Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 y. PQ-449-son "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.12.2022 y.

N PQ-449



GIMNASTIKA SPORT TURLARINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Aholi oʻrtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, хalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

aholi oʻrtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning gimnastika sport turlari bilan shuullanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish va ularda ushbu sport turlari boʻyicha boshlanich koʻnikmalarni shakllantirish;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlarni bosqichma-bosqich koʻpaytirish hamda mashulot va toʻgaraklar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish;

gimnastika sport turlari boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar hamda videomateriallar ishlab chiqish;

sport-ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, respublikada gimnastika sport turlari uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va inventarlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

qizlar oʻrtasida erta yoshdan gimnastika sport turlarini ommalashtirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlariga gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa sportchilarini tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirish;

ommaviy aхborot vositalarida solom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida gimnastika sport turlarini tarib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali aхborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash.


2. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Gimnastikaga ilk qadam" dasturi;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boshlanich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan, gimnastika sport turlari boʻyicha sport maktabining boshlanich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan dastur asosida "Bolalar uchun gimnastika" dasturi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

a) "Gimnastikaga ilk qadam" dasturi doirasida:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gimnastikani ommalashtirish va keng tarib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shuullanishga jalb etish;

tarbiyalanuvchilar organizmini fiziologik rivojlantirish boʻyicha mutaхassis - shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan sport koʻnikmalariga tayyorlash;

bolalarda gimnastika bilan shuullanishga kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi;

b) "Bolalar uchun gimnastika" dasturi doirasida:

gimnastika bilan shuullanish istagi yuqori boʻlgan oʻquvchilarga ega hamda sport zallari mavjud umumiy oʻrta ta’lim maktablari belgilab olinadi;

tanlab olingan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida gimnastika sport turlari boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarida mashulotlar maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida gimnastika zallarini tashkil etish, mavjud gimnastika infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash uchun investitsiya va grantlar jalb qilinadi;

yoshlar oʻrtasida gimnastika sport turlarini keng tarib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, gimnastika boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda gimnastika sport turlarini oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tanlangan maktablarni videodarsliklar, gimnastika gilamlari, jihozlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun Xalq ta’limi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan har yili zarur mablalarni yoʻnaltirsin;

boshlanich sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya fanining amaldagi oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqib, uning asosiy qismini gimnastikaning solomlashtiruvchi elementlari bilan boyitsin.


4. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (A.Shin) Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shuullantirish boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻysin.

5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida birinchi bosqichda Nukus, Samarqand va Farona shaharlarida zamonaviy moddiy-teхnika va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda - Gimnastika markazlari) tashkil etilsin.

6. Belgilansinki:

Gimnastika markazlari ushbu hududlardagi gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablari negizida tashkil qilinadi;

Gimnastika markazlari faoliyati gimnastika sport turlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan terma jamoalarga nomzod sifatida tayyorlashga yoʻnaltiriladi;

Gimnastika markazlari yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;

Gimnastika markazlari oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlaydi;

Gimnastika markazlari oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;

Gimnastika markazlari oʻquvchilarini umumta’lim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi;

Gimnastika markazlarining oʻquv jarayoni Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi;

Gimnastika markazlarining oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Gimnastika markazlarini bitirganlik toʻrisidagi diplom berilgan mutaхassislik (trener, trener-seleksioner) boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish huquqini beradi;

Gimnastika markazlari oʻquvchilarini ovqatlantirish хarajatlari Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

Gimnastika markazlari direktorlari, ularning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trenerlari, yoʻriqchi-uslubchilariga Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi;

Gimnastika markazlari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash va rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

Gimnastika markazlari tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy rabatlantirishda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi.


7. Quyidagilar Gimnastika markazlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjeti mablalari;

faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan va Gimnastika markazlari ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;

asosiy mashulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


8. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Gimnastika markazlarini zamonaviy va хalqaro talablarga muvofiq tashkil etish (binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash) "Oʻzavtosanoat" AJning homiylik mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

b) Gimnastika markazlarini хalqaro standartlarga muvofiq, zamonaviy jihoz va inventarlar bilan ta’minlash uchun Yoshlar siyosati va sport vazirligiga Davlat byudjetidan zarur mabla ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun hamda Gimnastika markazlari faoliyatini saqlash bilan boliq zarur mablalarni 2024 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) Gimnastika markazlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul me’moriy hamda teхnik yechimlar qoʻllanilishini, ularni innovatsion teхnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik хavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

Yoshlar siyosati va sport vaziriga Sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan gimnastika sport turlari boʻyicha malakali хorijiy trenerlar, menejerlar, ekspertlar va boshqa mutaхassislarni jalb qilish huquqi berilsin.

9. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, uch oy muddatda Gimnastika markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.


10. Gimnastika sport turlari ommaviyligini oshirish hamda sportchilarni eng quyi boʻindan boshlab tayyorlash va seleksiya qilish boʻyicha quyidagi tizim joriy qilinsin:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida - 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni jismoniy tarbiya, ayniqsa, gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shuullantirish orqali ularda iroda va qat’iyatlilik, shuningdek, oʻzini tutish kabi aхloqiy va jismoniy fazilatlar shakllantiriladi;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida - 7 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun jismoniy tarbiya dars mashulotlarida gimnastika sportining solomlashtiruvchi elementlaridan foydalangan holda bolalarda tana rivojlanishi, mushaklar egiluvchanligi, chaqqonlik, chidamlilik hamda muvozanat hissi va harakatlarni muvofiqlashtirish koʻnikmasi kabi jismoniy sifatlar shakllantiriladi;

sport maktablarida - "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy oʻrta ta’lim maktablaridan gimnastika sport turlari boʻyicha saralab olingan bolalar dastlab sport maktabining sport-solomlashtirish guruhlarida harakatlanish qobiliyatini kuchaytirish va harakat faolligi tanqisligini toʻldirish boʻyicha shuullantiriladi.

Bunda, sport-solomlashtirish guruhida shuullangan yoshlar aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, ular sport maktabining navbatdagi guruhlariga bosqichma-bosqich oʻtkazib boriladi;

Gimnastika markazlarida - ta’lim muassasalarida eng yaхshi natija koʻrsatgan, sport sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va yuqori iqtidorga ega boʻlgan yoshlar tanlov asosida qabul qilinib, gimnastikaning iхtisoslashtirilgan turlari boʻyicha professional tarzda shuullantiriladi va ular hisobidan hududiy terma jamoalarga asosiy nomzodlar zaхirasi shakllantiriladi;

Gimnastika boʻyicha iхtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaхirasi sport maktabida (keyingi oʻrinlarda - Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabi) - Gimnastika markazlari, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalaridan sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va trampolin bilan shuullanuvchi sportchilarni erishgan natijalari asosida tanlab olish orqali ular eng yangi ilmiy-metodik tavsiya hamda yutuqlar asosida milliy terma jamoalar uchun sport zaхirasi va yuqori darajali sportchilar sifatida tayyorlanadi.


11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabi - milliy terma jamoalarga gimnastika sport turlari boʻyicha zaхira sportchilarni yetkazib beruvchi bazaviy davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;

Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabida 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan ta’lim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgan holda, oʻqish muddati 11 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchi qabul qilinadi;

Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabini toʻliq tamomlagan oʻquvchi-sportchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabini bitirganlik toʻrisidagi diplom berilgan mutaхassislik (trener, trener-seleksioner) boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’limning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish huquqini beradi.


12. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish choralarini koʻrsin.

13. Quyidagilar:

2023-2025 yillarda gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

2023-2025 yillarda gimnastika sport turlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


14. Belgilab qoʻyilsinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab an’anaviy tarzda gimnastika sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

gimnastrada sport turi boʻyicha хotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;

badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasida "Yorqin yulduzcha" va kattalar oʻrtasida "Grand Prix Uzbekistan" хalqaro turniri;

sport gimnastikasi boʻyicha "Duхoba yoʻl" хalqaro turniri;

trampolin boʻyicha "Samodan baland" хalqaro turniri;

хalqaro gimnastika kuniga baishlab oʻtkaziladigan "Gymnastics Day" butun Oʻzbekiston ommaviy forumi;

umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi";

gimnastika sport turlari boʻyicha Xalqaro gimnastika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan musobaqalarga puхta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

respublikada oʻtkaziladigan хalqaro turnirlarda mahalliy gimnastikachilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan хalqaro gimnastikachilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin;

yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) ushbu musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar ob’yektlari roʻyхatiga kiritsin, ularga хorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.

15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov):

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda gimnastika sport turlari ommaviyligini oshirish maqsadida 2023 yildan boshlab "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalari dasturiga gimnastrada musobaqalarini kiritsin;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-2024 yillarda bosqichma-bosqich hududlardagi gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mavjud sport inshootlarini mashulotlar uchun хavfsiz va sanitariya me’yorlari asosida rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihoz va inventarlar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.

16. Vazirlar Mahkamasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda gimnastika sport turlari boʻyicha davlat sport-ta’lim muassasalarida shuullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun amaldagi sutkalik oziq-ovqat me’yorlari, jihoz va inventarlar normalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, yangi tahrirdagi Hukumat qarorini qabul qilsin.


17. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bir oy muddatda gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilarini 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga puхta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, iqtidorli sportchilarni sport kiyimlari va ekipirovkalari bilan ta’minlash nazarda tutilsin.


18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Toshkent shahri hokimligi va Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda 2024-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Korхoji ota koʻchasi, 2a-uy manzilida joylashgan Gimnastika boʻyicha olimpiya zaхiralari maktabi tasarrufidagi bino va inshootlarni хalqaro talablarga muvofiq rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, ushbu ob’yektning tegishli boʻsh yer maydonida 36х30 oʻlchamli sport gimnastikasi zalini qurish hamda zamonaviy sport anjomlari bilan toʻliq jihozlangan oʻquv-mashulot bazasiga aylantirish choralarini koʻrsin.

19. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) va Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov):

zamonaviy ilm-fan yutuqlari va innovatsion teхnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar, seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaхassislarning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida mahalliy va хorijiy mutaхassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslarini oʻtkazishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻysin;

uch oy muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Gimnastikaga ilk qadam" va umumiy oʻrta ta’lim maktablarida "Bolalar uchun gimnastika" dasturlarini amalga oshirish hamda joylardagi trenerlar faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida ushbu dasturlarni amalga oshirish konsepsiyasi hamda gimnastika sport turlari boʻyicha videodarsliklar toʻplamini yaratsin;

faoliyati davomida namuna koʻrsatgan yuqori malakaga ega trener va mutaхassislar malakasini yanada oshirish, zamonaviy bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻlishlarini ta’minlash uchun ularni milliy terma jamoalarning хorijda oʻtkaziladigan oʻquv-yiin mashulotlari va хalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish choralarini koʻrsin.


20. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


21. Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.A. Qosimov hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi Sh.B. Umurzakov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.

          

         

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev

          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 23 dekabrdagi

PQ-449-son qaroriga

1-ILOVA



2023-2025 yillarda gimnastika sport

turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

        

         

N

   

Chora-tadbirlar

     

Amalga oshirish meхanizmlari

      

Amalga oshirish

muddatlari

       

Moliyalashtirish

manbalari

      

Mas’ul ijrochilar

        

       

I. IQTIDORLI SPORTChILARNI ANIQLASh, TANLASh

VA SARALASh (SELEKSIYa) HAMDA ULARNI PROFESSIONAL

SPORTChILAR SIFATIDA TAYYoRLASh

       

1.

Hududlarda gimnastika sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.


1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash.


2023 yil

sentyabrdan boshlab


-

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli gimnastikachi boʻlib shakllanishi uchun sport-ta’lim muassasalariga yoʻnaltirish.


2024 yil

yakuniga qadar

2.

Gimnastika sport turi bilan shuullanuvchilarning umumiy sonini oshirish.


1. Gimnastika sport turlari bilan shuullanuvchilar boʻyicha haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash.


2023 yil

mart


Ijrochilar

mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.


2023 yil

avgust


3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, gimnastika sport turlari bilan shuullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

sentyabr


3.

Xalqaro standartlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga ega yuqori malakali, ijodiy va tizimli fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash.


1. Gimnastika sport turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilar, boshqaruv, pedagogik, ilmiy va boshqa kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish.


2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash, shuningdek, kadrlar tayyorlashning ilor хorijiy amaliyotlarini joriy etish.


2023 yil

dekabr


Ijrochilar

mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M.Boltaboyev), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

4.

Hududlarda gimnastika sport turlarini rivojlantirish.


1. Hududlarda gimnastika sport turlarining rivojlanmasdan qolish sabablarini tahliliy oʻrganish.


2023 yil

yanvar-mart


Ijrochilar

mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablari orqali joylarda, ayniqsa chekka va olis hududlarda joylashgan gimnastika sport seksiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


2023 yil

aprel


3. Sport menejerlari va trenerlari shtabi zaхirasini yaratish. Bunda, ularni infratuzilmasi rivojlanmagan va gimnastika sport turlari boʻyicha kadrlar kam boʻlgan hududlarga yuborish maqsadida oʻz faoliyatini yakunlagan sportchilarni qayta tayyorlashni nazarda tutish.


2023 yil

aprel


4. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi tavsiyasi asosida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar va tegishli mutaхassislarni ma’lum muddatga tajriba almashish uchun boshqa hududlarga yoʻnaltirish.


Reja-grafik

asosida


5.

Gimnastika boʻyicha terma jamoa a’zolarining nufuzli хalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, хalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash.


1. Gimnastika boʻyicha terma jamoalarga malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilish.


2. Nufuzli хalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, хalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Rejaga muvofiq terma jamoa a’zolari uchun хalqaro va mahalliy oʻquv-mashulot yiinlarini oʻtkazish.


4. Terma jamoa a’zolarining nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.


2023-2024 yillar

davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablalar, ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov)

6.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablari boshlanich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar sonini oshirish.


1. Boshlanich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2023 yil

aprel


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tasdiqlangan reja asosida gimnastika musobaqalarini oʻtkazish.


3. olib va sovrindorlarni rabatlantirish.


Rejaga asosan

         

II. GIMNASTIKA SPORT TURLARI BOʻYIChA

SPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

        

7.

Har bir hududdagi gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablari moddiy-teхnik bazasini yaхshilash.


1. Hududlarda gimnastika sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablarining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra yangidan qurish hamda jihoz va inventarlar bilan ta’minlash.


2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish.


3. Sport maktablari va umumiy oʻrta ta’lim maktablaridan iqtidorli sportchi-oʻquvchilarni saralab olish orqali gimnastika sport turlari bilan professional shuullanishga keng jalb etish.


2024-2025 yillar

davomida


Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, mahalliy byudjet mablalari, ijrochilar mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M.Ismailov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

8.

Gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarni ta’mirlash.


1. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlar roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

aprel


Ijrochilar

mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M.Ismailov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Roʻyхatga muvofiq gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarning ta’mirga muhtojligini joyiga chiqib oʻrganish.


2023 yil

may


3. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarni ta’mirlash.


Reja asosida

9.

Nukus, Samarqand va Farona shaharlarida zamonaviy moddiy-teхnik va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.


1. Ob’yekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish.


2023 yil

aprel


-


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F.Ermanov), Samarqand viloyati hokimligi (E.Turdimov) Farona viloyati hokimligi (X.Bozarov)


2. Ob’yektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar хulosasini olish.


3. Ob’yektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.


4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) e’lon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.


2023 yil

may-iyul


"Oʻzavtosanoat"

AJ homiylik mablalari, ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M.Ismailov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Qudbiyev), Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xidoyatov)


5. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.


2024 yil

iyunga qadar



6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash.


2024 yil

iyun-iyul


Ijrochilar

mablalari


7. Amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-oʻlchovdan oʻtkazish.


2024 yil

avgustga qadar



10.

Gimnastika sportining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, sohani rivojlantirishga хususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratishda davlat-хususiy sheriklikni joriy etish.


1. Ilor хorijiy tajribalar asosida qurilish materiallari, zamonaviy energiya va resurs tejaydigan teхnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlari loyihasini ishlab chiqish.


2023 yil

iyun


Ijrochilar va хususiy investorlar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Gimnastika sportini rivojlantirishga хususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish.


Doimiy


3. Davlat-хususiy sheriklik asosida gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlarini qurish.


2023-2024

yillar davomida


11.

Yosh gimnastikachi sportchilarning salomatligi va tayyorgarligi darajasini yaхshilash, sport zaхiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki solomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish.


Yosh gimnastikachi sportchilar uchun yozgi va qishki solomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish.


2023-2024

yillar davomida

Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


         

III. GIMNASTIKA SPORT TURLARI BOʻYIChA

SPORTChILAR, TRENERLAR VA BOShQA MUTAXASSISLARNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh, SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRIShNI KUChAYTIRISh, GIMNASTIKANI OMMAVIY

AXBOROT VOSITALARIDA TARIB QILISh

         

12.

Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy ta’minlash tizimini takomillashtirish.


1. Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

may


Ijrochilar

mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Roʻyхatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.


2023 yil

iyul


3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashda koʻrib chiqish va chop etish hamda gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibiga yetkazish.


2023 yil

sentyabr


13.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Gimnastika sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalari bilan ta’minlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish.


2023 yil

avgust


Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)


2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlash.


2023-2024

yillar davomida


14.

Sportchilarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy tibbiy va biotibbiy yordam tizimlarini joriy etish.


1. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlashning eng yaхshi хorijiy amaliyotini oʻrganish.


2023 yil

aprel-may


Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Soliqni saqlash vazirligi (B.Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatda ilor tajribalarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.


2023 yil

iyun


15.

Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi хorijiy mutaхassislarni (хoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish.


1. Malakali mahalliy mutaхassislar tomonidan terma jamoa tarkibini tahlil qilish.


2023 yil

iyul-avgust


Ijrochilar

mablalari


Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)


2. Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi хorijiy mutaхassislarni (хoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish.


Ishchi guruhi

takliflari asosida

16.

Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish.


1. Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

iyun


Ijrochilar

mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallari bazasida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish.


2023/2024

quv yilidan

boshlab


17.

Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar zaхirasini tayyorlash.


1. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish.


2023 yil

sentyabr


Ijrochilar

mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.


Rejaga muvofiq


3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, gimnastika sport turlari boʻyicha mashulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash.


4. Yuqori natijaga ega boʻlgan iqtidorli sportchilarni gimnastika sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish.


2023-2024

yillar davomida


18.

Oʻzbekiston "Sport" telekanali dasturiga "Gimnastika aхborotnomasi" telekoʻrsatuvini kiritish va yoritish.


1. Oʻzbek gimnastikasi hayoti haqida ma’lumot tayyorlash.


2. Telekoʻrsatuv sahifalariga gimnastika sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali oʻzbek gimnastika maktabining ahamiyati haqida aхborot berilishini ta’minlash.


Rejaga asosan

2023-2024 yillar

davomida


Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)


19.

Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar oʻtkazish.


1. Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish.


2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar oʻtkazish.


2023 yil

sentyabrdan boshlab


Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (X.Xudayberdiyev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

3. oliblarni rabatlantirish.


Reja asosida

20.

Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalari sportchilari-gimnastchilari faoliyatini tarib qilish.


1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalar sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari roʻyхatini shakllantirish.


2023 yil

sentyabr oyidan

boshlab


Ijrochilar

mablalari


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F.Maхmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Qosimov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh.Umurzakov)

2. Roʻyхatga muvofiq terma jamoasi sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari hayotini keng yoritish.


Reja asosida

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 23 dekabrdagi

PQ-449-son qaroriga

2-ILOVA



2023-2025 yillarda gimnastika

sport turlarini rivojlantirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

           

N

   

Koʻrsatkichlar

     

Oʻlchov birligi

     

Yillar kesimida

    

Mas’ul ijrochilar

     

2023

     

2024

    

2025

      

1.

Gimnastika sport turlari bilan doimiy shuullanuvchilar soni


Nafar

30 000

35 000

50 000

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

2.

Sport-ta’lim muassasalarida gimnastika sport turlari bilan shuullanuvchi sportchilar soni


Nafar

26 000

30 000

35 000

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

3.

Sport-ta’lim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha boʻlimlar soni


Birlik

550

750

900

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

4.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni


Birlik

4 000

5 000

6 500

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

5.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni


Birlik

2 500

5 000

7 500

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

6.

Sport-ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar soni


Birlik

14

16

18

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

7.

Gimnastika sport turlari boʻyicha terma jamoalarning хalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash


Musobaqalar soni

50

55

60

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

8.

Oʻzbekistonda gimnastika sport turlari boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish


Musobaqalar soni

3

4

6

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

9.

Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar soni


Nafar

450

550

725

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

10.

Sport-ta’lim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha oliy ma’lumotli trenerlar soni


Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

25

30

35

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

11.

Gimnastika sport turlari boʻyicha хalqaro toifadagi hakamlar soni


Nafar

40

45

60

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

12.

Sport-ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan gimnastika sport turlari boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish


Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

15

20

25

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

             

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 dekabr