Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0039-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (OʻzR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining 23.11.2022 y. N 34-son)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK OSOYIShTALIK
VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING
23.11.2022 y.
N 34-son
QARORI
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi
korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena
talablarini (0039-22-son SanQvaN)
tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida" gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati QAROR QILADI:
1. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0039-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. "Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanitariya qoidalari va normalari" (0281-09-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi хizmati boshligʻi B.K. Yusupaliyev