Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.2022 y. 699-son "Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan хodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.12.2022 y.

N 699




DAVOLASh-PROFILAKTIKA

MUASSASALARINING ILMIY

DARAJAGA EGA BOʻLGAN XODIMLARIGA

HAR OYLIK QOʻShIMChA HAQ TOʻLASh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA

          

        

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 17 maydagi PF-136-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot хodimlarining faoliyatini munosib rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 17 maydagi PF-136-son Farmonining 4-bandiga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining хodimlariga Davlat byudjeti mablalari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan хodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qoʻshimcha haq toʻlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati;

davolash-profilaktika muassasalarida qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari va miqdorlari;

qoʻshimcha haq toʻlash mezonlari boʻyicha хodimning koʻrsatkichlarini hisoblash tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari хodimlariga ushbu qarorga muvofiq qoʻshimcha haq belgilanishi bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga hamda Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 12 dekabr