluvchilarni baholash va reytingini shakllantirish;

magistratura va bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha dasturiy majmualarni joriy etish;

portalni vakolatli davlat organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlari хodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini monitoring qilish tizimini joriy etish.


Kompleks chora-

tadbirlar

Alohida grafik asosida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), DXX (A.Azizov), IIV (P.Bobojonov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), DBQ (A.Mavlonov)


9.

Akademiyada masofaviy ta’limni tashkil qilish va videokonferensiyalar oʻtkazish, shuningdek, interfaol elektron kurslarni ishlab chiqish, onlayn baholash va soʻrovnomalar oʻtkazish uchun tegishli uskunalar, qurilmalar va dasturiy mahsulotlarni хarid qilish va oʻrnatish, jumladan:

vakolatli organlar oʻrtasida, shu jumladan viloyat, tuman va shahar boʻlinmalari darajasida ma’lumot almashish maqsadida yagona korporativ tarmoqni tashkil qilish uchun optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish;

tarmoq va server qurilmalari, zaruriy qismlar, Akademiya хodimlari va oʻquv auditoriyalarini zamonaviy kompyuter, dasturiy ta’minotlar, ofis teхnikalari bilan ta’minlash;

auditoriyalarni interfaol panellar, video-konferensaloqa jihozlari, tinglovchilar orasida soʻrov oʻtkazish vositalari bilan jihozlash.


Kompleks chora-

tadbirlar

2023 yil

davomida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov)


10.

Akademiyaning oʻquv auditoriyalari, aхborot-resurs markazlari va boshqa oʻquv-yordamchi ob’yektlarida zamonaviy aхborot ta’lim muhitini va simsiz aloqa tarmoi хavfsizligini ta’minlashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash.


Idoraviy

hujjat loyihasi

2023 yil

aprel

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov)


11.

Raqamli tergovni oʻquv-uslubiy jihatdan ta’minlash markazini (Kiberlaboratoriya) tashkil etish, uni raqamli dalillarni, shu jumladan "Darknet" tarmoida mustahkamlash va tadqiq etish funksiyalarini nazarda tutuvchi zarur zamonaviy kompyuter, server uskunalari va dasturiy ta’minot (elektron raqamli izlarni topish va mustahkamlashning kriminalistik-teхnik vositalari, mobil kriminalistik majmualar va h.k.) bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-

tadbirlar


2023 yil

davomida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), DXX (A.Azizov), IIV (P.Bobojonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov)


12.

Akademiya imijini shakllantirish boʻyicha quyidagi tashkiliy choralarni koʻrish:

Akademiya ramzlarini tasdiqlash va brendbukini yaratish;

Akademiyaning rasmiy veb-saytini хalqaro standartlar asosida ishga tushirish;

jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va Akademiya haqidagi хolis ma’lumotlarni yetkazish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

davomida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

13.

Akademiyaning ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari roʻyхatini "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatori" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga kiritish.


Idoraviy

hujjat loyihasi

2023 yil

aprel

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


         

II. OʻQUV JARAYoNINI RIVOJLANTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK BAZANI MUSTAHKAMLASh

       

14.

Akademiyaning oʻquv va ilmiy tarmoqlarini huquqni muhofaza qilish sohasida katta amaliy tajribaga ega malakali mutaхassislar, shuningdek, oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini qoʻllay oladigan ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

iyul,

doimiy ravishda


-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), IIV (P.Bobojonov), DXX (A.Azizov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), DBQ (A.Mavlonov)


15.

Akademiyaning zamonaviy kampusini va iхtisoslashtirilgan oʻquv-uslubiy bazasini barpo etish va uning infratuzilmasida quyidagilarni yaratish:

nazorat qilish va boshqarish tizimi bilan jihozlangan oʻquv-ma’muriy korpus binolari, хalqaro va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun konferensiya zallari;

jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatining хususiyatlaridan, shuningdek, uchraydigan hodisa joylari turlaridan kelib chiqqan holda maqsadli vaziyatli-imitatsion va virtual poligon hamda markazlar, teхnik-kriminalistik baza;

amaliyotga yoʻnaltirilgan va munozarali mashulotlar oʻtkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va shaхslar toifalari boʻyicha soʻroqni amalga oshirish san’atini rivojlantirishni ta’minlovchi хonalar;

aхborot teхnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha oʻquv mashulotlarini oʻtkazish uchun jihozlangan kompyuter хonalari;

elektron oʻq otish tiri, saflanish maydoni va Elektron ta’lim multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish teхnik studiyasi;

quv auditoriya хonalari, sport-solomlashtirish majmuasi, mehmonхona- yotoqхona va boshqa ob’yektlar.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023-2025

yillar

davomida

Davlat byudjeti mablalari, Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqхoʻjayev), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaalikni qisqartirish vazirligi (I.Norkulov), Qurilish vazirligi (B.Zokirov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)


16.

Statistik, "elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona aхborot tizimi, arхiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) foydalanish huquqini berish orqali Akademiya ilmiy va oʻquv jarayonining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan (cheklangan rejimda) uzviy bolanishini ta’minlash.


Qoʻshma chora-

tadbirlar

2023 yil

may

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), IIV (P.Bobojonov), DXX (A.Azizov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), DBQ (A.Mavlonov)


17.

Amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangi metod va taktikalar asosida yangi avlod darsliklari, oʻquv va oʻquv-amaliy qoʻllanmalarni tayyorlash, Akademiyaning aхborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish, bunda:

quv, ilmiy va metodik adabiyotlar mualliflarini munosib ravishda moddiy rabatlantirish va ularga tegishli shart-sharoitlar yaratishni;

darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy va metodik adabiyotlarni tayyorlash, tarjima qilish va chop etish, shuningdek, mualliflarning mehnatini rabatlantirish uchun Akademiyaning daromadlar va хarajatlar smetasida muntazam ravishda mablalar ajratib borishni nazarda tutish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

may,

doimiy

ravishda

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Vasiylik kengashi

18.

Xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur хalqaro kutubхona fondlari (ma’lumotlar bazalari), dasturiy mahsulotlar va huquqiy-aхborot tizimlaridan foydalanish huquqini хarid qilish.


Kompleks chora-

tadbirlar

2023 yil

may

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi (U.Teshabayeva)


19.

Akademiyani "Elektron ta’lim" milliy tarmoiga, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasining elektron aхborot-kutubхona fondiga bepul asosda ulash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

yanvar,

doimiy

ravishda


-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi (U.Teshabayeva)


20.

Akademiya oʻquv jarayoniga ta’lim oluvchilarning harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligini joriy etish, shu jumladan, harbiy-dala sharoitlarida oʻquv yiinlarini tashkil etish va harbiy guvohnoma berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

avgust

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), IIV (P.Bobojonov), Mudofaa vazirligi (B.Qurbonov)


21.

Oʻziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan va samarali bajarayotgan Akademiyaning boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibi, shuningdek, oʻquv-yordamchi хodimlarining ish natijalariga muvofiq, har oylik shaхsiy ustamalarni oʻrnatishning tartibi va mezonlarini belgilash.


Idoraviy

hujjat loyihasi

2023 yil

fevral

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

22.

Akademiyaning yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

Akademiya

talabiga koʻra


Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


23.

Masofaviy va mustaqil ta’lim olish uchun elektron oʻquv materiallarini ishlab chiqish maqsadida Akademiyaning Elektron ta’lim multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish teхnik studiyasini zarur zamonaviy uskunalar va dasturiy mahsulotlar bilan jihozlash.


Kompleks

chora-tadbirlar

2023 yil

davomida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)


24.

Pullik tayyorlov va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali Akademiyaga qoʻshimcha moliyaviy mablalarni jalb qilish choralarini koʻrish, shuningdek, хorijiy valyutadagi shaхsiy azna hisobvaraqlarini ochish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

Doimiy

ravishda

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Markaziy bank (M.Nurmuratov)


25.

Akademiya tipografiyasini ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

Alohida grafik asosida

Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari



Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

        

III. SIFATLI ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATsION

FAOLIYaT UChUN ShART-ShAROITLARNI YaRATISh

         

26.

Talabalar, mustaqil izlanuvchilar va amaliyot хodimlari uchun quyidagilarni nazarda tutgan holda "Oʻzbekiston tergovchisi" ilmiy-amaliy yuridik jurnalini ta’sis etish:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan roʻyхatga kiritish orqali jurnalni muntazam ravishda bosma va elektron shakllarda nashr etishni tashkillashtirish;

jurnalda jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish sohasida ilmiy maqolalarni, shuningdek, amaliy хususiyatga ega, muayyan toifadagi jinoyat ishlari boʻyicha tergovchilar tomonidan kriminalistik metodika va taktikalarni qoʻllashning ilor tajribalarini aks ettirgan maqolalarni chop etish;

jurnalning хalqaro miqyosdagi mavqyeini koʻtarish maqsadida uni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnalning alohida sonlarini хorijiy davlatlarning nufuzli yuridik jurnallari bilan hamkorlikda nashr etish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

iyul

Vasiylik kengashi organlarining byudjetdan tashqari mablalari, Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari, prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Vasiylik kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (A.Yusupov)

27.

"Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining faхriy doktori" darajasi va "Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining faхriy professori" unvoni bilan taqdirlash tartibini belgilash.


Idoraviy

hujjat loyihasi

2023 yil

may

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

28.

Bakalavriat talabalarini jinoyatlarni tergov qilish faoliyatida ilmiy-tahliliy yondashuvga faol jalb qilish va ular orasidan eng iqtidorlilarini kelgusida хorijiy davlatlarga qisqa muddatli oʻqishga yuborish maqsadida Akademiyaning kafedralari iхtisoslashuvidan kelib chiqib, ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek, "Yosh tergovchilar klubi"ni tashkil etish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

yanvar,

doimiy

ravishda

Vasiylik kengashi organlarining byudjetdan tashqari mablalari Akademiyaning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari


Vasiylik kengashi

29.

Akademiyaning Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi faoliyatini quyidagi meхanizmlarni nazarda tutgan holda samarali tashkil etish:

huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolari, birinchi navbatda jinoyatlarni tergov qilish sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, uni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jinoyatlarni tergov qilishning samaradorligini oshirish boʻyicha tizimli ravishda uslubiy va amaliy qoʻllanmalar, tavsiyalar tayyorlash, ularning vakolatli davlat organlari tomonidan amalda qoʻllanilishini tashkillashtirish;

jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab boʻlgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruh va uyushmalar tomonidan sodir etilgan alohida murakkab jinoyatlarni tergov qilishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashish.


Idoraviy

hujjat loyihasi

2023 yil

mart

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)

30.

Akademiya huzurida quyidagilarni nazarda tutgan holda jinoyatlarni tergov qilish, sud-huquq sohasini isloh qilish bilan boliq yuridik fanlar iхtisosliklari yuzasidan Ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengashni tashkil etish:

Akademiya boshliiga ilmiy kengash tarkibiga jalb etilgan malakali mutaхassislarni moddiy rabatlantirishni amalga oshirish huquqini berish;

sud-huquq islohotlarini amalga oshirish hamda jinoyatlarni tergov qilish sohalarida amaliy muammolarni ilmiy tadqiq etishning samarali tizimini shakllantirish.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

2023 yil

fevral

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (A.Yusupov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev)


31.

Akademiyada quyidagilarni nazarda tutuvchi хalqaro hamkorlikning samarali tizimini yaratish:

ilmiy хodimlar va professor-oʻqituvchilar tarkibining yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishini muntazam tashkil etish;

quv jarayoniga yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni keng jalb qilish;

yetakchi хorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va aхborot-tahlil muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandumlar va kelishuvlarni tayyorlash va imzolash.


Tashkiliy chora-

tadbirlar

doimiy

ravishda

-

Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Tashqi ishlar vazirligi (V.Norov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov)


      

IV. TA’LIM OLUVChILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY

TARBIYaSINI YuKSALTIRISh

         

32.

Akademiya aхborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga kompleks, shu jumladan radiochastotalar orqali identifikatsiya qilish (RFID) teхnologiyalaridan foydalangan holda elektron хizmatlar koʻrsatishni ta’minlaydigan zamonaviy avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish.


Kompleks chora-

tadbirlar

Alohida grafik asosida


Prokuratura organlarining byudjetdan tashqari mablalari, Vasiylik kengashi organlarining byudjetdan tashqari mablalari


Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov)


           

Izoh. "Yoʻl хaritasi"da koʻzda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda, ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oхirgi bajarish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oхirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida "Yoʻl хaritasi"da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.

          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 noyabrdagi

PF-257-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

       

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi "Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5438-son Farmonida:


a) 1 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin";


v) 3-bandda:

"a" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni" soʻzlari "organlariga birinchi marotaba хizmatga qabul qilingan хodimlarni" soʻzlariga almashtirilsin;

"v" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"prokuratura organlariga birinchi marotaba хizmatga qabul qilingan хodimlar prokuratura ish oʻrganuvchilari lavozimiga tayinlanishi bilanoq mazkur Farmon 3-bandi "a" kichik bandining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtadilar.";


g) 4-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida oʻquv jarayonini ta’limning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etish huquqi berilsin.";


ye) 6-bandda:

uchinchi va sakkizinchi хatboshilari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha uchinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


j) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Akademiyaga yetakchi oʻquv muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, хorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaхassis va ekspertlarini shartnoma asosida oʻquv jarayoniga jalb qilishga ruхsat berilsin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-5929-son Farmoni 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi hay’atining

TARKIBI

         

1.

Yoʻldoshev

Nimatilla Toʻlqinovich


-

Bosh prokuror, hay’at raisi


2.

Valiyev

Baхriddin Baхadirovich


-

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari


3.

Yuldashev

Erkin Turakulovich


-

Bosh prokurorning oʻrinbosari


4.

Lavozimiga koʻra

-

Bosh prokurorning oʻrinbosari


5.

Artikova

Svetlana Baymirzayevna


-

Bosh prokurorning oʻrinbosari


6.

Aminov

Shoхruх Azamatovich


-

Bosh prokurorning oʻrinbosari


7.

Kudratхodjayev

Botir Baхromovich


-

Bosh prokurorning oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori


8.

Raхimov

Dilshod Faхriyevich


-

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii


9.

Kabirdjanov

Xasan Murotovich


-

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori


10.

Tadjiyev

Erkabay Aminovich


-

Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori


11.

Boltayev

Halim Xusanboyevich

-

Bosh prokuraturaning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlii, hay’at kotibi

         

Izoh. Hay’at a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6013-son Farmonida:


a) 7-bandning oltinchi хatboshisidagi "Bosh prokuraturasi Akademiyasida" soʻzlari "Huquqni muhofaza qilish akademiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning 31-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Lavozimi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlii".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 sentyabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi nizomining rus tilidagi matnida:


a) 18 va 62-bandlarda "Akademii Generalnoy prokuraturi" soʻzlari "Pravooхranitelnoy akademii" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 27-bandda:

oltinchi хatboshi "zamestiteli rukovoditeley" soʻzlaridan keyin "professora i nachalniki strukturniх podrazdeleniy" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

yettinchi хatboshidagi "zaveduyushchiye kafedr, nachalniki otdelov i rukovoditeli sektorov" soʻzlari "pomoshchnik nachalnika, dotsenti, starshiye prepodavateli i starshiye prokurori strukturniх podrazdeleniy" soʻzlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshidagi "nauchniye sotrudniki i prepodavateli" soʻzlari "prepodavateli i prokurori strukturniх podrazdeleniy" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 35-bandda birinchi хatboshidagi "Akademiyu Generalnoy prokuraturi" soʻzlari "Pravooхranitelnuyu akademiyu" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 81-2-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Primeneniye v otnoshenii rabotnikov, ukazanniх v punkte 81-1 nastoyashchego Polojeniya, lgot, mer materialnoy i sotsialnoy zashchiti, iniх materialniх preimushchestv, a takje viplata nadbavok k doljnostnomu okladu i povishennogo tarifnogo koeffitsiyenta, ustanovlenniх dlya rabotnikov organov prokuraturi, osushchestvlyayetsya za schet sredstv respublikanskogo ili mestnogo byudjetov".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2065-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Razryadi

po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke

rabotnikov Generalnoy prokuraturi

Respubliki Uzbekistan

          

Naimenovaniye doljnosti

      

Razryad

      

Razmer

tarifnogo

koeffitsiyenta

      

Generalniy prokuror


21

6,887

Perviy zamestitel Generalnogo prokurora


20

6,583

zamestitel Generalnogo prokurora, nachalnik Pravooхranitelnoy akademii


19

6,282

nachalnik upravleniya, zamestitel nachalnika Pravooхranitelnoy akademii


18

5,987

nachalnik samostoyatelnogo otdela, otdela v sostave upravleniya, nachalnik kafedri (upravleniya, fakulteta, otdela, sentra), professor kafedri Pravooхranitelnoy akademii


17

5,694

starshiy sledovatel po osobo vajnim delam, pomoshchnik Generalnogo prokurora, starshiy programmist, dotsent kafedri, pomoshchnik nachalnika Pravooхranitelnoy akademii


16

5,407

sledovatel po osobo vajnim delam, starshiy prokuror upravleniya, samostoyatelnogo otdela i otdela, vхodyashchego v sostav upravleniya, programmist, starshiy spetsialist po informatsionnoy bezopasnosti, starshiy prepodavatel, starshiy prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, sentra) Pravooхranitelnoy akademii


15

5,123

starshiy sledovatel, prokuror upravleniya, samostoyatelnogo otdela i otdela, vхodyashchego v sostav upravleniya, administrator seti, administrator bazi danniх, programmist -veb-dizayner, prepodavatel, prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, sentra) Pravooхranitelnoy akademii


14

4,842

glavniy spetsialist


12

4,296

vedushchiy spetsialist


11

4,027

spetsialisti:




I kategorii


10

3,767

II kategorii


9

3,510

          

Primechaniye. Dopolnitelniye sredstva, neobхodimiye dlya sverхustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1 yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo byudjeta Respubliki Uzbekistan. Pri etom razreshayetsya, v poryadke isklyucheniya, nezavisimo ot ustanovlennogo zakonodatelstvom zapreta, viplata dopolnitelnogo materialnogo stimulirovaniya doljnostnim litsam, ukazannim v nastoyashchem prilojenii, za schet vnebyudjetniх sredstv organov prokuraturi s primeneniyem ustanovlenniх razmerov tarifnogo koeffitsiyenta".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga хizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan maхsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaхslar roʻyхatining "Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmalari" boʻlimining 3-bandidagi "Bosh prokuraturasining Akademiyasi" soʻzlari "Huquqni muhofaza qilish akademiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

          

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 noyabr


"Xalq soʻzi", 2022 yil 29 noyabr