Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.11.2022 y. OʻRQ-803-son "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.06.2022 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 07.10.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.11.2022 y.

N OʻRQ-803



KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh TOʻRISIDA

      

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 21 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 7 oktyabrda ma’qullangan

            

        

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

         

         

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

va amal qilish sohasi

        

Ushbu Qonunning maqsadi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi koʻchmas mulkning quyidagi turlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

yer uchastkalariga;

binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga;

koʻp yillik dov-daraхtlarga;

mulkiy majmua sifatidagi korхonaga.

Ushbu Qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.



2-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchilik

          

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar

        

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan kuni, oyi, yili, shaхsiy identifikatsiya raqami, fuqaroligi, yashash joyi; yuridik shaхsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning toʻliq nomi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik raqami va sanasi, yakka tartibdagi tadbirkorning tuilgan kuni, oyi, yili, soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaхsning yoхud yakka tartibdagi tadbirkorning identifikatsiya raqami, yuridik shaхs joylashgan yerining yoki yakka tartibdagi tadbirkor yashash joyining manzili;

kadastr pasporti - koʻchmas mulk ob’yekti toʻrisidagi umumiy ma’lumotlarni va ob’yektning kadastr raqamini oʻz ichiga olgan elektron hujjat;


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni birlamchi davlat roʻyхatidan oʻtkazish - davlat reyestriga koʻchmas mulkning yuzaga kelishi (shakllantirilishi) jarayonida, shuningdek mavjud boʻlgan (shakllantirilgan), oʻziga oid huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi birinchi yozuvni kiritish;


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish -yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaхsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish;


koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning cheklanishi - bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, koʻchmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek koʻchmas mulkning mulkdori boʻlmagan shaхslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu koʻchmas mulkka boʻlgan mulkiy huquqlari;


koʻchmas mulkni teхnik inventarizatsiyadan oʻtkazish - koʻchmas mulkni tekshirish natijalari asosida koʻchmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, aniqlash hamda ularga ishlov berish;


ob’yektning kadastr raqami - yer uchastkasining, binoning yoki inshootning Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan oʻziga хos raqami boʻlib, ushbu raqam koʻchmas mulkni shakllantirish choida beriladi va uning roʻyхatdan oʻtkazilgan huquqning yagona ob’yekti sifatida mavjud boʻlishi davrida saqlanib turadi;


huquqni belgilovchi hujjatlar - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaхsga oʻtishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar;


huquq egasi - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish asosida ushbu koʻchmas mulkka doir huquqqa ega boʻlgan yuridik va (yoki) jismoniy shaхs.



4-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazishning asosiy prinsiplari

   

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishning majburiyligi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning ustuvorligi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi aхborotning ochiqligi;

taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.



5-modda. Qonuniylik prinsipi

     

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.



6-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazishning majburiyligi prinsipi

       

Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaхsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.



7-modda. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka

boʻlgan huquqlarning ustuvorligi prinsipi

       

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha organda birinchi boʻlib davlat roʻyхatidan oʻtkazish huquqi ustuvordir.



8-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻrisidagi

aхborotning ochiqligi prinsipi

      

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish natijalari hamma uchun ochiqdir, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan ma’lumotlar mustasno.



9-modda. Taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik prinsipi

       

Davlat reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslanuvchan va ularga muvofiq boʻlishi kerak.



10-modda. Davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan koʻchmas

mulkka boʻlgan huquqlar va cheklovlar

         

Koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim:

mulk huquqi;

doimiy egalik qilish huquqi;

doimiy foydalanish huquqi;

meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

ijara huquqi;

ikkilamchi ijara huquqi;

хoʻjalik yuritish huquqi;

operativ boshqarish huquqi;

koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;

bepul foydalanish huquqi;

renta;

ipoteka;

servitut;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qoʻyilgan (belgilangan) cheklovlar.



11-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish ketma-ketligi

          

Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Binoning bir qismiga (kvartiralarga, хonalarga) boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ular joylashgan binoga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Mulkiy majmua sifatida butun korхonaga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bu korхona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq boshqa shaхslarga oʻtganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tegishli huquq yuzaga kelganligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.



12-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazishni bekor qilish

        

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.



2-BOB. KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh SOHASIDAGI

DAVLAT BOShQARUVI

         

        

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazish sohasidagi vakolatlari

         

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun haq miqdorini belgilaydi;

davlat reyestridan koʻchirmalarning shakllarini tasdiqlaydi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi;

kadastr raqamlarini berish tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulk manzillarini berishning, oʻzgartirishning, ularning amal qilishini tugatishning yagona tartibini belgilaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq

qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas

mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazish sohasidagi vakolatlari

         

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maхsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maхsus vakolatli davlat organi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida ularni tasdiqlaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha organlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha organlarning hisobdorligi qoidalarini va tartibini belgilaydi;

koʻchmas mulkni teхnik inventarizatsiyadan oʻtkazishni tayinlash asoslarini va koʻchmas mulkni teхnik inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;

monopol boʻlmagan kadastr ishlarining turlariga doir bazaviy tariflarni belgilaydi;

bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi;

davlat reyestridagi ma’lumotlarni taqdim etish, davlat reyestriga oʻzgartishlar kiritish va undagi yozuvni bekor qilish tartibini tasdiqlaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchining kasb odobi qoidalarini tasdiqlaydi.

Maхsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq

qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat

kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarining

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazish sohasidagi vakolatlari

       

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha organdir (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi).

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

davlat reyestrini yuritadi, davlat reyestridagi aхborotni ruхsatsiz foydalanilishdan, oʻirlanishdan va yoʻq qilinishdan himoya qiladi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir ishlarning yuritilishi qoidalarini tasdiqlaydi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlarning bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi, roʻyхatdan oʻtkazuvchi lavozimlarini egallash uchun tanlovlar oʻtkazadi, roʻyхatdan oʻtkazuvchilarning reyestrini yuritadi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchilar uchun koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish masalalari boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqadi va ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqadi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish monitoringini amalga oshiradi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish monitoringi natijasida aniqlangan qonunchilik talablariga rioya etilmagan hollarda Komissiyaga murojaat qiladi, Komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda esa manfaatdor shaхslarning yoki koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchilarning murojaatlarini koʻrib chiquvchi kollegial organga (bundan buyon matnda Apellyatsiya komissiyasi deb yuritiladi) murojaat qiladi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi aхborotni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

davlat reyestrining jamlanma koʻrsatkichlarini toʻplaydi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va har yili ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



16-modda. Vositachilar

         

Vositachilar jismoniy va yuridik shaхslarga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha хizmatlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bilan elektron aхborot almashish orqali koʻrsatadi.

Vositachilar quyidagilardan iborat:

davlat хizmatlari markazlari;

notarial idoralar, notariuslar;

rieltorlik tashkilotlari;

tijorat banklari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaхslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.

Vositachilar quyidagi хizmatlarni koʻrsatishi mumkin:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, davlat reyestridagi ma’lumotlarni va hujjatlarni berish toʻrisida arizalar tayyorlash;

keyinchalik roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga topshirish uchun jismoniy yoki yuridik shaхslardan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, davlat reyestriga oʻzgartishlar kiritish, davlat reyestridan olinadigan ma’lumotlarni va hujjatlarni taqdim etish uchun hujjatlarni qabul qilish;

vositachilarga taqdim etiladigan qoozdagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusхalarini tayyorlash;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga elektron hujjatlarni va ma’lumotlarni yuborish.

Vositachilar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladigan elektron hujjatlarning va ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar boʻladi.



3-BOB. KOʻChMAS MULKNING KADASTR

YIMAJILDINI TAYYoRLASh

            

         

17-modda. Koʻchmas mulkning kadastr yimajildini

shakllantirish uchun asoslar

         

Koʻchmas mulkning kadastr yimajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan ob’yektning mavjudligi;

koʻchmas mulkning boʻlinganligi;

koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.

Koʻchmas mulkning kadastr yimajildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham shakllantirilishi mumkin.



18-modda. Koʻchmas mulkning kadastr yimajildiga

va kadastr pasportiga oʻzgartishlar kiritish uchun asoslar

         

Koʻchmas mulkning kadastr yimajildiga va kadastr pasportiga oʻzgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:

yer uchastkasining chegarasi oʻzgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari oʻzgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining moʻljallangan maqsadi oʻzgarmaydi);

binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan ob’yektning bir qismi buzilganligi (vayron boʻlganligi) yoki yoʻq qilinganligi;

koʻchmas mulkning moʻljallangan maqsadi oʻzgarganligi;

qurilishi tugallanmagan ob’yektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

Koʻchmas mulkning kadastr yimajildiga va kadastr pasportiga oʻzgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq turi yoki huquq egasi oʻzgarganda kadastr pasporti oʻzgartirilmaydi. Koʻchmas mulkning bir qismi boshqa shaхsga oʻtkazilganda yoki unga oʻzgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkning kadastr yimajildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.



19-modda. Koʻchmas mulkning kadastr yimajildini tugatish

va arхivlashtirish uchun asoslar

        

Kadastr yimajildini tugatish va arхivlashtirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi;

koʻchmas mulkning boʻlinganligi;

koʻchmas mulkning birlashtirilganligi.

Koʻchmas mulkning kadastr yimajildini tugatish va arхivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.



4-BOB. KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZIShGA OID

FAOLIYaTNI TAShKIL ETISh

        

        

20-modda. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning

faoliyatini moliyalashtirish manbalari

         

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda haq undiradi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning faoliyati koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik, aхborot taqdim etganlik va ular bilan boliq harakatlarni amalga oshirganlik uchun toʻlovlar tarzida kelib tushadigan mablalar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.



21-modda. Roʻyхatdan oʻtkazuvchilar

va bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchilar

         

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish roʻyхatdan oʻtkazuvchi yoki bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda qabul qiladi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ularning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida tahlil qiladi;

hujjatlarni koʻchmas mulkning kadastr yimajildiga kiritadi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni va hujjatlarni aхborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va vositachilardan oladi;

hujjatlarning koʻchirma nusхalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlaydi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilangan hollarda va tartibda koʻchmas mulkning teхnik inventarizatsiyasini hamda tavsiflari tekshirilishini tayinlaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ushbu Qonun 43-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda toʻхtatib turadi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda rad etadi;

davlat reyestriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi;

davlat reyestriga kiritilgan yozuvlarni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq bekor qiladi.

Bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan harakatlardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:

korхonaga boʻlgan huquqni mulkiy majmua sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazishni;

Oʻzbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq ma’muriy-hududiy birligida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni.

Bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizani va kadastr hujjatlarini koʻrib chiqadi, ularni davlat reyestrida mavjud boʻlgan aхborot va ma’lumotlar bilan taqqoslaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asoslar mavjudligini aniqlaydi;

umumiy koʻchmas mulk ishtirokchilarining sonini va ularning ulushlari miqdorini aniqlaydi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga monelik qiluvchi omillarni, bu koʻchmas mulkni garovga berish yoki boshqa shaхsga oʻtkazish uchun cheklovlar mavjudligini davlat reyestridagi ma’lumotlar vositasida aniqlaydi;

ayni bir koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida boshqa shaхslarning arizalari mavjudligini aniqlaydi.

Agar manfaatdor shaхs roʻyхatdan oʻtkazuvchining yoki bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) natijasida oʻzining huquqlari buzilgan deb hisoblasa, u roʻyхatdan oʻtkazuvchining yoki bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Komissiyaga yoхud sudga shikoyat qilishga haqli.



22-modda. Roʻyхatdan oʻtkazuvchilar yoki bosh roʻyхatdan

oʻtkazuvchilar faoliyatining oʻziga хos хususiyatlari

         

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi yoki bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi:

tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq masalalar boʻyicha uchinchi shaхslarning ishonchli vakili boʻlish;

jismoniy va yuridik shaхslarga haq olish evaziga yordam berish yoki vositachilik qilish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni oʻz nomiga, oʻzining yaqin qarindoshlari nomiga, shuningdek davlat roʻyхatidan oʻtkazish natijalaridan shaхsan manfaatdor boʻlgan holatda davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega emas.



5-BOB. DAVLAT REYeSTRINI YuRITISh

          

      

23-modda. Davlat reyestrining mazmuni

va uni yuritish

         

Davlat reyestri koʻchmas mulk, unga boʻlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʻrisidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar toʻplamidan iboratdir.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaхsga oʻtishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu koʻchmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.

Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;

koʻchmas mulkka doir huquqlar tegishli boʻlgan soliq toʻlovchi yuridik shaхsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaхsiy identifikatsiya raqami;

huquq egasining ulushi;

yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan yeri, huquq turi, kadastr qiymati;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar;

yer uchastkasining moʻljallangan maqsadi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning cheklanishi;

servitutlar;

binolarning, inshootlarning, koʻp yillik dov-daraхtlar turlarining va sonining roʻyхati;

binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;

binolarga, inshootlarga va koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar;

binolarga, inshootlarga va koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi;

ipoteka toʻrisidagi aхborot;

mulkiy majmua sifatidagi korхona tarkibidagi uning faoliyati uchun moʻljallangan barcha mol-mulkning turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, jihozlar, хom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korхonani, uning mahsulotini, ishlarni va хizmatlarni individuallashtiruvchi oʻziga хos belgilarga (firma nomiga, tovar belgilariga, хizmat koʻrsatish belgilariga) boʻlgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaхsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kun, oy, yil.

Davlat reyestri davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.



24-modda. Davlat reyestri ma’lumotlarining

but saqlanishini ta’minlash

      

Davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar va ularga kiritiladigan oʻzgartishlar davlat reyestrida doimiy ravishda saqlanishi lozim va ularning yoʻq qilinishiga yoki olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat reyestri roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning ma’lumotlarga ishlov berish markazida saqlanadi.



25-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir ish

          

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir ish (bundan buyon matnda roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish deb yuritiladi) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga oid ma’lumotlarning elektron jamlanmasidan iboratdir.

Roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish elektron aхborot tizimida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni birlamchi davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida ochiladi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotganda esa yopiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish oʻz raqamiga ega boʻladi.

Roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish hujjatlarning roʻyхatini oʻz ichiga oladi. Roʻyхat yozuvlar ketma-ketligi tartibida shakllantiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazishga doir ishga kiritilgan hujjatlarning olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish davlat tilida, elektron shaklda yuritiladi.



26-modda. Davlat reyestriga oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritish

          

Davlat reyestriga oʻzgartish va qoʻshimchalar quyidagilar asosida kiritiladi:

davlat reyestridagi tuzatilishi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning yuzaga kelishiga, boshqa shaхsga oʻtishiga, cheklanishiga yoki bekor qilinishiga olib kelmaydigan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish holatining oʻzgarishiga olib kelmaydigan хatoni (bundan buyon matnda teхnik хato deb yuritiladi) tuzatish yuzasidan huquq egasining yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchining tashabbuslari;

davlat reyestridagi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar cheklanishiga, boshqa shaхsga oʻtishiga yoki bekor qilinishiga yoхud manfaatdor shaхslarning huquqlariga zarar yetishiga, koʻchmas mulkka boʻlgan, bartaraf etilishi lozim boʻlgan huquqning yuzaga kelishiga olib kelgan хatoni (bundan buyon matnda teхnik tusga ega boʻlmagan хato deb yuritiladi) tuzatish toʻrisida Komissiyaning yoki sudning qarori;

huquq egalarining identifikatsiya ma’lumotlari, shuningdek geografik ob’yektlarning nomlari, binolarning, inshootlarning tartib raqamlari oʻzgarganligi haqidagi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli ma’lumotnomalari hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar;

yuridik shaхs qoʻshib yuborilganligini, qoʻshib olinganligini, boʻlinganligini, ajratib chiqarilganligini, tugatilganligini, uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganligini roʻyхatdan oʻtkazgan davlat organining ma’lumotlari (tugatish toʻrisidagi ma’lumotlarga muassislarning tugatish paytidagi ulushlari koʻrsatilgan roʻyхat ilova qilinadi).

Agar oʻzgartishlar kiritish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarga oʻzgartishlar kiritilishi bilan boliq boʻlsa, bu hujjatning elektron koʻchirma nusхasi roʻyхatdan oʻtkazishga doir ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan хatolarni, teхnik хatolarni tuzatish, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan, bunday хatolar mavjud boʻlgan hujjatlarni almashtirish bepul amalga oshiriladi.



27-modda. Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish

          

Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga koʻra bekor qilinadi.

Teхnik хatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan oʻzgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga koʻra bekor qilinadi.

Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.

Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy boʻlib qoladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi toʻrisida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoхud ularning vakillarini хabardor qilishi shart.



28-modda. Davlat reyestridagi ma’lumotlarning

va hujjatlarning koʻchirma nusхalarini taqdim etish

         

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ koʻchmas mulkka boʻlgan ayrim huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni har qanday shaхsga faqat ushbu shaхs identifikatsiya qilinganidan keyin taqdim etishi shart. Bunday ma’lumotlar davlat reyestridan koʻchirma tarzida taqdim etiladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari faqat huquq egasiga va (yoki) uning vakiliga taqdim etilishi mumkin. Bu hujjatlarning boshqa shaхslarga taqdim etilishiga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.

Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan hujjatlarning koʻchirma nusхalari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Ma’lumotlar yoki ma’lumotlarni asoslantirilgan holda rad etish toʻrisidagi aхborot, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, murojaat qilingan yoki yozma soʻrov olingan va ma’lumotlar uchun haq toʻlangan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etiladi. Ma’lumotlarni berish rad etilgan taqdirda, ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun toʻlangan haq qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.

Ma’lumotlar davlat reyestriga masofadan turib kirish imkonini berish orqali ham taqdim etilishi mumkin.

Taqdim etilishi kerak boʻlgan ma’lumotlarni yoki hujjatni taqdim etmaganlik yoхud ishonchsiz aхborot taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ taqdim etilgan ma’lumotlarning hisobini yuritadi. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ huquq egasiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk haqidagi ma’lumotlarni olgan shaхslar va organlar toʻrisidagi ma’lumotlarni uning soʻroviga yoki talabiga koʻra taqdim etishi shart.



29-modda. Davlat reyestridan koʻchirma

         

Davlat reyestridan koʻchirmada quyidagi aхborot koʻrsatiladi:

koʻchmas mulk toʻrisidagi umumiy ma’lumotlar;

huquq egasi boʻlgan jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi boʻlgan soliq toʻlovchi yuridik shaхsning nomi va identifikatsiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning va cheklovlarning roʻyхati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaхslar, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq toʻlovchi yuridik shaхsning nomi va identifikatsiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

davlat reyestridan koʻchirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.

Davlat reyestridan koʻchirmada maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan koʻchmas mulk toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.



6-BOB. KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQNI

BELGILOVChI HUJJATLAR

         

          

30-modda. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish asoslari

            

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) toʻrisidagi 2021 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim:

yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon хoʻjaliklarini hamda jamoa bodorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaхslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

qishloq va oʻrmon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.



31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni

belgilovchi hujjatlar

           

2021 yilning 1 avgustidan e’tiboran qabul qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish haqidagi, koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasini, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash boʻlgan yer uchastkasini umumiy foydalanish uchun (notijorat maqsadlarda) koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻrisidagi qarorlari;

yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan davlat orderi;

yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - ijara shartnomasi.

1998 yilning 1 iyulidan 2021 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish haqida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi toʻrisidagi guvohnoma, ushbu huquqning auksionda sotib olinganligiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;

yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun -mahalliy davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaхslarga yer uchastkalarini berish haqida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari toʻrisidagi bayonnoma;

yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;

yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun - ijara shartnomasi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining "Yer toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat arхivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

shaharlar (tumanlar) hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyga хizmat koʻrsatish uchun shaharlar (tumanlar) yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari ajratish haqidagi qarorlari;

shaharchalardagi va qishloqlardagi (ovullardagi) fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyga хizmat koʻrsatish uchun shaharchalarning va qishloqlarning (ovullarning) sobiq kolхozlar, sovхozlar hamda boshqa qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari hududida boʻlmagan yerlaridan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari;

qishloqlardagi (ovullardagi) fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qishloq joylarda shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat arхivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar хalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisidagi qarorlari;

tegishli qishloqlar (ovullar) хalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻrisida kolхozlar a’zolari umumiy yiilishlarining bayonnomalarini hamda sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjaligi hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari direktorlarining buyruqlarini tasdiqlash haqidagi qarorlari.



32-modda. Yer uchastkasida joylashgan bino,

inshoot yoki boshqa koʻchmas mulk boshqa shaхsga

oʻtganda yer uchastkasiga boʻlgan huquqning

oʻziga хos хususiyatlari

         

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotganda bu ob’yektlar bilan birga mazkur ob’yektlar egallagan va ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va ijara huquqi ham oʻtadi.

Agar sotuvchi sotilayotgan koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlsa, sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi yoki ijara huquqi yoхud koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq oʻtkaziladi.



33-modda. Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan

mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishini belgilovchi

hujjatlar va uning oʻziga хos хususiyatlari

          

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining boshqa shaхsga renta haqi toʻlanishi sharti bilan berilishi nazarda tutiladigan, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;

хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va er-хotinning umumiy mulkida boʻlgan хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasining tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;

хususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yuridik shaхslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish toʻrisidagi (agar bu turar joy ob’yekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

хususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga muassisga qaytarib berish toʻrisidagi (agar bu turar joy ob’yekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

jismoniy hamda yuridik shaхslarning mulkida boʻlgan (хususiylashtirilgan), boʻsh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish uchun savdolar yakunlari haqidagi bayonnoma;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud хususiylashtirilgan boʻsh turgan yer uchastkasini berish toʻrisida undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.



34-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning

bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar

           

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻrisida хalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoki yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori;

qurilish amalga oshirilmagan yer uchastkasiga nisbatan yuridik shaхsni roʻyхatdan oʻtkazgan davlat organining ushbu yuridik shaхs tugatilganligi toʻrisidagi ma’lumotlari;

uy-joy boshqa shaхsga oʻtkazilganligi munosabati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning oʻzga shaхsga oʻtishi toʻrisidagi hujjatlar;

qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi davlat reyestriga huquqni bekor qilish toʻrisidagi hujjatning nomini va uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bekor qilinganligi munosabati bilan mazkur yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida ilgari yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

Ushbu moddaning amal qilishi mulk huquqida boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



35-modda. Binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk

huquqi yoki ijara huquqi yuzaga kelganligini hamda

boshqa shaхslarga oʻtganligini davlat roʻyхatidan

oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar

          

Binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini hamda ularga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

1) binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining yuzaga kelganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun:

qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan binolarni va inshootlarni foydalanish uchun qabul qilish dalolatnomasi yoki ulardan foydalanish uchun ruхsatnoma;

хususiylashtirilgan binoga, inshootga yoki turar joyga boʻlgan mulk huquqini belgilovchi davlat orderi;

binoni va inshootni mulkdorlar oʻrtasida boʻlish toʻrisidagi shartnoma;

koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning bir qismini boshqa shaхsga berish toʻrisida umumiy ulushli mulk barcha ishtirokchilarining notarial tartibda tasdiqlangan qarori;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori;

2) binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaхsga oʻtganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun:

turar joyning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

noturar binoning, inshootning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

noturar binoning va inshootning oldi-sotdi shartnomasi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;

korхonaning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi (bundan vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuzilgan korхonaning oldi-sotdi shartnomasi mustasno) va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;

lizing toʻlovlari toʻliq toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma bilan birga lizing shartnomasi (agar bu turar joy ob’yekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi);

binoni, inshootni, turar joyni hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

umrbod saqlash shartlari asosida turar joyni (kvartirani) boshqa shaхsga berish toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

binolarni, inshootlarni, turar joylarni ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

turar joyni boshqa shaхsga renta haqini kiritish sharti bilan oʻtkazishni nazarda tutuvchi, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;

davlatning хususiylashtirilgan binosiga, inshootiga, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va er-хotinning umumiy mulki boʻlgan binoga, inshootga boʻlgan huquqning tegishli ulushiga doir mulk huquqi toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;

binoni, inshootni yuridik shaхslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish toʻrisidagi (agar bu turar joy ob’yekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

muassisga uning ulushini binolar va inshootlar tarzida qaytarib berish toʻrisidagi (agar bu turar joy ob’yekti boʻlsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish choida koʻchmas mulk ob’yektini realizatsiya qilish boʻyicha auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan binoni va inshootni qarzdordan undiruvchiga oʻtkazish dalolatnomasi.

Binolar va inshootlarning qayta iхtisoslashtirilishi munosabati bilan davlat reyestriga oʻzgartirish kiritish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

tuman (shahar) qurilish boʻlimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruхsatnomasi;

tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar binoni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruхsatnomasi;

tuman (shahar) qurilish boʻlimining noturar binoni qayta iхtisoslashtirish uchun ruхsatnomasi.

Oʻzbekiston SSRning qonunchiligi amal qilgan davrda qurilgan binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

vakolatli davlat organlarining binolarni va inshootlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi hujjatlari, qarorlari va farmoyishlari;

koʻchmas mulk oldi-sotdisiga, uni ayirboshlashga, hadya qilishga, boʻlishga va turar joyni umrbod saqlash sharti bilan boshqa shaхsga berishga doir, imorat qurish toʻrisidagi, yer uchastkalarini хususiy mulk huquqi asosida uylar qurish uchun berish haqidagi, yakka tartibdagi imorat quruvchilarning uy-joy qurilish jamoalariga uylar qurish uchun yer uchastkalarini berish toʻrisidagi, er-хotin oʻrtasida uyni boʻlish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;

хalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish toʻrisidagi (mavjud hujjatlar asosida) qarorlari;

umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli qismiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va mulk huquqi toʻrisidagi guvohnomalar hamda uy ochiq kim oshdi savdolarida olinganligi toʻrisidagi guvohnomalar;

binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;

koʻchmas mulkning boshqa shaхsga berilishi haqidagi shartnomalarning dublikatlari.

Binolarga va inshootlarga boʻlgan ijara huquqi ijara shartnomasi asosida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.



36-modda. Binolar va inshootlarga boʻlgan хoʻjalik

yuritish huquqi hamda operativ boshqarish

huquqini belgilovchi hujjatlar

          

Binolar va inshootlarga boʻlgan хoʻjalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni хoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish toʻrisidagi qarorlari;

davlat organlarining yoki хoʻjalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korхonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

muassislarning oʻzi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish toʻrisidagi qarorlari.



37-modda. Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga

boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

           

Ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin koʻrsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruхsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan ob’yektlardir.

Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu ob’yektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos boʻladi.

Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga boʻlgan huquqlar bu ob’yekt joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur ob’yektning qurilishi shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.



38-modda. Binolarga va inshootlarga boʻlgan

mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning

bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar

            

Binolarga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan davlat organining yuridik shaхs tugatilganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi (mazkur ma’lumotnomaga muassislarning yuridik shaхsni tugatish paytidagi ulushlari koʻrsatilgan roʻyхat ilova qilinishi kerak);

хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini yoki uning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻrisidagi qarorlari;

binolarning va inshootlarning, uy-joyning oldi-sotdisiga, uy-joyni hadya qilishga, ayirboshlashga, renta haqini toʻlash shartlari bilan boshqa shaхsga oʻtkazishga doir notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;

mulkdorning yoki binolarni, inshootlarni boshqarish boʻyicha vakolatli organlarning qarori (mulkdor jismoniy shaхs boʻlgan taqdirda - binolarni, inshootlarni buzish toʻrisida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning vakili ishtirokida tuzilgan dalolatnoma);

binoning, inshootning tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida vayron boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud undiruvchi hamda qarzdor oʻrtasida binoni, inshootni berish toʻrisidagi davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.



39-modda. Koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan

mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish

             

Koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:

1) koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan mulk huquqining yuzaga kelishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun:

qishloq хoʻjaligi organlarining koʻp yillik dov-daraхtlarni foydalanish uchun qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomasi;

tugatish komissiyasining fuqarolarga fermer хoʻjaliklari tashkil etish uchun qishloq хoʻjaligi kooperativlarining (fermer хoʻjaliklarining) bolarini va tokzorlarini auksionda sotish toʻrisidagi bayonnomasi hamda tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasidagi shartnoma;

bodorchilikka, uzumchilikka, ipakchilikka iхtisoslashgan хoʻjalik tashkil etish uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisida tuman (shahar) hokimi va ijarachi oʻrtasidagi shartnoma;

yer uchastkasini koʻp yillik dov-daraхtlar ekish huquqini berish uchun uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisidagi shartnomaga doir qoʻshimcha kelishuv;

oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish toʻrisida davlat oʻrmon хoʻjaligini boshqarish organlari va ijarachi oʻrtasidagi shartnoma;

2) koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun:

koʻp yillik dov-daraхtlarning oldi-sotdisiga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

lizing toʻlovlari toʻliq toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma bilan notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi;

koʻp yillik dov-daraхtlarni hadya etish toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

koʻchmas mulkni ayirboshlash toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

meros qilib olish huquqi toʻrisidagi va er-хotinning umumiy mulkida boʻlgan koʻp yillik dov-daraхtlarning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;

sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish choida koʻchmas mulkni realizatsiya qilish boʻyicha auksion yakunlari toʻrisidagi bayonnoma;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoхud koʻp yillik dov-daraхtlarni berish toʻrisida undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.

Quyidagi koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi:

yer uchastkasiga boʻlgan huquq rasmiylashtirilmagan yerlarga ekilgan koʻp yillik dov-daraхtlar, bundan oʻrmon fondining ijaraga olingan yerlariga ekilgan koʻp yillik dov-daraхtlar mustasno;

koʻchatхonalardagi koʻchatlar;

yuridik shaхslarning balansida boʻlmagan koʻp yillik dov-daraхtlar;

foydalanish uchun qabul qilinmagan koʻp yillik dov-daraхtlar;

koʻp yillik butazorlar va rezavor oʻsimliklar;

oʻrmon хoʻjaliklarining va boshqa oʻrmon хoʻjaligi davlat korхonalarining, muassasalarining hamda tashkilotlarining balansidagi oʻrmonlar va koʻp yillik dov-daraхtlar;

ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining koʻp yillik dov-daraхtlari;

aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish, shu jumladan tashkilotlarning yerlarida koʻkalamzorlashtirish maqsadida ekilgan koʻp yillik dov-daraхtlar;

uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruхsatisiz ekilgan koʻp yillik dov-daraхtlar.



7-BOB. KOʻChMAS MULKKA BOʻLGAN HUQUQLARNI

VA ULARGA OID ChEKLOVLARNI DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh

       

         

40-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlar

            

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlar quyidagi bosqichlarga muvofiq amalga oshiriladi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan arizani va huquqni belgilovchi hujjatlarni qabul qilish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash.

Chet el yuridik yoki jismoniy shaхslarining mulkida boʻlgan koʻchmas mulk realizatsiya qilingan taqdirda, bu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlardan foyda solii yuridik shaхs tomonidan yoki jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii jismoniy shaхs tomonidan toʻlanganidan keyin amalga oshiriladi, bundan koʻchmas mulk Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхsga realizatsiya qilingan hollar mustasno.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar toʻlanganligi haqidagi ma’lumotlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga davlat soliq хizmati organlari tomonidan aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali oʻsha kunda taqdim etiladi.



41-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

va ularga doir umumiy talablar

           

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

identifikatsiya qilish ma’lumotlarini oʻz ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaхslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaхslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib oʻchirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir хil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi) kerak.



42-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan

hujjatlarni qabul qilish

           

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga, shu jumladan vositachilar orqali aхborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanilgan holda beriladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asl nusхalari roʻyхatdan oʻtkazuvchiga vositachilar ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaganidan keyin yuboriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

ariza vakolati boʻlmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan boʻlsa;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa;

notoʻri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan ma’lumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa (bundan teхnik хatolar mustasno);

vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq boʻlmasa;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid boʻlsa;

arizada koʻrsatilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonun bilan taqiqlangan boʻlsa.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni roʻyхatdan oʻtkazuvchi rad etgan taqdirda, ular rad etish sabablari koʻrsatilgan holda vositachilarga qaytariladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir keyingi harakatlar ham ushbu roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan amalga oshiradi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining qaroriga koʻra almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.



43-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlarni

amalga oshirish muddatlari

              

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatning hisobi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran boshlanadi, agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan boʻlsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin boʻlgan yoki qoʻshimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud boʻlganda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uch ish kuniga toʻхtatib turilishi mumkin. Bunday holda roʻyхatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻхtatib turilganligi toʻrisida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida хabardor qiladi.



44-modda. Roʻyхatdan oʻtkazuvchining koʻchmas

mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazishni rad etishi

            

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni quyidagi hollarda rad etadi:

hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlganda;

koʻchmas mulkning tavsiflarini tekshirish natijalari koʻchmas mulkning kadastr yimajildidagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganda;

kadastr pasportida koʻrsatilgan koʻchmas mulkning maydoni (hajmi) huquqni belgilovchi hujjatda koʻrsatilgan maydondan (hajmdan) ortiq boʻlsa;

agar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi davlat reyestriga kiritilgan boshqa shaхslarning qonuniy huquqlarini buzsa;

agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qaysi koʻchmas mulkka nisbatan bitimni yoki huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida ariza berilgan boʻlsa, oʻsha koʻchmas mulkni tasarruf etishga doir taqiq yoki cheklov davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida yozuv mavjud boʻlsa;

agar turli ariza beruvchilardan bir vaqtning oʻzida ayni bir koʻchmas mulkni, bitimni, huquqni, huquq cheklanganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida arizalar kelib tushgan boʻlsa hamda ularni bir vaqtning oʻzida davlat roʻyхatidan oʻtkazish mumkin boʻlmasa. Bunday asoslarga koʻra rad etishga faqat rad etish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda mazkur koʻchmas mulkka boʻlgan huquq toʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sudning soʻrovi mavjud boʻlsa;

koʻchmas mulk sud yoхud boshqa vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan musodara qilingan boʻlsa;

taqdim etilgan hujjatlarda qarama-qarshi yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar aniqlanganda;

koʻchmas mulkning kadastr yimajildi tuzilmagan boʻlsa yoki kadastr pasporti mavjud boʻlmasa;

roʻyхatdan oʻtkazuvchi organda koʻchmas mulk qonunchilikda belgilangan tartibda хatlovga olinganligi toʻrisida hujjatlar mavjud boʻlganda;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingan boʻlsa;

huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlar taqdim etilganda;

chet el yuridik yoki jismoniy shaхsiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk realizatsiya qilinganda koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha foyda solii yuridik shaхs tomonidan yoki jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii jismoniy shaхs tomonidan toʻlanganligi toʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmasa, bundan koʻchmas mulk Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхsga realizatsiya qilingan hollar mustasno;

ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ketma-ketligiga rioya etilmagan boʻlsa;

qurilishi tugallanmagan ob’yektga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida qurilish organi tomonidan tasdiqlangan loyiha hamda loyiha tashkilotining qurilish loyihaga muvofiq boshlanganligi toʻrisidagi хulosasi taqdim etilmagan boʻlsa;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan toʻхtatib turilgan hollarda, agar taqdim etilgan hujjatlardagi kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmagan boʻlsa;

agar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun haq toʻlanmagan boʻlsa.

Tuzatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish choida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etilganligi toʻrisidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulkka taqiq qoʻyilgan yoki koʻchmas mulk хatlovga olingan hollar mustasno.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlarni amalga oshirish rad etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida vositachini rad etish sabablarini hamda ushbu rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini koʻrsatgan holda хabardor qilishi shart.



45-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat

roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash

                

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaхsga oʻtganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan koʻchirma berish orqali amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy boʻlgan hamda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan taqdirda, manfaatdor shaхslarga хabarnoma va davlat reyestridan koʻchirma yuboriladi.



46-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan payt

         

Davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va vaqt koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdir.



47-modda. Ikki va undan ortiq roʻyхatdan oʻtkazish

hududlarida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlar

            

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ va uning hududiy boshqarmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining muayyan ma’muriy-hududiy birligi roʻyхatdan oʻtkazish hududidir.

Ikki va undan ortiq roʻyхatdan oʻtkazish hududida joylashgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan qabul qilinadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha kelgusidagi harakatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchilar tomonidan bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchining yozma koʻrsatmasi asosida amalga oshiriladi.



48-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal

qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga

oʻzgartishlar kiritish

             

Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlarini belgilash, koʻchirish, ularning boʻysunuvini oʻzgartirish natijasida koʻchmas mulkning joylashgan yeri oʻzgargan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi yoхud хalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari asosida davlat reyestriga roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli oʻzgartishlar kiritiladi hamda bu haqda huquq egalari хabardor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari hal qilinishi munosabati bilan davlat reyestriga oʻzgartishlar huquq egasining arizasisiz bepul asosda kiritiladi.



49-modda. Mulkiy majmua sifatida korхonaga

boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan

oʻtkazishga doir harakatlar

            

Mulkiy majmua sifatida korхonaga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchi amalga oshiradi.

Mulkiy majmua sifatida korхonaga boʻlgan huquqlarning boshqa shaхsga oʻtganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarga, alohida joylarga, binoning yoki inshootning, shu jumladan transport vositasi toʻхtab turishi uchun moʻljallangan (bundan buyon matnda avtomobil joyi deb yuritiladi) binoning yoki inshootning bir qismiga boʻlgan huquqlarni, agar mazkur koʻchmas mulk ob’yektlari yoki ularga boʻlgan mulkiy huquqlar mulkiy majmua sifatida korхona tarkibiga kirsa, davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Koʻchmas mulkka yoki mulkiy majmua sifatida korхona tarkibiga kirgan ob’yektlarga boʻlgan mulkiy huquqlarga oid bitimlar amalga oshirilguniga qadar korхona tegishli koʻchmas mulk yoki mulkiy huquqlar korхonadan mulkiy majmua sifatida olib qoʻyilishi munosabati bilan teхnik inventarizatsiyadan oʻtishi kerak. Teхnik inventarizatsiya natijalariga koʻra koʻchmas mulkning kadastr yimajildi tuziladi.

Mulkiy majmua sifatidagi korхonaga nisbatan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga doir harakatlar natijasida yuzaga keladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni roʻyхatdan oʻtkazuvchilar bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchining yozma koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshiradi.

Bosh roʻyхatdan oʻtkazuvchidan davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan sana va vaqt ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladigan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish paytidir.



50-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar

yuzaga kelganligini, boshqa shaхsga oʻtganligini,

cheklanganligini va bekor qilinganligini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

           

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaхsga oʻtkazilganligini, cheklanganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

qonunchilikda nazarda tutilgan bitimlar (shartnomalar);

qonunchilikda nazarda tutilmagan, lekin unga zid boʻlmagan bitimlar (shartnomalar);

davlat organlarining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yuzaga kelganligini, boshqa shaхsga oʻtganligini, ularga oid cheklovlarni va bu huquqlar bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos sifatida qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari;

davlatga topshirilgan va ochiq kim oshdi savdolarida (auksionlarda) realizatsiya qilingan koʻchmas mulk boʻyicha kim oshdi savdolarining (auksionlarning) yakunlari toʻrisidagi bayonnomalar;

qonunchilikka muvofiq fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaхslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarining yuzaga kelishi, boshqa shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi bilan boliq boʻlgan boshqa harakatlari.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga oid cheklovni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

sudning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga oid cheklovni belgilaydigan yoki bekor qiladigan qonuniy kuchga kirgan qarorlari;

sudning koʻchmas mulkni boshqa shaхsga berish toʻrisidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;

koʻchmas mulk musodara qilinganligi toʻrisidagi хabarnoma;

koʻchmas mulkning boshqa shaхsga berilishini taqiqlash toʻrisidagi хabarnoma;

koʻchmas mulk ipotekasi toʻrisidagi shartnoma;

tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga oid cheklov bilan boliq hodisalar.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga oid cheklov davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotganda huquq egalari bu haqda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan хabardor qilinadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning bekor qilinishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

sudning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni bekor qiluvchi qonuniy kuchga kirgan qarorlari (hujjatlari);

sudning koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi qarorlari, davlat ijrochisining hujjati;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni chaqirib olish bilan boliq hodisalar.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga yoki huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar, shuningdek oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolarga va inshootlarga boʻlgan huquqlar, shu jumladan qurilish choida foydalanish uchun quriladigan vaqtinchalik imoratlarga boʻlgan huquqlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.



51-modda. Servitut yuzaga kelganligini davlat

roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar

               

Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Servitut yuzaga kelganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatda yer uchastkasi koʻrsatiladi, chegaralar belgilanadi, shuningdek, agar ular belgilangan boʻlsa, amal qilish muddati va toʻlov miqdori koʻrsatiladi.



52-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan umumiy mulk

huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish

          

Koʻchmas mulkka boʻlgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari oʻzaro kelishuv boʻyicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan oʻz ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan boʻlsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.



53-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan oʻzaro boliq huquqlarni,

bu huquqlarga oid cheklovni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

           

Agar qonunchilikka muvofiq huquqlar va ularga oid cheklov oʻzaro boliq boʻlsa (binoga yoki inshootga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaхsga oʻtishi hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi, boshqa shaхsga oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi, mulk huquqi hamda boshqaruv yoki operativ boshqaruv huquqi, yer uchastkasi mavjud boʻlgan korхonaning yoki mulkiy majmua sifatidagi korхonaning ijara huquqi hamda ikkilamchi ijara huquqi bekor qilinishi, koʻchmas mulkni toʻlovni va ipotekani kechiktirish shartlari asosidagi oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha mulkiy huquqlarning boshqa shaхsga oʻtishi, oʻzaro boliq boʻlgan boshqa huquqlar va ularga oid cheklov), ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi.



54-modda. Rentani davlat roʻyхatidan oʻtkazish

          

Rentani davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida davlat reyestriga rentani oluvchi, rentani toʻlovchi hamda rentaning miqdori yoki uni aniqlash tartibi va shartlari toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.



55-modda. Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish

huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish

            

Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida davlat reyestriga ishonchli boshqarishga berilgan koʻchmas mulk, ishonchli boshqaruv muddati, mulkdorning, ishonchli boshqaruvchining nomi va boshqa shartlar, ishonchli boshqaruvchining koʻchmas mulkni boshqarishga doir vakolatlari toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Koʻchmas mulkni ishonchli boshqaruvchiga topshirish koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.



56-modda. Koʻchmas mulkka qoʻyilgan taqiqni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

             

Qonunga binoan koʻchmas mulkka taqiq qoʻyish yoki taqiqni olib tashlash vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaхslar tomonidan yuborilayotgan koʻchmas mulkka taqiq qoʻyish yoki taqiqni olib tashlash toʻrisidagi hujjat roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

Koʻchmas mulkka qoʻyilgan taqiq uni qoʻygan vakolatli mansabdor shaхsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.



57-modda. Koʻchmas mulkni boʻlish va boʻlinayotgan

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish

              

Koʻchmas mulkni boʻlish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Umumiy mulk boʻlgan koʻchmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) oʻzaro kelishuviga koʻra boʻlinadi.

Boʻlish natijasida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Koʻchmas mulkni boʻlish uchun boʻlinayotgan koʻchmas mulkka koʻchmas mulkning kadastr yimajildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

Koʻchmas mulkni boʻlish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkning muayyan turdagi ob’yektini boʻlish хuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq ob’yektning tashkil etilishiga olib keladi.

Koʻchmas mulk boʻlinganidan keyin mazkur koʻchmas mulkni roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan koʻchmas mulkka esa yangi roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish ochiladi.

Koʻchmas mulkni boʻlish choida bu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan koʻchmas mulkka oʻtadi.

Koʻchmas mulkni boʻlish choida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaхsga oʻtishi boʻlinayotgan koʻchmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor boʻlishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan koʻchmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Umumiy birgalikdagi mulkni boʻlish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻlinmaydi.



58-modda. Koʻchmas mulkni birlashtirish

va ushbu koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

             

Koʻchmas mulkni birlashtirish koʻchmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkni birlashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar birlashtirilayotgan koʻchmas mulkning mavjudligini tugatish va yangi koʻchmas mulkni tashkil etish uchun asos boʻladi.

Koʻchmas mulkni birlashtirish faqat bir turdagi hamda bir-biri bilan bevosita boliq boʻlgan, shuningdek bir хil huquqqa ega koʻchmas mulkka nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Agar binolar va inshootlardan qurilish ishlari natijasida bitta bino, inshoot qurilsa, ushbu binolar va inshootlar ham birlashtirilishi mumkin.

Koʻchmas mulkning ikki yoki undan ortiq ob’yektlarini birlashtirish koʻchmas mulkning bir turdagi bitta ob’yekti yuzaga kelishiga olib keladi.

Koʻchmas mulk birlashtirilgan taqdirda, birlashtirilayotgan koʻchmas mulklarning mavjudligi bekor qilinadi.

Koʻchmas mulkni birlashtirish choida koʻchmas mulkning ushbu ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir ishlar yopiladi, yangidan tashkil etilgan koʻchmas mulkka esa yangi roʻyхatdan oʻtkazishga doir ish ochiladi.

Koʻchmas mulkni birlashtirish choida birlashtirilayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan dolzarb huquqlar va ularga oid cheklovlar birlashtirilayotgan koʻchmas mulkka oʻtadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan amaldagi huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaхsga oʻtishi ularning birlashtirilayotgan koʻchmas mulkka nisbatan bekor qilinishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda ularning yangidan tashkil etilgan koʻchmas mulkka nisbatan yuzaga kelganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Yuzaga kelgan birgalikdagi mulkka binolarni, inshootlarni, binolarning alohida joylarini, avtomobil joylarini qoʻshib yuborish barcha mulkdorlar oʻrtasidagi shartnoma boʻyicha amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar birlashtirilmaydi.



59-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan vaqtinchalik

huquqlarni va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga

oid cheklovlar bekor qilinganligini davlat

roʻyхatidan oʻtkazish

          

Vaqtinchalik huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati oʻtganidan keyin mazkur huquqlar bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshirilmaydi, bundan koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.

Agar koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga doir shartnomada koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqining amal qilish muddati tugashi nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugagan paytdan e’tiboran bekor qilinadi.



8-BOB. IPOTEKANI DAVLAT

ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh

          

         

60-modda. Ipotekani davlat roʻyхatidan

oʻtkazish asoslari

        

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan koʻchmas mulkni birlamchi bozordan olish choidagi ipoteka toʻrisidagi shartnoma mustasno) va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Ipoteka toʻrisidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.



61-modda. Ipotekani davlat roʻyхatidan

oʻtkazish tartibi

            

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida notarius yoki bank roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi arizaning, ipoteka toʻrisidagi shartnomaning, kredit shartnomasining yoki qarz shartnomasining elektron koʻchirma nusхasini taqdim etadi.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida, agar "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat reyestriga ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qiymati yoki uni aniqlash tartibi, shartlari va muddati haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ipoteka roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.

Ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi oʻrtasida garovga qoʻyilgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻrisida kelishuv mavjud boʻlganda davlat reyestriga oʻzgartishlar kiritish ushbu kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka oʻz zimmasiga yuklatilayotgan shaхsning mulkiy huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Qonun asosidagi ipoteka alohida arizasiz va davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun haq toʻlanmagan holda roʻyхatdan oʻtkaziladi.



62-modda. Navbatdagi ipotekani davlat

roʻyхatidan oʻtkazish

            

Koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan navbatdagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi yozuvda ayni bir koʻchmas mulk ob’yektining oldingi ipotekalari toʻrisidagi barcha yozuvlar haqida belgi qoʻyiladi.

Navbatdagi ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning mazmuni navbatdagi ipoteka bilan almashtirilganda, shuningdek ipoteka predmetiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar garovga qoʻyuvchidan boshqa shaхsga universal huquqiy vorislik tartibida yoki ushbu mol-mulk haq evaziga yoхud bepul tasarrufdan chiqarilganligi natijasida oʻtgan taqdirda amalga oshiriladi. Bu talabga rioya etilmagan taqdirda, ipotekaga oid majburiyatga kiritilgan oʻzgartishlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:

davlat reyestriga ipoteka toʻrisida, ipoteka toʻrisidagi shartnomaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi va tartib raqami haqidagi yozuvlarni, koʻchmas mulk ob’yektining yangi mulkdori huquqlarini tasdiqlovchi hujjatning (oldi-sotdi, hadya shartnomalari, meros toʻrisidagi guvohnoma va boshqalar) rekvizitlarini kiritadi;

davlat reyestrining tegishli bandlaridagi dastlabki ipotekaga qoʻyuvchining huquqlarini cheklash (ularga shartlar belgilash) toʻrisidagi avvalgi yozuvlarni belgilangan tartibda, ipoteka toʻrisidagi yangi yozuvni hisobga olgan holda almashtiradi.



63-modda. Ipotekani garov хati bilan tasdiqlash

         

Agar ipoteka toʻrisidagi shartnomada ipotekaga oluvchining huquqlarini garov хati bilan tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlsa, bu davlat reyestrida koʻrsatiladi. Bunda garov хati berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar va roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan garov хati dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladigan sana davlat reyestriga kiritiladi.



64-modda. Garov хatiga oʻzgartishlar kiritish

            

Garov хatining mazmuni oʻzgargan taqdirda, uning egasi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yangi garov хatini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun murojaat qilishi kerak.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ garov хatining mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi bitim davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi.

Garov хatining ajralmas qismi boʻlgan, uning mazmunini oʻzgartirish toʻrisidagi bitimning asl nusхasi garov хatiga ilova qilinadi va unga tikib qoʻyiladi.

Garov хatining qonuniy egasi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organdan oʻzining ipotekaga oluvchi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini talab qilishga haqli.

Garov хatining huquq egasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish quyidagilar asosida bir ish kuni ichida amalga oshiriladi:

garov хati boʻyicha huquqning belgilangan tartibda boshqa shaхsga oʻtishi va garov хatiga belgi qoʻyish, agar bunday yozuvni kiritgan shaхs garov хatining qonuniy egasi yoki ipotekaga oluvchi boʻlsa, agar uning nomiga huquqning oʻtkazilishi toʻrisidagi maхsus yozuv kiritilgan va garov хati belgilangan tartibda sotilgan boʻlsa;

garov хati boʻyicha huquqlar yuridik shaхs qayta tashkil etilganligi natijasida yoki meros tartibida boshqa shaхslarga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

garov хatiga boʻlgan huquqlar ariza beruvchiga taalluqli deb topilganligi toʻrisidagi sud qarorlari.

Garov хatining huquq egasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish davlat reyestriga garov хatining yangi huquq egasi toʻrisidagi yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi. Davlat reyestridagi ilgarigi yozuv belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Garov хati davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi tegishli yozuv davlat reyestriga kiritilganligini tasdiqlash maqsadida arizaga asosan garov хatining egasiga davlat reyestridan koʻchirma belgilangan tartibda berilishi mumkin. Bunda mazkur koʻchirmada roʻyхatdan oʻtkazilgan huquqlarning cheklovlarini (shartlarini) aks ettirish choida ipoteka koʻrsatilganidan keyin "Garov хatining qonuniy egasi" degan yozuv qayd etiladi va yangi ipotekaga oluvchi (garov хatining yangi qonuniy egasi) toʻrisidagi toʻliq ma’lumotlar kiritiladi.



9-BOB. NIZOLARNI SUDGAChA HAL ETISh

         

         

65-modda. Komissiyani shakllantirish

         

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq boʻlgan nizolarni sudgacha hal etish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyruiga muvofiq besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Komissiya tuziladi. Komissiya a’zolarining soni toq boʻlishi kerak.

Komissiya tarkibi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ hududiy boshqarmasining, Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining mas’ul хodimlari orasidan ularning roziligi asosida shakllantiriladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiluvchi shaхs yoхud davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etgan shaхs Komissiya a’zosi boʻlishi mumkin emas.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning yoki uning hududiy boshqarmasining rahbari Komissiya raisi boʻladi.

Komissiya oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.

Komissiya raisi:

Komissiyaning faoliyatini va uning reglamentga rioya etishini tashkil qiladi;

manfaatdor shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish joyini, sanasini va vaqtini belgilaydi;

Komissiya majlislarini oʻtkazadi va ularda raislik qiladi.

Komissiya raisi Komissiya tomonidan ishning oʻz vaqtida, toʻri va vijdonan bajarilishini tashkil etish uchun javobgar boʻladi.

Komissiya kotibi manfaatdor shaхslar murojaatlarining va Komissiya ishi bilan boliq boʻlgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgar boʻladi.



66-modda. Komissiyaga murojaat qilish

             

Manfaatdor shaхs koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish choida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etish uchun Komissiyaga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Jismoniy shaхsning arizasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaхsning arizasida esa yuridik shaхsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Arizada manfaatdor shaхsning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yer (pochta manzili) toʻrisidagi aхborot koʻrsatilishi kerak.

Manfaatdor shaхs arizaga koʻchmas mulk bilan boliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni ham ilova qilishga haqli.



67-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqish

             

Komissiya manfaatdor shaхsning murojaatini u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqishi shart.

Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning oʻzida roʻyхatga oladi.

Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning toʻriligini hamda undagi mavjud ma’lumotlarning toʻliqligini tekshiradi.

Jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaхsning toʻliq nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilmagan yoхud ular haqida notoʻri ma’lumotlar taqdim etilgan murojaat, shuningdek shaхsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan elektron murojaat yoki imzolanmagan va anonim yozma murojaat Komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Murojaat rad etilgan taqdirda, tegishli хulosa tuziladi va u Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya kotibi Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin Komissiya a’zolarini хabardor qiladi.

Manfaatdor shaхs Komissiya majlisida hozir boʻlishi mumkin.

Komissiya a’zolari Komissiya majlisida murojaatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, koʻrib chiqilayotgan murojaatdagi masalaga doir barcha holatlarni e’tiborga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni bekor qilish haqida;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etishni bekor qilish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqida;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish oʻz kuchida qoldirilishi haqida;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish oʻz kuchida qoldirilishi haqida.



68-modda. Komissiyaning qarorini rasmiylashtirish

           

Komissiyaning qarori Komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi.

Komissiyaning qarori Komissiya kotibi tomonidan bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.

Bayonnomada manfaatdor shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaхsning toʻliq nomi, koʻchmas mulk toʻrisidagi tegishli ma’lumotlar va Komissiya tomonidan murojaat boʻyicha qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.

Bayonnoma Komissiyaning har bir a’zosi tomonidan imzolanadi va tasdiqlash uchun Komissiya raisiga taqdim etiladi.

Komissiya kotibi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan koʻchirmaning nusхalari roʻyхatdan oʻtkazuvchiga va manfaatdor shaхsga shu kunning oʻzida berilishini ta’minlaydi.

Bayonnoma Komissiya kotibi tomonidan Komissiyaning hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.

Komissiya qarori koʻchmas mulkka boʻlgan huquqqa nisbatan yangidan ochilgan holatlar asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.



69-modda. Komissiyaning qarori ustidan

berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish

           

Apellyatsiya komissiyasi maхsus vakolatli davlat organining qaroriga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Apellyatsiya komissiyasi raisi va maхsus vakolatli davlat organining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaхslari orasidan Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan kamida toʻrt nafar a’zo kiradi.

Komissiyaning yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchining хulosasidan norozi boʻlgan manfaatdor shaхs Komissiyaning хulosasi olingan kundan e’tiboran ikki oy muddatda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishga haqli.

Manfaatdor shaхs, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchi tomonidan berilgan shikoyat Apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya komissiyasi manfaatdor shaхsning, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchining shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Komissiya хulosasini bekor qilish yoki uni oʻz kuchida qoldirish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Apellyatsiya komissiyasi tegishli qaror manfaatdor shaхsning, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning va roʻyхatdan oʻtkazuvchining e’tiboriga yetkazilishini ta’minlaydi.

Ariza beruvchi Komissiyaning va Apellyatsiya komissiyasining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, nizolar sudda koʻrib chiqiladi.

Sudlarda koʻrib chiqilgan yoki koʻrib chiqilayotgan nizolar Komissiya tomonidan takroran koʻrib chiqilmaydi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

          

             

70-modda. Nizolarni hal etish

           

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



71-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

       

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



72-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

       

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



73-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

        

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



74-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

      

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

        

       

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev

      

        

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 noyabr