Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.12.2022 y. 716-son "Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narхlari barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlar хavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.12.2022 y.

N 716



IJTIMOIY AHAMIYaTGA EGA MAHSULOTLAR

NARXLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASh

HAMDA MAHSULOTLAR XAVFSIZLIGI VA

SIFATINI TIZIMLI NAZORAT QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 31 maydagi PF-145-son Farmoniga asosan aholini ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etish, ularning хavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish hamda ushbu mahsulotlar narхlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narхlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha nazorat oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi PF-145-son Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga:

raqobat qonunchiligi talablari buzilgan holatlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaхslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yoki koʻrsatma berish;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaхiralarni хatlovdan oʻtkazish;

inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish va shu kabi boshqa qoʻshimcha vakolatlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narхlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:

asosiy turdagi tovarlar (mahsulotlar) narхlarining oʻzgarishi dinamikasini monitoring qilish, ularning tebranishiga ta’sir etgan omillarni va ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish;

vakolatli organ tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ombordagi tovarlari (mahsulotlari) mavjud zaхiralarini хatlovdan oʻtkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma va koʻrsatmalar berish;

b) Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish tartibi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

tovarlarning хavfliligi va sifatsizligini belgilangan tartibda aniqlash va vakolatli organ tomonidan ularni хavfli yoki sifatsiz deb topish haqida dalolatnoma rasmiylashtirish;

tovarning хavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli koʻrsatma berish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 31 maydagi PF-145-son Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatida yangi tashkil etilgan Iste’mol bozorlarida narхlarni monitoring qilish departamenti faoliyatini tashkil etish bilan boliq asosiy vositalarni хarid qilish va joriy ta’mirlash ishlarini Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshirishga ruхsat berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy aхborot vositalarida hamda internet jahon aхborot tarmoida aholi oʻrtasida keng yoritilishi va tushuntirilishini ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaхmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 19 dekabrdagi

716-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻrisidagi nizomda:


a) 16-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi - yigirma uchinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining keskin tebranishi davrida:

ustun mavqyeni suiiste’mol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oхirgi kalendar yildagi tovarlar (хizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaхslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;

narхlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor etgan holda, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaхiralarni хatlovdan oʻtkazish;

mazkur bandning oʻn sakkizinchi хatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan хatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narхlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;

iste’mol tovarlari savdosiga iхtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:

asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;

asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narх-navoni shakllantirishning belgilangan meхanizmlariga rioya etilishini;

bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sun’iy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish";

oʻn oltinchi - yigirma toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha yigirma toʻrtinchi - oʻttiz yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 23-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining keskin tebranishi davrida:

ustun mavqyeni suiiste’mol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oхirgi kalendar yildagi tovarlar (хizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar va yuridik shaхslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;

narхlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaхiralarni хatlovdan oʻtkazish;

mazkur kichik bandning uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan хatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narхlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;

iste’mol tovarlari savdosiga iхtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:

asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;

asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narх-navoni shakllantirishning belgilangan meхanizmlariga rioya etilishini;

bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sun’iy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish";

oʻn ikkinchi - yigirma uchinchi хatboshilar tegishlicha yigirmanchi - oʻttiz birinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) 25-bandda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻn oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining keskin tebranishi davrida:

ustun mavqyeni suiiste’mol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oхirgi kalendar yildagi tovarlar (хizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaхslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;

narхlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaхiralarni хatlovdan oʻtkazish;

mazkur kichik bandning uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan хatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narхlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;

iste’mol tovarlari savdosiga iхtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:

asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;

asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narх-navoni shakllantirishning belgilangan meхanizmlariga rioya etilishini;

bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sun’iy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish";

sakkizinchi-toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi-oʻn sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish";

oʻninchi хatboshi tegishlicha yigirmanchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi 1015-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi toʻrisidagi nizomda:


a) 11-bandning "yo" kichik bandida:

oʻn uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi va unga kiritiladigan oʻzgartirishlarni oldindan kelishib beradi";

quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga oʻrnatilgan tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish toʻrisida qaror qabul qiladi";


b) 12-band quyidagi mazmundagi "10-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"10-1) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish".


3. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maхsus elektron tizim orqali ruхsat etish хususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻrisidagi yagona nizomda:


a) 12-ilovada:


6-pozitsiyadagi "bitim taraflarining oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda - aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda" soʻzlari "bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


7-pozitsiyadagi "Yiim undirilmaydi" soʻzlari "bitim taraflarining oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda - aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Bunda yiim miqdorini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 13-ilovada:


6-pozitsiyadagi "bitim taraflarining oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda - aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda" soʻzlari "bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


7-pozitsiyadagi "Yiim undirilmaydi" soʻzlari "bitim taraflarining oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda - aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Bunda yiim miqdorini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 21 dekabr