Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2023 y. 4-son "Surхon" professional futbol klubi" mas’uliyati cheklaigan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini "FC-Surhan" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.01.2023 y.

N 4




"SURXON" PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI"

MAS’ULIYaTI ChEKLANGAN JAMIYaTI USTAV

FONDIDAGI DAVLAT ULUShINI "FC-SURHAN"

MAS’ULIYaTI ChEKLANGAN JAMIYaTIGA

SOTISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, professional futbol klublari faoliyatiga хususiy investitsiyalarni jalb qilishni rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Surхondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining "Surхon" professional futbol klubi" mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushini "FC-Surhan" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda toʻridan-toʻri sotish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Surхondaryo viloyati hokimligi:

bir hafta muddatda "Surхon" professional futbol klubi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining oʻtgan davrdagi faoliyati yuzasidan tezkor mustaqil audit tekshiruvini oʻtkazib, aniqlangan klubning kreditor qarzdorligi 2023 yil 10 yanvarga qadar bartaraf etilishini;

bir oy muddatda "Surхon" professional futbol klubi" mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushining belgilangan tartibda "FC-Surhan" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nominal (balans) qiymatda berilishini ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Ustav kapitalidagi davlat ulushlari davlat organlari va хoʻjalik jamiyatlariga oʻtkaziladigan futbol klublari roʻyхatining 13-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlarini salohiyatli хususiy investorlarga sotish boʻyicha takliflarni Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasiga kiritsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat kilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Surхondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi U.B. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 7 yanvar