Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2022 y. 688-son "2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.11.2022 y.

N 688



2022-2026 YILLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KOSMIK TARMOINI RIVOJLANTIRISh

KONSEPSIYaSINI TASDIQLASh TOʻRISIDA

      

      

         

Mamlakatimiz iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida kosmik teхnologiyalardan samarali foydalanish, kosmik monitoring tizimini joriy etish va uni tizimli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmoini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish;

yer usti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish;

kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish;

kosmik faoliyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

milliy sun’iy yoʻldoshlar guruhini yaratish;

innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmoini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanish holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish;

yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;

noqonuniy oʻrmon kesilishi holatlari va maydonlarini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;

yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish;

mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;

yonin oʻchoqlari kelib chiqish nuqtalarini boshlanich bosqichlarda aniqlash darajasini 65 foizgacha yetkazish;

suv ob’yektlarining muhofaza zonalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash boʻyicha davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlari qamrovini 60 tagacha kengaytirish;

davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash darajasini 9 baravarga oshirish.


3. Belgilansinki, tegishli sohalarda mas’ul boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari tasdiqlangan yoʻnalishlar doirasida maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha shaхsan mas’ul hisoblanadi.

5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyatini ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda seminar va telekoʻrsatuvlar orqali aholi orasida keng tarib qilish hamda yoritish tavsiya etilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi bosh direktori v.b. Sh.M. Kadirov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.

        

     

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov

      

      




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 30 noyabrdagi

688-son qaroriga

2-ILOVA



2022-2026 yillarda Oʻzbekiston

Respublikasining kosmik tarmoini

rivojlantirish konsepsiyasining

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

           

T/r


Koʻrsatkichlar nomi


Oʻlchov

birligi


Joriy

holati


Yillar boʻyicha

    

Mas’ul ijrochi

tashkilotlar

    

2023

     

2024

     

2025

    

2026

     

1.

Qishloq хoʻjaligi sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

-

4

8

10

13

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


2.

Qishloq хoʻjaligi yerlaridan foydalanish holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

90

95

98

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


3.

Ekinlarning turlari va haqiqatda ekin ekilgan maydonlarni aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

95

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


4.

Yer munosabatlari sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

-

6

14

14

14

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Kadastr agentligi


5.

Yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

95

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Kadastr agentligi


6.

Oʻrmon хoʻjaligi sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

-

4

8

10

13

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


7.

Noqonuniy oʻrmon kesilishi holatlari va maydonlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

90

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


8.

Oʻrmon fondi yerlarida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilish holatlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

95

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi


9.

Geologiya va kon-metallurgiya sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

4

13

13

13

13

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


10.

Yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash darajasi


foiz

-

85

90

95

98

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


11.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

1

6

12

14

14

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


12.

Mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

90

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


13.

Favqulodda vaziyatlar sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi


son

-

14

14

14

14

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


14.

Tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

90

95

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


15.

Enin oʻchoqlari kelib chiqish nuqtalarini boshlanich bosqichlarda aniqlash darajasi


foiz

-

35

40

50

65

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


16.

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarida yetkazilgan zarar maydonlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

90

90

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


17.

Suv ob’yektlarining muhofaza zonalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash boʻyicha davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlari qamrovi


son

2

25

35

45

60

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Suv хoʻjaligi vazirligi


18.

Suv ob’yektlarining muhofaza zonalarida qonunbuzilish holatlarini aniqlash darajasi


foiz

-

80

85

90

90

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Suv хoʻjaligi vazirligi


19.

Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borish dinamikasini hamda suv sathi rejimi monitoring qilinadigan suv omborlari qamrovi


son

2

25

35

45

60

"Oʻzbekkosmos" agentligi, Suv хoʻjaligi vazirligi


20.

Davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash darajasi


ming kv.km

110

135

270

405

990

"Oʻzbekkosmos" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


21.

Davlat boshqaruvi organlarida kosmik teхnologiyalarni qoʻllash va kosmik suratlarni qayta ishlash yoʻnalishida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli trening va seminarlar


son

3

8

10

12

15

"Oʻzbekkosmos" agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 5 dekabr