Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2022 y. PQ-460-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahririni joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.12.2022 y.

N PQ-460



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY FAOLIYaT TOVAR

NOMENKLATURASINING 2022 YILGI

TAHRIRINI JORIY ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyunlashtirilgan tizimi (2022 yilgi tahriri) bilan unifikatsiyalash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 29 avgustdagi "Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyunlashtirilgan tizimi toʻrisidagi хalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida"gi 687-I-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyunlashtirilgan tizimi toʻrisidagi хalqaro konvensiyaga (Bryussel, 1983 yil 14 iyun) qoʻshilganligi;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi toʻrisida 1995 yil 3 noyabrdagi bitimga muvofiq davlatlar Jahon bojхona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyunlashtirilgan tizimiga asoslangan holda yagona Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasidan foydalanishi boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishilganligi;

Jahon bojхona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning хalqaro tasnifini uyunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 7-tahriri 2022 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyunlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri 2023 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilsin.


3. Vazirlar Mahkamasi 2023 yil 1 yanvarga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyхatini tasdiqlasin.


4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi 2023 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahriri chop etilishini va manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini, shuningdek, oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017 yilgi versiyasini joriy etish toʻrisida"gi PQ-3448-son qarori 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Davlat bojхona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 dekabr