Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.2022 y. 679-son "Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.2022 y.

N 679




KORPORATIV BOShQARUVChI

MALAKA ATTESTATINI BERISh BOʻYIChA

DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATIShNING

MA’MURIY REGLAMENTINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat хizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaхslar faqat davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat хizmatlari markazlarining хodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat хizmati YaIDXP orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;

YaIDXPda davlat хizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;

davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun yiimlarning davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yiimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlanishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qoʻllasin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyuldagi 460-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Korporativ boshqaruv malaka attestatini berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021 yil 26 apreldagi 236-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 29 noyabrdagi

679-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining

"Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"

2020 yil 30 iyuldagi 460-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

         

1. Qarorning 4-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining departamenti direktoriga, kafedra mudirlari markaziy apparatining departamenti direktori oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan tibbiy хizmat amalga oshiriladi".


2. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari oʻquv yilida ikki marta - avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi";


b) 16-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi хatboshidagi "pasport" soʻzi "pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta" soʻzlari bilan almashtirilsin.

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 noyabr